O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Birlamchi belgilar o`rganilayotgan hodisaning (masalan, davlat 
xo`jaligida ishchilar sonini, asosiy fondlar qiymatini, ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmini va hokazo) mutlaq sonini, hajmini, miqdorini tavsiflaydi.
 Ikkilamchi belgilar esa birlamchi belgilarni bir-biriga bo`lish natijasida 
olingan hosila bo`lib, hodisaning intensivligini, tuzilmasini, dinamikasini 
tavsiflaydi. Masalan, mehnat unumdorligi ikkala birlamchi belgini, ya`ni 
mahsulot hajmini ketgan vaqtga bo`lish natijasida olinadi. Bu erda olingan 
natija, ya`ni mehnat unumdorligi ikkalamchi belgi bo`lib hisoblanadi.
Guruhlash oralig’i belgining eng katta va eng kichik variantalri 
ayirmasining guruhlar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Oraliqlar:

teng va teng bo`lmagan; 

ochiq va ochiq bo`lmagan; 

maxsus ko`rinishlarda bo`lishi mumkin.
Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bo`lgan oraliq 
tushuniladi. U quyidagicha hisoblanadi: 
n
x
x
h
min
max



Bu erda:
h – oraliq kattaligi; 
x
max
 – belgining eng katta varianti; 
x
min
 – belgining eng kichik varianti; 
n – guruhlar soni. 
Ko`zlangan maqsad va vazifalarni hal qilish nuqtai nazaridan statistik 
guruhlash uch turga:

tipologik; 

tuzilmaviy; 


28 

analitik guruhlashlarga bo`linadi.
Har bir turdagi guruhlash muayyan maqsad va vazifalani echadi.
Tipologik guruhlash yordamida to`plamning turli xildagi birliklari sifat 
jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Xalq xo`jaligini 
tarmoqlarga bo`lish, aholini sinflarga bo`lib o`rganish, qishloq xo`jaligini jamoa 
va ijara, shaxsiy xo`jaliklar miqyosida o`rganishlar tipologik guruhlashlarga 
misol bo`la oladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling