39
2. Statistik jadval qanday
unsurlardan tarkib topgan
? Uning ega va kesimi
deganda nima tushuniladiq Jadval maketi deganda-chi
?
3. Statistik jadvallarning qanday turlarini bilasiz
?
4.
Oddiy jadvallar nima
? Gruppoviy-chi? Kombinatsion jadval-chi?
5. Talabalar davomati qayd qilinadigan jurnal qanday jadval turiga misol
bo`ladi
? Reyting daftarchangiz-chi? Reyting jurnali-chi?
6. Kursdoshlaringiz o`zlashtirishi bilan davomati o`rtasidagi bog’lanish
natijalari keltirilgan jadval qaysi jadval turiga misol bo`ladi
?
40
Mavzu 5. STATISTIK KO`RSATKICHLAR
Reja:
5.1. Statistik ko`rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati.
5.2. Mutlaq miqdorlar va ularning turlari.
5.3. Nisbiy miqdorlar to`g’risida tushuncha.
5.4. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
Tayanch iboralar:
Statistik ko`rsatkich, individual va jamlama ko`rsatkich,
birlamchi va
hosilaviy ko`rsatkichlar, mutlaq ko`rsatkich, nisbiy ko`rsatkichlar, o`rtacha
ko`rsatkichlar, dinamika va reja topshiriqli nisbiy ko`rsatkichlari, natural,
mehnat va qiymat ko`rsatkichlari.
5.1. Statistik ko`rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati.
Statistik kuzatish, svodkalash va guruhlash amalga oshirilgandan so`ng
o`rganilayotgan hodisa
va jarayonlarning hajmini, miqdorini,
darajasini
ta`riflovchi qator ko`rsatkichlarga ega bo`lamiz. Bunday ko`rsatkichlar
boshlang’ich hisob ma`lumotlari asosida umumlashtirilgan va qayta ishlangan
miqdorlar bo`lib, ular:
mutlaq;
nisbiy;
o`rtacha ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Statistik kuzatish natijasida
dastlab mutlaq sonlar olinadi, so`ngra shu
sonlar asosida nisbiy va o`rtacha miqdorlar hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: