135
Demak, MIIVFning: - 94,3% amalda ishlagan
- 2,2% uzurli sabab bilan yo`qotish
- 3,5% uzursiz sabab bilan yo`qotish
100%
Demak, ish vaqti balansi – ish vaqti resurslari va ulardan foydalanish haqida
to`liq ma’lumot olish va tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Qisqacha xulosalar
Mehnat bozori statistikasi odatdagi ko`rsatkichlar tizimi: mehnat resurslari
soni, band bo`lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha
taqsimlanishi,
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar
xodimlari tarkibi va soni, ish vaqtidan
foydalanish, mehnat unumdorligi va mehnat
haqqi darajasi va dinamikasi, har
bir tarmoqdagi ish sharoitlari holatlarini o`z ichiga qamrab oladi.
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni
hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi
esa uning sifat tarafini
belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini
tarkibini o`rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti xajmiga
xar hil omillar ta’sirini o`rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi –
mexnat
statistikasining bir bo`limi hisoblanadi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini tahlili ish vaqti balansi asosida amalga
oshiriladi. Ular kishi-kunlari va kishi-soatlarida tuzilib,
ikki qismdan iborat
bo`ladi: chap qismida «ish vaqtidan foydalanish» ko`rsatiladi.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Iqtisodiy faol va iqtisodiynofaol aholi tushunchalarini tavsiyalab bering.
2. Mehnatga layoqatli aholi deganda nimani tushunasiz?
3. Mehnat resurslari tarkibiga kimlar kiradi?
4. Mehnat resurslari soni qanday aniqlanadi?
5. Ishsiz deb kimlarni aytishimiz mumkin va ishsizlarning qanday turlarini
bilasiz?
6. Mehnat resurslari balansining mohiyatini tushuntiring.
7. Korxona xodimlari sonini tushuntirib bering.
8. Ish vaqtidan foydalanishning qaysi koeffitsientlarini bilasiz?