14.2. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari.
Mehnat unumdorligi darajasi har xil usullar yordamida aniqlanadi. U yoki
bu usulni qo`llash qo`yilgan aniq vazifaga va berilgan ma`lumotlarga bog’liq
bo`ladi.
Amalda mehnat unumdorligi darajasini aniqlashning quyidagi usullari
mavjud:
1) Bevosita natural usul. (MU=S/T) - mahsulot hajmi bevosita natural
usulda ulchanadi va u xodimlar soni yoki ana shu mahsulotni ishlab chiqarish
uchun sarflangan vaqtga bo`linadi. Natijada 1-xodimga yoki sarflangan vaqt
birligiga kancha mahsulot to`g’ri kelishi aniqlanadi. Bu usul bir xil mahsulot
ishlab chiqarish korxonalarida keng qo`llaniladi.(ko`mir qazib chiqarish,
gazlama to`kish va x.z).
Bu usulni qo`llash ma`lum chegaraga ega, chunki:
a) ishlab chiqarilgan mahsulot bir xil bo`lishi va uning umumiy hajmi bir
xil natural ko`rsatkichda o`lchanishi kerak;
b) ishlab chiqarish ommaviy yoki seriyali bo`lishi va texnologik jarayoni
uzoq bo`lmasligi kerak.
SHu sharoitlardan ma`lum bo`ladiki, bu usulni asosan ish joyida yoki
brigadada, tsexda yoki korxonadagina qo`llash mumkin. Bu usulning kamchiligi
shundaki, unda mahsulotning sifati hisobga olinmaydi.
2) SHartli natural usul. MU = (S*K/T)- mahsulot hajmi shartli natural
usulda ulchanadi va u xodimlar soni yoki ana shu mahsulotni ishlab chiqarish
uchun sarflangan vaqtga bo`linadi. SHartli natural usuli yordami bilan qazilgan
ko`mirning kaloriyasini, tayyorlangan sutning yog’lilik darajasi e`tiborga olinib
mehnat unumdorligi darajasi aniqlanadi.
3) Mehnat usuli, (1=T/(X)- shu hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish
uchun sarflangan vaqt kishi soatlari va kishi minutlarida o`lchanadi va u ishlab
chiqarishni mahsulot hajmiga bo`linadi. Natijada bir mahsulotni ishlab chiqarish
uchun qancha vaqt sarflangani aniqlanadi. Bu usulni faqatgina bir korxona
chegarasida qo`llash mumkin.
4) Qiymat usuli MU= (X*Rp/T)- mehnat unumdorligi darajasini
aniqlashning eng keng tarqalgan va universal usulidir. Ma`lumki, hamma sanoat
mahsulotlari va ko`rsatilgan xizmatlar uchun baho belgilanadi. Ana shu bahoni
mahsulot hajmiga ko`paytirib, mahsulotning qiymat shaklidagi hajmi aniqlanadi
va uni xodimlar soni yoki sarflangan vaqtga nisbatan olinadi. Natijada 1
xodimga yoki sarflangan vaqt birligiga qancha mahsulot to`g’ri kelishi
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |