O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
15.5. Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida sekin-asta emirilib boradi. emirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq elementlarining paydo bo`lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi natijasida sodir bo`ladi. Hozirgi paytda hisoblanadigan yillik amortizatsiya ajratmalari faqat jismoniy eskirishnigina hisobga olib, quyidagicha hisoblanadi: Т Б И Х И БББ А bu erda, A – yillik amortizatsiya ajratmalari; BBB – asosiy fondlarning to`la boshlang’ich (tiklash) qiymati IX – asosiy fondlarni yo`qotish xarajatlari (demontaj, ajratish, buzish va h.k.) IB – asosiy fondlarni yo`qotish vaqtida olingan materiallar, detallar va boshqalarni sotishdan tushgan mablag’lar T – asosiy fondlarni xizmat qilish muddati. Amortizatsiya ajratmalari faqatgina absolyut miqdordagina emas, balki nisbiy ko`rsatkichlarda ham hisobga olib boriladi va u amortizatsiya normasi deb yuritiladi: Ф А N A 100 bu erda, N A – amortizatsiya normasi; F – asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati. Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog’liq bo`ladi. Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, inshoatlar) ob’ektlar uchun uning darajasi nisbatan kichik bo`lsa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan (mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo`ladi. Amortizatsiya summasini hisoblashning ikki usuli mavjud: professional- chiziqli va tezlashtirilgan usullar. Professional-chiziqli usulda ob’ektning qiymati uning xizmat qilish davrida xar yili bab-barobar ravishda amalga oishiriladi. Masalan, agar ob’ektning xizmat qilish davri – 5 yil bo`lsa, unda uning balansdagi qiymatining xar yili 1/5 qismi qoplaydi yoki amortizatsiyaning chiziqli me’yori 20%ga teng bo`ladi. Asosiy fondlar aktiv qismining tezlashtirilgan amortizatsiya meyori ishlab chiqarishni tarkibiy o`zgarishi va uni modernizastiya qilish uchun mo`ljallangan. U amortizatsiya me’yorining ikki marta ko`paytirilgan xajmiga teng bo`lib, ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan qullaniladi. 151 Misolimizda ikki marta ko`paytirilgan chiziqli amortizatsiya me’yori 40%ga teng. U holda, masalan, ob’ektning qiymati 200 ming bo`lsa, foydalanishning birinchi yilida 80 ming so`m (200 m.s.:0,4) ajratiladi. U holda qoldiq qiymat – 120 m.s. (200-80). Ob’ektning qoldiq qiymatiga nisbatan ikkinchi yil amortizatsiya ajratmalari 48 m.s. (120x0,4)ga teng bo`ladi. Foydalanishning qolgan yillari uchun xam amortizatsiya ajratmalari shu usulda hislblanadi (72x0,4 va h.k.). Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash (almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya fondlarida yig’ilib boradi va ma’lum muddat o`tgandan so`ng ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarning qiymatini to`la qoplashi kerak. SHuning uchun asosiy fondlarning amortizatsiya summasi asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatidan katta bo`lishi mumkin emas. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida amortizatsiya ajratmalari bir tomondan ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarni oddiy takror ishlab chiqarishda foydalanilsa, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan asosiy fondlar o`rniga texnikaviy takomillashgan asosiy fondlar bilan almashtirishda qatnashadi va manba bo`ladi. Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlar uchun yangi kapital mablag’larni moliyalashtirishga yoki qurilish materiallarini, uskunalar yoki nomaterial aktivlarni sotib olish uchun uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalarga sarflanadi. Uzoq muddat foydalaniladigan asosiy fondlarni yaratish va sotib olish uchun qilingan xarajatlar investitsiya deb ataladi va ular joriy yil xarajatlariga kiritilmaydi. Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi mumkin. SHunday qilib, asosiy fondlarni «eskirishi» va «amortizatsiya ajratmalari»ni bir-biridan ajratish lozim. eskirish birlamchi va u butun xizmat davomida ortib boradi va amortizatsiyaning moddiy asosi hisoblanadi. Amortizatsiya normasi esa ikkilamchi va butun xizmat davomida o`zgarmasdan qoladi. Ular orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling