O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Material aylanma mablag’lar zahirasiga


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Material aylanma mablag’lar zahirasiga jalb etilgan investitsiyalar shu 
davrda ular qoldig’ining o`zgarishini xarakterlaydi. Uni davr boshidagi va davr 
oxiridagi qoldig’ining farqi sifatida olinadi. 
Ishlab chiqarilmagan aktivlarga investitsiyalar hajmi ikki qismdan 
iborat: ishlab chiqarilmagan material aktivlarga uzoq muddatli qo`yilmalar 
(masalan, erga, tabiiy resurslarga, tabiatdan foydalanish ob`ektlariga egalik qilish 
huquqi) va ishlab chiqarilmagan nomaterial aktivlarga sarflangan uzoq muddatli 
qo`yilmalar (masalan, mualliflar bilan bitim va kelishuvlar, ishlab chiqarilmagan 
aktivlarni sotib olish optsionlari va h.k.). 
Bu tizimdagi har bir ko`rsatkich umumiy investitsiyalarning aniq bir 
qismini xarakterlaydi va ular tarkibi ayrim ko`rsatkichlarning ulushi bo`yicha 
o`rganiladi. 
Har bir korxona va firmaning rivojlanish darajasini bilish uchun 
investitsion imkoniyatlarni baholash lozim, binobarin, ularning investitsion 
salohiyatini aniqlash kerak bo`ladi. Bunda ularning faqat investitsiyaga jalb 
qilinishi mumkin bo`lgan moliyaviy va boshqa resurslarini mavjudligini e`tiborga 


162 
olish bilan birga, ularni qo`yish shartlari mavjudligi, ularning samaradorligini 
ham e`tiborga olish lozim bo`ladi. 
Korxonaning investitsion salohiyati bozordagi hozirgi sharoit va holatni 
hisobga olgan holda eng ko`p jalb etilishi mumkin bo`lgan investitsion resurslar 
hajmini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti davrida bu ko`rsatkichning ahamiyati juda 
yuqori hisoblanadi, chunki shunga qarab korxona rahbari yoki menedjeri 
investitsion loyihalar bo`yicha asosli qaror qabul qilish imkoniyatini beradi. 
MHT yo`nalishi bo`yicha korxonalar investitsion salohiyatini ikki qismga 
ajratish mumkin: 

yalpi milliy jamg’arish; 

potentsial xorij investitsiyalari. 
Yalpi milliy jamg’arish alohida korxona chegarasida investitsion 
salohiyatning asosiy qismini tashkil etib, u ichki jamg’armalar hisobidan tashkil 
topadi. Avvalo ular amortizatsiya ajratmalari, korxona ixtiyorida qoladigan foyda, 
uning faoliyati davrida amalga oshirgan jamg’armasi va boshqa xususiy 
mablag’lari. Qo`shimcha manbalar sifatida qarzga olingan va byudjetdan tashqari 
mablag’lar: bank kreditlari ko`rinishida, byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari, 
lizing bo`yicha asosiy fondlar va h.k. jalb etilgan mablag’larga yana har xil 
darajadagi byudjetlardan olingan mablag’lar, masalan, davlatning maqsadli 
dasturlari va h.k. 
Korxonaning potentsial xorijiy investitsiyalari uning rivojlanishi uchun 
qo`yilgan to`g’ri kapital qo`yilmalar, kapital transfertlar, xorij mamlakatlari 
yuridik va jismoniy shaxslarning sabablari va h.k. Bularning hajmi uncha katta 
bo`lmay, asosan bozor kon`yunkturasiga bog’liq bo`ladi. Bular haqidagi 
ma`lumotlar ekspert baholash yo`li bilan faoliyat yurituvchi qo`shma 
korxonalardan olish mumkin. 
Korxonalar investitsion faoliyatining asosiy qismi kapital qo`yilma sifatida 
amalga oshiriladi va ular ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishda muhim rol’ 
o`ynaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling