O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Kapital qo`yilmalar va ularning moliyaviy manbalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

16.3. Kapital qo`yilmalar va ularning moliyaviy manbalari 
Kapital qo`yilmalar investitsiyalarning asosiy qismi bo`lib hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida kapital qo`yilmalar deb, yangi asosiy fondlarni 
tashkil etishga, kengaytirishga, rekonstruktsiya qilishga, modernizatsiya qilishga 
va mavjud korxonalarni qayta qurollantirishga qaratilgan kapital qo`yilmalarga 
aytiladi. Statistika kapital qo`yilmalarni faqat moliyaviy kategoriya sifatida emas, 
balki asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish jarayonidagi ko`p qirrali investitsion 
jarayon sifatida o`rganadi. 
Ularning tarkibiga har xil nisbatda muhandis qidiruv, loyihalash, qurilish-
montaj ishlari, mashina va uskunalarni sotib olish va ularni yaratish, ularni 
o`rnatish va h.k. xarajatlar qo`yilmalarning texnologik tarkibida quyidagi 
elementlarni ajratadi: 

loyihalash-qidiruv ishlari xarajatlari. Bularga asosiy fondlar ob`ekti va 
kompleks qurish bo`yicha muhandis-qidiruv va loyihalash ishlari xarajatlari 
kiradi;


163 

qurilish ishlari xarajatlari. Bular kapital qo`yilmalar tarkibidagi 
xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Qurilishga loyihaga kiritilgan bino va 
inshootlarni ko`tarish, kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va tiklash kabi ishlar 
kiritiladi. Masalan, fundament osti uchun katlovan qazish, bino g’ishtlarini terish, 
metall va temirbeton konstruktsiyalarni montaj qilish, qurilish ob`ektlari 
hududlari atrofini obodonlashtirish va boshqalar; 

uskunalarni o`rnatish ishlari xarajatlari. Ularga ishlab chiqarish
texnologik, energetik uskunalarini yig’ish va o`rnatish, shuningdek, qo`yilmalarga 
ulash, ehtiyotkorlik ishlari va boshqalar; 

o`rnatishni taqozo etadigan uskunalarni sotib olish. Ularga texnologik, 
energetik va boshqa ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish xarajatlari kiradi. 
Ularni faqat oldin yig’ish va qattiq joyga o`rnatish va montaj qilingach 
ekspluatatsiyaga kiritish mumkin. Bu uskunalarga, masalan, metallni qayta 
ishlovchi 
stanoklarni, 
poligrafiya 
uskunalari, 
statsionar 
turbinalar, 
elektrogeneratorlar va boshqalar kiritiladi.

o`rnatishni taqozo etmaydigan mashina-uskunalarni sotib olish. Bularga 
ekspluatatsiya qilish uchun hech qanday montaj ishlarini talab etmaydigan 
mashina-uskunalar 
kiradi. 
Masalan, 
buldozerlar, 
ekskavatorlar, 
elektromotoparomlar, avtomobillar, lokomotivlar va h.k. Bu xarajatlarga qurilish 
smetasiga kiritilmagan mashina va uskunalar xarajatlari, masalan, eskirgan 
uskunalarni yangilash yoki mavjud mashina parkini kengaytirish xarajatlari va 
h.k. kiritiladi; 

ishlab chiqarish instrument va inventarlari. Ularga barcha turdagi ishlab 
chiqarish instrumentlari, tez eskiradigan va emiriladigan predmetlar kiritilib, ular 
ob`ektlarni qurish smetasiga kiritilgan bo`ladi;

asosiy podani tashkil etish xarajatlariga asosiy fondlarga kiritiladigan 
ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish xarajatlari kiritiladi; 

asosiy fondlar qiymatini oshirmaydigan xarajatlar. Bularga ushbu 
investitsion ob`ektni qurilishiga ahamiyati bo`lmagan ba`zi ishlarni amalga 
oshirish, tayyor ob`ektlarni ishga tushirish bo`yicha kadrlarni tayyorlash 
xarajatlari kiritiladi; 

boshqa kapital xarajatlar. Bularga boshqa firmalarning bitirilmagan 
ob`ektlarini sotib olish, ko`p yillik o`simliklarni o`stirish xarajatlari kiradi. 
Statistika investitsion faoliyatni o`rganishda ularni texnologik tarkibi bilan 
birga kapital qo`yilmalarni tipologik gruppalashni ham amalga oshiradi: iqtisodiy 
vazifasi bo`yicha (ishlab chiqaradigan va xizmat ko`rsatadigan sohalarga 
qo`yilgan kapital mablag’lar), milliy iqtisodning yagona klassifikatori asosida 
keltirilgan sektorlar va tarmoqlar bo`yicha qo`yilgan kapital mablag’lar. 
SHuningdek, kapital qo`yilmalarni moliyaviy manbalari va mulk formasi 
bo`yicha gruppalash ham muhim ahamiyatga ega. 
Kapital mablag’larning ichki va tashqi manbalarni 3 turga ajratish mumkin: 
1. Korxona va tashkilotlarning o`z mablag’lari: 
o korxonalar ixtiyorida qoladigan foyda; 
o amortizatsiya fondi. 


164 
2. Jalb etilgan byudjet mablag’lari: 
o davlat byudjeti mablag’lari; 
o mahalliy byudjet mablag’lari; 
o boshqa byudjet mablag’lari. 
3. Byudjetdan tashqari jalb qilingan va qarzga olingan mablag’lar: 
o bank kreditlari va aholi mablag’lari; 
o boshqa tashkilotlardan qarzga olingan mablag’lar; 
o byudjetdan tashqari fond mablag’lari; 
o xorij qo`yilmalarini ham qo`shgan holdagi boshqa byudjetdan 
tashqari mablag’lar. 
O`zbekiston Davlat statistika qo`mitasi axborotnomasiga qaraganda 2005 
yilning yanvar-dekabrida respublikaning asosiy kapitalni ko`paytirishga 3012,9 
mlrd. so`m miqdorida investitsiyalar kiritilib, o`sish sur`ati 2004 yil yanvar-
dekabriga nisbatan 107,0%ni tashkil qildi. 
Moliyalash 
manbalari 
bo`yicha 
asosiy 
kapitalga 
kiritilgan 
investitsiyalarning taqsimlanishi quyida keltirilgan: 
(yakunga nisbatan foiz hisobida) 
Jami 
inves-
titsiya-
lar, 
mlrd. 
so`m 
SHu jumladan moliyalash manbalari bo`yicha 
Res-
pub-
lika 
byud
jeti 
Kor-
xona
lar 
byud
jeti 
CHet el 
investi-
tsiyalari 
va 
kreditlari 
Aholi 
mab-
lag’-
lari 
Bank 
kreditlari 
va 
boshqa 
qarz 
olingan 
mablag’-
lar 
Byudjet-
dan 
tashqari 
fondlar 
mablag’-
lari 
Jami 
3012,9 12,7 
48,5 
19,2 
11,8 
3,1 
4,7 
shu jumladan: 
Davlat 
korxonalari 
1922,5 
0,5 
55,7 
20,5 
18,4 
4,9 
0,0 
Nodavlat 
korxonalari 
1090,4 34,3 
35,8 
16,8 
0,1 
0,1 
12,9 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling