O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
I. Ishlab chiqarish hisoblamasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
177 I. Ishlab chiqarish hisoblamasi Foydalanish Resurslar 2. Oraliq iste`mol 3. YAlpi qo`shilgan qiymat (1-2) 1. Ishlab chiqarish Jami foydalanilgan Resurslar jami Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish natijalarini yoritish uchun mo`ljallangan. Uning o`ng tomonida aks ettiriluvchi ishlab chiqarish, ishlab chiqarish natijalarini o`lchovchi boshlang’ich nuqta bo`lib hisoblanadi. Keng ma`noda ishlab chiqarish – ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar qiymatini aks ettiradi. Uni hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o`zida sarflangan tovar va xizmatlar qiymati ayirib tashlanmaydi. SHuning uchun ishlab chiqarish tarkibida takroriy hisoblamalar mavjud bo`ladi. Iqtisodiyotning har xil sektor va tarmoqlarda har xil usullarda hisoblangan ishlab chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: P = R + S; bunda, P – ishlab chiqarish; R – sotilgan mahsulot hajmi; S – ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahiralarining ortishi, bunga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i ham qo`shiladi. Sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahirasining ortishi quyidagi formula bo`yicha hisoblanishi mumkin: S = S 1 – S 0 ; bunda, S 1 – davr oxirida zahiralar qiymati; S 0 – davr boshidagi zahiralar qiymati. Aytish lozimki, MHTda quyidagi muhim qoidaga rioya qilinadi: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilgan vaqtidagi baho bilan baholanadi, sotilgan vaqtidagi baho bilan emas. YUqori inflatsiya mavjud bo`lgan davrda bunday farq juda yuqori bo`lishi ham mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish vaqtidagi baho bilan baholash maqsadida MHTda zahiradagi tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlarni yuqori inflyatsiya davrida baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: S 1 = L – M bunda, L – tovarlarni zahiraga qo`yish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar qiymati; M – tovarlarni zahiradan olish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar qiymati. Bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: R = T 1 – T 0 bunda, R – banklarning ishlab chiqarish hajmi; T 1 – mablag’larni jalb qilgani va joylagani uchun xaridorlarning banklarga to`lagan foizlari; 178 T 0 – banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun banklarning xaridorlarga to`lagan foizlari. Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi vositachi rolini o`ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab chiqarish hajmiga xaridorlarning quyidagi xizmatlar uchun to`lovlari: boyliklarni seyflarda saqlash, investitsiyalash bo`yicha berilgan maslahatlar, valyuta almashtirish va h.k. ham qo`shiladi. Sug’urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi: P = R – K + Q – N bunda, R – sug’urta kompaniyalarga to`langan sug’urta mukofotlari; K – sug’urta kompaniyalari to`lagan sug’urta to`lovlari; Q – sug’urta kompaniyalari tomonidan texnik zahiralarni qimmatbaho qog’ozlarni va boshqa moliyaviy mablag’larni investitsiyalashdan olingan foizlar; N – sug’urtalangan texnik zahiralar hajmining ortishi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling