O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
Qisqacha xulosalar
Milliy iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos holda faoliyat olib borishi uchun muntazam ravishda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish lozim. Burning uchun yangi texnologiyalarni joriy etish, yangi uskunalarni, xomashyo va materiallarni sotib olish, xodimlar malakasini oshirish lozim bo`ladi. Bunday holatni muntazam ravishda saqlab turish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ma`lum miqdordagi kapitalga ega bo`lishlari kerak. Ammo amalda doim ham shunday bo`lavermaydi. SHuning uchun rahbarlar va 170 menedjerlar oldida strategik rejalarni amalga oshirish uchun investitsion mablag’lar manbalarini qidirib topish masalasi ko`ndalang turadi. Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda etakchi o`rinni egallaydi, chunki investitsiya orqali kapital jamg’armalari jamg’arishiga va uning natijasida mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o`sishga erishiladi. Investitsiyalar birinchi navbatda yalpi ichki mahsulot bir qismining harakati bo`lib, ular milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish parametrlarini aniqlab beradi, iste`mol va iqtisodiy o`sish qat`iyligini, ijtimoiy rivojlanishning kelajagini real aks ettiradi. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati bo`yicha qarash va nuqtai nazarlarni tahlili shuni ko`rsatdiki, turli iqtisodiy fanlar va amaliy faoliyatlarda ular turlicha talqin qilinadi. Umumiy iqtisodiy fanlarda investitsiyalar – kapitalni jamg’arish jarayoni deb qaraladi. Investitsiyalarning mohiyati rejali, bozor va o`tish davri iqtisodiyoti sharoitlarida bir-biridan investitsion faoliyat qatnashchilari, moliyalashtirish manbalari, investitsiya riski, investitsion tsikl axborot bazasi, loyihani amalga oshirish sharoiti va h.k.lar bo`yicha farq qiladi. Investitsion faoliyat ikki makro va mikro darajada amalga oshiriladi. Birinchi darajada davlat va rahbar strukturalar amalga oshirsa, ikkinchisida esa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar – korxonalar, firmalar, kompaniyalar va boshqalar amalga oshiradilar. Ikkala holatda ham gap investitsiyalash strategiyasi, uning o`lchamlari va olingan natijalari haqida boradi. Amaliyotda uch xil investitsiya turlari mavjud: moliyaviy, moddiy va nomoddiy investitsiyalar. Moliyaviy investitsiyalar – kapitalni har xil moliyaviy aktivlarga qo`yilishini anglatadi. Moddiy investitsiyalar – material ob`ektlar yaratilishini taqozo qiladi. Nomoddiy investitsiyalar – investor kapitalini kengaytirish va qayta takror ishlab chiqarish uchun qo`yilgan nomaterial qo`yilmalar bo`lib, ular mulkiy mablag’lar balansida o`z aksini topmaydilar. Investitsiya ko`rsatkichlari joriy va solishtirma baholarda hisoblanadi va ifodalanadi. Bunda solishtirma narxlardagi hisob-kitoblar faqat so`mda emas, balki AQSH dollarida ham amalga oshiriladi, bu esa birinchidan, hisoblanayotgan ko`rsatkichlarga bahoning (inflyatsiyaning) ta`sirini bartaraf qilishga, ikkinchidan. so`mning xalqaro kursidagi o`zgarishlarni ta`sirini ham bartaraf qilishga olib keladi va shu bilan birga O`zbekistonning investitsiya faoliyati ko`rsatkichlarini boshqa mamlakatlardagi xuddi shunday ko`rsatkichlar bilan bevosita taqqoslash imkoniyatini yaratadi. Investitsiyalar samaradorligi darajasini o`rganishda statistika, iqtisodiyot nazariyasi uslublarini qo`llaydi. Uning samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash uslubiyati maxsus hujjat «Investitsion loyihalar samaradorligini baholash bo`yicha uslubiy tavsiyanomalar»da keltirilgan. Bundan ko`zlangan maqsad ob`ektlarni loyihalash jarayonida eng samaradorligini tanlab olishdan iborat bo`lsa, statistikaning vazifasi boshqacha – u investitsion ob`ektlardan foydalanish jarayonidagi samaradorlikni aniqlashdan iborat. SHuning uchun samaradorlikni 171 statistik baholash investitsion ob`ektlarni ham loyihalash, ham ulardan foydalanish jarayonlarini o`z ichiga oladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling