O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Investitsiyalar samaradorligini statistik baholash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

16.4. Investitsiyalar samaradorligini statistik baholash. 
Investitsiyalarni statistik o`rganish masalalaridan yana biri ularning 
samaradorligini baholash hisoblanadi. Bunday holat korxona, firma, korporatsiya 
va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning rivojlanishi bo`yicha strategik 
maqsadlaridan kelib chiqib, ularda yangi ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni 
kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollanish va boshqa 
tijoriy faoliyatdan kelib chiqadi. Bu ishlarning amalga oshirish uchun katta 
hajmdagi investitsiya mablag’lari kerak bo`lsa ham, lekin investitsion resurslar 
hajmi doim chegaralangan bo`ladi. SHuning uchun korxona investorlarini, 
rahbarlarini, menejerlarini qo`yilgan kapital qo`yilmalarni o`rnini qoplash qachon 
va qanday amalga oshiriladi yoki ularni samaradorligi qanday bo`lishi hammasini 
ham qiziqtiradi. 
Investitsiyalar samaradorligi darajasini o`rganishda statistika, iqtisodiyot 
nazariyasi uslublarini qo`llaydi. Uning samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash 
uslubiyati maxsus hujjat «Investitsion loyihalar samaradorligini baholash 
bo`yicha uslubiy tavsiyanomalar»da keltirilgan. Bundan ko`zlangan maqsad 
ob`ektlarni loyihalash jarayonida eng samaradorligini tanlab olishdan iborat 


166 
bo`lsa, statistikaning vazifasi boshqacha – u investitsion ob`ektlardan foydalanish 
jarayonidagi samaradorlikni aniqlashdan iborat. SHuning uchun samaradorlikni 
statistik baholash investitsion ob`ektlarni ham loyihalash, ham ulardan 
foydalanish jarayonlarini o`z ichiga oladi. 
Investitsiyalar samaradorlik darajasini aniqlash maxsus hujjatlarda 
keltirilgan uslubiyotlardan katta farq qilmaydi, lekin ular endi amaliy 
ma`lumotlarga, ya`ni ob`ektlarni ekspluatatsiya qilish jarayonidagi ma`lumotlarga 
tayanadi. Ob`ektlar ishlatilayotgan sohalar, tarmoqlarni e`tiborga olgan holda 
tijorat, byudjet va umumiy iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlari aniqlanadi. 
Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda boshlang’ich nuqta bo`lib, natija 
(samara)ni investitsion resurslarni barpo etish xarajatlariga bo`linadi. Natija 
sifatida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning ma`lum davrda olgan sof daromadlari 
olinsa, investitsion xarajatlar sifatida barcha resurslar: pul, material, intellektual 
resurslar xarajatlari tushuniladi. 
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash uchun statistika quyidagi 
ko`rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: sof daromad, o`rnini qoplash muddati, 
investitsiyalar foydalilik indeksi va boshqalar. 
Korxonalar amaliyotida investitsiyalar samaradorligini aniqlashda har xil 
yo`nalishlar mavjud. Bunda muhim omil sifatida vaqt omili: joriy xarajatlar va 
olingan iqtisodiy naf hajmi hisoblanadi. Agar vaqt omili hisoblanmasa, olingan 
naf hajmi bir xil bo`lish ham mumkin, lekin u har xil vaqt davomida olingani 
uchun ularni solishtirib bo`lmaydi. 
Statistika amaliyotida kapital qo`yilmalarning amaldagi samaradorligini 
aniqlashda ikki xil yo`nalish mavjud. Birinchi yo`nalishda amaldagi investitsion 
xarajatlar va ularning amaliy natijalari vaqt omilini hisobga olmagan holda 
o`rganiladi. Ikkinchi yo`nalish har xil vaqtlardagi xarajatlarni diskontirlash orqali 
bir xil vaqtga va solishtirish mumkin bo`lgan holga keltirishga asoslanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling