180
II. Daromadlarni hosil bo`lisbi
Foydalanish
Resurslar
2. Ish haqqi
3. Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar
4. Asosiy kapital iste`moli
5. Foyda (aralash daromad) 1-2-3-4
1. Yalpi qo`shilgan qiymat
Jami foydalanilgan
Resurslar jami
Ish haqqi ikki komponentdan tashkil topadi: ish haqqi va ijtimoiy sug’urta
ajratmalari. Ish haqqi YAQQni yaratishda qatnashgan rezidentlar va
norezidentlarga to`langan ish haqqini bildiradi (masalan,
mamlakatda vaqtincha
turgan xorij mamlakatlar ishchilariga to`lovlar).
Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar –
ishlab chiqarishning ayrim
omillariga soliqlar: er, imorat, transport vositalari, ish haqqi fondiga.
Bu modda
sof asosda qayd etiladi yoki ishlab chiqarishga bo`lgan boshqa subsidiyalarni ham
ayriladi.
Asosiy kapital iste`moli – asosiy fondlarning tiklashdagi bahosi bo`yicha
hisoblangan amortizatsiya summasi.
Foyda – bu modda nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning
daromadlarini hosil bo`lishi hisoblamasida paydo bo`ladi.
Aralash daromad – nokoforativ korxonalar
uchun balanslashtiruvchi
modda bo`lib, u uy xo`jaligi sektorining daromadlari tashkil topishi hisoblamasida
paydo bo`ladi. Uy xo`jaligi tarkibida nokorporativ korxonalar (kichik fermarlar,
kichik
ustaxonalar, restoran va magazinlar, ularda oila a`zolari xizmat qiladilar)
ham bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: