O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
17.2. Asosiy hisoblamalar tizimi
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo`jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu mamlakat rezidentlari yoki xorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan bo`lishi mumkin. Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo`lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar guruhiga tegishli bo`ladi, masalan, iste`mol, jamg’arish, eksport va h.k. ba`zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo`lmagan (bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar orasidagi ixtiyoriy ravishdagi o`zaro bog’lanish nazarda tutiladi), balki ekstraordinar hodisalar (yong’in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o`zgarishini aks ettirishi mumkin. Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar – iqtisodiy jarayonlar har xil tomonlarini aks ettiruvchi har xil analitik jamlovchi ko`rsatkichlar ham bo`lishi mumkin. Bu ko`rsatkichlarning ko`pchiligi, masalan, qo`shilgan qiymat, jamg’arish, birlamchi daromadlar balans usuli bilan yoki resurs qismi summasi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. YUqorida qayd etilganidek, butun iqtisodiyotga taalluqli bo`lgan ko`rsatkichlar: masalan, YAIM, milliy daromad, milliy boylik kabi ko`rsatkichlar agregat ko`rsatkichlar bo`lib hisoblanadi. Tuzilishi bo`yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga o`xshaydi. Ular T-formasiga ega bo`lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli 176 mavjud. Ularning ba`zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so`ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo`lib hisoblanadi. Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo`yicha» balanslashtiriladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. SHunday hisoblamalardan biri «tovar va xizmatlar» hisoblamasidir. U tovarlar va xizmatlarni har xil maqsadlarda foydalanishni aks ettiradi: iste`mol, jamg’arish va boshqalar. Bu hisoblamada balanslashtiruvchi modda bo`lmaydi. Ammo agar moddalar to`g’ri aniqlansa, hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Agar balanslashmay qolsa, u holda hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo`l qo`yilgan bo`ladi. MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo`ladi: resurslar va resurslardan foydalanish (bunda «buxgalteriya hisobidagi debet va kredit emas). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar yig’indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig’indisiga teng bo`lishi shart. MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim: iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar; iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar; ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar; butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig’ma hisoblamalar). Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o`z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi: joriy hisoblamalar; jamg’arish hisoblamalar; aktivlar va passivlar balanslari. Joriy hisoblamalar quyidagilarni o`z ichiga oladi: ishlab chiqarish hisoblamasi; daromadlarni hosil bo`lishi; daromadlarni birlamchi taqsimlash; daromadlarni pul formada qayta taqsimlash; ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish; daromadlarni natural formada qayta taqsimlash; tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari. Jamg’arish hisoblamalari quyidagilarni o`z ichiga oladi: kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari; moliyaviy hisoblama; aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari; a) aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari; b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari. Aktiv va passivlar balanslari o`z ichiga quyidagilarni oladi: davr boshidagi aktiv va passivlar balansi; davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi. Endi har bir joriy hisoblamalarni ko`rib chiqamiz: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling