O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyalar o`rnini qoplash muddati
Amaldagi sof daromad (D
S ) – o`rganilgan davrda korxona tomonidan amaliy baholarda olingan iqtisodiy samarani ifodalaydi: D S = N – (JX + SF) N – investitsion loyihani amalga oshirishdan olingan natija (+,-); JX – joriy xarajatlar; SF – soliq va boshqa to`lovlar foizi. Investitsiyalar o`rnini qoplash muddati – statistika amaliyotida muhim va keng tarqalgan ko`rsatkichi hisoblanadi. Uni aniqlash uchun investitsion loyihani amalga oshirish boshlangan kundan boshlab qilingan xarajatlar summasi o`rnini qoplaguncha ketgan vaqt bilan aniqlanadi. Investitsiyalar o`rnini qoplash muddati (T qoplash ) quyidagi uch xil vaqtni o`z ichiga oladi: investitsiyalash oldi vaqti (T io ), investitsiya vaqti (T in ) va ob`ektdan foydalanish davrida o`rnini qoplash vaqti (T o`q ). Ular qandaydir vaqt birliklarida o`lchanadi: kun, hafta, oy, yil. T qoplash muddati = T io + T in + T o`q Ammo amaliyotda investitsiyalash oldi davrini boshlang’ich davrini aniqlash qiyinchilik tug’diradi, shuning uchun kapital qo`yilmalar o`rnini qoplash 167 davrini, uni moliyalashtirish boshlangan vaqtdan boshlab hisoblanadi. U holda bu ko`rsatkich quyidagicha hisoblanadi: T qoplash muddati = T in + T o`q Investitsiyalash davri deb ikki vaqt orasidagi vaqtni: investitsion loyihani moliyalash boshlangan kundan (odatda investor tomonidan buyurtmachi yoki ijrochi hisob raqamiga pul mablag’larini birinchi marta o`tkazgan kundan boshlab) to ob`ektni korxona asosiy faoliyati balansiga o`tkazilgan kungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi (ob`ektni qabul qilish kuni aktda ko`rsatiladi). Investitsion ob`ektni o`rnini qoplashning bevosita vaqti (asosiy o`rnini qoplash muddati) uni ekspluatatsiyaga topshirish kunidan boshlanib, uni investitsion qo`yilmalarning o`rni qoplangan kungacha bo`gan davrni o`z ichiga oladi. Bu vaqtning uzunligi faqat hisob-kitob qilish bilan aniqlanadi va uning mohiyati quyidagicha: o`rnini qoplash muddatini boshlanish davrini aniqlash juda oson; bu ob`ektni ishga tushirilgan kunidan boshlanadi. Ob`ekt o`rnini qoplangan kunini quyidagicha aniqlanadi: shu davr ichida olingan foyda summalari yig’ib boriladi (amaldagi sof daromad) va u shu ob`ektga qo`yilgan kapital qo`yilmalar bilan solishtiriladi (oy, yil va h.k.). SHu davrda yuqorida qayd etilgan shart bajariladi: amalda yig’ilgan sof daromad hajmi ob`ektga qo`yilgan kapital qo`yilmalarga teng yoki undan ko`proq bo`ladi yoki boshqacha qilib aytganda, K A D q o T i r ` 1 ; o`rnini qoplash muddati tugamaganligini ifodalaydi. Lekin kapital qo`yilmalarning to`liq o`rnini qoplash momentini o`rnatish uchun bevosita o`rnini muddatini hisob-kitob qilish yo`li bilan aniqlanadi (T b.u.q. ) T b.u.q. = T ep – T da bunda, T ep – investitsion ob`ektni ekspluatatsiyaga kiritilgan kundan boshlab, o`rnini qoplash muddati tugagan davr (yil) orasidagi vaqt o`rnini qoplash muddati bo`lib hisoblanadi T da – o`rni to`lgan kundan boshlab davr oxirigacha bo`lgan davr (oxirgi yil) orasidagi kalendar davrning bir qismi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling