O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
T
da qiymati quyidagi formula asosida aniqlanadi: T da = S (D r + A) – K/P da Aniqlangan uslubiyat asosida kapital qo`yilmalarning amaldagi o`rnini qoplash muddati quyidagicha aniqlanadi: T o`q = T pi + T in + T ep – S (D r + A) – K/P da ; bunda, P da – o`rni to`lgan davr davomida (oy, kvartal va h.k.) olingan sof daromad (amortizatsiyani ham qo`shib). Formulaning oxirgi naf sifatida ifodalangan qismi o`rni to`lgan vaqtdan keyingi vaqt bo`lgani uchun, ob`ektni umumiy ekspluatatsiya qilish vaqtidan ayriladi. Quyidagi misolda kapital qo`yilmalarning amaldagi samaradorlik ko`rsatkichlarini hisoblaymiz. Masalan, korxona bir yarim yil davomida 7150 ming so`mlik qiymatga ega bo`lgan texnologik liniyani yaratish uchun 168 investitsiyalashni amalga oshirgan. Texnologik liniyani ishga tushirish uni ekspluatatsiya qilishning birinchi yilini 1 iyulida amalga oshirilgan. To`rt yil davomida uni ekspluatatsiya qilish natijasida quyidagi moliyaviy natijalarga erishilgan: Texnologik liniyani ekspluatatsiya qilish ko`rsatkichlari, ming so`m. Ko`rsatkich Ekspluatatsiya qilish yili 1 2 3 4 yil davo- mida yil davo- mida o`sib bori- shi yil davo- mida o`sib bori- shi yil davo- mida o`sib bori- shi 1. Mahsulotni sotishdan tushgan tushum 2814 3547 6361 8936 15297 15191 30488 2. Joriy xarajatlar 2836 1696 4082 4877 8959 8753 17712 3. Amortizatsiya 660 660 1320 660 1980 660 2640 4. Yalpi foyda (1 qator – 2 qator) -232 1191 959 3399 4358 5778 10136 5. Soliqlar va boshqa to`lovlar 23 246 269 1178 1493 2012 3505 6. Sof foyda (4 qator – 5 qator) -209 945 736 2221 2957 3766 6623 7. Amaldagi (real) sof daromad (3 qator + 6 qator) 451 1605 2056 2881 4937 4426 9363 Kapital qo`yilmalarning amalda o`rnini qoplash yuqoridagi formula bo`yicha aniqlanadi. Masalaning shartiga ko`ra investitsion davr 1,5 yil. Yig’ilgan sof daromad bilan qo`shilgan kapital qo`yilmalar orasidagi nisbat shuni ko`rsatadiki, o`rnini qoplash muddati 4 yil amalga oshirilgan (9363>7150). Ekspluatatsiyaga kiritilgan kundan boshlab, to uning o`rnini qoplash kungacha bo`lgan davr 2,5 yilga teng. O`rnini to`liq qoplash muddati bilan uni tugatilish vaqtini orasidagi davr quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi. 9363-7150/4426=0,5 yil. Texnologik liniyani o`rnini qoplashning amaldagi muddati: T o`q = 1,5 + 2,5 – 0,5 = 3,5 yil. Hisob-kitob qilingan vaqtda o`rnini qoplash muddati etilmagan bo`lsa, statistika o`rnini qoplash muddati kelishi mumkin bo`lgan davrni aniqlashni tavsiya etadi. T o`q.m.k..b.d. = T pi + T in + T ob + T ou bunda, T ob – ob`ektni ishga tushirgan kundan boshlab, to kuzatish boshlangan kritik kungacha bo`lgan davr; T ou – kuzatish boshlangandan kritik kungacha bo`lgan kapital qo`yilmalarni o`rnini qoplashning shartli davri yoki investitsion ob`ekti kutilayotgan to`liq o`rnini qoplash davri o`tguncha bo`lgan momentda. 169 O`rnini qoplashning shu qismi uzunligini aniqlash formulasi: T ou = K – S (Dr + A) ok /P da bunda, (Dr + A) ok – o`tkazilgan kritik kundan so`nggi amortizatsiya sum- masini ham qo`shib hisoblangan to`plangan sof daromad summasi, o`rnini qoplash kuni kelguncha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Masalan, bizning misolimizda 4 yil ekspluatatsiyada bo`lgan davrda to`plangan sof daromad summasi 3355 ming so`m, oxirgi yildagi daromad esa – 1650 ming so`m. Bunday holatda o`zgartirilgan misol ma`lumotlarini solishtirish natijasida shu narsa aniqlandiki, o`rnini qoplash davri hali o`tmagan, binobarin, kutilayotgan o`rnini qoplash muddatini aniqlash mumkin. T kutilayotgan = 0 + 3,5 + 7150 – 3355/1650 = 3,5 + 2,3 = 5,8 yil. Kritik momentdan so`nggi hisoblangan ko`rsatkich (2,3 yil) shuni ko`rsatdiki, daromad keyingi ekspluatatsiya qilingan davrda ham o`zgarmasdan qoladi (misolimizdagi 4 yil ekspluatatsiya qilingandan so`nggi daromadga teng). Binobarin, kutilayotgan o`rnini qoplash davri baza sifatida olingan daromad hajmiga bog’liq bo`ladi. Yuqorida ko`rilgan ko`rsatkichlardan tashqari yana statistika bitta ko`rsatkichini – kapital qo`yilmalar o`rnini qoplash koeffitsientini aniqlaydi va bu koeffitsient ob`ektni ekspluatatsiya qilish davrida to`plangan daromad bilan qoplanish darajasini ifodalaydi, yoki K o`q = S(D r + A) ob / K bunda, S(D r + A) ob – ob`ektni ekspluatatsiya qilish boshlangan kundan boshlab to`plangan amortizatsiya ham qo`shilgan sof daromad hajmi; K – kapital qo`yilmalarning to`liq hajmi. Misolimizda, masalan, ob`ektni 3 yil ekspluatatsiya qilish natijasida o`rnini qoplash koeffitsienti teng bo`ladi: 4937 : 7159 = 0,69 yoki shu yili qo`yilgan investitsiya hajmining 69% o`rni qoplandi. Bu koeffitsient 4 yilda quyidagicha bo`ladi: 9363 : 7150 = 1,3 yoki shu yili kapital qo`yilmalar o`rni to`liq qoplangan. Tahlil jarayonida kapital qo`yilmalarning amaldagi samaradorlik ko`rsatkichlari investitsion loyihani tayyorlash paytida aniqlangan samaradorlik ko`rsatkichlari bilan solishtiriladi. Bunda, albatta, solishtirilayotgan ko`rsatkichlar bir xil uslubiyat asosida aniqlangan bo`lishi shart. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling