181
investitsiyalaridan olingan daromadlar. Lekin yashaladigan va yashalmaydigan
binolar uchun ijara haqqi mulkdan olingan daromad emas, balki xizmatlar uchun
to`lovlar sifatida qaraladi.
Ishlab chiqarish va import soliqlari – davlat boshqaruv organlarining
birlamchi daromadlari. Aytish lozimki, daromadlar
va mulkdan olingan
daromadlar birlamchi daromadlar sifatida qaralmaydi va qayta taqsimlash
to`lovlari sifatida qaraladi.
Ish haqqi – o`z mamlakati va xorij davlati YAIMni yaratishda ishtirok
etgani uchun mamlakat rezidentlariga to`langan ish haqqi.
SHunday qilib,
hisoblamadagi ish haqqi, daromadlarni hosil bo`lishi hisoblamasidagi ish haqqiga
teng kelmaydi, chunki unda rezident va norezidentlarga to`langan to`lovlar, shu
mamlakat YAIMni yaratishda qatnashganlariga to`lanadi. Demak, bu ikkita ish
haqqi faqat favqulotda arifmetik jihatdan teng bo`lib qolishi mumkin, xolos.
Milliy daromad, shu mamlakat rezidentlari
tomonidan olingan birlamchi
daromadlar yig’indisini beradi. Milliy daromad ham yalpi asosda, ham sof asosda
aniqlanishi mumkin (asosiy kapital iste`molini hisobga olgan va olmagan holda).
YAlpi asosda hisoblangan yalpi milliy daromad deb, sof asosda hisoblangan esa
sof milliy daromad deb ataladi.
YUqorida qayd qilinganidek, YAIM bilan YAMD ko`rsatkichlari orasidagi
farq, shu mamlakat rezidentlarining xorijdan olgan daromadlari qoldig’idan
tashkil topadi. Odatga ko`ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda YAMD
YAIMdan ko`p, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning aksi YAMD YAIMdan
kam. Bunga sabab, rivojlangan mamlakatlar, xorijga qo`yilgan investitsiyalardan
ko`proq daromad oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: