15.2. Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli
Iqtisodiyot har bir sektorning ma’lum momentga nisbatan iqtisodiy
ahvoli, uning o`zining xususiy kapitali xajmi bilan baholanadi va u sektorning
aktiv va passivlar balansining balanslashtiruvchi moddasida o`z aksini topadi.
Balans ikki yoqlama jadvalga o`xshatib tuziladi, uning chap tomonida
sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o`ng tomonida esa uning
moliyaviy majburiyatlari va o`z kapitalining sof qiymati keltiriladi.
Aktiv va passivlar balansi
Aktiv
Majburiyatlar va o`z kapitalining sof qiymati
1. Nomoliyaviylar:
- ishlab chiqarilganlar;
- ishlab chiqarilmaganlar;
2. Moliyaviylar:
- monetar oltin;
- mavjud pullar;
- O`YUHEBMM;
- depozitlar;
va boshqalar
3. Moliyaviy majburiyatlar:
- mavjud pullar;
- depozitlar;
- qimmatbaho qog’ozlar va h.k.
4. O`z kapitalining sof qiymati (4=1+2-3)
Sektor o`z kapitalining sof qiymati, uning aktivlari (moliyaviy va
nomoliyaviy) qiymatining, uning moliyaviy majburiyatlariga nisbatan yuqori
ekanligini ifodalaydi. Sof qiymat deyilishiga sabab asosiy kapital qoldiq qiymati
bo`yicha aks ettiriladi. Bu balans ma’lumotlari asosida sektorning investitsion
faollik darajasini, ularni moliyalashtirishga extiyojini ishlab chiqarishning
material oborot mablag’lar bilan ta’minlanish darajasi va uning samaradorligini
tahlil qilish mumkin bo`ladi. Butun iqtisodiyot bo`yicha tuzilgan jamlovchi aktiv
va passivlar balansi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydi.
Uning balanslashtiradigan moddasi bo`lib, milliy boylik ko`rsatkichi
hisoblanadi. SHunday qilib, MHT metodologiyasi bo`yicha milliy boylik
xajmini aniqlash uchun mamlakat rezidentlarining barcha iqtisodiy aktivlar
qiymatlari (moliyaviy va nomoliyaviy) yig’indisidan ularning moliyaviy
majburiyatlarini ayirib aniqlanadi. Demak, mamlakat milliy boyligi iqtisodiyot
barcha sektorlarining sof kapitali yig’indilariga teng bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |