O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


 Asosiy fondlarni baholash usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

 
15.4. Asosiy fondlarni baholash usullari
Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganishda natural va qiymat 
ko`rsatkichlaridan 
foydalaniladi. 
Asosiy 
fondlarni 
qiymat 
ko`rinishda 
baholashda quyidagi qiymat turlari qo`llaniladi: 
- to`la boshlang’ich qiymati; 
- to`la tiklash qiymati; 
- eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash) qiymati; 
- balansdagi qiymati; 
- bozor qiymati; 
- yo`kotishdagi qiymati. 
Asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymati deganda ularni sotib olish, 
tashib keltirish va o`rnatish uchun ketgan harajatlarning yig’indisi tushuniladi. 
Demak, to`la boshlang’ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish 
momentidagi qiymati bo`lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan 
foydalanib asosiy fondlarning xajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni 


149 
texnika bilan qurollanish ko`rsatkichlari aniqlanadi. SHuningdek to`la 
boshlang’ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza 
hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to`la 
boshlang’ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy 
xajmiga fizik hajm va baho o`zgarishlari xam ta’sir ko`rsatadi. Bu to`la 
boshlang’ich qiymat bo`yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy 
kamchiligidir. 
SHuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish 
taqazo qilinadi va buning natijasida to`la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy 
fondlarning to`la tiklash qiymati – ularning xozirgi davr sharoitlarida takror 
ishlab chiqarish qiymatidir. 
Masalan, 2 yil ilgari «A» markali 10ta stanok uchun sarf qilingan 
harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o`rnatish uchun) 10.000 so`mni tashkil 
qildi. SHu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va 
ularga harajat 4500 so`mni tashkil qildi. 
YUqoridagi ta’rifga ko`ra 15 ta stanokni to`la boshlang’ich qiymati 
xaqiqiy 
sarflangan 
harajatlar 
yig’indisiga 
teng 
bo`ladi, 
ya’ni 
10.000+4500=14500 so`m. 
To`la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami 
qancha harajat qilinishi mumkinligini ko`rsatadi, ya’ni 
15 x (4500/5)=13,500 so`m. 
Tiklash qiymati odatda asosiy fondlarni qayta baholash jarayonida 
aniqlanadi. 
Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari 
ham aniqlanadi. 
Asosiy fondlar o`z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan 
maxsulot tannarxiga o`tkazib turganligi sababli boshlang’ich va tiklash 
qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan xoldagi qiymatlari ham aniqlanadi. 
Buning uchun to`liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi. 
YUqoridagi misolimizda, masalan asosiy fondlarning eskirish darajasi 
30% deb olsak, u holda eskirish summasi = 13500 x 30%=4050 m.s. bo`ladi. 
Demak qoldiq qiymat 
13500 -4050=9450 m.s.ga teng. 
Balansdagi qiymat – ob’ektlarni qayta baholash natijasida olinadi va 
asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balansiga o`tkaziladi. Balansdagi qiymat – 
aralash baholash: ba’zi ob’ektlar uchun – tiklashdagi qiymat, boshqalar uchun – 
bosh birlamchi qimmat ham bo`lishi mumkin. 
Bozor qiymati – ob’ektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin 
bo`lgan qiymatini ifodalaydi. 
Asosiy fondlar uzoq vaqt xizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay 
yaroqsiz xolga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara 
bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab 
chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metallomga 
topshirish, agar binolar bo`lsa – ularning buzilishi natijasida turli xil qurilish 
materiallari (yog’och, g’isht va boshqa) xosil bo`lishi mumkin. Korxonalarda 


150 
albatta temir-tersak va qurilish materiallari turli extiyojlar uchun foydalanishi 
yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablag’lar korxonaning hisob-kitob 
raqamiga kelib tushadi. Bu esa o`z navbatida yo`qotish qiymatida aks ettiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling