O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog’lanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

19-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog’lanish. 
Asosiy fondlarning bozor qiymati – u korxona va muassasalarda mavjud 
bo`gan ob’ektlarni xozirgi holati, fizik va manaviy eskirishi, ulardan amalda va 
kelajakda foydalanish va foyda olish darajasini, talab va taqdim nisbatini 
hisobga olgan holda aniqlanadi va shu bahoda korxonalar va muassasalarda 
ularni sotib yuborishlari mumkin bo`ladi. 
 
15.6. Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish 
ko`rsatkichlari. 
Asosiy fondlar doimiy ravishda ham bo`yum shaklida, xam qiymat 
shaklida o`zgarib turadi. 
Ularning ko`payishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
- sotib olish; 
- yangi qurilish; 
- inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o`zgarishlar. 
Asosiy fondlarning kamayishiga esa quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
- eskirib ishlab chiqarishdan chiqib ketishi; 
- boshqa korxonalarga sotib yuborilishi; 
- tabiiy ofatlar natijasida yo`q bo`lishi; 
- inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o`zgarishlar. 
YUqoridagi o`zgarish omillaridan foydalanib, asosiy fondlarning ikki xil 
balansi tuziladi: 
- to`la boshlang’ich qiymati bo`yicha; 
- qoldiq qiymati bo`yicha. 
Davlat statistika organlari asosiy fondlar balansini joriy baholarda, 
o`rtacha yillik baholarda va bazis yili solishtirma baholarda tuzadilar. 
To`la boshlang’ich qiymat bo`yicha balans har bir korxona, firma yoki 
tarmoq bo`yicha hisoblanadi. Bunda odatda birinchi ustunda asosiy fondlarning 


153 
tasnifi keltiriladi. Kirim va chiqim qismlari esa yanada konkretlashtirilishi 
mumkin. 
Asosiy fondlarning qoldiq qiymati bo`yicha balansida barcha 
ko`rsatkichlar qoldiq qiymatlarda qatnashib, chiqim qismida qo`shimcha yillik 
amortizatsiya ajratmalari keltiriladi. 
SHunday qilib asosiy fondlar balanslarini quyidagicha formula tarzida 
keltirish mumkin: 
- to`la boshlang’ich qiymatda: 
F
0
+F
k
-F
ch
=F

 
- qoldiq qiymatda: 
F
0
1
+F
k
-F
ch
1
-A=F

1
 
bu erda, F
0
va F
1
– asosiy fondlarning yil boshi va oxiridagi to`la 
boshlang’ich qiymatlari; 
F
k
va F
ch
– kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to`la 
boshlang’ich qiymatlari; 
F
0
1
va F
1
1
– asosiy fondlarning yil boshi va oxiridagi qoldiq qiymatlari; 
F
ch
1
– chiqib ketgan asosiy fondlarning qoldiq qiymati; 
A – yillik amortizatsiya ajratmalari. 
Asosiy fondlarning balanslaridagi ko`rsatkichlardan foydalanib ularning 
xolati va takror ishlab chiqarilishi (xarakati) ko`rsatkichlarini hisoblash mumkin. 
Asosiy fondlarning xolat ko`rsatkichlarini eskirish va yaroqlilik 
koeffitsientlari ifodalaydi: 
K
esk
=F-F
1
/F x 100; K
yaroq
=F
1
/F x 100 
K
esk
+K
yaroq
=100% 
Xolat ko`rsatkichlari odatda yil boshiga va oxiriga hisoblanib, ularni 
taqqoslash asosiy fondlarning xolati qay tarzda o`zgarganligini aniqlashga 
imkon beradi. 
Eskirish koeffitsienti yaroqlilik koeffitsienti bilan uzviy bog’liqdir. 
eskirish koeffitsienti qancha kichik bo`lsa, yaroqlilik koeffitsienti shuncha katta 
bo`ladi va aksincha. Agar koeffitsient «1»dan eskirish koeffitsientini ayirib 
tashlasak, yaroqlilik koeffitsientiga ega bo`lamiz. 
Asosiy fondlarning xarakatini yangilash va chiqib ketish koeffitsientlari 
ifodalaydi: 
K
yang
=F
yang
/F
1
 x 100; K
chiq
=F
chiq
/F
0
 x 100 
Bu erda, F
yang
va F
chiq
- yil davomida yangidan kiritilgan va chiqib ketgan 
asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatlari. 
Bu ko`rsatkichlar asosiy fondlar balansi ma’lumotlari asosida tuziladi. 
Asosiy fondlar to`liq qiymati bo`yicha balansi (mln.so`m): 
Yil 
boshidagi 
xajmi 
Yil davomida kiritiladi 
Yil davomida chiqariladi 
Yil 
oxiridagi 
xajmi 
Jami 
SHu jumladan 
yangi asosiy 
fondlar 
Jami 
SHu jamladan 
eski asosiy 
fondlar 
yo`qotildi 
4250 
1230 
600 
200 
150 
5280 


154 
Balans ma’lumotlari asosida asosiy fondlar xarakati va xolatini 
ifodalovchi ko`rsatkichlarni hisoblaymiz: 
1. Kiritish K
t
=1230/5280 x 100 = 23,2% 
2. Yangilash K
t
=600/5280 x 100 = 11,4% 
3. Chiqarish K
t
=200/4250 x 100 = 4,7% 
4. Yo`qotish K
t
=150/4250 x 100 = 3,5% 
5. Yaroqlilik K
t
yil oxiriga
=3850/5280 x 100 = 72,9% 
6. Eskirish K
t
yil oxiriga
=1430/5280 x 100 = 27,1% 
Xuddi shunday ko`rsatkichlarni yil boshiga nisbatan ham hisoblash 
mumkin. Umuman, eskirish koeffitsienti asosiy fondlar qiymatining mahsulotga 
o`tkazilgan qismini, yaroqlilik koeffitsienti esa asosiy fondlarning foydalanish 
mumkin bo`lgan qismi qiymatini ifodalaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling