148
ulardan:
- o`zgaruvchi moslamalar
12,3
- kuchlanish mashina va uskunalar
9,2
- ishchi mashina va uskunalar
27,2
- o`lchash va boshqarish anjomlari,
qurilmalari va laboratoriya uskunalari
1,2
- hisoblash texnikasi
0,9
- transport vositalari
2,8
- boshqa asosiy fondlar
1,2
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish jarayonini amalga
oshirish uchun xo`jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab
chiqarish fondlari bilan
ta’minlangan bo`lishlari lozim.
Ishlab chiqarish fondlari asosiy va oborot
ishlab chiqarish fondlariga
bo`linadi. Ular o`rtasidagi farq quyidagilardan iboratdir:
- asosiy fondlar ko`p ishlab chiqarish tsikllarida qatnashib, o`z
qiymatini
qismlab, asta-sekin yangidan tayyorlanayotgan mahsulotga o`tkazib boradi;
oborot fondlari esa bitta ishlab
chiqarish jarayonida qatnashib, o`z qiymatini
to`liqligicha yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o`tkaziladi;
- oborot fondlari bevosita ishlab chiqarish jarayonida bo`lsa,
asosiy
fondlar shunday bo`lishi ham, bo`lmasligi ham mumkin;
- asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo`shilmaydi, oborot
fondlari esa qo`shiladi va tayyor mahsulotning o`zagini tashkil etadi;
- asosiy fondlar tarkibiga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq va qiymati
15 ta minimal ish haqqidan ortiq bo`lgan fondlar kiradi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiladi.
Ularning qiymati va tarkibi korxona faoliyatining
sifat va miqdor
ko`rsatkichlariga kuchli ta’sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: