O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
Qisqacha xulosalar
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo`lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy xolatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o`sishning muhim omili hisoblanadi. SHu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to`ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko`rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy boylik xajmi va tarkibining o`zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va jamg’arish jarayonining tendenstiyalari haqida fikr yuritiladi. Iqtisodiy aktivlarni tasniflashda avvalo ular ikki sinfga ajratiladi: moliyaviy aktivlar va nomoliyaviy aktivlar. Moliyaviy aktivlar ko`p jihatdan moliyaviy talablar va majburiyatlardan iborat. Nomoliyaviy aktivlarga – egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida yoki qiymat zahirasi sifatida manfaat ko`rishlari mumkin bo`lgan ob’ektlardir. Ular ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo`lishi mumkin. Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga konkret faoliyat bilan shug’ullanish huquqini beruvchi xujjatlar kiradi (patentlar, litsenziyalar, tovar belgilariga bitimlar tuzish va h.k.). Iqtisodiyot har bir sektorning ma’lum momentga nisbatan iqtisodiy ahvoli, uning o`zining xususiy kapitali xajmi bilan baholanadi va u sektorning aktiv va passivlar balansining balanslashtiruvchi moddasida o`z aksini topadi. Balans ikki yoqlama jadvalga o`xshatib tuziladi, uning chap tomonida sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o`ng tomonida esa uning moliyaviy majburiyatlari va o`z kapitalining sof qiymati keltiriladi. Asosiy fondlar tarkibiga erlarni yaxshilash (melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital harajatlar va erga egalik qilish huquqini o`tkazish bilan bog’liq bo`lgan xizmatlar (advokatlar, ko`chmas mulk bilan shug’ullanuvchi agentlar va boshqa vositalar xizmatiga to`lovlar, to`langan soliqlar va yig’imlar va boshqa tashkiliy harajatlar) bilan bog’liq bo`lgan harajatlar ham kiradi. 155 Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish jarayonini amalga oshirish uchun xo`jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlangan bo`lishlari lozim. Statistikada asosiy fondlarning xajmini o`rganishda natural va qiymat ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko`rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo`llaniladi: to`la boshlang’ich qiymati; to`la tiklash qiymati; eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang’ich (tiklash) qiymati; balansdagi qiymati; bozor qiymati; yo`kotishdagi qiymati. Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida sekin-asta emirilib boradi. emirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy asosini tashkil qiladi. emirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo`linadi. Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq elementlarining paydo bo`lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi natijasida sodir bo`ladi. Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash (almashtirish) zaruriyati tug’iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo`yicha xarajatlari qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun etarli darajadagi pul mablag’lari jamg’arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag’larini yig’ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalrini qo`shish orqali amalga oshiriladi. Investitsiyalarning mohiyati shundaki, ular keyinroq manfaat olish uchun xozir ma’lum loyihalarga qilingan xarajatlarni anglatadi. Investitsion loyihalarning shakllari va mazmuni yangi korxona qurilishi rejalashtirishdan tortib, to asosiy kapitalning yangi elementlarini sotib olishgacha bo`lishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling