O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Byudjet hisobi” fanidan mustaqil ish
Download 82.35 Kb.
|
Бюджет хисоби Мустакил иш (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2022 Byudjet hisobining huquqiy asoslari Reja: 1.Byudjet hisobining mazmuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI “Byudjet hisobi” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU: Byudjet hisobining huquqiy asoslari Bajardi: I52-2 guruh talabasi Mo'minov Farrux Tekshirdi: __________________ TOSHKENT-2022 Byudjet hisobining huquqiy asoslari Reja: 1.Byudjet hisobining mazmuni 2. Byudjet hisobi va nazoratining me’yoriy-huquqiy asoslari Foydalanilgan manbalar 1.Byudjet hisobining mazmuni Davlat byudjeti qonun sifatida xar yili Oliy majilis sessiyasida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat byudjeti orqali davlat ishlab chiqarishni kengaytirish va ijtimoiy extiyojlarni qondirish uchun taqsimlanadigan va foydalaniladigan milliy daromadning bir qismi markazlashtiriladi. Daromadlarning o’z vaqtida va to’liq kelib tushishi va davlat byudjeti mablag’larini maqsadli foydalanilishi davlat byudjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya xisobining to’gri tashkil qilinishiga bog’liq. Bizning respublikamizda davlat byudjeti ijrosi buxgalteriya xisobi va byudjet xisobi yagona xalq xo’jaligi xisobining tarkibiy qismlaridan biri xisoblanadi. Byudjet xisobi-bu mamlakat davlat byudjeti ijrosi buxgalteriya xisobi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijrosi buxgalteriya xisobi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi «Byudjet tizimi to’grisida»gi Qonuni, 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya xisobi to’grisida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, Buxgalteriya xisobining milliy standartlari» (BXMS), O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetidan taʼminlanadigan tashkilotlarning buxgalteriya xisobotlari va balanslari to’grisidagi Nizomi, Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini Moliya vazirligi va moliya organlaridan ro’yxatdan o’tkazish tartibi, Byudjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya xisobi xaqidagi Nizom, Yillik va chorak moliyaviy xisobotlarni taqdim etish to’g’risida Nizom, «Kassa operatsiyalarini yuridik shaxslar tomonidan yuritish qoidalari», Byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish tartibi, «Byudjet tashkilotlarini vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish tartibi», O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan taʼminlanadigan tashkilotlarning buxgalteriya xisobotlari va balanslari to’g’risida Nizom asosida tashkil qilinadi. Byudjet xisobi davlat byudjeti ijrosiga bog’lik barcha muomalalarni qamrab oladi va uning ijrosi jarayonidagi byudjetning xolatini xarakterlab beradi. Buxgalteriya xisobi orqali bank muassasalaridagi xisob raqamlaridagi pul mablaglarini, daromad va xarajatlarini, byudjetning ijrosi jarayonida vujudga kelgan fond va zaxiralar mablaglarini, byudjet tashkilotlari moddiy boyliklarini aks ettiradi. Byudjet xisobining obʼekti bo’lib byudjet daromadlari va xarajatlari, pul mablag’lari va ularning byudjet ijrosi jarayonidagi xarakati, byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet muassasalarining moddiy boyliklari xisoblanadi. Byudjet xisobining vazifasi bo’lib mamlakat davlat byudjeti, respublika byudjeti va maxalliy byudjetlarning daromad va xarajatlari bo’yicha rejasining ijrosini o’z vaqtida, to’liq va aniq aks ettirish xisoblanadi. Download 82.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling