O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport mahoratini oshirish fanidan kurs ishi mavzu


Shaxsiy pressing himoyaning eng faol sistemasidir


Download 1.36 Mb.
bet14/16
Sana21.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1372847
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Basketbol o‘yini hujum taktikasiga o’rgatish

Shaxsiy pressing himoyaning eng faol sistemasidir. Buning mohiyati shuki, to’p raqibning qo’liga o’tishi bilan himoyalanayotgan jamoaning har bir o’yinchisi “o’zini” hujumchisini butun maydon bo’ylab unga erkin harakat qilishga yo’l bermay, to’pni olish va o’zi xohlagan yo’nalishda uzatishga yo’l qo’ymay ta’qib qila boshlaydi.
Agar hujum qilayotgan jamoa pressinga qarshi hujumni jarima otish maydonchasining yarim doyrasiga chiqarilgan markaziy o’yinchi orqali o’tkazishga harakat qilsa, markaziy o’yinchini to’p olishiga yo’l qo’ymay, uni orqa – yo’n tomondan ta’qib qila boshlash kerak. Himoyachi tepasidan hujumchiga yuqoridan uzatilgan to’pga qarshi straxovkani shu paytda to’pdan ancha uzoqdagi o’yinchini ta’qib etib yurgan o’yinchi amalga oshirishi kerak.
Zonali pressing. Buning mohiyati shundaki, to’p bilan bo’lgan o’yinchini doim ikki kishi bo’lib hujum qilib, to’pni uzatishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarni tosib, zona prinspi asosida asosan raqib maydonida jamoaviy faol himoya tashkil etadi. To’pli hujumchilar III yoki IV mintaqada kirib kelganda zona pressingi vaqtincha birmuncha oldinga surilgan 3-2 zona himoyasi xarakterini qabul qiladi. Bu holda biron-bir hujumchining zonali himoya orqasiga yoki jarima otish maydonchasiga xavfli kirib kelganda, himoyalanayotgan jamoa bu hujumchini vaqtincha shaxsiy ta’qib qiladi.
Basketbolda asosiy maqsad —. natijali to'p tashlashdir. O'yin­ning aynan mohiyati va maqsadi ham shunda, ya'ni raqiblar savatiga qanchalik ko'p miqdorda to'p tashlagan jamoa o'yinchilari g'olib bo'ladilar. Qolgan barcha texnik unsurlar natijali to'p tashlash uchun eng yaxshi sharoit yaratishga qaratiladi. Agar siz turli-tuman texnik unsurlarni, o'yin taktikasi variantlarini qanchalik yaxshi egallasangiz, halqaga shunchalik to'pni ko'proq tushirasiz, shunchalik tez-tez g'alaba qilasiz. Basketbol texnikasining asosiy usullarini ko'rib chiqamiz.
To'pni ushlash. Bu harakat ikki qo'llab barmoqlarni keng joylashtirish bilan bajariladi va to'p hamma tomondan ishonch bilan mahkam ushlanadi. Buning uchun siz, quyidagi mashqlarni bajarib ko'ring: to'pni olib uni yuqoriga ko'taring, tez tizzagacha .tushiring, so'ngra to'g'ri qo'llarda to'pni o'ngga ko'taring, tez harakat bilan chapga olib o'ting, to'pni awal chap, so'ngra o'ng tomonlarga aylantiring. Bu harakatlar ishonchli bajarilsa, demak, to'pni ushlash to'g'ri bajarilgan. Siz quyidagilarni esda saqlang: to'p barmoqlar bilan ushlanadi, kaftning yuzasi tegmaydi (98-rasm). Mana bu mashqni bajarib ko'ring: to'pni oling, uni sheriigingiz olishiga ruxsat bering, so'ngra sherikning qarshiligini yengib, shiddatli harakatlar bilan yuqoriga, pastga, o'zidan aylantirib, itarib va siltab, to'pni tortib oling.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling