O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 58.03 Kb.
bet11/12
Sana04.11.2023
Hajmi58.03 Kb.
#1746521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi mavzu O’qish darslarida Ma’naviyat -qalb quyoshi mavz-fayllar.org

UMUMIY XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.
Nafaqat davlat rahbari, avvalambor, buyuk tarix, madaniyat va ma’naviyat egasi bo‘lgan xalqimizning bir farzandi sifatida, ana shu bebaho boylikni asrab-avaylash, uni har xil oshkora va pinhona hujumlardan himoya qilish haqida qayg‘uradigan bir inson sifatida yuqorida zikr etilgan o‘ta muhim va o‘ta nozik bu masalalar meni ham ko‘pdan buyon o‘ylantirib keladi.
Ushbu kitob insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-urtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog‘liq
vazifalarni aniq belgilab olish borasidagi hayotiy ehtiyoj mahsuli sifatida dunyoga keldi.
Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo‘lardim.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I. SIYOSIY ADABIYOTLAR
1. Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2017. – 4-avgust.
2 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. // Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.

Download 58.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling