O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti “Filologiya” fakulteti Tarix yo’nalishi 3 -kurs 312-guruh talabasi Abdulazizov Muhammadalining


Download 182.9 Kb.
bet1/7
Sana01.04.2023
Hajmi182.9 Kb.
#1315280
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi AQSH 2 jahon urushidan keyingi yillar



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti “Filologiya” fakulteti Tarix yo’nalishi 3 -kurs 312-guruh talabasi Abdulazizov Muhammadalining
Jahon tarixi” fanidan yozgan

KURS ISHI


Mavzu : AQSh ikkinchi jahon urushidan keyin yillarda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy ahvoli
Bajardi: Abdulazizov Muhammadali
Qabul qild: Mengliboyev Akmal

Denov-2022


Mundarija
Kirish ……………....................................................................... 5
I BOB. AQSH II JAHON URUSHIDAN KEYING YILLARDA IJTIMOIY, SIYOSIY AXVOLI
I.1. AQSH II jahon urushidan keying yillarda ijtimoiy, siyosiy ahvoli…….
I.2. AQSH II jahon urushidan keying yillarda ilm-fan taraqqiyoti…….
II BOB. AQSH II JAHON URUSHIDAN KEYING YILLARDA IQTISODIY AXVOLI…….
II.1. II jahon urushidan keyinggi yillarda AQSH iqtisodiyotida o’zgarishlar ……
II.2. AQSH va Yevropa davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlar o’natilishi……
III. Hulosa ..................................................................
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ..................................

Kirish
Urush AQSH ni iqtisodiy va harbiy jihatdan dunyoning eng qudratli davlatiga aylantirdi.


Bunga, birinchidan, urushning AQSH hududiga daxl qilmaganligi uchun erishildi. Urush harakatlarida 4 yilda 300 ming kishi halok bo’ldi. Natijada AQSH urushdan eng kam zarar bilan chiqdi. Uning to’g’ridan-to’g’ri zarari 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu ikkinchi jahon urushida ko’rilgan barcha zararning atigi 0,4 foizni tashkil etdi.
Ikkinchidan, fashistik davlatlar blokiga qarshi urushayotgan davlatlarga ko’plab miqdorda qurol-yarog’ va boshqa sanoat hamda qishloq xo’jalik mahsulotlari sotish hisobiga erishildi. Chunonchi, 1941-1945-yillarda AQSH o’z ittifoqchilariga 46 mlrd. (shu jumladan Buyuk Britaniyaga 30 mlrd., SSSR ga esa 9 mlrd.) dollarlik harbiy mahsulotlar yetkazib berdi.
Uchinchidan, chet davlatlar AQSH dan 41 mlrd. dollar miqdorida qarz bo’lib qoldi.
1947-yilda dunyo sanoat ishlab chiqarishining 54 foizi AQSH hissasiga to’g’ri keldi. Xalqaro savdoda yetakchi o’rinni egalladi. Flotining quvvati ham 5 baravar ortdi. AQSH dunyoning birinchi davlatiga aylandi.1
1945-yil 6 va 9-avgustda AQSH harbiy-havo kuchlari bombardimonchilari Xiro-sima va Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom bom-basi tashladi. Bu, bemisli qudratli yangi ommaviy qirg’in quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo’ldi. Ikkala shahar to’liq vayron etil-di, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo’ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o’limga olib keldi. Bu, AQSHning urushdan so’nggi dunyoga yakka hokimlikka davosi edi. Mazkur voqea "sovuq urash" boshlanishiga turtki bo’ldi.2
1939-yildan 1945-yilgacha davom etgan urushda dunyo aholisi soni 75 millionga kamaygan. G’alaba natijasida salkam 3,5 million odam natsistlar konsentratsion lagerlaridan ozod bo’ldi. Qo’shma Shtatlar Yaponiya hujumiga uchraganidan so’ng 1941-yil oxirida urushga kiradi.Natsizmga qarshi kurash Amerika, Britaniya va Sovet Ittifoqi kabi mafkuraviy raqib davlatlarni birlashtiradi. “Ular koalitsiya qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatgan”, - deydi tarixchi Konrad Kreyn. Urushdan keyin G’arbiy Yevropaning qayta oyoqqa turishida AQShning Marshall rejasi deb nomlangan iqtisodiy yordam dasturi katta rol o’ynaydi. “Yevropaliklarning yolg’iz o’zi buni uddalay olmasdi”, - deydi Milken institutidan iqtisodchi Kevin Klauden. Urushdan so’ng Yevropa xaritasi o’zgardi, boshqa mintaqalardagi mustamlakalar mustaqillikka erishdi. 3



Download 182.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling