O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti “Filologiya” fakulteti Tarix yo’nalishi 3 -kurs 312-guruh talabasi Abdulazizov Muhammadalining
I.2. AQSH II jahon urushidan keying yillarda ilm-fan taraqqiyoti
Download 182.9 Kb.
|
Kurs ishi AQSH 2 jahon urushidan keyingi yillar
I.2. AQSH II jahon urushidan keying yillarda ilm-fan taraqqiyoti
1945-yil 6 va 9-avgustda AQSH harbiy-havo kuchlari bombardimonchilari Xiro-sima va Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom bom-basi tashladi. Bu, bemisli qudratli yangi ommaviy qirg’in quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo’ldi. Ikkala shahar to’liq vayron etil-di, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo’ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o’limga olib keldi. Bu, AQSHning urushdan so’nggi dunyoga yakkahokimlikka davosi edi. Mazkur voqea "sovuq urash" boshlanishiga turtki bo’ldi. Rasman "sovuq urush"ning boshlanishi 1946-yil 5-martda sobiq Angliya bosh vaziri Cherchillning Fultondagi amerika universitetida so’zlagan nutqida e'lon qilindi. U.Cherchill "sharqiy kommunizm" bilan kurash uchun ingliz-amerika harbiy inttifoqini tashkil etishga chaqirdi. U urushdan so’ng totalitarizm ta'siriga tushib qolgan Sharqiy Yevropani erkin demokratik g’arbdan ajratib turuvchi "temir parda" haqida so’zladi. SSSR bilan natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning o’ziga qarshi birlashdi. "Sovuq urush" — Sharq va G’arb marnlakattariga nisbatan (1945— 1991y.) qarama-qarshilik, birbiriga dushmanlik, o’zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich. Biroq Sovet xavfi oldidagi qo’rquv soxta bo’lib, asosga ega emas edi. Sovet Ittifoqi urush paytida ko’p talafot ko’rgan bo’lib, yangi qarama-qarshilikka jur'at etmasdi. g’arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi xabardor edi. Buning ustiga 1949-yilgacha AQSH atom bombasiga monopol hukmron bolib, uni qo’llash haqidagi birgina do’q-po’pisaning o’zi har qanday tajovuzkorlikni to’xtatish uchun yetarli edi. Yadro quroli "sovuq urush" vositasi bo’ldi. AQSH uni ishlab chiqarish va bu sohadagi tadqiqotlar ustidan xalqaro nazorat o’rnatish rejasini ishlab chiqdi. Bu reja 1946-yilda BMTga taqdim etildi va u istalgan mamlakatda bunday tadqiqotlarni tekshirish huquqini ko’zda tutdi. SSSR bu rejani inkor qildi va 1949-yilda o’z atom bombasini ilk bor sinovdan o’tkazdi. Shundan boshlab "sovuq urush" yadroviy qurollanish poygasi darajasiga ko’tarildi. AQSH va SSSRdan tashqari atom qurolini boshqa mamlakatlar ham yaratishga kirishdi, ular buning uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga ega bo’lishdi. 1952-yilda Angliya, 1960-yilda - Fransiya, 1964-yilda Xitoy o’z atom bombasini sinovdan o’tkazdi. 1974-yilda Hindiston, 1999-yilda Pokiston o’z atom bombalariga ega bo’ldi. Yadro quroli takomillashib bordi. 60-yillarda endi taktik qurol turlari yaratila boshladi, ulardan odatdagilari bilan bir qatorda kichik miqyoslarda foydalanish mumkin edi. 1953-yilda SSSRda ilk marta vodorod bombasi yaratildi, u o’z vayronagarchilik kuchiga ko’ra atom va neytron bombasidan minglab marta kuchli edi. Yadro quroli bilan bir qatorda ularni nishonga yetka-zib berish vositalari ham ishlab chiqildi. Jumladan, 1948-yili AQSH 20 km balandlikda 12 raing km uzoqlikka qadar ucha oladigan B-52 qitalararo bombardimonchi samolyotga ega bo’ldi, u yetti yildan so’ng SSSRda ham yaratildi. 1957-yili Sovet Ittifoqida Tinch okeani akva-toriyasida 10 ming kmudan ziyodroq masofada nishonni aniq uruvchi qitalararo ballistik raketa sinovdan o’tkazil-di, bir yildan so’ng AQSHda ham shunday raketa yaratil-di. Deyarli bir paytning o’zida AQSH va SSSRda uzoq masofaga suzuvcbi atom suvosti kemalari yaratildi. Shu munosabat bilan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Ular SSSRda 1966-yilda, AQSHda 1974-yilda barpo etildi. Qurollanish poygasi yildan-yilga tezlashib bordi. Yangidan-yangi mamlakat va qitalar unga tortildi, 70-yillarning birinchi yarmida jahonda harbiy xarajatlar har yili 350 milliard dollarni, o’n yillik oxiriga kelib esa400 milliard dollarni tashkil etdi, 80-yillarda insoniyat haryili qurollanish uchun 600 milliard dollarni sarf etdi. Qurollanish poygasi dunyo xo’jaligi rivojlanishiga ulkan zarar yetkazdi, insoniyat salomatligiga zarar keltirdi.Har yili yuzlab ydro qirollari sinovdan o’tkazilishi va yadroviy changlar barcha qitalar buylab atmosferaning yuqori' qatlamlanga tarqaldi. Bu hol xafli kasalliklarning tarqalishi va tuproqning buzilishiga olib keldi. 4 Fan va texnika doimo taraqqiy etib keldi. Biroq bu taraqqiyot XX asrdan boshlab misli ko‘rilmagan darajada o‘sib ketdi. Shu tufayli adabiyotlarda ilmiy-texnika inqilobi (ITI) iborasi ishlatila boshlandi. Xo‘sh, ilmiy-texnika inqilobi nima o‘zi? Ilmiy-texnika inqilobi — bu XX asrda fan va texnikada ro‘y bergan olamshumul kashfiyotlar tufayli fanning bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligi. Bu hodisa ITI mohiyatini tashkil etadi. ITI fan bilan texnikaning, fan bilan ishlab chiqarishning chatishib ketishiga olib keldi. Bu chatishuv, o‘z navbatida, kashfiyotlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi muddatining qisqarishini ta’minladi. ITI ishlab chiqaruvchi kuchlarning hamma komponentlarini (energiya, lazerlar, robotlar, texnika, mehnat materiallari, texnologiya) va, hatto, odamning o‘zini ham o‘zgartirib yubordi. Chunonchi, energiya manbayiga oshib borgan ehtiyoj mutlaqo yangi manba — atom elektr stansiyalari barpo etilishiga olib keldi. Shuningdek, Quyosh, okean, chuqur yer osti energiyasidan foydalanishning ham kashf etilishini ta’minladi. Ishlab chiqarish kompleks avtomatlashtirildi. 1946-yilda amerikalik olimlar J. Mashli va J. Ekkert birinchi kompyuterni yaratdilar. Tez orada kompyuter tizimlari bilan boshqariladigan texnologiya joriy etildi. Bu, aslida, odamsiz boshqariladigan texnologiya edi. Biroq ITI qanchalik qudratli bo‘lmasin, u inson omilini ishlab chiqarish jarayonidan siqib chiqara olmadi. Aksincha, u insonni o‘ta mukammal va murakkab texnika hamda texnologiyani o‘zlashtirib olishga undaydi. Bu esa insonning o‘z bilimi, malakasini zamon talabi darajasida o‘stirib borishini zaruratga aylantirib qo‘ydi. Binobarin, insonning intellektual qobiliyati, ongi, dunyoqarashi jadal o‘zgarib bormoqda. Bugungi ishchi, muhandis XX asr boshlaridagi ishchi yoki muhandis emas. Bugungi ishchi (xodim) mashina elementi emas, balki mashinani nazorat etuvchisidir. ITI, o‘z navbatida, ishlab chiqarishga mutlaqo yangi texnologiyaning (chunonchi, materialga lazer, gaz plazmasi, elektron-nur, ultra tovush yordamida ishlov berish) joriy etilishiga olib keldi. ITI/ ayni paytda, axborot industriyasining yaratilishiga ham olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, fan-texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishning qudratli omiliga aylandi. ITI kompyuterlarning mutlaqo yangi avlodlari yaratilganligi bilan ham ajralib turadi. Bugungi kompyuter ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab oldi. ITI ilmiy bilimlar jamg‘arilishining misli ko‘rilmagan sur'atini ta’minladi. Masalan, XX asr boshlarida kimyo bo‘yicha millionta yangi ma'lumot 30 yildan ortiq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, hozir shuncha ma’lumot to‘plash uchun 4 yil kifoya bo‘lmoqda. Ishlab chiqarishdagi inqilobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida, aholi ijtimoiy qatlamida ham tub o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Chunonchi, aholining ko‘pchilik qismi moddiy ishlab chiqarish sohasida emas, balki xizmat ko'rsatish sohasida mehnat qilishga o‘tdi. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi tobora o‘sib bormoqda. Bu esa ish vaqtini qisqartirishga, ta'tillar muddatini uzaytirishga, aholi mehnat daromadining o‘sishiga olib kelmoqda. Bu hol yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqarishda amalda qo‘llashga mas’ul bo‘lgan insonning doimo qayta o‘qishiga, malakasini o‘zgartirishga, ishlab chiqarishning o‘zgaruvchi sharoitlariga tez moslashishiga imkon bermoqda. Hukumat va xususiy ishlab chiqaruvchilar korxona ishchi va xizmatchilarining yuqori malakalarini saqlab qolishdan eng ko‘p darajada manfaatdordirlar. Shuning uchun ham AQSH da bir ishchining qayta tayyorlovdan o‘tishiga, o‘z malakasini yanada oshirishiga bir yilda sarflanadigan xarajat 400 ming dollarni tashkil etishi bejiz emas. 0 ‘z navbatida, ishchiga ta'lim berishga sarflanadigan har 35 ming dollar 965 ming dollar foyda ham keltirmoqda.5 Ilmiy-texnika inqilobining asosini, birinchi navbatda, fizika fani tashkil etdi. XX asrda fizika fanida olamshumul kashfiyotlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1919-yilda tarixda ilk bor atom yadrosini parchalash, ikkinchi jahon urushi arafasida esa uran atomlarining bo‘linishi zanjir reaksiyasi kashf etildi. 1942-yildan AQSH da yadro energiyasi olina boshlandi. Bu kashfiyotlar oxir-oqibatda atom bombasining yaratilishiga olib keldi. Shu tariqa yaxshilik yo‘lidagi barcha kashfiyotlar muallifi — inson dunyodagi barcha tirik mavjudotlarni, shu jumladan o‘zini ham qirib yuborishga qodir qurol ham yaratdi. (Bu qurol 1945-yilda ishlatildi ham.) Elektr magnit to‘lqinlar fizikasining yaratilishi 20-yillarda televideniyening, 30-yillarda radiolokatsiyaning, 40-yillarda radioastronomiyaning, 50- yillarda kvant elektronikasining tug‘ilishiga olib keldi. Kvant elektronikasi esa, o‘z navbatida, kosmik aloqani zamr kuchaytirgichlar bilan ta’minlovchi asbob kashf etilishini voqelikka aylantirdi. Shuningdek, lazerning kashf etilishini ta’minladi. Radioelektronika sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar esa 40-yillardayoq AQSH da dastlabki elektronhisoblash mashinalari (EHM) yaratilishiga imkon berdi. 1957-yilda sobiq SSSR da Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. 1960-yilda Toman Neyman birinchi lazer qurilmasini yaratdi. 1961-yilda jahonda birinchi bo‘lib sobiq SSSR fuqarosi Yu. A. Gagarin raketada kosmosga parvoz qildi. Ayni chog'da kosmonavtikaning xalq xo'jaligiga xizmat qilishiga imkon yaratildi. 1969-yilda Neyl Armstrong (AQSH fuqarosi) Oyga qadam qo'yishga muvaffaq bo‘ldi. Fizika fani yutuqlari transport texnikasini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Chunonchi, reaktiv dvigatelning samolyotga o‘matilishi samolyotning tovush to‘sig‘ini yengib o‘tishi muammosini hal etdi. Endi samolyotlar har qanday yuklarni minglab kilometr masofaga tashiy boshladi. 0,5 mln. tonna neft sig‘adigan okean tankerlari yaratildi. Kimyo fani taraqqiyotisiz ham ITI yuz bermas edi. Bu fan kashfiyotlari o‘ta toza va o‘ta qattiq, po‘latdek pishiq, ayni paytda undan 7—8 barvar yengil moddalar olishga imkon berdi, plastmassa, kauchuk, sintetik tolalar, dori-darmon yaratish mumkin bo‘ldi. Biologiya fanida ham mislsiz kashfiyotlar amalga oshirildi. XX asr o‘rtalariga kelganda genetika yetakchi sohaga aylandi. Nuklein kislotalarning tuzilishi kashf etildi. Uning oqsil sintezidagi roli ham aniqlandi. 90-yillarda yangi fan — geninjeneriya (irsiyat muhandisligi) vujudga keldi. U katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Natijada vitaminlar, antibiotiklar va o ‘g‘it hosil qilishga yordam beruvchi mikroorganizmlar yaratildi. Hayvonlarning zotli naslini urchitish, kasalliklarga chidamli o‘simlik navlarini yaratish mumkin bo‘ldi. Biologik va biokimyoviy kashfiyotlar, o‘z navbatida, tibbiyotning reanimatologiya, anesteziologiya va immunologiya kabi yangi muhim tarmoqlarini vujudga keltirdi. Jarrohlik mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu hodisa inson tanasining dastlab buyrak, so‘ng yurak, o‘pka va boshqa a’zolarini ko‘chirib o‘tkazishda o‘z ifodasini topdi. Tibbiyotda sun’iy yurak yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Davolashning jarrohsiz usullari kashf etildi. Chunonchi, bugungi kunda buyrakdagi tosh ultratovush zarblari bilan maydalanmoqda. Insonning ko‘rish qobiliyati lazer yordamida tiklanmoqda. Yadroviy magnit tebranishlariga asoslangan kompyuter tomograflari yordamida bemorlarga tashhis qo‘yilmoqda. Lekin ITI insoniyat oldiga o‘tkir muammolarni ham qo‘ymoqda. Tuproq, suv va havo zararlanmoqda. Atom tufayli ekologik falokat mintaqalari ko‘paymoqda.6 Download 182.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling