O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti “Filologiya” fakulteti Tarix yo’nalishi 3 -kurs 312-guruh talabasi Abdulazizov Muhammadalining


II BOB. AQSH II JAHON URUSHIDAN KEYING YILLARDA IQTISODIY AXVOLI……


Download 182.9 Kb.
bet5/7
Sana01.04.2023
Hajmi182.9 Kb.
#1315280
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi AQSH 2 jahon urushidan keyingi yillar

II BOB. AQSH II JAHON URUSHIDAN KEYING YILLARDA IQTISODIY AXVOLI…….
II.1. II jahon urushidan keyinggi yillarda AQSH iqtisodiyotida o’zgarishlar
Dunyo davlatlari orasida iqtisodiy qudrati jihatidan Amerika Qo’shma Shtatlari birinchi o’rinda turadi. Amerikaning mustaqil davlat sifatida yuksaklikka intilish omillarini o’rganish foydadan xoli emas. Amerikaning ham yjtimoiy, ham iqtisodiy jabhalarda shunchalik yuksaklikka erishgani tasodifiy emas. Buning obyektiv - inson irodasiga bog’liq bo’lmagan, subyektiv - inson irodasiga bog’liq bo’lgan omillari bor. Birinchi guruh omil-lar haqida ran borganda, AQSh hududining kattaligi - maydoni 9,3200 kvadrat kilometr bo’lib, Yevropa qit’asiga teng, jug’rofiy sharoiti qulay (Tinch va Atlantika okeanlari ikki tomondan o’rab olgan), iqlim sharoiti mo’tadilligi, xususan, yog’in-sochinning yetarli miqdorda ekanligi, qazilma boyliklar, daryo, ko’l, o’rmonlar mavjudligi, yerlarining serhosilligi va boshqalarni aytish mumkin. Rossiya bilan qiyoslangudek bo’lsa, AQSh shimoliy qismining tabiiy sharoiti Qora dengiz bo’yinikiga muvofiq keladi, Rossiya sharoitining 30 foiziginasi AQShnikiga o’xshash. Bu yerda g’o’za maydonlarining asosiy qismida sug’orilmay paxta yetishtiriladi, binobarin, sarf-xarajat ozligi tufayli samaradorlik yuqori. AQSh iqtisodiyoti ildam rivojlanishining eng muhim jihatlari ikkinchi guruh omillarga tegishli bo’lib, uning ravnaqini, avvalo, Yevropadan ko’chib kelganlarning zakovati, ilmi, mehnati ta’minladi. Amerikadagi mavjud qulay imkoniyatlar ishchi kuchiga muhtoj edi, shu tufayli nisbatan yuqori ish haqi to’landi va mashina-mexanizmlarga alohida e’tibor berildi. Xorijdan bu yerga ko’chib keluvchilar tobora ko’payib bordi. Agar XIX asrda Yevropa aholisi 2 marta o’sgan bo’lsa, AQSh aholisi 14 baravar orttanligi fikrimiz dalilidir. Hozir ham Amerikaga yiliga o’rtacha 700 ming aholi ko’chib keladi. 1782 yili fransuz agronomi va sayyohi Gekteor Sen Jen de Krevekor "Amerikalik kim o’zi?" degan savolga shunday javob keltirgan: "U yo yevropalik, yoki yevropalikning avlod-ajdodi bo’lib, turli qonlarning g’aroyib qorishmasidirki, bunday holatni boshqa biron mamlakatda uchratmaysiz...
Men shunday oilani misol sifatida keltirishim mumkinki, unda buva - ingliz, buvi - golland, o’gli fransuz ayolga uylangan, nevaralari esa boshqa millat vakillariga uylangan yoki turmushga chiqishgan. Ko’chib keladiganlar, asosan Yevropadan bo’lib, ularning aksariyati sog’lom, bilimli, ishbilarmon, o’z oldiga aniq maqsad qo’ygan, qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan turli millat yoshlaridir. Demak, amerikaliklar turli millat va xalqlarning qorishmasidan iborat. Ammo ular yagona ingliz tili asosida yagona davlat. - Vatan tuyg’usi bilan yo’grilgan g’oya uchun kurash olib borib, shu tufayli katta yutuqqa erishdilar". Erkin bozor munosabatlariga asoslangan demokratik o’zgarishlarning amalga oshirilishi shu yutuqlarning muhim omili bo’ldi. Erkin demokratik xususiy tadbirkorlik kayfiyati doimo ustun bo’lgan. Yutuq har bir shaxsning harakati o’larok yuzaga kelgan, shu sababli shaxsiy rag’bat har vaqt birinchi o’rinda bo’lgan. Xalq xo’jaligi rivojlandi, ayniqsa transport, temir yo’llar rivoji taraqqiyot asosi bo’ldi, mamlakatning Atlantika okeani bilan Tinch okean oralig’ini bog’lovchi temir yo’li barpo etildi. Mamlakat iqtisodiyotida ichki yonish dvigateliga asoslangan avtomobil sanoati alohida o’rinni egallaydi. Genri Ford 1913 yili bu sohada konveyer usulini ilk bor amalda qo’lladi, natijada mehnat taqsimoti takomillashdi, bu esa mehnat unumdorligi oshishini miqdor va sifat jihatdan yaxshilanishini ta’minladi; yuqori ish haqi belgilandiki, bunda ishchilar o’zlari ishlab chiqargan mashinani xarid etishga qodir bo’ldi. Yirik ishbilarmonlar Guld, Morgan, Endryu Karnegi, Rokfeller, Ford va boshqalar barchaga o’rnak bo’ladigan usulda ish yuritishdi. Iqtisodiyotning bunday rivoji nixoyatda to’g’ri olib borilgan ichki va tashqi siyosat mahsuli ekanligini alohida aytib o’tish joiz, zero, rivojlanish doimo ilgarilab, ravon bormagan. Iqtisodiy inqirozlar Amerikani ham chetlab o’tmadi. Ayniqsa 1929-1934 yillardagi buyuk inqiroz mavjud siyosatni o’zgartirishni taqozo etdi. Agar ilgari, asosan, erkin xususiy ish yuritilgan va mamlakat yalpi mahsulotining aksariyat qismi xususiy mulkka tegishli bo’lsa, F. D.Ruzvelt Prezidentlik qilgan yillarda (1933-1945) muxim ijobiy uzgarishlar, iqtisodiy isloxotlar amalga oshirildi. Xususan, yo’l qurilishi, qishloq xo’jaligi, bank, ijtimoiy muxofaza va xalq farovonligiga alohida e’tibor berildi, davlat bu sohalarga ko’proq sarmoya ajratdi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari davrida Amerikada olib borilgan siyosat yaxshi natija berdi, harbiy soxa rivoji mo’may daromad manbaiga aylandi. Yevropa oltin zaxirasi Amerikaga "yo’l oldi". Amerikaliklarning boshqalardan muxim farqi shundaki, ularda sharoit taqozosi tufayli zaruriy uzgarishlar, isloxotlar, sharoitga moslashuv tez amalga oshiriladi. Masalan, yuqorida aytib o’tilgan buyuk inqiroz davrida ishsizlar 17 million kishini tashkil etdi, mamlakat iqtisodiyotining 50 foizi inqirozga uchradi. Shunda aholini ijtimoiy himoya qilish zarurati keskinlashib, bu ish darhol amalga oshirildi. Shuningdek, 70- yillarda Neft inqirozi ro’y berib, federal xukumat utkazgan siyosat talabga javob bermay qoldi. Bunday tanglikni bartaraf etish uchun 1980 yili Ronald Reygan bir qancha soliqlarni qisqartirib, xususiy tadbirkorlikka keng imtiyozlar berdi. Shundan bo’yon yillik inflyasiya 5 foizdan past darajada saqlab kelinmoqda. XX asr o’rtalarigacha sanoat, xususan: og’ir sanoat, keyingi davrlarda esa xizmat ko’rsatish sohasi (savdo-sotiq, transport, aloqa, informatika, turizm va boshqalar) yetakchi bo’lib qoldi, Ayniqsa, kompyuterlashtirish, kosmanavtika, eksport sanoati muntazam rivojlanmoqda. Umuman, XXI asr informatika asri bo’lishiga shak-shubha yo’q. Bu yerda fermerchilikka asoslangan qishloq xo’jalitida aholining oz qismi band bo’lsa-da. Ammo unumdorlik va samaradorlik nihoyatda yuqoriligi tufayli mamlakat qishloq xo’jaligi mahsuloti bilan to’la ta’minlangan va xorijga ham ko’plab chiqariladi. Masalan, Amerikada paxtachilik yuqori darajada rivojlangan bo’lib, unga jahon paxta tolasi eksportining 30 foizi, O’zbekistonga esa 20 foizi to’g’ri keladi. Nufusi dunyo aholisining atigi 5 foizini tashkil etgan Amerika jahon bo’yicha yetishtirilayotgan mahsulotning salkam to’rtdan bir qismini ishlab chiqarmoqda. Amerikada "har bir inson - ishbilarmon" degan shior bor. Ma’lumotlarga Karaganda, bu yerda 20 millionga yaqin firma bo’lib, jumladan, 13,5 millioni ijaraga olingan yakka mulkdorchilik, 1,8 millioni sherikchilik asosida va 4,2 millioni korporasiya tariqasida ish yuritadi. Firmalarning aksariyati kichik bo’lib, yiliga 100 ming dollardan kamroq biznes kirimiga ega. Kichik va o’rta biznes muhim o’rin egallaydi, chunki bu sohada ishlovchilar soni katta biznesdagilarga deyarli teng. So’nggi davrda vujudga kelgan yangi ish joylarining 60 foizi kichik biznes korxonalaridadir. XX asrning 80- yillarida AQShda kichik biznes korxonalari 7 millionga ko’paydi. Ayniqsa, amerika ayollarining yakka mulkchilik asosidagi biznes korxonalari yil sayii ko’paymoqda: 1977 yili ular soni 1,9 million bo’lsa, 2002 yilda 4,4 millionga yetdi. Yakka mulkchilik bir shaxs egaligida boshqariladigan firma bo’lib, uning ravnaqi yoki inqirozi butkul o’sha shaxsning o’ziga bog’liq. Buning afzal tomoni shundaki, mulk sohibi birov bilan kelishmay, tezkor va qat’iy qaror qilishi mumkin. Korporasiyaga nisbatan kamroq soliq to’laydi. Darvoqye, kichik biznes odatda, yangi mahsulot yoki xizmat turi yaratilishining boshlang’ich nuqtasidir. Aytaylik, shaxs biror g’oyani amalda tatbiq etishga urinadi. Agar ishi baroridan kelsa, biznesi rivoj topadi yoki mahsulotni kattaroq firma sotib olishi mumkin. Kichik biznes kishining tajribasini orttiradiki, bu hol keyinchalik kattaroq miqyosda qo’l kelishi, ixtisoslashgan mahalliy ehtiyojlarni qondirishga yaxshi moslashishi mumkin. Ommaviy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar didiga ma’kul kelmagan iste’molchilarga xunarmandlar o’zlari tayyorlagan mahsulotlarni, xizmat turlarini taklif etishlari mumkin. Aksariyat kichik biznes katta biznes miqyosiga yetib, davlatning iqtisodiy kudrati ortirishiga hissa qo’shadi. Amerikada joriy etilgan texnik yangiliklarning 55 foizi kichik va o’rta biznes sohalariga mansubdir. Darhaqiqat, kichik tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotiga kuch bag’ishlab, ijodkorlik va raqobat muhitinint muhim qismi sanaladi.7

Download 182.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling