O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti
Download 146,04 Kb.
|
Dilzoda komp tarmogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI 20.09 ”A”-guruh talabasi Turg'unboyeva Dilzodaning ”KOMPYUTER TARMOQLARI” fanidan ”Windows Server operatsion tizimini o’rnatish va boshlang’ich sozlash” mavzusiga oid yozgan MUSTAQIL ISHI Farg’ona 2023-yil Reja:
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari.Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi. Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul. WINDOWS operatsion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
UNIX- boshqa turdagi EHMlarga o’tkazilishi oson, ayni vaqtda bir qancha vazifani bajara oluvchi, ko’p foydalanuvchili operatsion tizimlar guruhidir. Birinchi UNIX sistemasi 1960-yillarning oxirida 1970-yillarning boshida AT&T kompaniyasining Bell Labs bo’limida ishlab chiqarilgan. UNIX tizimining yuzaga kelishida MULTICS OT ining tasiri kata bo’lgan. O’sha vaqtdan buyon, xilma-xil UNIX tizimlari ishlab chiqarildi. Lekin yuridik nuqtayi nazardan ularning faqat ozgina qismi “UNIX” deb atalishga haqlidir, qolganlari esa, “UNIX-simon” termini bilan ataladi. Ijobiy xususiyatlari:
Linux-erkin UNIX-simon OTdir. Bu GNU loyihasi doirasida tuzilgan tizim dasturlariga asoslangan. Manba turi: ochiq manba, Free Software Bu OT 1991-yil Xelsinkidagi universitetlardan birida tehsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissertatsiya ishi natijasida, UNIX OT asosida yangi OT sifaida yuzaga keldi. Bugungi kunda dunyo miqyosidagi operatsion tizimlar ichida o’ziga xos o’rniga egadir. Bunig asosiy sabablaridan biri shundaki, Linux erkin tarqaladigan dasturiy ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini internet tarmog’I orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu OT ning ishlash uchun mo’ljallangan interfeyslari bo’lib, ular GUI(Graphic User Interface)- grafikali interfeys hamda CLI(Command Line Interface)-konsol, ya’ni buyruqlar qatoridan iboratdir. Linux emblemasi: Download 146,04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling