O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Falsafiy  dunyoqarashning  vazifalari  (funktsiyalari)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

Falsafiy  dunyoqarashning  vazifalari  (funktsiyalari).  Falsafiy  dunyoqarashning  zikr  etilgan  tamoyillari, 
uning  vazifalarini  belgilab  beradi.  Ya’ni,  bu  vazifalar  jamiyatning  umumbashariy  ruhdagi  maqsad-
muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb 
etadi.  
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, 
dastlab uning bahosi tarzida ko’zga tashlanadi.  
Bu  —  falsafiy  dunyoqarashning  baholash  vazifasini  anglatadi.  Ya’ni,  inson,  o’z  ehtiyoj  va  manfaatlaridan 
kelib  chiqib,  narsa-hodisalarni:  yaxshi-yomon,  foydali-zararli,  savob-gunoh,  oriyat-benomuslik  kabi  qarama-
qarshi mezonlarga ajratadi.  
Inson  narsa-hodisalarga  baho  berar  ekan,  buning  zamirida  uning  ijtimoiy  hayoti,  ya’ni  ongli  munosabatlari 
yotadi.  Bunda  inson  yoki  jamiyat  munosabatlari  dunyoqarashning  o’zi  tayanadigan  omillarga  (ideallariga) 
moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi.  
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy  hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi 
usul-vositalar  orqali  boshqarish  vazifasini  ham  ado  etadi.  Bunda  falsafiy  dunyoqarashning  o’zicha  nisbatan 
mustaqil  bo’lgan  har  bir  yo’nalishi  o’ziga  xos  boshqarish  usuliga  ega  bo’ladi.  Masalan,  insonni  ezgulikka 
yo’naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e’tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; 
siyosat-davlat funktsiyalariga tayanadi va o’ziga xos ta’sir yo’nalishlariga ega bo’ladi.  
Falsafiy  dunyoqarashning  inson  faoliyatini  nazorat  qilish  vazifasi  ham  bor.  Bunda  dunyoqarashning 
jamoatchilik fikri tarzidagi ko’rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy 
hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko’rsatgan.  
Darhaqiqat,  o’zbek  mahallalarida  bag’rikenglik,  o’zaro  mehr-oqibat,  hamdardlik  kabi  noyob  fazilatlar  kamol 
topadi. Shuning uchun ham Islom Karimov uni «O’zini o’zi boshqarish maktabi... demokratiya darsxonasi», deb 
ta’riflaydi
5
.  
Falsafiy  dunyoqarashning  birlashtirish  (kommunikativ)  vazifasi  turli  dunyoqarash  yo’nalishlarini  milliy  va 
umuminsoniy  g’oyalar  atrofida  uyg’unlashtirishi  bilan  xarakterlanadi.  Turli  manfaatlar  bilan  bog’liq  bo’lgani 
bois  dunyoqarashlar  o’rtasida  muayyan  ziddiyatlar  ro’y  berishi  tabiiy.  Bunday  sharoitda  falsafiy  dunyoqarash 
ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi.  
Falsafiy  dunyoqarash,  o’z  mohiyatiga  ko’ra,  ijtimoiy-tarixiy  tajribani  umumlashtirish,  jamiyat  istiqbolini 
ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun ham xalqni muayyan g’oya atrofida birlashtiradi.  
Masalan,  tarixga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  muayyan  davrlarda  falsafiy  dunyoqarash  inson  tub  manfaatlari 
bilan  bog’liq  bo’lganligini,  millat  kelajagini  belgilaydigan  ozodlik  g’oyasi  atrofida  kishilarni  birlashtirganini 
ko’ramiz. Bu hol mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon bo’lgan. Ushbu g’oya (ozodlik 
falsafasi)  dunyoqarashning  tarkibiy  qismi  sifatida  millatning  turli  tabaqalarini,  e’tiqodi,  iqtisodiy  ahvoli  va 
siyosiy mavqeidan qat’i nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan.  

Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir 
tomondan,  dunyoqarash  o’z-o’zidan,  ya’ni  stixiyali  ravishda  shakllanib  qolmaydi.  Aksincha,  u  turli  ta’lim-
tarbiya  vositalarining  maqsadga  muvofiq  holdagi  faoliyati  natijasida  vujudga  keladi.  Ikkinchi  tomondan  esa, 
falsafiy dunyoqarash, umuminsoniy tamaddun (tsivilizatsiya) ta’siri o’laroq shakllangan bo’lsa, muayyan inson, 
ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir.  
Binobarin,  falsafiy  dunyoqarashning  tarbiyaviy  vazifasini  yuqorida  zikr  etilgan  boshqa  vazifalarning  asosi 
sifatida qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, 
murosa,  har  qanday  ziddiyatlarni  madaniy  yo’l  bilan  hal  qilish,  kelajakka  umid  va  ishonch  ruhini 
shakllantirishdan iborat.  
Tayanch tushunchalar  
Dunyoqarash, mifologik va diniy dunyoqarash, falsafiy dunyoqarash, dunyoqarashning vazifalari.  
Takrorlash uchun savollar  
1. Dunyoqarash nima?  
2. Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviy ildizlari nimalarda namoyon bo’ladi?  
3. Dinning dunyoqarash tizimidagi o’rni va ahamiyati qanday?  
4. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan iborat?  
ADABIYoTLAR  
1. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «Sharq», 1998.  
2. Islom Karimov. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». – «Fidokor», 2000 yil 8 iyun.  
3. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999.  
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b.  
5. «Falsafa» o’quv qo’llanmasi. — T.: «Sharq», 1999.  
6. «Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston», 1998.  

3-mavzu. Falsafiy bilimlar tizimi, uning asosiy yo’nalishlari va vazifalari  
Reja:  
1. Fanlar tizimi, unda falsafaning o’rni va ahamiyati.  
2. Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari.  
3. Falsafiy g’oyalar, nazariyalarning asosiy yo’nalishlari va vazifalari.  
4. O’zbekistonda falsafiy fanlarni rivojlantirish muammolari.  
Falsafiy  bilimlar  tizimi.  Dunyoda  xilma-xil  fanlar  bor.  Muayyan  sohaga  oid  ilmiy  bilimlar  tizimi  fan  deb 
ataladi.  Ular  «Tabiiy  fanlar»,  «Ijtimoiy  fanlar»,  «Aniq  fanlar»,  «Texnika  fanlari»  kabi  sohalarga  bo’linadi. 
Jamiyat  va  insonni  o’rganuvchi,  ular  to’g’risidagi  turli  bilim  sohalarini  qamrab  oladigan  tarix,  falsafa, 
adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi ijtimoiy fanlar yagona fan sohasi  — ijtimoiy fanlar sohasiga kiradi. Fizika, 
ximiya,  biologiya,  matematika  kabi  fanlar  esa  tabiiy  fanlar  sohasiga  mansub.  («Fan  falsafasi»  bo’limida  bu 
masalalarga atroflicha to’xtalamiz).  
Ushbu  mavzuda  esa,  falsafiy  fanlar  tizimi  nima,  bu  tizim  qanday  shakllangan  degan  masalalar  xususida  fikr 
yuritamiz.  
Ma’lumki,  inson  o’z  qiziqishi  va  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida  qadim  zamonlardan  boshlab  dunyoni 
bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri 
rivojlanib  borgan.  Boshqacha  aytganda,  bilimlar  tizimi  insoniyat  taraqqiyotini  harakatlantiruvchi  muharrikka 
(mexanizmga) aylangan.  
Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo’lgan kishilar miloddan oldingi VII  — II asrlarda Yunoniston va Rimda 
fan va madaniyat taraqqiy etganini yaxshi biladi, albatta. O’sha davr boshlarida qariyb barcha bilimlar falsafa 
fani doirasida rivojlanib kelgan edi. Ammo ana shu davrning o’rtalariga kelib «Ritorika» (notiqlik san’ati) va 
«Politika»  (siyosat)  kabi  fanlar  falsafadan  ajralib  chiqdi.  Insoniyat  tarixining  keyingi  bosqichlarida  falsafa 
tarkibidan  matematika,  fizika  kabi  aniq  fanlarning  ajralish  jarayoni  boshlandi.  Qolaversa,  keyingi  asrlarda 
ijtimoiy  va  aniq  fanlar  tizimi  shakllandi,  ba’zi  qadimiy  aniq  fanlarning  o’zi  ham  (matematika,  fizika  kabi) 
muayyan sohalarga (arifmetika, algebra va boshqalar) bo’linib ketdi.  
Insonning  tashqi  olamni  bilishga  bo’lgan  intilishi  muayyan  davrga  kelib,  falsafiy-nazariy  bilimni  tarixiy 
zaruratga aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining dastlabki shakli vujudga keldi va 
fanning nazariy jihatlarini o’rganuvchi kishilar toifasi paydo bo’ldi.  
Avvalgi  mavzuda  ta’kidlab  o’tganimizdek,  olam  va  odamning  yaralishi,  mavjudlik  va  rivojlanish 
qonuniyatlarini afsona va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash sohasi «Mifologiya» 
(mif — afsona, logos- ta’limot degani) deb ataladigan bo’ladi. Ilohiy va ruhiy qarashlarning o’rni va ahamiyatini 
mutlaqlashtiradigan tafakkurning bir yo’nalishi «Teologiya» (teo — xudo, logos — ta’limot degani) degan nom 
oldi.  
Shunday  qilib,  insonning  bilish  jarayoni  takomillashib  borgani  sari  mustaqil  fanlar  tizimi  ham  shakllanaverdi. 
Jamiyat  rivojining  muayyan  bosqichlariga  kelib,  mifologik,  diniy  qarashlar  olamni  bilish  talablariga  javob 
bermay qoldi. Falsafadan fanlarning ajralib chiqishi, uning qashshoqlanishini emas, balki rivojlanish xususiyatini 
ko’rsatuvchi alomatga aylandi.  
Taraqqiyot  jarayonida  falsafadan  tabiatshunoslik  fanlari  bilan  birga  psixologiya,  etika,  estetika  kabi  ijtimoiy 
fanlar  ham  ajralib  chiqdi.  Keyinchalik  madaniyat,  qadriyatlar  va  huquq  kabi  sohalarni  o’rganadigan  alohida 
yo’nalishlar ham paydo bo’ldi. Ular olamni o’z predmeti doirasida  yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini 
o’rganishga yordam beradi.  
Falsafiy yo’nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko’ra, o’ziga xos bo’lib, asosiylari quyidagilardir:  
Ontologiya  —  olam,  inson  va  jamiyatning  ob’ektiv-universal  mohiyati  to’g’risidagi  falsafiy  ta’limotdir. 
Boshqacha  aytganda,  u  borliq  to’g’risidagi,  insonning  olamga  bo’lgan  munosabati  haqidagii  falsafiy  bilim 
sohasidir.  
Gnoseologiya  —  bilish  falsafasi  bo’lib,  olamni  anglash,  bilish  nazariyasi,  bilishning  shakli,  usullari  va 
imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limotdir.  
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot.  
Praksiologiya — insonning predmetli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot.  
Metodologiya — bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot.  

Ислом Каримов. «Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000 йил 8 июн. 
 
Logika  —  tafakkur  shakllari  (tushuncha,  hukm,  xulosa)  va  tafakkur  vositalarini  (ta’rif,  qoida,  muhokama, 
tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o’rganuvchi ta’limot.  
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to’g’risidagi fan.  
Estetika  —  nafosat  falsafasi,  jamiyat  va  inson  hayotida  go’zallikning  o’rni,  qonun-qoidalari  to’g’risidagi 
qarashlar majmui.  
Bundan  tashqari,  inson  falsafasi  (antropologiya),  ijtimoiy  falsafa,  tabiat  falsafasi,  madaniyat  falsafasi 
(kulturologiya),  san’at  falsafasi,  mafkura  falsafasi  (ideologiya),  din  falsafasi  (teologiya),  siyosat  falsafasi 
(politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so’z bilan ijtimoiy-falsafiy 
fanlar tizimi deyiladi.  
Ikkinchi  xil  klassifikatsiya  falsafiy  fanlar  tasnifida  olam  va  odam,  borliqning  asosi  bilan  bog’liq  masalalar 
qanday  usulda  hal  qilinishiga  qarab  belgilanadi.  Bunday  tasniflash  natijasida  monizm,  dualizm,  plyuralizm, 

materializm, idealizi, teizm, ateizm kabi ko’plab  yo’nalishlar ko’zga  tashlanadi. Falsafani o’rganish jarayonida 
bu tushunchalarga hali ko’p duch kelamiz va o’rni kelganda ularga zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz.  
Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muhim tarmog’i hisoblanadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida 
falsafiy tizimlar o’rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qo’llanmada falsafa tarixi ana shunday tamoyil 
asosida o’rganilgan.  
Falsafiy  bilimlar  tizimining  o’zgarishi  va  mazmunan  boyib  borishi  ob’ektiv  ijtimoiy-tarixiy  jarayon  mahsuli 
bo’lib,  u  jamiyatning  rivojlanish  darajasiga  mos  keladi  va  uni  o’zida  ifoda  etadi.  Falsafiy  bilimlar  tizimidagi 
alohida  yo’nalish  har  bir  tarixiy  davrda  o’ziga  xos  qonuniyatlar  asosida  rivojlansa  ham,  ularning  umumiy 
tamoyillari  mavjud.  Ya’ni,  birinchidan,  har  bir  falsafiy  bilim  yo’nalishi  jamiyat  rivojlanishida  o’ziga  xos 
determinant  (sabab)  vazifasini  bajaradi.  Ikkinchidan,  falsafiy  bilimlar  jamiyat  taraqqiyotiga  ta’sir  qiluvchi 
sub’ektiv  omil  bo’lsa  ham,  vujudga  kelish  asosi  -  genezisi  nuqtai  nazaridan  ob’ektiv  hodisadir.  Uchinchidan, 
falsafiy  bilim  yo’nalishlarining  o’zaro  bog’liqlik,  aloqadorlik  munosabati,  ularning  dunyoni  bilishdagi 
yaxlitligini ta’minlaydi.  
Falsafiy  g’oyalar  va  ularning  amaliyoti.  Insoniyatning  yashashi,  rivojlanish  istiqbollari,  orzu-havaslari, 
intilishlari, umidlari, turmush tarzi g’oyaviy qarashlarda ham o’z ifodasini topadi. Falsafiy g’oyalar, obrazli qilib 
aytganda, inson hayot tarzining ko’zgusidir. Har qanday falsafiy bilim dastlab g’oya tarzida shakllanadi.  
Falsafiy  g’oya  insoniyat  oldida  turgan  muayyan  muammoni  anglash  va  uni  hal  qilish  maqsadi,  uslub  va 
vositalarining  ifodasidir.  Kishilarning  narsa  va  hodisalarga  o’z  ehtiyoj  va  manfaatlari  nuqtai  nazaridan 
yondashishi  natijasida  muammoga  munosabat  va  uni  hal  qilishga  qaratilgan  amaliy,  nazariy  harakat  paydo 
bo’ladi.  Masalan,  inson  ongli  mavjudot  ekani  bois  o’zini  muqarrar  halokatga  olib  borishi  mumkin  bo’lgan 
g’ayriinsoniy  g’oyalarga  asoslangan  xatti-harakatlarni  chegaralashga,  ta’qiqlashga  qodir.  Umumiyroq  qilib 
aytsak, kishilarning yashash, avlod qoldirish, hayotni davom ettirish mayli (instinkti) dunyoda nisbatan barqaror 
ijtimoiy vaziyatni ta’minlab turadi.  
Bugungi  kunda  tinchlik  g’oyasi  umuminsoniy  maqsadlarni  birlashtiruvchi  falsafiy  g’oyaga  aylandi.  Shu  bilan 
birga,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  «Fidokor»  gazetasi  muxbiri  savollariga 
javoblarida  aytilganidek:  «...  Odamning  qalbida  ikkita  kuch  —  bunyodkorlik  va  vayronkorlik  hamisha  o’zaro 
kurashadi.  Afsus  bilan  ta’kidlashimiz  lozim:  tarix  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki,  inson  tabiatidagi 
insoniylikdan ko’ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo’zg’atish osonroq»
6
.  
Bunda  ikki  xil  jihatga  e’tibor  berish  lozim.  Birinchisi  -  tor  doiradagi  mutaassib  kuchlarning  g’ayriinsoniy 
g’oyalarni  yoshlar  ongiga,  turmush  tarziga  singdirish  yo’li  bilan  o’zlarining  muayyan  maqsadlariga  erishish 
uchun harakatiga ehtiyot va hushyor bo’lmoq kerak. Ikkinchisi esa, sog’lom kuchlarning ularga qarshi insonni 
inson  degan  nomga  munosib  qilib  tarbiyalash  va  tsivilizatsiyani  saqlab  qolish  hamda  rivojlantirish  manfaatlari 
uchun kurashidir.  
Falsafiy  nazariyalarning  «yaxshi»  yoki  «yomon»,  «foydali»  yoki  «zararli» ekanini tarixiy tajriba  asosida  faqat 
bitta mezon — umuminsoniy manfaatlarga mos keladimi yoki yo’qmi, degan xulosa asosida baholash mumkin. 
Shuning  uchun  biz  falsafiy  g’oya  va  nazariyalarni  baholashda  o’z  sub’ektiv  fikrlarimizni  mutlaqlashtirishdan 
yiroq bo’lishimiz lozim.  
Falsafiy nazariyalar tizimida «faqat men haqman, boshqalar nohaq» degan tarzda mutlaq haqiqatga da’vogarlik 
qiladigan  g’oya  va  nazariyalar  o’rtasidagi  kurash  og’ir  oqibatlarga  olib  kelishini  tarixiy  tajriba  qayta-qayta 
isbotlab bergan.  
Har  qanday  manfaat  shakllari  va  darajalari  muayyan  falsafiy  g’oya  va  nazariyalarda  o’z  ifodasini  topadi.  Shu 
nuqtai nazardan qaraganda, g’oya va nazariyalar o’rtasida doimiy kurash borishi tabiiy hol. Prezidentimiz ta’biri 
bilan aytganda, «hayotning o’zi turli-tuman g’oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning 
ma’no-mazmuni,  kerak  bo’lsa,  falsafasi  ham  shunda...  O’z  mustaqil  fikriga  ega  bo’lgan,  o’z  kuchiga,  o’zi 
tanlagan yo’lning to’g’riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. Jamiyatdagi fikrlar xilma-
xilligidan cho’chimaydi,  


Ислом Каримов. «Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000 йил 8 июн.  

Ислом Каримов. «Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000 йил 8 июн. 
 
balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g’arazli niyat, tahdid 
va intilishlarni fosh qilishga qodir bo’ladi»
7
.  
Falsafaning  muayyan ijtimoiy qatlamlar siyosiy  manfaatlari bilan bog’lanib ketishi,  ularning  mafkurasi tarzida 
namoyon  bo’lishi  masalasi  ham  nihoyatda  muhim.  Shuning  uchun  milliy  Falsafamizni  rivojlantirish  asosida 
istiqlol mafkurasini yaratish kun tartibidagi eng dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.  
Tarix falsafasi. Insonning ongli faoliyati ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat.  
Bu munosabatlarning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi falsafiy bilimlar o’z tarixiga ega. Haqqoniy 
yoritilgan tarix milliy falsafani, mafkurani shakllantirishdagi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. «Tarixni bilmay 
turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o’z davrida 
tarixiy haqiqat tufayli tug’ilgan... Tarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan, kerak bo’lsa, 
to’ldiradigan, taraqqiyot jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, oq-qorani farqlashda asos bo’ladigan 
fanlardir»
8
. Afsuski, ko’pgina qo’llanmalarda u yoki bu faylasufning ta’limotiga alohida e’tibor beriladi, u haqda 
chuqur fikr yuritiladi. Ammo o’sha davr qanday edi, nima sababdan muayyan olim aynan shu g’oyani ilgari 
surgan, nega umrini biror-bir ta’limotni targ’ib etish bilan o’tkazgan, degan masalalarga kam e’tibor beriladi. 
Aslida, davr olim va faylasuf kamolotida muhim o’rin tutadi. Uning g’oyalari tug’ilishi uchun asos bo’ladi, bu 
g’oyalar qo’llanadigan ijtimoiy amaliyot bo’lib hisoblanadi.  
Agar  masala  bu  tarzda  qo’yilmasa,  falsafiy  ta’limotning  o’z  davrini  aks  ettiradigan  mohiyat-mazmuniga  putur 
etadi,  ayniqsa  o’sha  davr  muammolarini  ijtimoiy  makon  va  tarixiy  zamondan  ajratib  tahlil  qilish  natijasida 
falsafaning milliylik ruhi, xususiyatlari xiralashadi.  
Albatta, biz har bir falsafiy bilimlarning o’ziga xos muammolari va ularni hal qilishning nazariy-amaliy usul va 
vositalari  borligini  inkor  etmaymiz.  Lekin,  falsafaning  o’rni,  ahamiyati  va  vazifasiga  milliy  mafkurani 
shakllantirish  nuqtai  nazaridan  yondashadigan  bo’lsak,  unga  ta’sir  qiladigan  omillarni  mushtarak-mujassam 
tarzda  olib  qarash  zarurati  paydo  bo’ladi.  Shuning  uchun,  bir  tomondan,  har  bir  falsafiy  bilim  yo’nalishlari 
tarixini millatning umumiy tarixi bilan birgalikda olib tahlil qilganda, yaxlit falsafiy dunyoqarash vujudga keladi. 
Ikkinchi  tomondan,  bu  jarayonni  millat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadigan,  istiqbol  manfaatlariga  mos  bo’lgan 
milliy istiqlol g’oyasidan ajratish mumkin emas.  
O’zbek  milliy  falsafasining  genezisiga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  bir-biri  bilan  bog’liq  ikki  omilni  ko’ramiz: 
birinchisi, qadimgi zardo’shtiylikning muqaddas kitobi - Avesto va islom dinining bosh asosi — Qur’oni karim 
va  hadisi  sharifdagi  insonparvarlik  g’oyalari  bo’lsa,  ikkinchisi  —  dunyoviy  bilimlardir.  Hozirgi  kunda  har 
qanday  ijtimoiy  fan  sohasining,  shu  jumladan  falsafaning  eng  muhim  vazifasi  diniy  va  dunyoviy  bilimlar 
o’rtasida  mo’’tadil  munosabat  bo’lishini  ilmiy  izohlash,  uning  qonuniyat  va  xususiyatlarini  ochib  berishdir. 
Buning uchun din va dunyoviy fanlarning o’zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida 
uyg’unlashtirish  imkoniyatlarini  topish  maqsadga  muvofiq.  Zero,  huquq,  axloq,  siyosat,  madaniyat 
falsafalarining  g’oyaviy-nazariy  yo’nalishlarini  shu  masalani  hal  qilishga  qaratishni  umuminsoniy 
tsivilizatsiyaning o’zi taqozo qilmoqda.  
XXI asrga  kelib, insoniyat  g’oyat  murakkab, olamshumul  muammolar qarshisida  turganligini anglay boshladi. 
Xususan,  yadro  urushi  xavfi,  keskinlashayotgan  ekologik  muammolar,  xom-ashyo  va  energetika  resurslari,  Er 
shari aholisining shiddat bilan o’sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog’liqni saqlash, maorif va 
madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish  muammolari  yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. Bu 
masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g’oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi 
esa tobora aniq bo’lib bormoqda.  
Falsafa  ijtimoiy  hayotda  insonning  mohiyati,  yashashdan  ko’zlagan  maqsadi,  oliy  qadriyat  ekani,  ma’naviy 
omillari  (ideallari),  borliqdagi  o’rni,  munosabatlari  sabablari,  ruhiy  va  moddiy  ehtiyojlarini  qondirish  usul  va 
vositalari — barcha-barchasini ko’rsatib beradi.  
Jamiyat  taraqqiyoti  va  falsafaning  rivojlanishi  dialektikasi  ana  shu  xususiyatlarga  asoslanib,  o’ziga  xos  tarzda 
namoyon  bo’ladi.  Bir  tomondan,  jamiyatning  o’zgarib  borish  tamoyili  falsafiy  g’oya,  nazariya  va  ta’limotlar 
o’zgarishini  taqozo  qiladi.  Ikkinchi  tomondan,  o’zgarayotgan  falsafa  jamiyat  moddiy-ma’naviy  hayot  tarzini 
ilg’ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. 
Ayniqsa,  mamlakatimiz  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o’tayotgan  bugungi  kunda  kishilar  tafakkuri  va 
ongida  saqlanib  qolayotgan  eskicha  fikrlash  qoliplarini  bartaraf  etish,  yangi  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarni 
rag’batlantirish,  milliy  o’zlikni  anglash,  istiqlol  mafkurasini  shakllantirishda  shoshilmay,  behuda  his-
hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o’rni va ahamiyati g’oyatda ulkandir.  
Falsafa  har  qanday  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  vaziyatda  ham  kishilarni  yuksak  g’oyaviylik, 
mustahkam e’tiqod, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal 
muammolarni ham  

umummilliy,  umuminsoniy  manfaatlarni  nazarda  tutgan  holda  madaniy  va  ma’rifiy  hal  etish  imkoniyatlarini 
topishga yordam beradi.  
Falsafaning  vazifalari  (funktsiyalari).  Bu  fanning  ijtimoiy  fanlar  tizimidagi  o’rni  va  ahamiyati  uning 
dunyoqarashni  shakllantirish,  uslubiy,  gnoseologik,  evristik,  pedagogik-didaktik,  prakseologik  vazifalari 
(funktsiyalari) bilan belgilanadi.  
Bundan  avvalgi  ma’ruzamizda  falsafiy  dunyoqarashning  genezisi,  vazifasi  va  ahamiyati  haqida  ancha  batafsil 
to’xtalib  o’tgan  edik.  Ushbu  ma’ruzada  esa,  unga  qo’shimcha  qilib,  falsafa  fan  sifatida  dunyoqarashni 
shakllantirish borasida qanday vazifani bajaradi, degan savolga javob topishga harakat qilamiz.  
Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi:  
-  birinchidan,  inson  qarashlarining  shakllanish  imkoniyatlari,  usul  va  vositalarini,  ularning  kundalik  ong 
darajasidan nazariy g’oyalar darajasiga ko’tarilish jarayonini, mifologik dunyoqarashdan farqlarini;  
- ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo’nalishlarining muayyan vazifalarini, ularning 
bir-biri bilan g’oyaviy hamkorlik qilish va uyg’unlashuv tamoyilini;  
-  uchinchidan, ilmiy dunyoqarashning  milliy va  umuminsoniy  manfaatlarga  mos  kelishini aniqlashda namoyon 
bo’ladi.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling