Milliy daromad va boshqa daromad ko’rsatkichlarini hisoblash
bo’yicha uslubiy ko’rsatma:
Yalpi milliy daromad (YaMD) – bu barcha rezidentlar birlamchi daromadlari va Dning yig’indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning barcha daromadlari ko’rinishida bo’ladi:
YaMD = YaIM + D
yoki
YaMD = IX + R + FS + A + ES + MD + D
Bu yerda : IX – ish xaqi; R- renta; FS – foiz stavkasi; A – amortizatsiya; ES – egri soliq; MD – mulkdan keladigan daromad; D – chetga ketgan va chetdan kelgan daromadlarning farqi.
Sof milliy daromad (SMD) yangidan yaratilgan mahsulotning haqiqiy hajmini belgilaydi:
Uni ikki usulda hisoblash mumkin:
SMD = YaMD – A yoki SMD = SIM + D
Jamg’arma - bu ixtiyordagi milliy daromadning ikkinchi yirik unsuridir. U quyidagicha aniqlanadi:
JF = AFyaj + MAV
Bu yerda:
JF-jamg’arma fondi;
AF - uzoq muddatli aktivlarning yalpi jamg’armasi (investitsiya);
MAV-moddiy aylanma vositalari va zahiralarning qoldig’i.
Mavzuga doir masalalar.
1-Masala.
1-topshiriq. Viloyatdagi birlashmada ishlovchilarni o’rtacha ish haqi joriy baholarda bazis yilida 256 ming so’mni, hisobot yilida 386 ming so’mni tashkil etgan. Hisobot yilida bazis yiliga nisbatan baholar 28 %ga ortgan. Ish haqida soliqlar salmog’i: bazis yilida 16 %ga, hisobot yilida 18 % ga teng.
2-topshiriq. Viloyatdagi ma’suliyati cheklangan jamiyatda ishlovchilarni o’rtacha ish haqi joriy baholarda bazis yilida 236 ming so’mni, hisobot yilida 296 ming so’mni tashkil etgan. Hisobot yilida bazis yiliga nisbatan baholar 30 %ga ortgan. Ish haqida soliqlar salmog’i: bazis yilida 14 %ga, hisobot yilida 18 % ga teng.
3-topshiriq. Tumandagi ochiq aktsiyadorlik jamiyatida ishlovchilarni o’rtacha ish haqi joriy baholarda bazis yilida 246 ming so’mni tashkil etgan, hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 14%ga oshgan. Hisobot yilida bazis yiliga nisbatan baholar 26 %ga ortgan. Ish haqida soliqlar salmog’i: bazis yilida 16 %ga teng, hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 4 % ga oshgan.
Quyidagilarni hisoblang:
So’mni sotib olish qobiliyati indeksini.
Nominal ish haqi indeksini.
Real ish haqi indeksini.
Do'stlaringiz bilan baham: |