1. KORROZIYA VA KORROZIYA TURLARI
1.1. Metallar «korroziyasi» atamasini aniqlash
Neft va gaz sanoati tizimida ishlatiladigan quvurlar, quvur armaturalari, nasoslar, rezervuarlar, temiryo‘l sisternalari va boshqa metall qurilmalar, metalldan yasalgan uskunalar, konstruksiyalar va boshqa buyumlar, asosan, uglerodli va kam egirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Bu metall qurilmalar foydalanish jarayonida tashqi muhit (elektrolitlar, atmosfera
havosi va boshqalar) bilan o‘zaro kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlar natijasida korroziyalanib, oksid va gidroksidlarni hosil qiladi. Shunga ko‘ra metallar korroziyasi deganda, ularning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan kimyoviy yoki elektrokimyoviy
jarayonlar natijasida sekinlik bilan yemirilishi tushuniladi. Umuman, korroziya so‘zi (termini) lotincha «corrosio» so‘zidan olingan bo‘lib, metallning zanglashini, parchalanishini
va yemirilishni anglatadi. Metallarning korroziyalanishini sodir etuvchi sharoit korroziya yoki agressiv muhit deyiladi. Metallar mexanik jarayonlar natijasida ham (silliqlash,
ishqalanish) yemirilishi mumkin. Lekin bular errozik yemirilish bo‘lib, metallarning korroziyalanishini anglatmaydi. Korroziya bilan erroziyaning birgalikda bo‘lishi fretting korroziya deb ataladi. Kimyo sanoatining ko‘pgina texnologik jarayonlarida, asosan,
elektrolit eritmalar qo‘llanilishi sababli, elektrokimyoviy korroziya keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |