O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi­­­­­­­­­­­­ farg’ona davlat universiteti


Metallar korroziyasining xalq xo‘jaligidagi ziyoni


Download 320.57 Kb.
bet23/51
Sana02.01.2022
Hajmi320.57 Kb.
#190633
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Bog'liq
KIMYO MUSTAQIL ISH

Metallar korroziyasining xalq xo‘jaligidagi ziyoni
Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladigan asbobuskunalar, jihozlar va texnologik qurilmalar, asosan, metallardan tayyorlangan bo‘ladi. Bajariladigan texnologik jarayonlarning

turiga va sharoitiga ko‘ra, ulardan bittasining massasi bir necha yuz tonnani tashkil qiladi. Masalan, neft-gaz bilan ta’minlash tizimida ishlatiladigan namunaviy po‘lat rezervuarlarning massasi 500 tonnagacha bo‘ladi. Foydalanish jarayonida ichki va tashqi yuzalar korroziya faolligi yuqori bo‘lgan muhitlar (yer tarkibida namlik,tuzlar, H2S, SO2 bo‘lgan neft-gaz oqimi) ta’sirida bo‘ladi va korroziyalanadi. Hosil bo‘lgan korroziya jarohatlari qurilmalarning

tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Ularni ta’mirlash yoki yangilash uchun katta miqdordagi pul va metall sarfi kerak bo‘ladi. Umuman, metallar korroziyasi xalq xo‘jaligiga katta ziyon

keltiradi. Buni quyida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkin.


1. Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida ishlab chiqariladigan po‘lat qotishmalarining oltidan bir qismi korroziya natijasida ishdan chiqqan metall qurilmalarni, asbob-uskunalarni

hamda ularning ehtiyot qismlarini almashtirish uchun sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni dunyo miqyosida ko‘radigan bo‘lsak, u bir nech million tonnani tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bir nechta metall erituchi zavodlarning yil davomida ishlab chiqargan po‘lat qotishmalari bekorga sarflanadi.


2. XX asrning oxiriga qadar insoniyat tomonidan 35 mlrd tonnadan ortiq po‘lat qotishmalari eritib olingan. Hozirgi kunda ularning dunyodagi umumiy ko‘rsatkichi 14 mlrd bo‘lib,

qolgan qismi esa korroziya mahsulotlari ko‘rinishida biosferaga tarqalgan. Korroziyadan ko‘rilgan zarar ikki xarajatning yig‘indisidan tashkil topadi, ya’ni bevosita va bilvosita xarajatlardan. Bu xarajatlarni neft va gaz quvurlari tizimida ko‘rsak, bevosita

xarajatlarga quvur metalining narxi, quvur va uning yordamchi qurilmalarini qurish uchun sarflanadigan mablag‘lar kiradi. Bilvosita xarajatlarga esa, korroziya natijasida quvurlarda sodir

bo‘lgan avariyalarni ta’mirlash davomida, ulardan foydalanayotgan korxonalarning ishlamay turgan paytdagi pul xarajatlari,avariyalarni bartaraf etish uchun sarflanadigan metall

va pul xarajatlari hamda to‘kilgan yoki atmosferaga tarqalgan mahsulotlar hisobiga, atrof-muhit komponentlarining bulg‘alanishi natijasida sodir bo‘ladigan salbiy oqibatlarning qiymatlari

kiradi. 1.3. Korroziya jarayonlari tasnifi va korrozion




Download 320.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling