O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi­­­­­­­­­­­­ farg’ona davlat universiteti


Download 320.57 Kb.
bet24/51
Sana02.01.2022
Hajmi320.57 Kb.
#190633
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51
Bog'liq
KIMYO MUSTAQIL ISH

yemirilishning ko‘rinishlari

Metallarning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlarining xarakteriga ko‘ra, ularning korroziyalanish jarayonlari bir-biridan farq qiladi, ya’ni kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya mexanizmlari

asosida sodir bo‘ladi. Metallarning kimyoviy korroziyasi yuqori haroratda gazlar va tok o‘tkazmaydigan suyuqliklar ta’sirida amalga oshadi. Bu metal sirti bilan suyuq yoki gazsimon moddaning kimyoviy geterogen reaksiyasidir. Bunday mexanizm bilan quruq gazlar, metall

yuzasida tomchilanmaydigan bug‘lar va elektrolit bo‘lmagan suyuqliklar ta’sir etadi. Gazli, ya’ni gaz ta’siridagi korroziya, asosan, yuqori harorat bo‘lganda kuzatiladi. Kimyoviy korroziyada

sodir bo‘ladigan oksidlanish va qaytarilish jarayonlari (bir vaqtda) geterogen muhitda, ya’ni metall bilan tashqi muhitning o‘zaro ta’sir chegarasida amalga oshadi. Natijada metallarning oksidlari (korroziya mahsulotlari) hosil bo‘ladi. Masalan: Fe2O3, Al2O3, ZnO, CuO va boshqalar.

Metallarning elektrokimyoviy korroziya mexanizmi asosidagi yemirilishlari elektrolitlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari metall yuzasining turli uchastkalarida

amalga oshadi va korroziya mahsulotlari (metall gidroksidlari) faqat anod uchastkalarida hosil bo‘ladi. Bunda bir vaqtning o‘zida ikki jarayon: erish (metallning bir qismida erish jarayoni) va

tiklanish (eritmada kationlarning ajralishi) sodir bo‘ladi. Masalan, rux sulfat kislotada eriganda rux ionlari hosil bo‘ladi va vodorod gazi ajralib chiqadi. Umuman, metallarning elektrokimyoviy

korroziya asosidagi yemirilishi quyidagi korroziya jarayonlarida sodir bo‘ladi: kislotaviy korroziya, ishqoriy korroziya, elektrolitlardagi korroziya; tuproq korroziyasi; elekt0rokorroziya;

atmosfera korroziyasi; biokorroziya va kontakt korroziyasi (o‘zaro ta’sir korroziyasi). Metallardagi korroziya yemirilishlari (jarohatlari) umumiy va mahalliy ko‘rinishda bo‘ladi. Umumiy yemirilish metallning hamma yuzasi bo‘yicha sodir bo‘lib, tekis va notekis ko‘rinishda

bo‘lishi mumkin


Download 320.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling