Endotermik reaksiyalar — issiqlik yutilishi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalar. Yuqori trada azot va kislorodning oʻzaro kimyoviy taʼsiri natijasida azot oksid hosil boʻlishi jarayoni. Endotermik reaksiyalarga misol boʻla oladi. Rudalardan metallarni qaytarib ajratib olish reaksiyasi, quyosh nuri energiyasini yutishga asoslangan oʻsimliklar fotosintezi ham Endotermik reaksiyalarga taalluqli. Molequlalarning erkin atomlarga boʻlinish reaksiyalari Endotermik reaksiyalar asosida amalga oshadi.
2-MAVZU:KIMYOVIY MUVOZANAT. QAYTAR VA QAYTMAS REAKTSIYALAR
Kimyoviy reaksiya bir kimyoviy moddalar majmuining boshqa moddalarga aylanishi jarayonidir.[1] Kimyoviy reaksiyalar spontan, yaʼni oʻz-oʻzidan, yoki boshqariluvchi boʻlishi mumkin. Ikkinchi holda kimyoviy reaksiyani oʻtkazish uchun tashqaridan biror energiya (issiqlik, yorugʻlik, elektr) talab etiladi. Kimyoviy reaksiyalarda elektronlar harakati bosh rolni oʻynaydi. Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar reagentlar, deb ataladi. Reaksiya natijasida hosil boʻladigan moddalar esa kimyoviy reaksiya mahsulotidir. Kimyoviy reaksiyalar kimyoviy formulalar orqali ifoda etiladi. Kerakli mahsulotni olish uchun bir necha reaksiyalar ketma-ketligi talab etilishi mumkin, bu jarayonga kimyoviy sintez deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |