O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus taъlim vazirligi farg'ona davlat universiteti mamatqulova Fotimaxon Maxammadjon qizi Mavzu: O`zbekiston pensiya tizimi faoliyati


III bob. Umumiy ta'lim muassalarida bolalar zo'ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish kasbi faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlari


Download 229.06 Kb.
bet10/14
Sana07.01.2023
Hajmi229.06 Kb.
#1081355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
BMI MAFTUN XXX - для слияния

III bob. Umumiy ta'lim muassalarida bolalar zo'ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish kasbi faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlari
3.1. Ta'lim muassasasida o'quvchilar bilan axborot-tarbiyaviy ishlar
Bolaga nisbatan qo'llaniladigan zo'ravonlikning oqibatlari ham bevosita shaxsiy ta'sir ham bolalar keyinchalik bolaligining qolgan qismi, o'smirlik va butun hayoti davomida ular bilan qoluvchi zarar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bolalar o'z uylari va oilalarida boshdan kechiradigan zo'ravonlik ular sog'lig'i va rivojlanishiga doimiy ziyon yetkazuvchi okibatlarga olib kelishi mumkin. Ular boshqa insonlarga ishonch yo'qotishlari ehtimoli juda katta. Bunday ishonch esa har bir insonning normal rivojlanishida muhim o'rin tutadi. Oilada bog'liqlik orqali boshqalarga ishonishni o'rganish go'daklik davridan boshlab bola amalga oshirishi kerak bo'lgan muhim vazifa hisoblanadi va bu uning sevish, mehr qo'yish qobiliyati va kelajakdagi munosabatlarining rivojlanishi bilan bevosita bog'liq. Kengroq ma'noda olganda, zo'ravonlik shaxsiy rivojlanish va hayotda muvaffaqiyat qozonish salohiyatini to'xtatib qo'yish va butun jamiyatni og'ir jarohatlarga olib kelishi mumkin.

Bolalarga nisbatan zo'ravonlik qo'llanishning darhol ko'zga tashlanuvchi oqibatlariga o'limga olib keluvchi va olib kelmaydigan jarohatlar, aqliy noqislikka uchrash, rivojlanishdan to'xtab qolish hamda ular tushunolmaydigan va to'xtata olmaydigan azoblovchi va tahqirlovchi munosabatni boshidan kechirish yoki guvohi bo'lishning ruhiy va emotsional oqibatlari kiradi. Bu oqibatlar inkor qilinganlik yoki tashlab ketilganlik hissi,o'zaro bog'liqlikka putur yetkazganligi, jarohat, qo'rquv, tashvish, xavfsizlikning yo'qolishi va o'ziga bo'lgan ishonchning parchalanib ketishi kabilarnio'z ichiga oladi. Ota-ona bolaga qasddan jismoniy azob berganida, bu jazolash uchun yoki boshqa biron sabab bo'lishiga qaramasdan, bola o'rgangan saboqning bir qismi ota-ona unga yo'liqmaslik kerak bo'lgan manbaidir; hattoki ikki yoshligida ham jismoniy jazolangan bolalar bunday jazolanmagan bolalarga nisbatan o'zlari bilan onalari o'rtasida masofa saqlaydilar.


Ta'sir va oqibatlarni murakkablashtiradigan omillar shundan iboratki, bolalar o'z uyida o'zlari sevadigan va ishonadigan insonlar tomonidan azoblanadilar, ya'ni bu ular o'zlarini xavfdan xoli his qilishlari kerak bo'lgan joyda yuz beradi. Ayniqsa, shahvoniy tahqirlashda katta zarar yetkaziladi. Bu zarar bolaning shahvoniy zo'rlanishi bilan bog'liq bo'lgan tamg'a va sharmandalikdan iborat bo'lib, natijada bola dardini ichiga yutishi kerak bo'lgan mamlakatlarda holat ayniqsa jiddiydir. Bola o'ziga eng yaqin bo'lgan insonlarga ishonchini yo'qotishi unda qo'rquv, gumonsirash, noqat'iylik hislarini shakllantirishi mumkin. Bola ushbu zo'ravonlikni amalga oshirgan ota-onasi yoki oilasining boshqa a'zosi yonida o'zini hech qachon xotirjam va xatardan xoli sezmasligi mumkin.


Tobora ko'proq tasdiqlanib borayotgan ma'lumotlarga qaraganda, zo'ravonlik yoki jarohatlanishni boshidan kechirish normal rivojlanish jarayoniga putur yetkazish orqali miyaning rivojlanishini izdan chiqarishi mumkin. Zo'ravonlik hukmronlik suradigan oilalarda bolalarning xulq-atvorlarida yoshlari bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishlar hamda “post-travmatik stress holati”ga taalluqli alomatlari va ruhiy azoblanish belgilari kuzatilishi mumkin. Jismoniy va shahvoniy jabrlanish bilan o'z joniga qasd qilish haqida o'ylarning ortib borishi va inson o'zining shunga mos tarzda tutishi xatari o'rtasida bog'liqlik mavjud bo'lib, bunday zo'ravonlik qanchalik kuchli bo'lgan bo'lsa, xatar darajasi ham shunchalik yuqori bo'ladi. Ushbu zo'ravonlik tomonidan yetkazilgan ziyonlarga, shuningdek, bola boshidan kechirgan narsa xususida kattalarga aytishga harakat qilganida ular tomonidan berilgan javob ham ma'lum darajada ta'sir yetkazishi mumkin. Bunday ta'sir qiluvchi boshqa omillar jumlasiga zo'ravonlik qancha muddat davom etganligi, qayerda yuz berganligi, bola bir kishidan qayta-qayta zo'ravonlikni boshidan kechiryaptimi yoki u boshqa inson qo'lida yana qurbonga aylanayotganligi kabilar kiradi.


Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bolalarga nisbatan zo'ravonlik qo'llanilishi yoki ularning o'z yaqinlariga zo'ravonlik qo'llaniluvchi xonadonda yashashlari keyinchalik, yoshlari ulg'aygandan so'ng, turli kasallliklarga chalinishlari va hattoki hayotdan ko'z yumishlari o'z salmoqli hissasini qo'shuvchi omil bo'lishi mumkin. Bolalik davrida zo'ravonlikni boshidan kechirish bilan keyinchalik spirtli ichimliklarga ruju qo'yish, giyohvandlik, saraton kasalligi, surunkali o'pka kasalliklari, ruhiy azoblanish, shu bilan birga, bir qator boshqa muammoli holatlar, masalan, jigar kasallanishi, o'ta semirib ketish hamda surunkali reproduktiv salomatlik muammolari o'rtasida bog'liqlik borligi aniqlangan. Ushbu bog'liqlik turli zararli ko'nikmalar sigaret chekish, spirtli ichimliklar ichish, turli ayollar bilan yurish yoki boshqa noma'qul ko'nikmalar mexanizmi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bolalarga nisbatan zo'ravonlik shuningdek bolaning aqliy salomatligiga ham uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin. Jismoniy jazolash va boshqa turli xil tahqirlovchi munosabatlar bo'yicha tadqiqot natijalari bo'yicha ham shunday xulosalar chiqarilgan. Jismoniy jazolash bolalar va yoshlarda depressiya, o'zini baxtsiz his qilish, doimiy tashvishda bo'lish hamda tushkunlikka tushish kabi g'olatlarga olib keluvchi omillardan hisoblanadi. Ba'zi-ba'zida takrorlanuvchi jismoniy jazolash yoshlarni psixologik bezovtalanishga olib kelishi mumkin.


Yosh bolalik davrida zo'ravonlikni boshidan kechirish keyinchalik yana zo'ravonliklar qurboni bo'lish zo'ravonlikka duch kelish holatlari to'planishi xatarini oshiradi. Bu o'z navbatida bolalarga nisbatan zo'ravonlik qo'llanilishining iloji boricha dastlabki vaqtlarida aniqlash va uning oldini olishning ahamiyatini oshiradi.


Uy va oilada zo'ravonlik ro'y berishi xatari oiladagi munosabatlarning sifati hamda oilaga tashqi omillardan yoki oila ichidagi ba'zi a'zolarning fe'l-atvori tufayli yuzaga keladigan stress yoki bosim o'rtasidagi o'zaro aloqa zamirida shakllanadi. Ba'zi omillar bolaning tabiati va uning ota-onasi yoki tarbiyalovchilarining tabiati asosida shakllanadi. Boshqa omillar esa oila muhiti va undagi insonlarning oiladagi o'rni va o'zaro munosabati asosida shakllanadi va bu bolaning zo'ravonlikka uchrash holatini oshiradi yoki aksincha himoya bilan ta'minlaydi. Oiladagi izdan chiqqan munosabatlar va ota-ona va farzandlar orasidagi zaif aloqa o'z uyida zo'ravonlikka uchrash-uchramasligi masalasida muhim rol o'ynaydi. Boshqa omillar mavjud muhitga masalan shoshilinch holatlarda bog'liq bo'lishi ammo shuningdek, ijtimoiy aloqalarning mavjudligi yoki tirikchilik uchun zaruriy mablag'ning yo'qligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Salbiy oqibatlarning oldini olish mumkin. Masalan ota-ona va boshqa oiladagi farzandlar bilan o'zaro munosabatlar yaxshi bo'lsa, bu bolalarni himoya bilan ta'minlaydi va tashqi ta'sirlarga bardoshliligini oshiradi. Zo'ravonlik shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy madaniy omillardan kelib chiqish ehtimoli yuqori bo'lib, ushbu omillar o'rtasidagi o'zaro aloqalar chigalini yechish mushkul bo'lishi mumkin. Bundan tashqari ba'zi bolalar bir necha yillar davomida turli manbalardan amalga oshiriladigan zo'ravonliklarga duch keladilar.


Bola bilan bog'liq omillar .


Yoshi: bolaning go'daklik vaqtidagi jismoniy zaifligi va monasi yoki boshqa tarbiyalovchilarga qaramligi uning zo'ravonlikkai duch kelish ehtimolidagi asosiy omildir. Go'daklar jismoniy zo'ravonlikdan yuzaga keladigan jarohat yoki hayotdan ko'z yumish xataridan tashqari,tashlab ketilish va bee'tibor qoldirish kabi zo'ravonlikka ham uchrash oldida zaifdirlar. Chaqaloqlar endigina tug'ilgan damlarda zo'ravonlikka eng ta'sirchan bo'ladi. Ular keyinchalik, hayotlarining dastlabki yili va bolalikning ilk davrida (0-4 yoshgacha) ham zo'ravonlik oldida juda zaif bo'ladilar,lekin bu zaifliklari endigina dunyoga kelgan vaqtidagicha bo'lmaydi va tobora kamayib boradi.


Jins: bolaning qaysi jinsga mansubligi ham uning zo'ravonlik qurboni bo'lish xatarini oshiruvchi omil bo'lishi mumkin. Shahvoniy zo'ravonlik ko'pincha o'g'il bolalarga nisbatan yo'naltirilsada, ammo qizlarntng bunday zo'ravonlikdan jabr ko'rish ehtimollari nisbatan yuqori.


O'g'il bolalar afzal ko'riluvchi jamiyatlarda qiz farzandlarning o'ta darajada e'tiborsizlik qurboni bo'lish ehtimoli yuqori bo'lish birga,ba'zi jamiyatlarda o'g'il farzand lar qiz farzandlarga nisbatan ancha kuchli zo'ravonlikni boshdan kechirishlari ehtimoldan yuqori.


Boshqa tavsiflar: nogiron bolalar zo'ravonlikka duch kelishlarining ehtimoli hammanikidan yuqori bo'lib, buning bir necha sabablari mavjud va bu sabablar jamiyat a'zolarining ongiga singib ketgan qarashlardan tortib, nogiron bolaning o'z oilasi uchun tug'dirishi mumkin bo'lgan ruhiy,jismoniy, iqtisodiy vaijtimoiy ehtiyojlargacha bo'lgan omilni o'z ichiga oladi. Nogironlikka qo'shimcha tarzda yana bir qator omillar borki,ular ham bolaningo'z uyida zo'ravonlikka uchrash xatarini oshiradi. Ota-onaning bolaga bog'liqligini qiyinlashtiruvchi yoki bolani parvarishlashni qiyinlashtiruvchi omillar uning ta'sirchanligiga ham ta'sir qilishi mumkin. Masalan, istalmagan bolalar, chala tug'ilgan bolalar, vazni yetarlicha bo'lmay tug'ilgan bolalar, bir nechta egizaklarning biri bo'lgan bolalar, surunkali kasallikka chalingan bolalar yoki fe'l-atvordagi jiddiy noqislikka ega bo'lgan bolalarning noma'qul munosabatga uchrashlari ehtimoli ancha yuqori.


Oila bilan aloqador omillar.


Ota – ona tabiati va ijtimoiy, iqtisodiy mavqe: Uyda zo'ravonlik o'tkazish muammosi barcha ijtimoiy va iqtisodiy doiralarda mavjudligiga qaramasdan, turli xil muhitlarda o'tkazilgan tadqiqotlarning natijasiga ko'ra, ota-onaning ma'lumot darajasi pastligi, daromadning yo'qligi hamda xonadonda yashovchilarning haddan ziyod ko'pligi bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo'ravonlikning qo'llanilishi xatarini oshiradi. Jismoniy zo'ravonlik o'tkazuvchi ota-onalar ko'pincha yosh, yolg'iz va kambag'al bo'ladilar. Ushbu bog'liqlik kambag'al, stress holati va ijtimoiy ajratib qo'yishdan kelib chiqqan bo'lishi ehtimoli yuqori. Shunday omillar mavjud bo'lgan oilalarga jamiyat tomonidan yetarlicha yordam berilmasa va oila kuchli ijtimoiy tuzilmaning bir qismi bo'lmasa ularda yashayotgan bolalarning zo'ravonlikdan jabr ko'rish xatari yuqori bo'ladi. Qarindosh-urug'lar tomonidan ko'mak berilmasa, bu mavjud muammoni yanada og'irlashtiriladi.


Ruhiy ta'sirlanish holati va ijtimoiy yakkalanish: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, zo'ravon ota-onalarning tabiati xulq-atvoridagi nuqsonlarning aksariyati ular mansub bo'lgan jamoaning yetarlicha faoliyat ko'rsatmayotganligi va stress holatini yengish qobiliyati pastligi bilan bog'liq ekan. O'zini tuta olmaydigan, o'ziga ishonchi past, aqliy nuqsonlarga ega bo'lgan va ichkilik yoki giyohvandlikka berilgan ota-onalarning o'z farzandlariga nisbatanqo'llashi va ularni e'tiborsiz qoldirishi ehtimoli yuqori. O'z farzandlariga nisbatan zo'ravonlik qo'llovchi ota- onalarning aksariyati bolalik chog'larida zo'ravonlikka uchragan bo'ladilar.
Bolalar turli sabablarga ko'ra maxsus muassasalarga joylashtiriladilar. Bolalarni parvarishlovchi muassasalarning butun dunyoda qabul qilingan ta'rifi mavjud bo'lmasada, ularning ko'pchiligida bor bo'lgan jihatlar quyidagilardan iborat: buning uchun ish haqini oluvchi xodimlar tomonidan o'z oilalaridan uzoqda yashaydigan bolalarning holidan 24 soat davomida xabardor qilib turish va nazorat qilib borilishi kerak. Bunday muassasalarning o'lchami, tashkiliy jihatlari va ularda olib boriladigan faoliyatlar bir-biridan katta farq qilishi mumkin. Eng yopiq ajratib qo'yil gan muassasalarda bolaning butun hayoti, ya'ni uning ta'lim olishi,sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishi, mehnat faoliyati, dam olishi va uxlashi mazkur muassasaning ichida ro'y beradi va bunday tashkilot jamiyatning boshqa qismidan ancha uzilib qolgan bo'ladi.*
Muassasalarda parvarish qilishning keng tarqalgan toifalardan ba'zilari quyidagilardan iborat:
Bolalar(go'daklar) uyi: 0-4 yoshgacha bo'lgan bolalarni parvarishlovchi bunday muassasa uy sharoitiga yaqinlashtirilgan muhitda parvarishlovchi muassasa hisoblanadi. Bunday muassasada tibbiy bilimga ega bo'lgan sog'liqni saqlash xodimlari hamda pedagog xodimlar bola parvarishi bilan shug'ullanadilar.
Oila tipidagi mehribonlik uylari: 4-16 yoshgacha bo'lgan bolalarni parvarishlovchi bunday muassasa uy sharoitiga yaqinlashtirilgan muhitda parvarishlovchi muassasa hisoblanadi. Bu muassasa bir necha xodimlar tomonidan boshqariladi va oila muhiti yaratiladi.
Maxsus maktab internatlar:
Kam ta'minlangan oila farzandlari uchun ta'lim-tarbiya muassasalari: iqtisodiy yetishmovchilik tufayli ijtimoiy muammosi bor oilalar farzandlari tarbiyalanadi. Bu yerda bolalar ham o'qiydi, ham
istiqomat qiladi.
Psixojismoniy rivojlanishida muammolari mavjud bo'lgan bolalar uchun maxsus ta'lim-tarbiya muassasalari:
Aqli zaif bolalar uchun maxsus maktab internatlar: Bu muassasada murakkab fan dasturlarini o'zlashtira olmaydigan past o'zlashtiruvchi (orqada qoladigan) bolalar o'qib tarbiyalanadilar.Fan dasturlari ham o'zlashtirilishiga qarab osonlashtiriladi.
*Paulo SerxioPineyro. Bolalarga nisbatan zo'ravonlik bo'yicha butun jahon hisoboti
Kar-soqov bolalar uchun maxsus maktab internatlar: Eshitishda jiddiy nuqsoni bor bolalar bu muassasada ta'lim oladilar. Bunday bolalar garchi tovushlarni eshitmasalarda, hatti-harakat orqali bir-birlarini tushunish,bir-birlariga tushuntirishni o'rganadilar va shu orqali jamiyatga qo'shiladilar. Shuning uchun yeshitishda jiddiy nuqsoni borligi jamiyatdan ajrab qolishiga sabab bo'lolmaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus maktab internatlar:Eshitishda nuqsoni bor,lekin apparat yordamida eshita oladigan bolalar ta'lim-tarbiya oladigan muassasa. Bunday bolalar ham eshitib bir-birlarini tushunish yoki bir-birlariga tushuntirishni,ham hatti-harakat orqali bir-birlarini tushunish,bir-birlariga tushuntirishni o'rganadilar va shu orqali jamiyatga qo'shiladilar.
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun maxsus maktab internatlar: Bu muassasada ko'rishda jiddiy nuqsoni bor umuman ko'ra olmaydigan yoki zaif ko'radigan bolalar brayl yozuvi asosida ta'lim oladilar va shu orqali jamiyatga qo'shiladilar.
Dastlabki vaqtlardan boshlab bolalarni qabul qilishga mo'ljallangan muassasalar o'z oilalari istamagan bolalar yashaydigan joylar sifatida tashkil etilgan edi. Tarixchilarning ta'kidlashicha, qarovsiz qoldirilgan bolalarni qabul qiluvchi muassasalar III asrda Konstantinopolь shahrida tashkil etilgan. Bunday muassasalarning tashkil etilishidan maqsad chaqaloqlarni qatl etish holatlarini kamaytirishdan iborat bo'lgan. Keyinchalik, O'rta asrlarda, tashlab ketilgan bolalarni qabul qiluvchi uylar Italiyadagi cherkov tomonidan tashkil etilgan bo'lib, asta-sekin bu tajriba butun Yevropaga tarqalgan. Bunday uylar hayriya ishi bo'lishi bilan birga, ko'chalarni tashlab ketilgan va qarovsiz qoldirilgan bolalardan tozalash va ushbu muammoni jamiyat uchun ko'rinmas holga keltirish maqsadida amalga oshirilgan. Bu esa muhim ahamiyat kasb etib borayotgan vazifa edi, chunki keyingi asrlarda Yevropaning ba'zi yirik shaharlarida tashlab ketilgan bolalarning soni barcha bolalar sonining to'rtdan birini tashkil eta boshlagan edi.XX asrga qadar bunday muassasalarda joylashtirilgan bolalar orasida o'lim ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan. Buning sabablari omma sog'lig'ini saqlash tizimi ishga tushmasidan turib, ko'pchilik yig'ilib yashaydigan joylarda infektsiyalarning tarqalishi bilan bog'liq bo'libgina qolmasdan, bolalarni parvarish qilish bo'yicha samarali yondashuvlarning mavjud bo'lmaganligi bilan ham izohlanadi.
Bola rivojlanishi masalasini tushunish rivojlanib borgan sari, ba'zi mamlakatlarda boshpanali parvarish fikridan qayta boshladilar va uning o'rniga qonun bilan nizoda bo'lgan bolalarni maxsus muassasalarga joylashtirish emas, balki boshqa yo'llarni topishga harakat qila boshlandi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat hajmi katta bo'lib, yopiq tarzda ish olib boruvchi muassasalar bolaning jismoniy, ijtimoiy, ruhiy va aqliy rivojlanishi bo'yicha oila sharoiti bilan hech bellasha olmasligini anglay boshladilar.
Bugungi kunda ijtimoiy siyosatning o'zida BHK va inson huquqlari bo'yicha boshqa majburiyatlarni aks ettiruvchi “eng yaxshi amaliyoti”ga ko'ra, imkon qadar ko'p bolalarni oila sharoitida ulg'aytirish, ularni oddiy maktabda o'qishlari va hamjamiyat hayotida qatnashishlarini ta'minlash yo'lida jiddiy say'i-harakatlar qilinyapti.
Afsuski, o'z oilasi himoyasidan mahrum bo'lgan va muqobil parvarish ko'rinishlariga muhtoj bo'lgan bolalarning soni qator sabablarga ko'ra tobora ko'payib bormoqda. Bunday sabablarga tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan urbanizatsiya jarayoni, tabiiy ofatlar, qurolli nizolar, aholini boshqa joyga ko'chirish bo'yicha keng qamrovda borayotgan aholini ko'chirish jarayonlari va OIV\OITS vabosi tufayli ijtimoiy muhitlarning o'zgarib borishi kabilar kiradi.
Ba'zi hisob-kitoblarga qaraganda, butun dunyo bo'ylab jami 8 million o'g'il va qiz bolalar instituttsional parvarish ostida yashar ekanlar. Ba'zi tadqiqotlarda aniqlanishicha boshpanali muassasalardagi zo'ravonlik darajasi tutingan oilalarga qaraganda olti barobar yuqori ekan va guruh tarzida parvarishlanuvchi bolalarning shahvoniy zo'ravonlikni boshidan kechirishlari ehtimoli oila asosida tarbiyalanuvchi bolalarga nisbatan salkam to'rt barobar yuqori ekan.
Ko'plab tadqiqotlarda davomiy ravishda institutsiolizatsiyaning salbiy ta'siri va katta hajmdagi boshpanali parvarish o'rinlarida zo'ravonlik ko'rsatkichlari yuqori bo'lishi aniqlangan.
Bolalar quyidagi sabablarga ko'ra parvarish muassasalariga joylashtiriladilar. Aksariyat hollarda bolalarning bunday muassasalarga joylashtirilishiga ularning jismoniy imkoniyatlari cheklanganligi, oilaning tarqab ketishi, xonadondagi zo'ravonlik, ijtimoiy ko'mak tizimlarining mavjud emasligi, zaif ijtimoiy iqtisodiy sharoitlar, jumladan qashshoqlik kabilar sabab bo'ladi. Ba'zi mamlakatlarda tabiiy ofatlar, qurolli nizolar yoki OIV/OITS vabosi ota-onalarni o'z farzandlarini parvarishlash imkoniyatidan mahrum qilib qo'yishi mumkin. Kasallik, fojialar ozodlikdan mahrum etilish kabilar ham bolalarni o'z ota-onalaridan ayirib qo'yishi mumkin.
Qashshoqlik: Bu-ko'plab ota-onalar o'z farzandlarini boshpanali parvarishlash muassasalariga joylashtirishga qaror qabul qilishlarida asosiy rol o'ynaydigan omillardan biridir. Ota-onalar o'z farzandlarini yetarlicha parvarishlay olmayotganliklarini his etsalar va farzandlari boshpanali parvarish muassasalarida yaxshiroq ta'lim, salomatlik xizmatlari va yetarlicha ovqatlanishi mumkinligiga ishonsalar, farzandlarini bunday muassasalarga joylashtirishga qaror qilishlari mumkin va bunda farzandlari uydagidan ko'ra yaxshiroq hayot kechiradi,deb ishonadilar.

Oila ichidagi zo'ravonlik: Ko'pchilik bolalar o'z oilalaridagi zo'ravonlik sababli maxsus muassasalarga joylashtiriladilar. Bunday zo'ravonliklarga e'tiborsizlik, ruhiy, jismoniy va shahvoniy zo'ravonlik kabilar kiradi. Shu bilan birga, ko'plab bolalar o'z ota-onalari va tarbiyachilari tomonidan davomiy ravishda zo'ravonlikka uchraganliklari sababli o'z oilalaridan ko'chishlariga to'g'ri keladi.


Jismoniy imkoniyati cheklanganlik: Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan “tamg'a qo'yish”ning keng tarqalganligi hamda bunday bolalarning ota-onalariga ko'mak berilmasligi tufayli bunday bolalarning insitutsiolizatsiyaga uchrash nisbati qolgan bolalarnikiga ko'ra ancha yuqori. Masalan, rivojlanishda nuqsoni mavjud bo'lgan yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning 65 foizi bunday bolalar uchun maxsus tashkil etilgan muassasalarda yashaydilar. Ko'pchilik ota-onalarning jismoniy imkoniyatlari cheklangan farzandlarini maxsus muassasalarga joylashtirishlariga asosiy sabab bunday bolalarni parvarishlash uchun
zaruriy imkoniyatlarning yo'qligi bilan ifodalanadi. Yetarlicha tashxis qo'ymaslik, ortiqcha tashxis qo'yish, bor e'tiborni nogironlikning faqat tibbiy modeliga bag'ishlash kabilar ham jismoniy imkoniyati cheklanganlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Ba'zi hollarda bolani rag'batlantirishning yo'qligi yoki yuqori sifatli sog'liqni saqlash va ma'rifiy xizmatlarning yo'qligi ham bolaning rivojlanishini kechiktirishi va pirovardida nogiron bolalar safini kengaytirishga olib kelishi mumkin.
Oila fojialari, jumladan OIV/OITS: Qurolli nizolar, keng miqyosli tabiiy ofatlar, OIV/OITS vabosi yoki boshka kasalliklarning tarqalishi gumanitar yo'nalishdagi ba'zi tashkilotlarni tabiiy ravishda, parvarishga muhtoj bo'lgan ko'p sonli bolalar uchun mos chora sifatida parvarish muassasalari va bolalar uylarini tashkil etishni tavsiya etadi.
Muqobil imkoniyatlarning yo'qligi: Ko'p joylarda institutsiolizatsiyaning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan, zaif oilalarga ko'mak, oila asosidagi parvarishlash kabi imkoniyatlar mavjud bo'lmaydi. Bu esa boshpanali parvarish muassasalarida kerak bo'lganidan ham ortiq foydalanishga olib kelishi mumkin.*

Parvarish muassasalaridagi bolalarning zo'ravonlikka uchrash xatari yuqoriroq.Bunday muassasalardagi zo'ravonlik xolatlarining aksariyati xodimlar tomonidan amalga oshiriluvchi zo'ravonlik, jumladan e'tiborsizlik, shuningdek, bolalarning boshqa bolalarga zo'ravonlik qo'llashi kabilardan iborat. Buning ustiga, ko'plab muassasalarda mavjud bo'lgan munosabatlarning o'zida xam zo'ravonlik alomatlari mavjud.


Boshpanali parvarish muassasalaridagi bolalar mazkur muassasalar xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan jismoniy, jinsiy va ruxiy zo'ravonlikka uchrashlari mumkin. Bunday zo'ravonlik og'zaki hakorat, kaltaklash, xaddan ziyod yoki uzoq muddatga tutqinda ushlab turish, jinsiy zo'rlash, shahvoniy hujum yoki tegajoklik kabilardan iborat bo'ladi.
Bolalarni kim parvarish qilishidan qat'iy nazar, davlat ularning xavfsizligini ta'minlashga mas'ul bo'lsada, butun dunyo bo'ylab bolalarni
*Paulo SerxioPineyro. Bolalarga nisbatan zo'ravonlik bo'yicha butun jahon hisoboti
parvarishlovchi muassasalarda ularning xodimlari tomonidan zo'ravonlik amalga oshirilayotgani ma'lum bo'lgan. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan (jumladan, miya faoliyati buzilgan, rivojlanishdagi nuqsonlarga vam ruhiy kamchiliklarga ega bo'lgan) bolalar uchun maxsus, boshpanali muassasalarda bunday bolalarga ko'rsatilishi kerak bo'lgan “muolaja” niqobi ostida ularga nisbatan zo'ravonlik qo'llanilishi mumkin. Ba'zi muassasalarda elektroshok bolalarning xulq-atvorini tizginga solish uchun “qo'rqitish muolajasi” sifatida ham qo'llaniladi. Bundan tashqari ba'zi dori-darmonlar ham ishlatilishi mumkin bo'lib,ularning qo'llanishiga sabab tibbiy muolaja emas, bolalarning fe'l-atvorlarini yanada “royish”roq qilishdan iborat. Ayni paytda ularning qo'llanilishidan boshqa maqsadlar ko'zlangan bo'lishi ham mumkin. Masalan, jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarga maxsus muassasalar yoki shifoxonalar xodimlari tomonidan haddan ziyod ko'p dori-darmonlar berilishi orqali ulr o'zlarini jismoniy zo'ravonlik yoki shahvoniy hujumdan himoya qila olmaslikka erishiladi.
Bolalar qayerda bo'lishlaridan qat'iy nazar,jumladan, davlat qaramog'ida bo'lgan vaqtlarida ham hukumat ularning asosiy ehtiyojlarini qondirilishini ta'minlashi zarur. Ammo ko'plab boshpanali parvarish muassasalaridagi ahvol shu qadar yomonki, ular bolalarning salomatligi va hayotini xavf-xatar ostiga qo'yadi. Aksariyat hollarda bunday muasasalarda keragidan ortiqcha bola joylashtirilgan,sanitariya talablariga rioya qilinmaydiganbo'lib, shu bilan birga ularda na yetarlicha xodimlar na yetarlicha mablag' mavjud, bu esa o'z navbatida uyerdagi bolalar orasidagi o'lim ko'rsatkichlarining oila sharoitidagi bolalarnikiga nisbatan yuqori bo'lishiga olib keladi. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarga moslashtirilgan bir qator muasasalarda bolalar ta'lim olish, hordiq chiqarish, reabilitatsiya yoki boshqa dasturlardan foydalanish imkoniyatlaridan mahrumdirlar. Aksariyat hollarda ular o'z krovatlari yoki beshiklariga bog'lab qo'yilgan holatda uzoq vaqt davomida hech qanday insoniy muloqot yoki rag'batsiz tashlab qo'yiladilar. Shu tariqa ozodlikdan mahrum qilish ko'p hollarda keskin salbiy jismoniy, aqliy yoki ruhiy zararlarga, aksariyat hollarda esa, o'limga olib keladi.
Boshpanali parvarish muassasalaridagi bolalarning o'z tengqurlari tomonidan amalga oshiriladigan zo'ravonlikka uchrash xatari yuqoriroq, ayniqsa,sharoitlar va xodimlarning nazorati yaxshi yo'lga qo'yilmagan vaziyatda. Shaxsiy daxlsizlikning yo'qligi, miliy o'zaklarga hurmat ko'rsatmaslik, asabiylashish, haddan ziyod tubanlik hamda, ayniqsa,zaif bo'lgan bolalarni nisbatan yoshi katta bo'lgan, tajovuzkor bolalardan ajratilgan holda joylashtirmaslik sabablari ko'p hollarda tengqurlar o'rtasidagi zo'ravonlikka sabab bo'ladi. Mazkur muassasalar xodimlari
bolalar o'rtasidagi zo'ravonlikni qo'llab – quvvatlashi ham mumkin. Buning sababini ularni boshqarishni yengillashtirish va\yoki oddiygina tomosha qilishga urinish bilan izoxlash mumkin.“Yuqori ta'sirli” jismoniy zo'ravonlik ham keng tarqalganligi hisobotlarda ko'rsatilgan bo'lib, bunday zo'ravonliklar pichoq bilan qurolli hujum qilishdan tortib, to tepish va do'pposlash kabilar kiradi va bunday zo'ravonliklar asosan bolalarning o'zlari tomonidan amalga oshiriladi. Ba'zi hollarda, bolalar ma'lum qilishicha, bolalar uylarining xodimlar tomosha qilish ishtiyoqida ularni bir – biriga qarshi gij – gijlar ekanlar.

Bolalarga nisbatan institutsionalizatsiyaning haddan ziyod qo'llanishi bolalar,ularning oilalari va jamiyatga katta ziyon yetkazmoqda. Bola rivojlanishi bo'yicha olib borilgan chuqur izlanishlarda aniqlanshicha, institutsionalizatsiyaning salbiy ta'sirlari zaif jismoniysog'liq, rivojlanishdagi jiddiy ortda qolishlar, nogironlik va potentsial ravishda tiklashning iloji bo'lmaydigan ruhiy ziyon – zaxmat kabilardan iborat bo'lishi mumkin ekan. Salbiy ta'sirlar bolaning bo'nday muassasalarda qanchalik uzoq yashashi bilan bog'liq tarzda va mazkur muassasalardagi sharoitlarning naqadar nochorligi bilan bog'liq ravishda ortib borar ekan.


Rivojlanish va ruhiy salomatlikka zararlar, ayniqsa to'rt yoshgacha bo'lgan bolalarda seziladi, chunki aynan ushbu yosh chegarasi bolalarning o'z ota – onasi yoki parvarishlari bilan bog'liqlik yaratish uchun muhim davr hisoblanadi. Xodimlar bilan yaxshi ta'minlangan muassasada ham bolalar mazkur xodimlardan oladigan e'tibor ular o'z ota – onalaridan oladigan e'tiborning o'rnini bosa olmaydi. Yevropadagi bolalar muassasalari bo'yicha o'tkazilgan bir tadqiqotning natijalariga ko'ra, kichik yoshda (0 – 3 yoshgacha) bo'lgan, ota – onasiz qolgan bolalar uchun maxsus boshpanali parvarish muassasalarida joylashtirilgan bolalarda o'z yaqinlari bilan bog'liqlik yetishmasligi tufayli ko'riladigan zarardan zaxmat chekish, rivojlanishda oortda qolish va rivojlanib borayotgan miyaning neytral atrofiyasidan zarar ko'rish xatari yuqori bo'lar ekan. Mazkur tadqiqotning xulosasiga ko'ra, “Ota – ona mehridan erta mahrum qilish tufayli e'tiborsizlik va zarar yosh bolalarga zo'ravonlik yetkazish bilan teng” deyiladi.
Muassasalarda yashashning faoliyatsizlik, ijtimoiy yakkalatish, taxqirlovchi sharoitlar bolaning ijtimoiy va ruhiy faoliyatining sustlashishiga olib kelishi mumkin. Bunday muassasalarda ma'lum vaqt yashagandan keyin bolalar bunday maskanlarga kelishdan oldin o'zlariga qarash va bir – biriga nisbatan mehr – muruvvat bilan ko'nikmalarini yo'qotishlari mumkin.

Mazkur muassasalarda yashovchi bolalarning jismoniy holatlari ham yomonlashishi mumkin. Reabilitatsiya, jismoniy terapiya yoki boshqa dasturlarning yo'qligi tufayli bolalar aksariyat hollarda butunlay


faoliyatsizlik holatida bir necha yillarda tashlab qo'yiladilar. Harakatga bo'lgan rag'bat va imkoniyatlarsiz bolalarning qo'llari, oyoqlari va umurtqalari ishlatilmaslik oqibatida qiyshayib, atrofiya holatiga kelishi mumkin. Insonlar bilan joiz muloqotning yo'qligi oqibatida ba'zi bolalar o'zlariga zarar yetkaza boshlaydilar. Muassasa xodimlari bunga jismoniy cheklovlar qo'llash bilan javob berganlarida, bolalarning ahvoli yanada yomonlashadi.
Institutsializatsiya, shuningdek, davriy zo'ranvonlikka turtki bo'lib xizmat qiladi. Ya'ni, instittsializatsiyaga uchragan bolalarning o'z – o'zlariga jaroxat yetkazishlari, boshqalarga tajovuzkorona munosabatda bo'lish yoki biron jinoyatga, foxishabozlik yoki giyoxvandlikka aralashishlari mumkin. Boshpanali parvarish muassasasidan ketgan yoshlarning uchdan biri uysiz qoladi, beshdan biri jinoyatga qo'l uradi, o'ndan biri yesa o'z jonlariga qasd qiladi ekanlar. Ba'zi tadqiqotlarda ta'kidlashicha, institutsializatsiyaga uchragan bolalarning ko'pchiligi ruxiy jixatdan ta'sirga berilubchan va kattalar e'tiboriga tashna bo'lib, bu yesa o'z navbatida ularni inson savdosi bilan shug'illanuvchilar uchun oson nishonga aylantiradi.



Download 229.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling