O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus taъlim vazirligi farg'ona davlat universiteti mamatqulova Fotimaxon Maxammadjon qizi Mavzu: O`zbekiston pensiya tizimi faoliyati
Umumiy ta'lim muassalarida bolalar zo'ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish xodimining o'rni va rolini oshirishning zamonaviy usullari
Download 229.06 Kb.
|
BMI MAFTUN XXX - для слияния
3.2 Umumiy ta'lim muassalarida bolalar zo'ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish xodimining o'rni va rolini oshirishning zamonaviy usullari
Bolalarga nisbatan zo'ravonlik tufayli yuzaga keluvchi jiddiy ijtimoiy va iqtisodiy zararlarning xalqaro miqyosda tushunish tobora o'sib borayotgani sababli, bolalarni zo'ravonlik, ekspluatatsiya, suiiste'mol qilish va kamsitishlardan himoya qilish butun dunyoda muhim va ahamiyatli vazifalardan biriga aylanib bormoqda3. O'zbekistonda bolalarni himoya qilish tizimining tarkibiy qismlari institutsional darajada mavjud bo'lib, bolalarni himoya qilish kompleks normativ-huquqiy baza bilan tartibga solinadi. Oila va bolalarni himoya qilish tizimini, shuningdek sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy ustuvor yo'nalishlar 2017-2021 yillar uchun rivojlanishning milliy strategiyasida bayon etilgan bo'lib, 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) 16.2 –sonli Bolalarga nisbatan zo'ravonlikning har qanday shakllarini to'xtatish”ni amalga oshirishga o'z hissasini qo'shadi4. Tarbiyachi-ona va bolaning kuchli va kuchsiz taraflari aniqlangandan so'ng o'rtadagi muammoni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqdim. Tarbiyachi-ona eng avvalo o'rtadagi kelishmovchilikka barham berishi kerak. Chunki oilaviy muhitning shu darajaga kelib qolishiga o'zi ham sababchi. Boladan xafa bo'lgan taqdirda ham ovqatini o'z vaqtida berishi kerak. Bolaning osoyishtaligini ta'minlashi, shaxsiyatiga tegadigan gaplar gapirishni yo'qotishi kerak. Bola va ona o'rtasidagi hissiy bog'langanlikni shakllantirishi kerak. Bolaning xulqini boshqara bilishi va uning salbiy hatti-harakatlarini chegaralashi kerak. Bolaning tarbiyachi-onani talablarini o'z vaqtida qilmasligiga sabab, tarbiyachi-ona talab qilgan-u, lekin uning qilinishini nazorat qilmagan. Bergan topshirig'ini o'z vaqtida nazorat qilsa, bu muammoni ham bartaraf etish mumkin. Bundan tashqari bolaga muammolarini mustaqil hal etishni o'rgatish kerak. Bu borada “Bolalar shaharchasi”da bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Tarbiyachi-onalarni pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida “Onalar maktabi” uslubiy birlashma yig'ilishi tashkil etilgan. Ushbu uslubiy yuirlashma yig'ilishida bolalarga nisbatan shafqatsiz va befarq munosabatdan himoyalash maqsadida hamda tarbiyachi-onalarni zo'ravonlik holatlari bo'yicha turli xil viktorina, savol-javob, zanjir o'yini kabi br qancha mashg'ulotlar o'tkaziladi. Bolalarni shafqatsiz va befarq munosabatdan himoyalash va zo'ravonlik turlari haqida tarbiyachi-onalarga ma'lumot beriladi va o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi. Ya'ni, zo'ravonlikning jismoniy, jinsiy, ruhiy, ehtiyotsiz munosabat, ekspluatatsiya kabi turlarga bo'linib, ularni ichiga quyidagilar kirishi, jismoniy zo'ravonlikka urish, tishlash, kuydirish, bo'g'ish yoki cho'ktirish, zahar va noto'g'ri dori berish, turtkilash, shafqatsiz jazolash, jinsiy zo'ravonlikka jinsiy extiyojlarni qondirish uchun bolalardan foydalanish, zo'rlash, bola bilan jinsiy munosabatda bo'lish, ruhiy zo'ravonlikka so'kish, bemehrlik, kamsitish, qo'rqitish, haqorat qilish, ehtiyotsiz munosabatga uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmonga bo'lgan ehtiyojlarni qondirilmasligi, e'tiborsiz, qarovsiz qoldirish, ekspluatatsiya turiga bolalar mehnatidan me'yorilan ortiq foydalanish, bola bajara olmaydigan ishlarni buyurish kabilar kirishi tushuntiriladi. Bunday holatlar nisbatan shafqatsiz va befarq munosabat natijasida salbiy asoratlar qolishi, ya'ni o'z-o'ziga bahoning pastligi, odamlardan qochish, tungi qo'rquv, o'z joninga qasd qilish haqida o'ylash, fobiya, xavfsirash, duduqlanish, kishilar bilan yaqin aloqada bo'lmaslik, uyquni buzilishi, aybdorlik, uyat hissi paydo bo'lishi tushuntiriladi. “Onalar maktabi” uslubiy birlashma yig'ilishida zo'ravonlik, zo'ravonlik turlari, zo'ravonlikni oldini olish yo'llari haqida tushuntirish ishlari olib boriladi. O'z mohiyatiga ko'ra, bolalarning ishtiroki bola hayotining barcha bosqichlarida qo'llab-quvvtlanadigan uzluksiz jarayon bo'lishi kerak2,3. Bu bolalar oilaviy ishlarda, maktabda, sog'liqni saqlashda, ijtimoiy hayotda, jamiyatda va siyosatda faol ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratilishini talab etadi4 . Bolalarga o'zlarining manfaatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatining taqdim etilishi ularning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytiradi, shaxs sifatida rivojlanishi va o'ziga bo'lgan ishonchni his qilishiga yordam beradi, shuningdek bolalar o'z hayotini nazorat qila olishini anglashni boshlaydi. Boshqa tomondan, bolalar ishtirokining cheklanishi bolalarning ijtimoiy-emotsional holati va osoyishtaliligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin5 . O'zbekistonda ishtirok huquqini ta'minlash ko'zda tutilayotgani e'lon qilingan, lekin bolalar ishtiroki haqiqatan ham ahamiyatli bo'lishi kerak. O'zbekistonda o'tkazilgan bir nechta tadqiqot bolalar orasida ijtimoiy-emotsianal ko'nikmalar rivojlanishida, o'ziga bo'lgan ishonch va ruhiy salomatlik borasida muammolar mavjud ekanini, ta'lim orqali faol fuqarolik nuqtai nazarini ilgari surish zaruratini aniqlab berish barobarida bolalarning ishtirokiga bola hayotining kichik yoshida boshlanib barcha bosqichlari uchun uning oilaviy va ijtimoiy hayotiga taalluqli masalalarda faol qatnashish imkoniyatini beruvchi uzluksiz jarayon sifatida yondashish lozimligini belgilab berdi. O'zbekistonda internetdan va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyati vaqt o'tgan sari osonlashib borgani sari bolalarning tinglanish va jamoatchilik fikrini shakllantirishda ishtirok etish imkoniyatlarida o'zgarishlar ro'y bermoqda. Biroq, OAV dan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan yaqinda O'zbekistonning uchta viloyatida o'tkazilgan tadqiqotda, yoshlar internetdan, asosan, o'z manfaatlariga tegishli va ijtimoiy masalalarni muhokama qilish maqsadida emas, balki yangiliklardan boxabar bo'lish uchun foydalanishlarini bildirganlar. 2019 yilda yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Milliy so'rov natijalariga ko'ra, yoshlarning eng ko'p ishtiroki turli maktab qo'mitalari va kengashlarida kuzatilar ekan (so'rovda ishtirok etgan yoshlarning 45,7%), Yoshlar ittifoqi ishida ishtirok etadigan yoshlarning ulushi 27,6% ni, turli madaniy va ko'ngilochar to'garaklardagi yoshlarning ishtiroki 25,4% ni, siyosiy tashkilotlar yoki harakatlardagi ishtiroki 15,5% ni tashkil etgan bo'lsa, yoshlarning eng kam ishtiroki NNT da qayd etilgan (14,8%)5. XULOSA VA TAVSIYALAR Bolalarga nisbatan zo'ravonlik, ekspluatatsiya, shafqatsiz muomala va kamsitishlar O'zbekistonning turli sohalarida1 , xuddi dunyoning boshqa mamlakatlarida2 bo'lganidek, sodir bo'lmoqda, lekin ularning tarqalish darajasi noma'lumligicha qolmoqda . Bolalarning yopiq o'quv muassasalaridagi ahvolining baholanishi oiladagi zo'ravonliklar keng tarqalganligini aniqlab berdi: og'ir oilaviy muhit va g'amxo'rlik ko'rsatilmasligi, oila a'zolari o'rtasidagi yomon munosabatlar va moddiy imkoniyatlarning mavjud emasligi – o'ziga xos “g'ayriijtimoiy” xulqli qizlar o'rtasida oilaviy hayot tajribasini shakllantirgan omillar hisoblanadi . Bu kabi axloq tuzatish muassasalariga 2017 yilda qabul qilinadigan va uyidagi yomon muomala bilan bog'liq tajribaga ega bolalarning ulushi ko'p bo'lgan hududlar – Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Sirdaryo, Buxoro, va Navoiy viloyatlari . Bundan tashqari, 2018 yil 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi 174 jinoyat sodir etilgani Bosh Prokuratura tomonidan qayd etilgan bo'lsa, Bosh Prokuraturaning ishonch telefoniga voyaga yetmaganlardan 136 ta murojaat kelib tushgan . O'zbekistonda voyaga yetmaganlar qatnashgan nikohlar soni 2010 yildagi 2,82% dan 2018 yilda 1,54% ga kamaygan bo'lsada, baribir, bu kabi nikohlar uchrab turadi. Bunday nikohlarning aksariyati voyaga yetmagan qiz bolalar ishtirokida tuziladi (2018 yildagi 4787 nikohning 4786 tasi)6. Siyosiy, normativ-huquqiy va institutsional asoslar, bolalarni himoya qilish bo'yicha qonunchilik sohasida islohotlar yaqinda amalga oshirilib, bolalarni himoya qilishning huquqiy bazasi sezilarli darajada kengaytirilganiga qaramay, mustahkamlanishi talab etiladi. “Bolaning eng yaxshi manfaatlari” tushunchasi, zo'ravonliklarning turi, zo'ravonlik qurboni hisoblangan bolalarga xizmatlarni taqdim etishning huquqiy asoslari qonunchilikda qo'shimcha ravishda belgilab berilishi lozim. Bundan tashqari, bolalar himoyasi bilan bog'liq holatlarning murakkabligi yetarli salohiyat mavjud bo'lishi va ijtimoiy xizmatlar, ichki ishlar organlari, adliya tizimi, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi sektorlar o'rtasidagi muvofiqlikni ta'minlash zaruriyati bilan shartlangan sektorlararo yondashuvni talab etadi. O'zbekistondagi bolalar himoyasi sohasida faoliyat ko'rsatuvchi turli tashkilotlar aksariyat hollarda bir-birlarini takrorlaydigan funktsiyalarga ega, ular orasidagi muvofiqlik va integratsiya yaxshilanishi talab etiladi, bolalarni himoya qilish tizimi esa alohida parchalarga bo'lib tashlangan7. Rejalashtirish, monitoring va bolalarni himoya qilish dasturlarini va erishilgan natijalarni muntazam ravishda baholash salohiyati milliy miqyosda tegishli vazirliklarda yanada mustahamlanishi lozim. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, ularning sifati va integratsiyasi. Oilalar profilaktikasi va qo'llab-quvvatlanishi, zaifliklar va xavflarni oldindan professional tarzda aniqlash, xavflarga to'qnash kelgan oilalar va bolalar bo'yicha hisobotlarni shakllantirish va ularni zarur xizmatlarni olishga yo'naltirish choralarini kuchaytirish maqsadida eng zaif oilalar va bolalarni qo'llab-quvvatlash uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, ularning sifati va integratsiyasi yaxshilanishi kerak8. O'zbekistonda davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy xizmatlar tizimi hanuzgacha asosan internat muassasalarida taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlardan iborat9, bunda axborot-ma'rifiy ishlar, maslahat berish, ish qidirishdagi yordam, bolalarni tarbiyalash bo'yicha ota-onalar uchun dasturlar va bolalar reabilitatsiyasidagi yordam kabi ijtimoiy xizmatlar kuchaytirilishi talab etiladi. Bolalar ustidan oilaviy vasiylikning muqobil turlari hozircha cheklangan va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchilarning salohiyati tayyor mutaxassislarlarning yo'qligi bilan chegaralangan10. Shunga ko’ra ta’lim muassasasi bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan bir qatorda ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi, bolalarni majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi, ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan bolalarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish bo‘yicha profilaktik ishlarni amalga oshiradi, ta’lim muassasalarida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi, bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Download 229.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling