O‘zbekistоn Respublikasi Оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Farg‘оna davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 217 Kb.
|
01 - Lab mash 01a -01j Topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN 01 - LABОRОTОRIYA ISHI F A R G‘ О N A - 2 0 2 1 4
- Metodik ko’rsatma
1 O‘zbekistоn Respublikasi Оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Farg‘оna davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Psixоlоgiya kafedrasiII-kurs III -semestr EKSPYERIMYENTAL PSIXОLОGIYA VA PRAKTIKUM FANIDAN 01 - LABОRОTОRIYA ISHI F A R G‘ О N A - 2 0 2 1 4 «Tasdiqlayman» o‘quv ishlari bo‘yicha rоrektоr _______________ R.Shukurov 202 __ yil «____» _________ Fanning ishchi o‘quv dasturi Farg’оna Davlat universitetining Psixоlоgiya kafedrasi 202__ yil “____” _______- sоn yig’ilishida muhоkama etildi va ma’qullandi. “EKSPERIMENTAL PSIXОLОGIYA VA PRAKTIKUM” fani ishchi dasturi namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv rejasiga muvоfiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi: Katta o‘qituvchi M.Rajabоv ___________ (imzо) Taqrizchi: ________________________ ___________ (imzо) Fаnning ishchi dаsturi Pedagogika fаkultеt Kеngаshining 202__ yil “___” _____ dаgi “___” – sоn qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn. Ilmiy kеngаsh rаisi: 202__ yil “___” _____ _________ B.Siddiqov (imzо) Kelishildi: Kafedra mudiri: 202__ yil “___” _____ _________ M.Isaqova (imzо) O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i 202__ yil “___” _____ _________ X.Jo’rayev (imzо) O’quv shakli kunduzgi O’qitish kursi II kurs Semestr III Umumiy sоat 8 Labоratоriya mashg’ulоti topshiriqlari 01, 01a, 01b, 01c, 01d, 01e, 01f, 01j. Metodik ko’rsatma Insonning faolligi boshqa mavjudodlardan tub darajada ham mohiyat, ham shakl jihatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida o’z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudodlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a’zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi. Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan yashash muhitiga yengillik bilan moslashuvini ta’minlaydi. Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar) yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish ob’ektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. SHu boisdan mavjudodlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi. Lekin insonlarning faolligi va ularning faolligi manbai hisoblanmish insoniy ehtiyojlar tubdan boshqacha manzaraga ega bo’lib, biologik shartlanganlikdan tashqari, moddiy va ma’naviy ko’rinishlardan iboratdir. Odamning ehtiyoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko’nikma malaka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tabiat tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik ehtiyojni qondiruvchi o’lja ma’nosini va ahamiyatini yo’qotadi. Odam boshqa mavjudodlardan farqli o’laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan tubdan qayta o’zgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu boisdan odamning o’z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy tarixiy taraqqiyot darajasi bilan o’lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan maqsadga yo’naltirilganligi, ma’lum rejaga asoslangan ijodiy ko’rinishi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. «Insoniyatga xos bo’lgan ehtiyojlarning mazmuni, shakli va qondirilishi» usuli ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida rivojlanib, o’zgarib va takomillashib boradi. Hozirgi zamon kishisining ehtiyojlari va ularning qondirilishi ajdodlarnikidan ham, avlodlarnikidan ham tubdan farqlanadi, lekin etnopsixologik xususiyatlar ta’siri o’z ahamiyatini yetarli darajada yo’qotmaydi. SHaxsning ehtiyojlarini to’la-to’kis qondirish uni komil inson sifatida kamol toptirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblansa-da, lekin bu uning ustuvor ekanligini bildirmaydi, chunki boshqa ta’sirchan omillar ham mavjuddir. Kamolotga erishishning muhim shart-sharoiti hisoblanmish mehnat insonning ehtiyojiga aylanmasa, u o’z ehtiyojlarining yengil, oson yo’llar bilan qondirishga harakat qilsa, inqiroz….. Ushbu masalaga boshqacha tarzda yondashilsa, unda o’z ixtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy muhit negizida yaratilgan vositalar va usullardan foydalaniladi, natijada u yoki bu sharoitga nisbatan ehtiyoj his etadi. Masalan, yog’ochdan boltaga dasta yasash uchun unda xohish mavjudligining o’zi yetarli emas, balki bir qator shart-sharoitlar, dastgoh, duradgorlik asboblari bo’lishi lozim, uning sifatiga nisbatan ehtiyoj ham tug’iladi. Xuddi shu boisdan unda o’z xohish-istaklarini ro’yobga chiqaradigan talab bilan imkoniyatga qaratilgan ehtiyoj vujudga keladi. Insondagi tor ma’nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi jamoaviy ehtiyojlar yaqqolligiga oid xususiyat kasb etadi. Aytaylik, ma’ruza o’qishga taklif qilingan o’qituvchining mashg’ulotga puxta tayyorgarligi o’z predmetining o’ta fidoyisi ekanligi uchun emas, balki jamoa nufuziga dog’ tushirmaslik mas’uliyati, ijtimoiy burch hissiga nisbatan ehtiyoj sezganligi tufayli amalga oshadi SHaxsiy ehtiyoj guruhiy, jamoaviy munosabatlar uyg’unlashib ketganligi sababli o’zaro qorishiq xususiyatga ega bo’ladi. Har qanday individual faoliyatga nisbatan ehtiyojning tug’ilishi ijtimoiy alomat, umumiylik, hamkorlik xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda yaqqollik umumiylikni, umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto’xtov aks ettirib turadi. Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o’z predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiradi. Odatda o’zlarni kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajratiladi. Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o’z shaxsiy hayotini himoya qilish, o’z avlodi hayotini saqlash, uni qo’llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarni ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan asranish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson halokatga mahkum bo’ladi, o’z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostiga qoldiradi. Tabiiy ehtiyojlar insonda hayvonot ajdodlarnikiga va ibtidoiy jamoa a’zolarinikiga o’xshash bo’lsa-da, lekin ular o’zining psixologik mohiyatiga ko’ra mavjudodlarnikidan ham sifat, ham miqdor jihatdan tafovutlanadi. Ehtiyojlarni qondirilish usullari, shakli, quroli tobora takomillashib borishdan tashqari, ularning mohiyati, mazmuni ham o’zgarib bormoqda, misol uchun hozirgi zamon kishisi eramizdan oldingi ajdodlarimizga nisbatan boshqacha tarzda o’z ehtiyojlarini ro’yobga chiqaradi va ularni qondirishga intiladi. Uy ro’zg’or buyumlarining o’zgarishi ehtiyojlarini qondirish yo’llari takomillashuvidan darak beradi. SHuning uchun insonlarning tabiiy ehtiyojlari ijtimoiy tarixiy xususiyatga ega, chunki ular ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsulidan iboratdir. Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyatini mahsuli bilan bog’liqligini ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to’g’risida mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan uzviy bog’lanib ketishini ta’kidlab o’tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o’zaro uyg’unlashgan bo’lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob’ektiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-ruzg’or buyumlar, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bog’lanish vositalari, madaniy aloqalar o’rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o’qish va tajriba orttirish yo’llari kiradi. Odatda jamiyat ta’lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an’analari, marosimlari, bayramlari, odatlari, rasm-rusumlari, xulq-atvor ko’nikmalarini o’zlashtirish jarayonida rang-barang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha ma’no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga yetaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, ammo odamda madaniy fazilatlarning shakllanishiga putur yetkazadi, uning kamolotini sekinlashtiradi. Download 217 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling