O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


II. BOB. SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana09.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

II. BOB. SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi 
faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning 
ma’naviy mulki 
 
2.1. SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi bebaho 
ma’naviy boylik sifatida 
 
Tarixiy  ildizlari  uch  ming  yildan  chuqurroq  qadimiyatga  borib  taqaluvchi 
o’zbek  davlatchiligi  ko’p  marotaba  yuksalishlar  va  evrilishlar  davrini  boshdan 
kechirgan.  Eng  qadimgi  davlat  uyushmalarining  shakllanishi  natijasida  taraqqiy 
topgan  davlatlarning  vujudga  kelishi,  bu  davlatlarning  G’arb  va  SHarq 
mamlakatlari  bilan  “Buyuk  Ipak  yo’li”  orqali  olib  borgan  aloqalari  samarasi 
o’laroq Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining gurkirab rivojlanishi omillari ilm–
fan  ahlini  ko’pdan  beri  qiziqtirib  keladi.  Markaziy  Osiyo,  shu  jumladan, 
O’zbekiston  insoniyat  tsivilizatsiyasi  qaror  topgan  mintaqalardan  biri sifatida  o’z 
o’rni va salohiyatiga ega hudud sanaladi. 
O’z  davrida  hozirgi  zamon  ilm–fanining  ilk  poydevorini  qo’ygan  va 
rivojlantirgan  ajdodlarimiz  qadim–qadimlardan  G’arb  SHarq  xalqlari  yaratgan 
tafakkur, g’oya, kashfiyotlar va donishmandlikni sinchiklab o’rganganlar. SHuning 
uchun ham o’rta asrlarda G’arbda “Nur SHarqdan taraladi” degan iboraning paydo 
bo’lishi ham bejiz emas. 
Qadimgi Turonda ilmiy, ruhiy va ma’naviy quvvat shu darajada kuchli ediki, 
buni  turli  bosqinlar,  tajovuzlar,  yovuzliklar  yo’q  qila  olmadi.  Ana  shunday 
sharoitda  ham  ajdodlarimiz  tarixan  shakllangan  boy  madaniy–ma’naviy  va  ilmiy 
merosni  milliy  qadriyat  va  urf–odatlarni  saqlab  qolganlar  va  uni  yanada  boyitib 
rivojlantirganlar.  
Biz bu dorilomon kunlarda yurtning ozodligi va xalqning baxt–soadati, ilm–
fan  va  madaniyatni  rivojlantirishda  ulkan  meros  qoldirgan  ajdodlarimizning 
muqaddas nomlarini g’urur bilan tilga olamiz. CHunki, ular bizga qoldirgan ilmiy 

 
64 
meros–ma’naviy  mulk  bo’lib,  bu  boy  meros  butun  bir  bashariyat  manafaatlarini 
o’zida aks ettiradi.  
O’tmish tariximiz sahifalariga nazar tashlasak, buyuk ajododlarimiz nafaqat 
xalqimiz,  balki  butun  dunyo  mamlakatlari  tamaddunini  o’rgangan  va  ularning 
tarixi  va  madaniyatiga  hurmat  va  ehtirom  bilan  o’z  munosabatlarini  yozib 
qoldirgan asarlari bizgacha yetib kelgan. Demak, ilm–fan va madaniyat rivoji xalq 
tanlamaydi,  balki  xalqlarninng  o’zaro  hamjihatligini  ta’minlashda  muhim 
tarbiyaviy omil vazifasini o’taydi.   
Buyuk sharq allomalarining ilmiy merosi mazmuni va ko’lami shundaki, bu 
meros  bugun  ham  o’zining  ilmiy–amaliy  ahamiyatini  yo’qotmasdan,  yangi  ilmiy 
tadqiqotlar  uchun  muhim  manba  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  Buyuk  mutafakkir  Abu 
Rayhon  Beruniyning  “Hindiston”  nomli  asari  Hindiston  to’g’risida  barcha 
zamonlarda  yozilgan  eng  mukammal  asar  sifatida  hozir  ham  o’z  qimmatini 
yo’qotmagan va bugungi kunda tadqiqotlar uchun manba bo’lib xizmat qilayotgani 
buning yaqqol isbotidir.  
Buyuk  ajdodarimiz  o’z  ilmiy  merosi  bilan  insoniyat  tsivilizatsiyasiga 
munosib  hissa  qo’shganlar.  SHarq  va  G’arbning  ilmiy  dunyosi  birlashgan  va 
uyg’unlikda  rivoj  topgan.  Allomalarimiz  faqat  Osiyoning  ilm–fan  yutuqlari  bilan 
chegaralanib  qolmasdan,  xorijlik  mutafakkirlarning  ham  ilmiy  yutuqlaridan 
bahramand bo’lganlar va ularni yanada boyitishga alohida e’tibor qaratganlar.   
Buyuk  allomalarimiz  o’zlariga  mansub  bo’lgan  fan  sohalaridagi 
faoliyatlaridan  tashqari,  qadimgi  yunon  tilida  yozilgan  Aristotelь,  Ptolemey, 
Yevklid, Demokrit, Sokrat, Pifagor, Galen kabi qadimgi yunon va ellinizm davrida 
yashagan olimlarning matematika, falsafa, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid 
bir  necha  yuzlab  eng  sara  asarlarini  arab  va  suryoniy  tillarga  tarjima  qilganlar. 
Mana  shu  tarjimalar  va  o’zlarining  asarlari  shu  tariqa  Qadimgi  SHarq  fanining 
shakllanishi  va  yuksak  taraqqiyotida  muhim  o’rin  tutgan.  Buyuk  allomalarimiz 
yoshligidanoq    haqiqiy  ilm  bir  necha  tillarni  bilishni  taqozo  etishini  juda  erta 
anglab yetganlar va shu bois o’zining ona tilidan tashqari arab, ivrit, fors, suryoniy, 
yunon,  sanskrit  tillarini  chuqur  o’rganganlar.  Manbalarda  Abu  Nasr  Forobiyning 

 
65 
ko’plab  tillarni  bilganliklari  qayd  qilingan.  SHu  bilan  birga  uning    Aristotelь 
asarlariga sharhlari mashhurdir. 
Beruniyning  Aristotelga  munosabati  Abu  Ali  ibn  Sino  bilan  yozishmasida 
o’z ifodasini topgan. Ularning yozishmalari asosan Aristotelning “Fazo haqida” va 
“Fizika”  asarlari  bo’yicha  olib  borilgan  edi.  Beruniy  Aristotelni  qadimgi 
dunyoning eng qomusiy yetuk olimi deb hurmat bilan tilga oladi. 
Ulug’  vatandoshimiz  Muhammad  ibn  Muso  Xorazmiy  algebra  fanining 
asoschisi  bo’lishi  bilan  birga,  turli  fanlar  sohalarida  samarali  ijod  qilib,  nafaqat 
Markaziy  Osiyo,  balki  dunyo  fanlarining  rivojiga  beqiyos  hissa  qo’shgan. 
Muhammad  Muso  Xorazmiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ahmad  al–Farg’oniy  kabi 
olimlar  hozirgi  zamon  hisoblash  tizimini  kashf  etdilar.  Manfiy  va  irriotsional 
sonlar bilan ishlash yo’lini, ildiz chiqarish, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini 
topdilar va o’z kashfiyotlari bilan dunyo fanining cho’qqisiga chiqdilar. 
O’rta  asrlarda  o’lkamizda  ko’plab  ilm  va  ma’naviyat  maskanlari  faoliyat 
ko’rsatgan.  Ushbu  markazlarda  juda  ko’plab  olim  va  ulamolar  ijod  qilgan, 
xalqning  ma’rifatini  ko’targan.  Masalan,  buxorolik  olimlar  soni  haqida 
Narshaxiyning  shunday  gaplari  bor:  “Agar  Buxoro  olimlarining  hammasini  zikr 
qilsak, bir nechta daftarni tashkil etadi”
4
.  Mazkur ma’lumot ushbu hududda ilmiy 
faoliyat tizimining o’sha davrda yaxshi yo’lga qo’yilganligini anglatadi.  SHu bilan 
birga  X–XI  asrlarga  kelib  Xorazmda  ma’rifatparvar  shoh  Ma’mun  rahnamoligida 
Gurganjga 
to’plangan  olimlar  ishtirokida  1004 yilda  “Bayt  ul–hikma” 
(“Donishmandlar  uyi”)  tashkil  topdi.  Bu  ilmiy  markaz  tarixga  “Ma’mun 
akademiyasi” degan nom bilan kirdi. Uning rahbari Abu Rayhon Beruniy bo’lib, u 
boshchiligida  qator  qomusiy  olimlar  (Abu  Nasr  ibn  Iroq,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu 
Sahl  Masihiy,  Abulxayr  ibn  Hammor,  Abu  Fazl  Bayhaqiy  va  boshqalar)  ko’plab 
amaliy va ilmiy muammolarni yechib, jahon fani rivojiga katta hissa qo’shdilar. 
G’arb  tadqiqotchilaridan  M.Meyerxoff  esa  “Beruniy  musulmon  fanini 
namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo’lishi kerak” degan fikrni 
bildiradi. 
                                                 
4
 Наршахий, Абу Бакр. Бухоро тарихи. – Т.: «Камалак», 1991. – Б. 90.
 

 
66 
O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlardan biri bo’lmish Abu 
Ali ibn Sino shunday deydi:  “Buxoro amiri  ibn Nuh Mas’uddan uning kutubxonasini 
ko’rishga ruxsat so’radim va shu kutubxonada bor kitoblarni ko’rib chiqdim…. Menga 
eng ta’sir qilgani shu bo’ldiki, hech qachon nomini odamlar eshitmagan kitoblar ham 
bor edi”
5

Alloma 
ajdodlarimiz 
dunyo 
olimlarining 
asarlarini 
qunt 
bilan 
o’rganganlaridek, bugungi kungacha o’tgan uzoq tarixiy davr mobaynida yurtimiz 
hayoti,  unda  yashagan  allomalar  faoliyatini  o’rganishga    juda  ko’plab  chet  el 
tarixchilari va tadqiqotchilari  ham katta qiziqish bilan murojaat qilganlar.  Ahmad 
Farg’oniyning  “Astronomiya  asoslari  haqida  kitob”  nomli  asari  o’n  ikkinchi 
asrdayoq  lotin  va  ivrit  tillariga  tarjima  qilingani  ham  bu  fikrning  dalilidir.  O’n 
oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi. 
Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan “Selenografiya” 
kitobida  yozilishicha  Oydagi  kraterlardan  ikkitasi  ikki  buyuk  vatandoshimiz  — 
Ahmad  Farg’oniy  va  Mirzo  Ulug’bek nomlari  bilan  ataladi. SHveytsariyalik olim 
Adam Mets o’rta asrlarda Osiyo kutubxonalarining keng rivojlanganligi va Yevropadan 
ancha ilgarilab ketganini ta’riflaydi
6

O’sha  davrlarda  bunday  erishilgan  yutuqlar  e’tirof  etilishi,  o’lkamizda 
taraqqiyot  hukm  surganligidan,  ajdodlarimiz  azaldan  ilm–fan  sohasida  yutuqlari 
bilan dunyoni hayratga solganligidan dalolat beradi. 
Yosh  avlod  ongiga  jahon  ilmu  fani  va  madaniyati  rivojiga  benazir  hissa 
qo’shgan  buyuk  mutafakkirlarimiz  hayoti  va  ijodini,  shuningdek,  yurtimizda 
bunyod  etilgan  moddiy  merosni  asrab–avaylash  mas’uliyatini  singdirish,  ularni 
munosib  vorislar  etib  tarbiyalash  bugungi  kunda  ham  muhim  vazifalardan 
hisoblanadi. 
Prezidentimiz  Islom  Karimov  istiqlolning  ilk  yillaridayoq  ushbu  dolzarb 
masalaga  alohida  to’xtalib,  “Noyob  tarixiy  yodgorliklarni  saqlash  va  ta’mirlash, 
o’zbek  xalqi  yaratgan  va  milliy  boylik  bo’lgan  san’at  asarlarini  izlab  topish,  ularni 
                                                 
5
 Ибн Сино, Абу Али. Жизнеописание // Медицинские взгляды. – Т.: «Медицина», 1983. – 
Б. 11.
 
6
 Мец, А. Мусульманский Ренессанс. – М.: «Наука», 1973. – Б. 150.
 

 
67 
O’zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo’lagini tashkil etadi. Bu 
milliy boylik bizga ota–bobolarimizdan meros bo’lib qolgan. Binobarin, biz ham uni 
ko’z qorachig’iday asrab–avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz 
kerak”
7
–deya ta’kidlagan edi. 
Istiqlol  yillarida  allomalar  hayotiga  oid  ko’plab  asarlar  chop  etildi  va 
xalqimizga  tuhfa  etildi,  bu  asarlar  yoshlarimizni  ma’naviy  dunyosini  boyitishga 
xizmat qilmoqda. 
Mustaqillikning  o’tgan  davri  mobaynida  mamlakatimiz  va  xorijiy 
davlatlarda YuNESKO ishtirokida buyuk allomalar va mutafakkirlar hamda tarixiy 
shaharlarning  yubileylari  keng  nishonlandi.  Bunday,  ajodlarga  va  tariximizga 
hurmat faqat mustaqillik tufayligini tiklandi va qaror topdi.  Bugungi kunda birgina 
O’zbekiston  hududida  mavjud  bo’lgan  4 mingdan  ziyod  moddiy–ma’naviy 
yodgorlik umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO ro’yxatiga 
kiritilgan.  
Markaziy Osiyo zaminida kamol topgan, turli fanlar rivojiga hissa qo’shgan 
allomalar  merosini  o’rganish  insonni  taraqqiyotga  yetaklaydi,  jaholatdan 
yiroqlashtiradi  hamda  qalbida  yurtga  muhabbat,  xalqqa  xizmat,  Vatanga  sadoqat 
tuyg’ularini  mustahkamlaydi.  O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  bu  borada 
shunday  ta’kidlagan:  “Ajdodlarimizning  keng  qomusiy  bilim,  g’oya  va  fikrlarini 
o’zida  mujassam  etgan,  bugungi  kunda  ham  ilmiy  va  insoniy  qadr–qimmatini 
yo’qotmagan  boy  va  bebaho  merosini  yosh  avlodga  yetkazish  muhim  ahamiyat 
kasb etadi”. 
Ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga hurmat va ehtirom bugun dunyoning turli 
chekkalarida  ham  namoyon.  Allomalar  haykallarining  xorijiy  davlatlarda, 
Moskavada  Alisher  Navoiy,  Misrda  al–Farg’oniy    o’rnatilishi  buning  yorqin 
dalilidir. O’z navbatida bizning yurtimizda ham, shu jumladan, Toshkent shahrida 
Nizomiy Ganjaviy, SHota Rustaveli haykallari o’rnatilgan. 
Al–Farg’oniyning  asosiy  astronomik  asari  “Samoviy  harakatlar  va  umumiy 
ilmi nujum kitobi” (“Kitob al–harakat as–samoviya va javomi’ ilm an–nujum”) XII 
                                                 
7
 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. – Т.: Ўзбекистон, 1996.
 

 
68 
asrdayoq Yevropada lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Yevropa tillariga 
ham tarjima qilinganidan so’ng uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida 
G’arbda bir necha asr davomida juda mashhur bo’lib ketgan. “Samoviy harakatlar 
va umumiy ilmi nujum kitobi” bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida 
astronomiyadan  asosiy  darslik  sifatida  o’qitilib  kelindi.  Al–Farg’oniy  asarining 
lotincha  tarjimasi  birinchi  marta  1493  yilda  nashr  etilgan  bo’lib,  u  eng  qadimgi 
nashr  qilingan  kitoblardan  hisoblanadi.  Yevropa  Uyg’onish  davrining  buyuk 
namoyondalaridan biri bo’lgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va 
Italiya  universitetlarida  astronomiyadan  ma’ruzalarni  al–Farg’oniy  kitoblaridan 
o’qigan. Al–Farg’oniy nomini buyuk Dante (XV asr) va SHillerlar (XVIII asr) ham 
eslashgan. 
Evropaning  yirik  sharqshunos  olimlaridan  Dalambr,  Brokelman,  X.Zuter, 
I.Krachkovskiy,  A.Yushkevich  va  B.Rozenfeldlar  al–Farg’oniyning  ijodini 
o’rgangan va bu olimning faoliyatiga yuqori baho berganlar. 
Hozirgi  kunda  al–Farg’oniyning  sakkizta  asari  ma’lum  bo’lsada,  ularning 
birortasi  ham  hozirgi  zamon  tillariga  tarjima  qilinmagan.  “Samoviy  harakatlar  va 
umumiy  ilmi  nujum  kitobi”  “Astronomiya  asoslari  haqida  kitob”  nomi  bilan  ham 
ataladi. “Usturlob yasash haqida kitob” – qo’lyozmalari Berlin, London, Mashhad, 
Parij  va  Tehron  kutubxonalarida,  “Usturlob  bilan  amal  qilish  haqida  kitob”ning 
birgina  qo’lyozmasi  Rampurda  (Hindiston),  “Al–Farg’oniy  jadvallari”  – 
qo’lyozmasi Patnada (Hindiston), “Oyning Yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini 
aniqlash  haqida  risola”  qo’lyozmalari  Gota  va  Qohirada,  “Quyosh  soatini  yasash 
haqida kitob” qo’lyozmalari Halab va Qohirada saqlanadi. 
SHunday qilib, buyuk ajdodimizning ijodi Yevropa Uyg’onish davridagi va 
undan ancha keyingi davrdagi fan va madaniyat rivojida sezilarli rolь o’ynadi. 
Umumjahon  madaniy  taraqqiyotini  buyuk  ilmiy  kashfiyotlar  bilan  boyitgan 
Mirzo Ulug’bek nafaqat Movarounnahr, balki butun temuriylar saltanatining yirik 
ilmiy–madaniy  markazi  rahbari  edi.  Uning  rahbarligi  va  homiyligida  ko’plab 
taniqli  olimlar  yetishib  chiqdi  va  ular  o’z  davrining  nodir  kashfiyotlarini  amalga 
oshirdilar.  Asrimizning  60–yillarida  akademik  Qori  Niyoziy  Ulug’bekning  ilmiy 

 
69 
merosi  va  faoliyatini  o’rganib  chiqib,  Samarqandda  “Ulug’bek  astronomik 
maktabi"ning shakllanganligini e’tirof etdi.  
Ma’lumki,  Movarounnahr  va  Xurosonda  ilm–hunar,  madaniyat  va  falcafiy 
tafakkur  ancha  erta  shakllangan  edi.  Eramizdan  oldingi  IV–II  asrlardagi  oromiy  va 
mixxat,  Xorazm  va  so’g’d  yozuvlari,  Turkiston  hududidan  topilgan  VI–VII  asrlarga 
tegishli O’rxun–Enasoy alifbosidagi qator bitiklar ham bu yerlik xalqlarning qadimdan 
savodxon bo’lganligidan dalolat beradi. 
Buyuk  Ipak  yo’li  xalqlarning  o’zaro  madaniy  aloqalariga  ham  imkon 
yaratdi.  U  orqali  O’rta  osiyolik  olimlar  Qadimgi  Xitoy,  Qadimgi  Hindiston, 
Qadimgi  Yunoniston,  Qadimgi  Rim  tibbiyoti  qo’lga  kiritgan  yutuqlar  bilan 
tanishish imkoniga ega bo’lganlar.  
Abu  Ali  Ibn  Sinoni  tibbiyot  ilmida  dunyoga  mashhur  qilgan  asari  “Tib  qonunlari” 
besh tomdan iborat bo’lgan. Asarning qimmati shunchalik yuqori bo’lganki, XII asrdayoq 
kremonlik Gerard tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan. SHundan so’ng ushbu asar uzoq 
asrlar  davomida  Yevropa  universitetlarida  tibbiyot  fakulьtetlarida  asosiy  qo’llanma 
vazifasini bajargan. 
Xulosa  qilib  aytganda,  bugun  xalqlarning  bir–biri  bilan  bo’lgan  aloqalarini 
ularning  madaniy  qadriyatlarini,  buyuk  mutafakkirlari  ma’naviy  merosini 
o’rganishchalik  tez  yaqinlashtira  olmaydi.  O’zbekistonning  dunyodagi  davlatlar 
bilan  madaniy,  ma’naviy–ma’rifiy  sohada  hamkorlik  istiqbollari  ulkan.  Zero, 
xalqlar  bir–birining  tarixi,  madaniyati  va  ma’naviyatini  yaxshi  bilsa,  davlatlar 
o’rtasida hamkorlik ham shuncha mustahkam bo’ladi.  Xolbuki SHarq alloma va 
mutafakkirlarining  ilmiy  merosi  faqat  bir  millat  yoki  xalqniki  emas,  balki  butun 
insoniyatning ma’naviy mulkidir. 

 
70 
2.2. SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosining xalqaro ilmiy 
jamoatchilik tomonidan yana bir bor e’tirof etilishi 
 
O’rta  asrlarda  sayyoramiz  qanday  yuksak  natijalarga  erishgani  hammaga 
ayon.  Bu  davr  insoniyat  tarixiga  “Musulmon  Renessansi”  nomi  bilan  kirib,  o’rta 
asrlarda  jami  odamzot  tarixida  sanoqli  bo’lgan  buyuk  yuksalishlardan  biri  yuz 
berdi.  Ma’lumki,  Musulmon  Renessansi  vakillari  Yevropa  Renessansining  paydo 
bo’lishi va rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shganlar. XIV–XVI asrlarda Yevropa 
universitetlarining rivoj topishiga asosiy sabab bo’lgan tabiiy va falsafiy fanlarning 
negizida  ibn  Sino  (Avitsenna)  va  ibn  Rushd  (Averroes)larning  ilmiy 
kontseptsiyalari yotgan. 
SHarq  xalqlarining  o’rta  asrlarda  erishgan  yutuqlari  umuman  badiiy 
tafakkurning  barcha  sohalariga  kuchli  ta’sir  ko’rsatgan:  matematika  va 
astronomiyadan boshlab she’riyat va nasrgacha G’arb uyg’onish davrida ijod qilgan 
mashhur  Yevropa  olim  va  yozuvchilarining  asarlarida  SHarq  Qur’oni  karim  va 
hadislarga,  Xorazm,  Buxoro  va  Samarqandda  yashagan  fan  va  ta’lim 
namoyandalariga,  bu  yerda  tashkil  topgan  ilmiy  va  adabiy  muhit,  mazmun  va 
janrlarga,  devonu  ruboiylarga,  arab  va  fors  tilida  bitilgan  xatlarga  murojaatlar 
ko’pdan–ko’p uchraydi, jumladan, “algebra” va “meditsina” so’zlarigacha. 
O’rta asrlardagi SHarq madaniyatini o’rganish globallashuv davrida yanada 
dolzarblashmoqda.  Bugungi  kunning  muhim  vazifalaridan  biri  –  o’rta  asrlar 
tajribasiga yana bir bor murojaat etib, ming yillik sinovlardan o’tgan ijobiy natija 
va madaniy boyliklarni to’laroq o’zlashtirish, insonparvarlik g’oyalaridan samarali 
foydalanishdir.  
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  bu  haqda  shunday 
yozadi
8
:  “Eng  muhim  vazifa  shundan  iboratki,  o’zligimizni  teran  anglab, 
mutafakkir  bobolarimiz,  aziz–avliyolarimiz  qoldirgan  bebaho  merosni  asrab–
avaylab,  yanada  boyitishimiz,  ulug’  ajdodlarimiz  ishining  munosib  davomchilari 
                                                 
8
  Каримов  И.А.  Ватан  равнақи  учун  ҳар  биримиз  масъулмиз.  Т.  9.  –  Т.:  “Ўзбекистон”, 
2001. – Б. 100.
 

 
71 
bo’lmog’imiz darkor”. 
Samarqand  shahrida  o’tkazilgan  xalqaro  ilmiy  konferentsiya  buyuk 
ajdodlarimiz  ilmiy  merosiga  hurmat  va  qiziqish  tobora  oshib  borayotganiga  yana 
bir  karra  yorqin  dalildir.  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  tashabbusi  bilan  o’rta 
asrlardagi  SHarq  olimlari  va  allomalarining  ilmiy–tarixiy  merosini  chuqur 
o’rganish  va  ahamiyatini  anglab  yetish,  dunyo  taraqqiyotiga  qo’shgan  bebaho 
hissalarini  xalqaro  va  mahalliy  jamoatchilikka  keng  tanishtirish,  ularning 
mehnatlari  va  ixtirolarini  har  tomonlama  o’rganish  uchun  dunyoning  turli 
mamlakatlaridan ilmiy markazlar va yetakchi olimlarni jalb qilish, zamonaviy ilm–
fan rivojlanishida insoniyatning bunday  yutuqlarini kelgusida munosib saqlash va 
keng  ommalashtirish,  “XXI  asr  —  bilimlar  va  intellektual  mehnat  asri” 
tushunchasini anglagan holda yoshlarni bugungi kun ruhida tarbiyalash maqsadida 
tashkil etilgan anjumanning Samarqandda o’tkazilishi bejiz emas, albatta. CHunki, 
bu  shahar  jahon  tsivilizatsiyasining  qadimiy  o’choqlaridan  biridir.  Bu  yerdagi 
obidalar,  madaniy  yodgorliklar  ajdodlarimiz  dahosidan,  olis  va  buyuk o’tmishdan 
so’zlaydi.  Samarqandning  go’zal  va  so’lim  tabiati,  qadimiy  va  zamonaviy 
inshootlari  butun  dunyoni  o’ziga  maftun  etib  keladi.  Istiqlol  yillarida  Samarqand 
o’zgacha tarovat va mahobat kasb etmoqda. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 
660  yilligi,  Mirzo  Ulug’bek  tavalludining  600  yilligi  munosabati  bilan 
Samarqandda  ulkan  bunyodkorlik  ishlari  amalga  oshirildi.  SHahar  markazida 
Sohibqiron  bobomizning  salobatli  haykali  qad  rostladi.  Ulug’bek  rasadxonasi  va 
madrasasi  qayta  ta’mirlandi.  Prezident  farmoniga  muvofiq  1996  yil  18  oktyabrь 
kuni  Samarqand  shahri  Amir  Temur  ordeni  bilan  mukofotlandi.  SHundan  buyon 
bu kun mamlakatda Samarqand kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Ayniqsa, 2007 
yilda  o’zining  2750  yillik  yubileyini  xalqaro  miqyosda  keng  nishonlagan 
Samarqand shahri juda qadim zamonlardanoq dunyo tsivilizatsiyasi o’choqlaridan 
biri bo’lib kelgan. SHu barobarida qutlug’ bu shahar muhim xalqaro savdo yo’li — 
Buyuk Ipak yo’li chorrahasida joylashgan bo’lib, bu yo’l vositasida nafaqat tijorat, 
balki ilm–fan, ixtiro va tadqiqotlar ham o’zaro almashingan. 

 
72 
Mahalliy  aholi  o’rtasida  “Samarqandning  qandi  bor,  bu  shaharga  bir  bor 
kelgan  kishi  yana  tez–tez  ziyoratga  oshiqadi”  qabilidagi  gaplar  zamirida  ham 
hayotiy hikmat falsafasi mujassam, albatta. 
Mustaqil  taraqqiyot  yillarida  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  alohida 
e’tibori  va  rahnamoligida  shahar  tubdan  yangicha  qiyofa  kasb  etdi.  Bu  yerdagi 
tarixiy  qadamjolar,  ajdodlarimiz  qoldirgan  boy  madaniy–ma’rifiy  meros  qayta 
tiklandi. 
“O’rta  asrlar  SHarq  allomalari  va  mutafakkirlarining  tarixiy  merosi,  uning 
zamonaviy  tsivilizatsiya  rivojidagi  roli  va  ahamiyati”  mavzusida  xalqaro 
konferentsiyaning qadim va hamisha navqiron Samarqand shahrida o’tkazilishi esa 
boy  madaniy–tarixiy  merosimizni,  yangicha  qiyofa  kasb  etayotgan  ulug’vor 
shaharlarimiz,  yuksak  ilmiy,  ijtimoiy–iqtisodiy  yutuqlarimizni  yana  bir  bor  jahon 
ahliga namoyon etish imkonini beradi. 
O’zbekistonning  kitob  fondlarida  100  mingtadan  ziyod  qo’lyozma  asarlar 
saqlanmoqda va ularning asosiy qismi YuNESKOning Madaniy  meros ro’yxatiga 
kiritilgan.  O’rta  asrlar  SHarq  allomalari  va  mutafakkirlarining  qo’lyozmalari 
Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Frantsiya, 
Misr,  Hindiston,  Eron  va  boshqa  ko’plab  mamlakatlaridagi  kutubxonalarning 
“oltin fond”ini tashkil etadi. 
Bu  o’rta  asrlarda  yashab,  ijod  etgan  buyuk  SHarq  alloma  va 
mutafakkirlarining  tengsiz  asarlari  va  ilmiy  merosi  faqat  bir  millat  yoki  xalqning 
emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. 
Bu – bebaho boylik, yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim  manbai, kerak 
bo’lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib materialdir. 
 
 
 
Bizning  davrimizgacha  yetib  kelgan  bu  boy  merosdan  butun  bashariyat 
ravnaqi yo’lida oqilona va samarali foydalanish – bu siz bilan bizning vazifamiz, 
siz bilan bizning burchimizdir. Bu borada fidoyi olimlarning roli alohida diqqat–
e’tiborga munosib bo’lib, aynan ularning mehnati tufayli biz o’tmishning bebaho 

 
73 
ilmiy merosini qaytadan kashf etmoqdamiz. 
Bilasizmi,  men  ba’zan  o’ylab  qolaman,  dunyoda  fanlar  ko’p,  ilm–fanning 
ajoyib  yutuqlarini  barcha  sohalarda  ko’rish  mumkin.  Men  bunday  mashaqqatli 
mehnatdan  doimo  hayratga  tushaman.  Bizning  xalqimizda  “Ilm  bilan 
shug’ullanish — igna bilan quduq qazish bilan barobar” degan maqol bor. Ana 
shu igna bilan quduq qaziyotganlar bor bo’lsin! Ular qo’lyozmalar ustida 10–20 
yillab va hatto umrbod ishlayotgan insonlardir. Bunday sabr–toqat bilan mehnat 
qilayotgan  insonlar  qalbida  buyuk  daholar  merosini  butun  dunyoga  namoyon 
etish  istagi  shunchalik  kuchliki,  hech  shubhasiz,  bunday  daholarsiz  insoniyat 
ravnaq topa olmaydi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling