O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
Indoneziya universitetlari forumining raisi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiya Milliya Islomiya universitetining Xalqaro tadqiqotlar akademiyasi dotsenti SHahid Taslim
- Jamiya Milliya Islomiya universiteti Tarix va madaniyat fakulьteti dotsenti Nishod Manzar
- Erik Fosse – Nitstsa shahridagi astronomiya universiteti professori (Frantsiya)
- Amina Adxer – Yevropa Tibbiyot assotsiatsiyasi ilmiy loyiha direktori (Germaniya)
- Magida Maxluf – Qohira universiteti prof. (Misr)
- Anxeles Lopes Aguera – Santьyago de–Kompostela univ. prof. Ekologiya, ob–havo va atrof muhitdagi o’zgarishlar bo’yicha YuNESKO eksperti
- Loran Sodaren – DORIS xizmati xalqaro markaziy byurosining ilmiy xodimi (Frantsiya)
- Evelin Ragg – Vestminster univ. Siyosatshunoslik akademiyasi direktori (Buyuk Britaniya)
- Edgar Kloze – Brendenburg texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotini qo’llab–quvvatlash instituti kengashining boshqaruv raisi (Germaniya)
- Udo SHtaynbax – Gumbolьd Vedrian univ. prof. sharqshunos (Germaniya)
- Kapuya Ichixashi – Nagoya univ. vitse–prezidenti, prof, huquqshunoslik fanlari doktori (Yaponiya)
- Jorj Kroll – AQSHning O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi
- Mariani Pshezьdzetski – Polьshaning O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi
- Edgars Bondars – Latviyaning O’zbekiston Respublikasidagi favquloddda va muxtor elchisi
- Yuriy SHterk – Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi rahbari
- Muhammad Sodiq Duadzey – Afg’oniston Islom Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi
- 3.1. Ta’lim tizimi – intelektual salohiyatni oshirish, tarixiy va madaniy merosni boyitishning muhim omili
- 1. Bugungi kunda insoniyat oldida yangi, global muammolar
- Birinchidan
Indoneziya universitetlari forumining raisi Laod Kamoluddinning qayd etishicha, o’zbek xalqi o’z ajdodlari — zamonaviy ilm–fan va tsivilizatsiya taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan buyuk olimlari va mutafakkirlari bilan faxrlanishga haqlidir. Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Beruniy, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek qalamiga mansub ilmiy asarlar butun dunyo hamjamiyati uchun uzoq yillar davomida tibbiyot, matematika, algebra, 83 astronomiya, geografiya, geodeziya va boshqa yo’nalishlarda “yo’llarni yoritguvchi mash’ala” sifatida xizmat qildi. Bunday muhim konferentsiya Osiyoning janubiy va markaziy davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbekistonda bo’lib o’tayotgani, shubhasiz, quvonarli holdir, – deydi Jamiya Milliya Islomiya universitetining Xalqaro tadqiqotlar akademiyasi dotsenti SHahid Taslim. – Ayni paytda dunyo olimlarining bir joyga to’planib, o’rta asr SHarq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosi haqida ilmiy suhbat qurishlari nafaqat o’zbekistonliklar uchun, balki ushbu yo’nalishda izlanish olib borayotgan boshqa mamlakat tadiqiqotchilari uchun ham ahamiyatlidir. Buyuk o’zbek mutafakkiri va shoiri Alisher Navoiyning O’rta va Yaqin SHarq mamlakatlari, Janubiy Osiyo xalqlari adabiyotiga ta’siri juda ko’plab olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Men ushbu anjumanda alloma ijodining Hindistonda o’rganilishi muvzusida ma’ruza qilishni rejalashtirganman. Xudobaxsh, Rampur va boshqa bir necha kutubxonalarda Navoiyning g’azallar devoni va “Xamsa”sining noyob nusxalari mavjud. Men o’z chiqishimga tayyorgarlik ko’rish jarayonida ana shu manbalardan foydalandim. – Avvalo o’z chiroyi va maftunkorligi bilan asrlar davomida dunyo xalqlarini o’ziga maftun etib kelgan, olimu ulamolarni yuksak ilm o’chog’i sifatida o’ziga chorlab kelgan Samarqandda bo’lib o’tadigan xalqaro forumga taklif etishgani uchun O’zbekiston hukumati va anjuman tashkiliy qo’mitasiga o’z minnatdorligimni bildiraman, – deydi Jamiya Milliya Islomiya universiteti Tarix va madaniyat fakulьteti dotsenti Nishod Manzar. – O’zbekiston hududida joylashgan qadimiy shaharlarning butun Markaziy Osiyo xalqlari hayotida, diniy va ma’naviy–madaniy qadriyatlarining shakllanishida naqadar muhim o’rin tutgani tarixdan ma’lum. Men konferentsiyada Abdurazzoq Samarqandiy asarlarining Vijaynagar imperiyasi tarixi yozilishida tutgan o’rni haqida ma’ruza qilmoqchiman. O’ylaymanki, mazkur xalqaro forum nafaqat men uchun, balki unda ishtirok 84 etadigan o’rta asrlar SHarq allomalarining hayoti va faoliyatini o’rganuvchi dunyo olimlari uchun ham juda foydali bo’ladi. Markaziy Osiyodagi SHarq Renesansi ham buyuk ajdodingiz Amir Temur tomonidan yaratilgan qudratli va gullab yashnagan davlatning poytaxti – Samarqand bilan chambarchas bog’liqdir. Erik Fosse – Nitstsa shahridagi astronomiya universiteti professori (Frantsiya): ... Xorazmiy. Beruniy, Ulug’bek kabi ko’plab ulug’ mutafakkirlarning boy ilmiy merosiga yana bir bor murojaat qilib, ularning jahon ilm–fani rivojiga qo’shgan ulkan hissasi xususida fikr almashish imkoniga ega bo’lamiz. Amina Adxer – Yevropa Tibbiyot assotsiatsiyasi ilmiy loyiha direktori (Germaniya): “Mirzo Ulug’bek qoldirgan meros xalqingizning jahon ahliga bebaho in’omidir. Allomaning jahon ilm–fani, ayniqsa, astronomiya rivojiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.” Magida Maxluf – Qohira universiteti prof. (Misr): “Buyuk ajdodlaringiz qoldirgan noyob va o’ta muhim meros asosida bugun dunyo mamlakatlari ilm dargohlarida, maktabu universitetlarda ta’lim berilmoqda.” Barbara Potrata – Lids univ. Salomatlik Tadqiqotlari institutining ma’ruzachisi va Kembrij Forumining Markaziy Osiyo bo’yicha ilmiy tadqiqotchisi (Buyuk Britaniya): “Ibn Sinoning va Markaziy Osiyo xalqlari an’anaviy bilimlarining tibbiyot rivojiga qo’shgan hissasi” – mavzusida ilmiy ma’ruza qildi. Luidji Akkardi – Tor Vergata nomidagi Rim univ. Prof. Vito Volterra markazi direktori (Italiya): “Bu zaminda kamol topgan allomalar, mutafakkirlar dunyo fani va madaniyatiga ulkan hissa qo’shishgan. Masalan, al–Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya sohalarida ulkan yutuqlarga erishish bilan bir qatorda, hozirgi zamon algebra faniga asos soldi. Mirzo Ulug’bek o’z davrida Markaziy Osiyoda yagona rasadxona bunyod etdi. Ayniqsa, o’sha davrda Ulug’bek akademiyasida xotin–qizlar uchun universitet tashkil etilgani olamshumul voqea 85 edi” (“Kvant ehtimollar nazariyasining zamonaviy muammolari” – mavzusidagi ma’ruasidan). Anxeles Lopes Aguera – Santьyago de–Kompostela univ. prof. Ekologiya, ob–havo va atrof muhitdagi o’zgarishlar bo’yicha YuNESKO eksperti: “Bugun dunyoda sizlarning allomalaringizni bilmay turib, ilm bilan shug’ullanib bo’lmaydi. Masalan, biz ilmiy faoliyatimiz davomida Ibn Sino qarashlariga juda ko’plab suyanamiz. Ushbu sohani Ibn Sinosiz tasavvur etib bo’lmaydi”. Loran Sodaren – DORIS xizmati xalqaro markaziy byurosining ilmiy xodimi (Frantsiya): “SHu soha kishisi sifatida Abu Rayxon Beruniyning geodeziya fani rivojiga katta hissa qo’shganligini yuqori baholayman”. Evelin Ragg – Vestminster univ. Siyosatshunoslik akademiyasi direktori (Buyuk Britaniya): “Evropaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida Mirzo Ulug’bekdan tashqari al–Xorazmiy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning matematika, tibbiyot sohalariga qo’shgan hissalarini e’tirof etishadi”. Edgar Kloze – Brendenburg texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotini qo’llab–quvvatlash instituti kengashining boshqaruv raisi (Germaniya): “... dunyoning ko’plab mamlakatlari ilmiy–tadqiqot institutlarida Ulug’bekning astronomiyaga, al–Xorazmiyning matematikaga, Navoiyning tilshunoslikka oid qarashlari katta qiziqish bilan o’rganiladi, bahsli masalalarda ularning fikrlariga tayaniladi”. Udo SHtaynbax – Gumbolьd Vedrian univ. prof. sharqshunos (Germaniya): “IX–XII asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin SHarqning o’zaro ta’siri” – mavzusida ma’ruza qildi. Vilьfred de Graaf – Utrex univ. Matematika sohasi bo’yicha doktoranti (Gollandiya): “Bobokaloningiz Beruniyning ilmiy merosi butun Yevropa olimlariga yaxshi tanish”. Kapuya Ichixashi – Nagoya univ. vitse–prezidenti, prof, huquqshunoslik fanlari doktori (Yaponiya): “Yaponiyaning o’rta maktablarida tarix darslarida Ibn Sino, al–Xorazmiy kabi allomalar haqida ma’lumotlar kiritilgan”. 86 Anjuman ishtirokchilaridan Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi professor F.Starr shu yilning 18 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida qabul qilindi. Olimning DBA tinglovchilari va tadqiqotchilari uchun “Markaziy Osiyo mintaqasidagi bugungi vaziyat” mavzusida ma’ruza o’qidi. Akademiya auditoriyasida so’zga chiqqan F.Starr eng avvalo 15–16 may kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro anjuman borasidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Jumladan, amerikalik mutaxassis Samarqandda bo’lib o’tgan bu ulkan tadbir Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Farg’oniy, Farobiy va boshqalar singari daho olimlarning buyuk yutuqlari tantanasi ekanligini, ushbu olimlarning yutuqlari tufayli hozirgi Markaziy Osiyo hududi necha asrlar davomida Yevroosiyo mintaqasining ilmiy madaniy markazi bo’lib kelganligini ta’kidladi. Jon Xopkins universiteti professori F.Starr mazkur mintaqa o’z ilmiy salohiyatiga ko’ra Yevropa, Yaqin SHarq, Xitoy yoki Hindistondan kam emasligini ta’kidladi. Mintaqadagi qomusshunos olimlarning asarlari oldingi davrlar ilmiy yutuqlarini o’rgangan, ularni bu olimlar zamonasi bilan bog’lagan, Yevropa fani va madaniyati uyg’onishiga turtki bergan edi. “Inson tasavvurini hayratga solgan narsa shuki, eng yirik qomusshunos olimlardan biri Beruniy XII asrdayoq o’z asarlarida SHimoliy va Janubiy Amerika mavjudligi borasidagi tahminni ilgari surganidir” – deb ta’kidladi F.Starr. SHuningdek, anjumanda SHaxid Taslim Umummilliy Islom univ. Xalqaro tadqiqotlar akademiyasi dotsenti (Hindiston); Bruno Buddenberg Dortmund universitetei prof. (Germaniya); Iqtidor Muhammad Xan Umummilliy Islom universiteti Islomshunoslik kafedrasi mudiri (Hindiston) kabi olimlar o’zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Anjumanda nafaqat olimlar, tadqiqotchi izlanuvchilar, balki siyosiy arboblar, elchilar ham qatnashib o’z fikr muldohazalarini aytdilar: Jorj Kroll – AQSHning O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi: “... Men Prezidentning o’zbek xalqi buyuk alloma va 87 mutafakkirlarining tengsiz asarlari hamda ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki ekani haqidagi fikrini to’la qo’llab quvvatlayman”. Mariani Pshezьdzetski – Polьshaning O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi: “... jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan allomalar asarlari ilmiy muvaffaqiyatlarga bizlarni yanada yaqinlashtirdi. Gap shundaki, buyuk ajdodlar butun insoniyatga qoldirgan boy merosning qamrovlarini bugun teran anglashimiz zarur, toki ular olimlarning hozirgi avlodi ilmiy tadqiqot faoliyatining ildam harakatlanishiga yangi turtki bersin”. Edgars Bondars – Latviyaning O’zbekiston Respublikasidagi favquloddda va muxtor elchisi: “Prezident Islom Karimov juda to’g’ri qayd etganidek, ta’lim, madaniyat va xalqlar do’stligi insoniyat taraqqiyoti uchun muhim omillardir”. Yuriy SHterk – Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi rahbari: “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi, ayniqsa, tarixiy o’tmish va zamonaviylik o’rtasidagi bog’liqlikning mavjudligi, o’z xalqining taraqqiyoti yo’lida o’tmishdan ibrat olish uchun tarixni o’rganish zarur ekanligi to’g’risida ta’kidlangan fikrlar menda katta taassurot qoldirdi”. Muhammad Sodiq Duadzey – Afg’oniston Islom Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi: “... jamiyat hayotida o’zgarishlar va yangilanishlar jarayonlari o’z–o’zidan yuz bermaydi... Ular xalqning ko’p asrlik madaniy–ma’naviy an’analariga asoslanadi”. Ekspertlarning fikriga ko’ra ushbu anjuman shubhasiz jahonning yetakchi tadqiqot markazlarida O’rta asr SHarqi olimlari va mutafakkirlari ilmiy merosini o’rganishga kuchli rag’bat beradi. SHu bilan birgalikda Xalqaro anjuman bu mintaqaning, xususan O’zbekistonning kelgusida ilmiy tadqiqotlar markaziga aylanishiga xizmat qiladi. Akademik N.N.Konrad yozgan edi: “Har bir avlod uchun shuni yodda tutish zarurki, SHarqning inson va jamiyat haqidagi ilmning barcha sohalaridagi nazariy 88 fikrini hisobga olmoq lozim, negaki, ayniqsa ana shu sohalar g’oyat mufassal va keng miqyosda SHarqda ishlab chiqilgan” . Haqiqatdan ham, O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, dunyo tsivilizatsiyasi va ilm–fani rivojiga qo’shgan beboho hissasi butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo’lib, uni o’rganish, ommalashtirish zamonaviy ilm–fan va taraqqiyot uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. 89 III. BOB. Tarixiy, madaniy, intellektual merosni asrab–avaylash, boyitish va ko’paytirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash – yuksak taraqqiyot asosi 3.1. Ta’lim tizimi – intelektual salohiyatni oshirish, tarixiy va madaniy merosni boyitishning muhim omili Ma’lumki, har qanday davlatning moddiy va ma’naviy taraqqiyotida intellektual salohiyat muhim o’rin tutadi. Tarixiy xotira – ibrat tarbiya manbai bo’lib, uning kelajak tarqqiyot sari rivojlanishda hamda intelektual salohiyatni boyitishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Bu borada Prezidentimiz ulug’ ispan adibi Servantes fikrlari haqida to’xtalib, uning “...tarix – faoliyatimiz xazinasi, o’tmish guvohi, bugungi kun uchun ibrat va o’git, kelajak uchun esa ogohlantirishdir, – degan so’zlarini takrorlash o’rinli bo’ladi, deb o’ylayman. Menga ayniqsa “kelajak uchun ogohlantirish” degan fikr juda ma’qul bo’ldi. Nima uchun? Nega deganda, haqiqatan ham, tarixni bilmagan kishi har qadamda xatoga yo’l qo’yadi, o’z tarixi bilan faxrlanmaydigan xalq esa o’z kelajagini tasavvur qilolmaydi”. SHu o’rinda ta’kidlash kerakki, olamshumul kashfiyotlarni chuqur o’zlashtirish ilm–fanda va boshqa sohalarda yuksak marralar sari yetakalaydi. Nutqda bugungi kunda insoniyat oldida yangi, global muammolar paydo bo’layotganligi, ularning oqilona yechimi davrimizning eng keskin muammosiga aylanayotganligi sababli ushbu muammolarni hal etishda quyidagi muhim vazifalarga e’tibor qaratiladi: 1. Bugungi kunda insoniyat oldida yangi, global muammolar: iqlim o’zgarishlari, ekotizim va bioxilma–xillikni saqlash va asrab–avaylash, tabiiy zaxiralarning tugab borishi va boshqalar. 2. Muammolarni hal etishning muhim vazifalari: 90 intellektual salohiyatning har tomonlama o’sishi, ko’p asrlar mobaynida vujudga kelgan qonunlarni qayta idrok etish va yangicha baholash, bizni qurshab turgan borliqni keng miqyosda o’rganish bo’yicha chuqur ilmiy tadqiqot va tajribalar olib borish. Buyuk allomalar g’oyat og’ir sharoitlarda ham o’z aql–zakovati, bilimi, irodasi tufayli ilmiy kashfiyotlar yaratgan va biz ajdodlarga boy bebaho meros qoldirganlar. Ma’lumki, ilm–fan va yuksak texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bu sohani rivojlantirish uchun katta mablag’ talab etilmoqda. CHunki, bunday muhim yo’nalishda zarur sarmoyalar sarflanmas ekan, yuksak natijalarga erishish qiyinligi kundek ravshan bo’lib bormoqda. Bu sohaga yuksak e’tibor qaratilishi, katta mablag’ va sarmoyalar ajratilishi, o’z navbatida, katta–katta g’oyalar va kashfiyotlarga yetaklab boradi. Nutqda “Tabiiyki, ulkan hajmdagi mablag’ va xarajatlar bilan birga, o’z navbatida, o’tmishda amalga oshirilgan beqiyos ilmiy yutuqlardan oqilona foydalanish talab qilinishini ham hammamiz yaxshi tushunamiz. SHularni e’tiborga olganda, “XXI asr – bilim va intellektual tafakkur asri” degan fikr bejiz aytilmagani o’z–o’zidan ayon bo’ladi. Bugungi kunda “Eng ko’p talab qilinadigan va o’zini eng ko’p oqlaydigan sarmoya – bu inson kapitaliga yo’naltirilgan sarmoyadir”, – degan haqiqatning hayotda tobora mustahkam qaror topib borayotgani tasodif emasligi...” ta’kidlab o’tiladi. Bu o’rinda quyidagi hal qiluvchi omillarga e’tibor qaratmaydigan va o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yo’lidan chetda qolib ketishi mumkiniligiga to’xtalib o’tiladi. Birinchidan, o’zining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab– avaylashga, boyitish va ko’paytirishga, Ikkinchidan, unib–o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarlicha e’tibor qaratmaydigan, 91 Uchinchidan, har tomonlama uyg’un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o’z qarash va yondashuviga, grajdanlik pozitsiyasiga ega bo’lgan shaxsni kamol toptirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydigan. Hozirgi globallashuv davrida o’sib kelayotgan avlodni har tomonlama yetuk, komil inson etib tarbiyalash – eng muhim vazifa bo’lib turibdi. Bunda, shubhasiz tarixiy xotira, madaniyat, ma’rifat hal qiluvchi kuchga aylanadi. SHu bois ham, istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab, ma’naviy jabhada, eng avval ta’lim– tarbiya tizimini isloh qilish, bir so’z bilan aytganda, milliy ma’rifat tarmog’ini vujudga keltirish vazifasi qo’yildi. Zero, ma’rifat – har bir xalqni insoniy barkamollik va umumbashariy taraqqiyot sari eltadigan yo’ldir. Ajdodlar ma’naviy merosi, tarixiy an’ana va madaniy qadriyatlarni anglashda ta’lim–tarbiya tizimi muhim o’rin tutadi. So’nggi paytlarda O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi eng muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri bolalarga xorijiy tillarni o’rgatishga alohida e’tibor qaratilgani bo’ldi. Jumladan, ingliz tilini o’rganish bog’chadan boshlab, barcha ta’lim turlari bosqichlarida o’qitilishi joriy etilgan. Bu esa, yoshlarimizga dunyodagi davlatlar tarixini, madaniyatini, ilm–fan yutuqlarini chuqur bilishiga zamin yaratadi. SHu bilan birga, mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga kirish yo’lida tashlagan muhim qadamlaridan biridir. SHuni e’tiborga olib, o’tgan davr mobaynida mamlakatimizda xorijiy davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining Toshkent shahrida 6 ta filiallari ochildi. Xalqaro Vestminster universiteti, Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, Singapur menejment instituti shular jumlasidan. Urganch davlat universitetiga Al–Xorazmiy, O’zbekiston milliy universitetiga Mirzo Ulubek, Toshkent davlat texnika universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomlari berilgan. Ularning nomlariga atalgan “Beruniy”, “Navoiy”, “Ibn Sino” kabi talabalar uchun stipendiyalar joriy etilgan. O’z iste’dodi va iqtidori bilan fanlar bo’yicha xalqaro tanlovlarda sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgan yoshlarimiz safi yanada kengayib borayotganligi ajdodlarga munosib vorislar tarbiya topayotganidan dalolat beradi. 92 Jahon tsivilizatsiyasi va ma’naviyat rivojiga munosib hissa qo’shgan buyuk allomalarning ma’naviy merosini yoshlar o’rtasida targ’ib etish va o’rganish maqsadida ta’lim muassasaalarida “Ma’naviyat kuni”, “Ma’naviyat soati” tadbirlari o’tkazilishi yo’lga qo’yilgan hamda ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” fani o’qitilishi joriy etilgan. Darhaqiqat, ta’lim–tarbiyani rivojlantirish aslida millat kelajagi yo’lida qo’yilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi. 2014 yilning “Sog’lom bola” yili deb e’lon qilindi. “Sog’lom bola” kontseptsiyasining tub ildizi esa, tarixiy tajriba va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda bolalarga yoshligidan saboq berish, har tomonlama kamol topgan yoshlarni tarbiyalash, iste’dodli o’g’il–qizlarni qo’llab– quvvatlashdan iborat. Bugungi kunda, BMT ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda ta’limga yo’naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortig’ini tashkil etmoqda. Boshqacha aytganda, O’zbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz mablag’ni aynan ta’lim–tarbiya sohasiga yo’naltirmoqda. O’zbekistonda ta’lim sohasiga berilayotgan yuksak e’tiborni bugungi kunda jahon jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilayotgani har bir vatandoshimizda g’urur va iftixorni o’yg’otmoqda. Zero, “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur” degan ulug’vor g’oya bugungi kunda tobora hayotda o’z aksini topib borayotganligidan dalolat bermoqda. Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes– maktablardan biri – “INSEAD” tomonidan 2012 yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, O’zbekiston 141 mamlakat orasida 53–o’rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan mablag’lar bo’yicha esa dunyoda beshinchi o’rinni egallagani bejiz emas, albatta. Бугунги кунда “Энг кўп талаб қилинадиган ва ўзини энг кўп оқлайдиган сармоя — бу инсон капиталига йўналтирилган сармоядир” деган ҳақиқатнинг ҳаётда тобора мустаҳкам қарор топиб бораётгани тасодиф эмаслигини таъкидлаб ўтмоқчиман. Ислом Каримов Таълим-тарбия соҳасини ислоҳ қилиш дастури ҳаётимизга муваффақиятли жорий этилиши натижасида узлуксиз таълимнинг замонавий талабларга жавоб берадиган яхлит тизими яратилди. Бу тизим таълим жараёнларининг барча босқичларини – мактабгача ва мактаб таълимидан тортиб ўрта махсус, касб-ҳунар ва олий таълим бўғинини, шунингдек, халқаро 93 Yoshlarimizning minglab iqtidorli vakillari Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSH, Frantsiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlarida ta’lim olmoqda, bu esa ularning bilim va malakasini oshirishda keng imkoniyatlar ochib bermoqda. “Ta’lim sohasidagi buyuk dasturlarimizni o’z vaqtida, uzoqni ko’zlab ishlab chiqqanimiz va amalga oshirganimiz naqadar to’g’ri ekanini bugun mamlakatimiz erishgan yuksak marra va natijalar yaqqol namoyon etmoqda”. 9 Milliy ta’lim tizimini isloh qilishning ijobiy natijalari yoshlarimizning xalqaro maydondagi yutuqlarida yorqin ifodasini topmoqda. Misol uchun, Astana shahrida o’tkazilgan kimyo fani bo’yicha Xalqaro olimpiadada o’quvchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo’lga kiritganlari tahsinga loyiq. Joriy yilda O’zbekiston mezbon bo’lgan 47–xalqaro Mendeleev olimpiadasida dunyoning 17 ta davlatidan kelgan 117 nafar iqtidorli yigit–qiz safidan o’rin olgan 20 nafar hamyurtimiz bilim va iqtidorda hech kimdan kam emasligini amalda namoyish etib, yurtimizda ta’limga qaratilgan e’tibor, sa’y–harakatlar, intilishlar samarasini amalda yana bir karra isbotladi. Terma jamoamiz a’zolaridan 2 nafari oltin, 5 nafari kumush, 8 nafari bronza medallari bilan taqdirlandi. Qat’iy e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan, ma’naviy tahdidlarga va chetdan ko’rsatilayotgan ta’sirlarga qarshi turishga qodir bo’lgan yoshlarni tarbiyalashga e’tibor kuchaytirildi. “Yosh avlodimizni qalbi va ongini asrash, ularni milliy va 9 Каримов И.А. Жаҳон инқирозининг оқибатларини енгиш, мамлакатимизни модернизация ва тараққий топган давлатлар даражасига кўтарилиш сари. Т. 18. – Т.: Ўзбекистон, 2010. – 83 б. 94 umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash...” 10 maqsadida axloqiy madaniyatni va Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishiga qarshi keng ko’lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik va Vatan taraqqiyoti g’oyalariga sodiq bo’lgan yangi insonni tarbiyalash va voyaga yetkazish shu kunning muhim vazifasidir. CHunki mustaqil, ozod va obod Vatan kelajagini ko’p jihatdan yuksak ma’naviyatli komil insonlar hal qiladi. SHunday ekan, yuksak ma’naviy fazilatlar, ezgu g’oyalarni yoshlar ongiga singdirmasdan, intellektual olamni boyitmasdan, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmasdan turib barkamol insonlarni tarbiyalashdek yuksak vazifaning istiqbolini tasavvur eta olmaymiz. O’zbekistonda har jihatdan faol va barkamol insonni tarbiyalashga e’tibor qaratish, g’oyaviy–mafkuraviy tarbiya vositasida shaxsning salohiyatini maksimal darajada yuzaga chiqarishga erishish, har bir bolaning iqtidorini rivojlantirishga urg’u berilmoqda. 2012 yil 16–17 fevralь kunlari Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Yurtboshimiz tashabbusi bilan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida xalqaro konferentsiya o’tkazildi. Tadqiqotlar, xalqaro tahliliy hujjatlarda o’z aksini topmoqda. 1995–2011 yillar davomida iqtidorli yoshlarimiz ximiya, biologiya, fizika, matematika, informatika, xorijiy fanlardan nufuzli tanlovlarda qatnashib, hech kimdan kam emasligini dunyo ahliga namoyon etishdi. Iqtidorli bolalarimiz mazkur nufuzli olimpiadalarda jami 244 ta medalь, shundan 20 ta oltin, 49 ta kumush, 175 ta bronza medaliga sazovor bo’ldi. Ayniqsa, kimyo fani bo’yicha Toshkentda o’tkazilgan Xalqaro Mendeleev olimpiadasida o’quvchilarimiz 10 ta medalni qo’lga kiritib, birinchi o’rin sohibi bo’lgani, Ispaniyada 97 ta mamlakat o’rtasida o’tkazilgan matematika olimpiadasida 4 ta sovrinli o’rinni olishgani, Frantsiya va Italiyada bo’lib o’tgan xalqaro ko’rik–tanlovning musiqa yo’nalishida 10 Каримов И. А. Энг асосий мезон – ҳаёт ҳақиқатини акс эттириш. – Т.: Ўзбекистон, 2009. – Б. 8. 95 yuqori pog’onalarni egallab, Vatanimiz bayrog’ini baland ko’tarishgani barchamizni birdek quvontiradi. Bu, albatta, yurtimizda ta’lim–tarbiya va ilm– fanning qanchalik yuqori salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi. SHu munosabat bilan Prezident Islom Karimovning quyidagi fikrlarini esga olish o’rinlidir: “Biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o’z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar” 11 . SHuningdek, ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg’armasi, Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi LSA xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOICA agentligi, UKE8CO, Jahon banki, TA 818 – TEMRSH ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Frantsiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlar oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Prezidentimizning O’zbekistonning ta’lim tizimini isloh qilish borasidagi tajribasi, ta’lim tizimini isloh qilishga oid printsip va yondashuvlar to’g’risidagi nutqi anjuman ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ta’limni isloh qilish sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlar negizida ezgu maqsadlar yotgani va ular davlatimiz rahbarining mashaqqatli mehnati va uzoqni ko’zlab xalqimizni ishonch bilan olg’a boshlayotgani evaziga qo’lga kiritilgani xalqaro konferentsiya ishtirokchilari tomonidan qo’llab–quvvatlandi. Xalqaro anjuman qatnashchilari mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari, kasb–hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalarida bo’lib, ularning faoliyati bilan tanishish asnosida uning isbotini ko’rdilar va hayratlarini yashira olmadilar hamda o’z e’tiroflarini bildirdilar. O’zbekistonda joriy etilgan 9+3 sxemasi bo’yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi o’zining yuksak samaralarini berayotgani ta’kidlandi. Konferentsiyada Prezidentimiz anjuman qatnashchilari e’tiborini quyidagi 11 Каримов И.А. Жаҳон инқирозининг оқибатларини енгиш, мамлакатимизни модернизация қилиш ва тараққий этган давлатлар даражасига кўтарилиш сари. Т. 18. – Т.: Ўзбекистон, 2010. – 95 б. 96 muhim faktga qaratdi. Ya’ni, o’tgan davr mobaynida kasb–hunar kollejlari va akademik litseylarni 2 300 mingdan ortiq yoshlarimiz bitirib chiqqan. 2012 yilda 500 mingdan ortiq yoshlarimiz o’rta toifadagi mutaxassis diplomiga ega bo’ldi. Bugungi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qat’iy talab qo’yildi: 1) ular zamonaviy kompьyuter va axborot texnologiyalarini; 2) xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o’quv dasturlarini har bir ta’lim yo’nalishining o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish yuzasidan aniq–chora tadbirlar amalga oshirildi. Talabalarning xalqaro ta’lim resurslaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yaqin yillar ichida oliy ta’lim muassasalari uchun bitiruvchi zamonaviy optik tolali yagona kompьyuter tarmog’i ishga tushirilishi belgilandi. Yuqori tezlikdagi Internetga ulanuvchi ushbu tarmoq yordamida mamlakatimiz hamda xorijdagi ta’lim muassasalari bilan aloqa bog’lash, video–konferentsiyalar o’tkazish imkoniyati yuzaga kelmoqda. Oliy ta’lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavr va magistrlar tayyorlashning Yevropa tizimiga o’tildi. Butungi kunda mamlakatimizning 76 ta oliy ta’lim muassasasida 850 ta yo’nalish va mutaxassislik bo’yicha 300 mingdan ziyod talaba bilim olmoqda. “Sog’lom bola yili” Davlat dasturida 61,1 mingta o’quv o’ringa mo’ljallangan 380 ta umumta’lim maktabini rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash, ularni kompьyuter texnikasi, o’quv laboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar bilan ta’minlash belgilangan. Bundan tashqari, 161 kasb–hunar kollleji va akademik litsey, 48 bolalar musiqa va san’at maktabi, 110 bolalar sport ob’ektini qurish, rekonstruktsiya qilish va tubdan ta’mirlash rejalashtirilgan. Aytish joizki, ta’lim sifati va samaradorligi pedagogning kasbiy salohiyati, pedagogik mahoratiga bevosita bog’liq bo’lgani sababli “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yangi tizimini yaratish, ularning mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. 97 Umuman, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’zda tutilganidek, ta’limning barcha bosqichlari uzviyligiga erishish, akademik litseylar, kasb–hunar kolejlari hamda oliy ta’lim muassasalari o’rtasida uslubiy–amaliy hamkorlik, axborot almashish yo’lga qo’yilgani o’zining yuksak samaralarini berayotir. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy– iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida ta’lim–tarbiya tizimini isloh etishda yosh avlodning xorijiy tillarni o’zlashtirish darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratdi. 12 Jahonda integratsiya jarayonlari kuchayib, kundalik hayotga kompьyuter texnologiyalari va Internet keng joriy etilayotgan bugungi sharoitda chet tillarni puxta bilmasdan va egallamasdan turib kelajakni qurib bo’lmasligini barchamiz yaxshi anglab olmoqdamiz. Islom Karimov Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling