O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Indoneziya  universitetlari  forumining  raisi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana09.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Indoneziya  universitetlari  forumining  raisi
 
Laod  Kamoluddinning  qayd 
etishicha,  o’zbek  xalqi  o’z  ajdodlari  —  zamonaviy  ilm–fan  va  tsivilizatsiya 
taraqqiyotiga  bebaho  hissa  qo’shgan  buyuk  olimlari  va  mutafakkirlari  bilan 
faxrlanishga  haqlidir.  Abu  Ali  ibn  Sino,  Muhammad  Xorazmiy,  Beruniy,  Ahmad 
Farg’oniy,  Mirzo  Ulug’bek  qalamiga  mansub  ilmiy  asarlar  butun  dunyo 
hamjamiyati  uchun  uzoq  yillar  davomida  tibbiyot,  matematika,  algebra, 

 
83 
astronomiya,  geografiya,  geodeziya  va  boshqa  yo’nalishlarda  “yo’llarni 
yoritguvchi mash’ala” sifatida xizmat qildi.  
Bunday  muhim  konferentsiya  Osiyoning  janubiy  va  markaziy  davlatlari 
orasida  birinchi  bo’lib  O’zbekistonda  bo’lib  o’tayotgani,  shubhasiz,  quvonarli 
holdir,  –  deydi  Jamiya  Milliya  Islomiya  universitetining  Xalqaro  tadqiqotlar 
akademiyasi  dotsenti  SHahid  Taslim.  –  Ayni  paytda  dunyo  olimlarining  bir 
joyga to’planib, o’rta asr SHarq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosi haqida 
ilmiy  suhbat  qurishlari  nafaqat  o’zbekistonliklar  uchun,  balki  ushbu  yo’nalishda 
izlanish  olib  borayotgan  boshqa  mamlakat  tadiqiqotchilari  uchun  ham 
ahamiyatlidir. 
Buyuk  o’zbek  mutafakkiri  va  shoiri  Alisher  Navoiyning  O’rta  va  Yaqin 
SHarq  mamlakatlari,  Janubiy  Osiyo  xalqlari  adabiyotiga  ta’siri  juda  ko’plab 
olimlar  tomonidan  e’tirof  etilgan.  Men  ushbu  anjumanda  alloma  ijodining 
Hindistonda 
o’rganilishi  muvzusida  ma’ruza  qilishni  rejalashtirganman. 
Xudobaxsh,  Rampur  va  boshqa  bir  necha  kutubxonalarda  Navoiyning  g’azallar 
devoni  va  “Xamsa”sining  noyob  nusxalari  mavjud.  Men  o’z  chiqishimga 
tayyorgarlik ko’rish jarayonida ana shu manbalardan foydalandim. 
–  Avvalo  o’z  chiroyi  va  maftunkorligi  bilan  asrlar  davomida  dunyo 
xalqlarini o’ziga maftun etib kelgan, olimu ulamolarni yuksak ilm o’chog’i sifatida 
o’ziga  chorlab  kelgan  Samarqandda  bo’lib  o’tadigan  xalqaro  forumga  taklif 
etishgani  uchun  O’zbekiston  hukumati  va  anjuman  tashkiliy  qo’mitasiga  o’z 
minnatdorligimni bildiraman, – deydi Jamiya Milliya Islomiya universiteti Tarix 
va  madaniyat  fakulьteti  dotsenti  Nishod  Manzar.  –  O’zbekiston  hududida 
joylashgan  qadimiy  shaharlarning  butun  Markaziy  Osiyo  xalqlari  hayotida,  diniy 
va ma’naviy–madaniy qadriyatlarining shakllanishida naqadar muhim o’rin tutgani 
tarixdan ma’lum. 
Men  konferentsiyada  Abdurazzoq  Samarqandiy  asarlarining  Vijaynagar 
imperiyasi  tarixi  yozilishida  tutgan  o’rni  haqida  ma’ruza  qilmoqchiman. 
O’ylaymanki,  mazkur  xalqaro  forum  nafaqat  men  uchun,  balki  unda  ishtirok 

 
84 
etadigan o’rta asrlar SHarq allomalarining hayoti va faoliyatini o’rganuvchi dunyo 
olimlari uchun ham juda foydali bo’ladi. 
Markaziy  Osiyodagi  SHarq  Renesansi  ham  buyuk  ajdodingiz  Amir  Temur 
tomonidan  yaratilgan  qudratli  va  gullab  yashnagan  davlatning  poytaxti  – 
Samarqand bilan chambarchas bog’liqdir. 
Erik  Fosse  –  Nitstsa  shahridagi  astronomiya  universiteti    professori 
(Frantsiya): 
... 
Xorazmiy. 
Beruniy, 
Ulug’bek  kabi  ko’plab  ulug’ 
mutafakkirlarning boy  ilmiy  merosiga  yana  bir bor  murojaat qilib, ularning  jahon 
ilm–fani  rivojiga  qo’shgan  ulkan  hissasi  xususida  fikr  almashish  imkoniga  ega 
bo’lamiz. 
Amina  Adxer  –  Yevropa  Tibbiyot  assotsiatsiyasi  ilmiy  loyiha  direktori 
(Germaniya):  “Mirzo  Ulug’bek  qoldirgan  meros  xalqingizning  jahon  ahliga 
bebaho  in’omidir.  Allomaning  jahon  ilm–fani,  ayniqsa,  astronomiya  rivojiga 
qo’shgan hissasi beqiyosdir.” 
Magida Maxluf – Qohira universiteti prof. (Misr):  “Buyuk ajdodlaringiz 
qoldirgan  noyob  va  o’ta  muhim  meros  asosida  bugun  dunyo  mamlakatlari  ilm 
dargohlarida, maktabu universitetlarda ta’lim berilmoqda.”  
Barbara  Potrata  –  Lids  univ.  Salomatlik  Tadqiqotlari  institutining 
ma’ruzachisi  va  Kembrij  Forumining  Markaziy  Osiyo  bo’yicha  ilmiy 
tadqiqotchisi  (Buyuk  Britaniya):    “Ibn  Sinoning  va  Markaziy  Osiyo  xalqlari 
an’anaviy  bilimlarining  tibbiyot  rivojiga  qo’shgan  hissasi”  –  mavzusida  ilmiy 
ma’ruza qildi. 
Luidji  Akkardi  –  Tor  Vergata  nomidagi  Rim  univ.  Prof. Vito  Volterra 
markazi direktori (Italiya):  “Bu zaminda kamol topgan allomalar, mutafakkirlar 
dunyo  fani  va  madaniyatiga  ulkan  hissa  qo’shishgan.  Masalan,  al–Xorazmiy 
matematika, astronomiya, geografiya sohalarida ulkan yutuqlarga erishish bilan bir 
qatorda,  hozirgi  zamon  algebra  faniga  asos  soldi.  Mirzo  Ulug’bek  o’z  davrida 
Markaziy Osiyoda yagona rasadxona bunyod etdi. Ayniqsa, o’sha davrda Ulug’bek 
akademiyasida  xotin–qizlar  uchun  universitet  tashkil  etilgani  olamshumul  voqea 

 
85 
edi”  (“Kvant  ehtimollar  nazariyasining  zamonaviy  muammolari”  –  mavzusidagi 
ma’ruasidan). 
Anxeles  Lopes  Aguera  –  Santьyago  de–Kompostela  univ.  prof. 
Ekologiya,  ob–havo  va  atrof  muhitdagi  o’zgarishlar  bo’yicha  YuNESKO 
eksperti:    “Bugun  dunyoda  sizlarning  allomalaringizni  bilmay  turib,  ilm  bilan 
shug’ullanib  bo’lmaydi.  Masalan,  biz  ilmiy  faoliyatimiz  davomida  Ibn  Sino 
qarashlariga  juda  ko’plab  suyanamiz.  Ushbu  sohani  Ibn  Sinosiz  tasavvur  etib 
bo’lmaydi”. 
Loran  Sodaren  –  DORIS  xizmati  xalqaro  markaziy  byurosining  ilmiy 
xodimi  (Frantsiya):    “SHu  soha  kishisi  sifatida  Abu  Rayxon  Beruniyning 
geodeziya fani rivojiga katta hissa qo’shganligini yuqori baholayman”. 
Evelin Ragg – Vestminster univ. Siyosatshunoslik akademiyasi direktori 
(Buyuk  Britaniya):  “Evropaning  nufuzli  oliy  ta’lim  muassasalarida  Mirzo 
Ulug’bekdan tashqari al–Xorazmiy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning matematika, 
tibbiyot sohalariga qo’shgan hissalarini e’tirof etishadi”. 
Edgar Kloze – Brendenburg texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotini 
qo’llab–quvvatlash  instituti  kengashining  boshqaruv  raisi  (Germaniya):  “... 
dunyoning  ko’plab  mamlakatlari  ilmiy–tadqiqot  institutlarida  Ulug’bekning 
astronomiyaga,  al–Xorazmiyning  matematikaga,  Navoiyning  tilshunoslikka  oid 
qarashlari  katta  qiziqish  bilan  o’rganiladi,  bahsli  masalalarda  ularning  fikrlariga 
tayaniladi”. 
Udo  SHtaynbax  –  Gumbolьd  Vedrian  univ.  prof.  sharqshunos 
(Germaniya):    “IX–XII  asrlarda  Markaziy  Osiyo  va  Yaqin  SHarqning  o’zaro 
ta’siri” – mavzusida ma’ruza qildi. 
Vilьfred de Graaf – Utrex univ. Matematika sohasi bo’yicha doktoranti 
(Gollandiya):  “Bobokaloningiz  Beruniyning  ilmiy  merosi  butun  Yevropa 
olimlariga yaxshi tanish”. 
Kapuya Ichixashi – Nagoya univ. vitse–prezidenti, prof, huquqshunoslik 
fanlari  doktori  (Yaponiya):  “Yaponiyaning  o’rta  maktablarida  tarix  darslarida 
Ibn Sino, al–Xorazmiy kabi allomalar haqida ma’lumotlar kiritilgan”.  

 
86 
Anjuman ishtirokchilaridan Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo 
va  Kavkaz  instituti  raisi  professor  F.Starr  shu  yilning  18  may  kuni  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  boshqaruvi  akademiyasida  qabul  qilindi. 
Olimning DBA tinglovchilari va tadqiqotchilari uchun “Markaziy Osiyo mintaqasidagi 
bugungi vaziyat” mavzusida ma’ruza o’qidi. 
Akademiya  auditoriyasida  so’zga  chiqqan  F.Starr  eng  avvalo  15–16  may 
kunlari  Samarqand  shahrida  bo’lib  o’tgan  “O’rta  asrlar  SHarq  allomalari  va 
mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va 
ahamiyati”  mavzusida  bo’lib  o’tgan  xalqaro  anjuman  borasidagi  fikrlari  bilan 
o’rtoqlashdi.  Jumladan,  amerikalik  mutaxassis  Samarqandda  bo’lib  o’tgan  bu 
ulkan tadbir Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Farg’oniy, Farobiy va boshqalar singari 
daho olimlarning buyuk yutuqlari tantanasi ekanligini, ushbu olimlarning yutuqlari 
tufayli  hozirgi  Markaziy  Osiyo  hududi  necha  asrlar  davomida  Yevroosiyo 
mintaqasining ilmiy madaniy markazi bo’lib kelganligini ta’kidladi. 
Jon  Xopkins  universiteti  professori  F.Starr  mazkur  mintaqa  o’z  ilmiy 
salohiyatiga  ko’ra  Yevropa,  Yaqin  SHarq,  Xitoy  yoki  Hindistondan  kam  emasligini 
ta’kidladi.  Mintaqadagi  qomusshunos  olimlarning  asarlari  oldingi  davrlar  ilmiy 
yutuqlarini  o’rgangan,  ularni  bu  olimlar  zamonasi  bilan  bog’lagan,  Yevropa  fani  va 
madaniyati  uyg’onishiga  turtki  bergan  edi.  “Inson  tasavvurini  hayratga  solgan  narsa 
shuki,  eng  yirik  qomusshunos  olimlardan  biri  Beruniy  XII  asrdayoq  o’z  asarlarida 
SHimoliy va Janubiy Amerika mavjudligi borasidagi tahminni ilgari surganidir” – deb 
ta’kidladi  F.Starr.  SHuningdek,  anjumanda  SHaxid  Taslim  Umummilliy  Islom  univ. 
Xalqaro  tadqiqotlar  akademiyasi  dotsenti  (Hindiston);  Bruno  Buddenberg  Dortmund 
universitetei  prof.  (Germaniya);  Iqtidor  Muhammad  Xan  Umummilliy  Islom 
universiteti Islomshunoslik kafedrasi mudiri (Hindiston) kabi olimlar o’zlarining ilmiy 
ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 
Anjumanda nafaqat olimlar, tadqiqotchi izlanuvchilar, balki siyosiy arboblar, 
elchilar ham qatnashib o’z fikr muldohazalarini aytdilar: 
Jorj  Kroll  –  AQSHning  O’zbekiston  Respublikasidagi  favqulodda  va 
muxtor  elchisi:  “...  Men    Prezidentning  o’zbek  xalqi  buyuk  alloma  va 

 
87 
mutafakkirlarining  tengsiz  asarlari  hamda  ilmiy  merosi  faqat  bir  millat  yoki 
xalqning  emas,  balki  butun  insoniyatning  ma’naviy  mulki  ekani  haqidagi  fikrini 
to’la qo’llab quvvatlayman”. 
Mariani  Pshezьdzetski  –  Polьshaning  O’zbekiston  Respublikasidagi 
favqulodda va muxtor elchisi:  “... jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga o’z ta’sirini 
ko’rsatgan    allomalar  asarlari  ilmiy  muvaffaqiyatlarga  bizlarni  yanada 
yaqinlashtirdi.  Gap  shundaki,  buyuk  ajdodlar  butun  insoniyatga  qoldirgan  boy 
merosning  qamrovlarini  bugun  teran  anglashimiz  zarur,  toki  ular  olimlarning 
hozirgi  avlodi  ilmiy  tadqiqot  faoliyatining  ildam  harakatlanishiga  yangi  turtki 
bersin”. 
Edgars 
Bondars 
–  Latviyaning  O’zbekiston  Respublikasidagi 
favquloddda  va  muxtor  elchisi:    “Prezident  Islom  Karimov  juda  to’g’ri  qayd 
etganidek,  ta’lim,  madaniyat  va  xalqlar  do’stligi  insoniyat  taraqqiyoti  uchun 
muhim omillardir”. 
Yuriy  SHterk  –  Yevropa  Ittifoqining  O’zbekistondagi  delegatsiyasi 
rahbari: “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi, ayniqsa, tarixiy o’tmish 
va  zamonaviylik  o’rtasidagi  bog’liqlikning  mavjudligi,  o’z  xalqining  taraqqiyoti 
yo’lida  o’tmishdan  ibrat  olish  uchun  tarixni  o’rganish  zarur  ekanligi  to’g’risida 
ta’kidlangan fikrlar menda katta taassurot qoldirdi”. 
Muhammad  Sodiq  Duadzey  –  Afg’oniston  Islom  Respublikasining 
O’zbekiston  Respublikasidagi  favqulodda  va  muxtor  elchisi:  “...  jamiyat 
hayotida  o’zgarishlar  va  yangilanishlar  jarayonlari  o’z–o’zidan  yuz  bermaydi...  
Ular xalqning ko’p asrlik madaniy–ma’naviy an’analariga asoslanadi”. 
Ekspertlarning  fikriga  ko’ra  ushbu  anjuman  shubhasiz  jahonning  yetakchi 
tadqiqot  markazlarida  O’rta  asr  SHarqi  olimlari  va  mutafakkirlari  ilmiy  merosini 
o’rganishga  kuchli  rag’bat  beradi.  SHu  bilan  birgalikda  Xalqaro  anjuman  bu 
mintaqaning,  xususan  O’zbekistonning  kelgusida  ilmiy  tadqiqotlar  markaziga 
aylanishiga xizmat qiladi. 
Akademik N.N.Konrad yozgan edi: “Har bir avlod uchun shuni yodda tutish 
zarurki, SHarqning inson va jamiyat haqidagi ilmning barcha sohalaridagi nazariy 

 
88 
fikrini  hisobga  olmoq  lozim,  negaki,  ayniqsa  ana  shu  sohalar  g’oyat  mufassal  va 
keng miqyosda SHarqda ishlab chiqilgan” . 
Haqiqatdan ham, O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy 
merosi,  dunyo  tsivilizatsiyasi  va  ilm–fani  rivojiga  qo’shgan  beboho  hissasi  butun 
insoniyatning  ma’naviy  boyligi  bo’lib,  uni  o’rganish,  ommalashtirish  zamonaviy 
ilm–fan va taraqqiyot uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.  
 

 
89 
III. BOB. Tarixiy, madaniy, intellektual merosni asrab–avaylash, 
boyitish va ko’paytirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash – yuksak taraqqiyot asosi 
 
3.1. Ta’lim tizimi – intelektual salohiyatni oshirish, tarixiy va 
madaniy merosni boyitishning muhim omili 
 
Ma’lumki,  har  qanday  davlatning  moddiy  va  ma’naviy  taraqqiyotida 
intellektual salohiyat muhim o’rin tutadi. 
Tarixiy  xotira  –  ibrat  tarbiya  manbai  bo’lib,  uning  kelajak  tarqqiyot  sari 
rivojlanishda  hamda  intelektual  salohiyatni  boyitishda  muhim  omil  bo’lib  xizmat 
qiladi.  Bu  borada  Prezidentimiz  ulug’  ispan  adibi  Servantes  fikrlari  haqida 
to’xtalib,  uning  “...tarix  –  faoliyatimiz  xazinasi,  o’tmish  guvohi,  bugungi  kun 
uchun  ibrat  va  o’git,  kelajak  uchun  esa  ogohlantirishdir,  –  degan  so’zlarini 
takrorlash  o’rinli  bo’ladi,  deb  o’ylayman.  Menga  ayniqsa  “kelajak  uchun 
ogohlantirish”  degan  fikr  juda  ma’qul  bo’ldi.  Nima  uchun?  Nega  deganda, 
haqiqatan ham, tarixni bilmagan kishi har qadamda xatoga yo’l qo’yadi, o’z tarixi 
bilan  faxrlanmaydigan  xalq  esa  o’z  kelajagini  tasavvur  qilolmaydi”.  SHu  o’rinda 
ta’kidlash  kerakki,  olamshumul  kashfiyotlarni  chuqur  o’zlashtirish  ilm–fanda  va 
boshqa  sohalarda  yuksak  marralar  sari  yetakalaydi.  Nutqda  bugungi  kunda 
insoniyat oldida yangi, global muammolar paydo bo’layotganligi, ularning oqilona 
yechimi  davrimizning  eng  keskin  muammosiga  aylanayotganligi  sababli  ushbu 
muammolarni hal etishda quyidagi muhim vazifalarga e’tibor qaratiladi: 
1. Bugungi kunda insoniyat oldida yangi, global muammolar

 
iqlim o’zgarishlari, 

 
ekotizim va bioxilma–xillikni saqlash va asrab–avaylash, 

 
tabiiy zaxiralarning tugab borishi va boshqalar. 
 
2. Muammolarni hal etishning muhim vazifalari

 
90 

 
intellektual salohiyatning har tomonlama o’sishi,  

 
ko’p  asrlar  mobaynida  vujudga  kelgan  qonunlarni  qayta  idrok  etish  va 
yangicha baholash, 

 
bizni  qurshab  turgan  borliqni  keng  miqyosda  o’rganish  bo’yicha  chuqur 
ilmiy tadqiqot va tajribalar olib borish. 
Buyuk  allomalar  g’oyat  og’ir  sharoitlarda  ham  o’z  aql–zakovati,  bilimi, 
irodasi  tufayli  ilmiy  kashfiyotlar  yaratgan  va  biz  ajdodlarga  boy  bebaho  meros 
qoldirganlar.  
Ma’lumki,  ilm–fan  va  yuksak  texnologiyalar  shiddat  bilan  rivojlanib 
borayotgan  hozirgi  davrda  bu  sohani  rivojlantirish  uchun  katta  mablag’  talab 
etilmoqda. CHunki, bunday muhim yo’nalishda zarur sarmoyalar sarflanmas ekan, 
yuksak  natijalarga  erishish  qiyinligi  kundek  ravshan  bo’lib  bormoqda.  Bu  sohaga 
yuksak  e’tibor  qaratilishi,  katta  mablag’  va  sarmoyalar  ajratilishi,  o’z  navbatida, 
katta–katta g’oyalar va kashfiyotlarga yetaklab boradi. 
Nutqda  “Tabiiyki,  ulkan  hajmdagi  mablag’  va  xarajatlar  bilan  birga,  o’z 
navbatida,  o’tmishda  amalga  oshirilgan  beqiyos  ilmiy  yutuqlardan  oqilona 
foydalanish  talab  qilinishini  ham  hammamiz  yaxshi  tushunamiz.  SHularni 
e’tiborga olganda, “XXI asr – bilim va intellektual tafakkur asri” degan fikr bejiz 
aytilmagani o’z–o’zidan ayon bo’ladi. Bugungi kunda “Eng ko’p talab qilinadigan 
va  o’zini  eng  ko’p  oqlaydigan  sarmoya  –  bu  inson  kapitaliga  yo’naltirilgan 
sarmoyadir”,  –  degan  haqiqatning  hayotda  tobora  mustahkam  qaror  topib 
borayotgani tasodif emasligi...” ta’kidlab o’tiladi. 
Bu  o’rinda  quyidagi  hal  qiluvchi  omillarga  e’tibor  qaratmaydigan  va  o’z 
oldiga maqsad qilib qo’ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot 
yo’lidan chetda qolib ketishi mumkiniligiga  to’xtalib o’tiladi. 
Birinchidan,  o’zining  tarixiy,  madaniy  va  intellektual  merosini  asrab–
avaylashga, boyitish va ko’paytirishga, 
Ikkinchidan,  unib–o’sib  kelayotgan  yosh  avlodni  milliy  va  umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarlicha e’tibor qaratmaydigan, 

 
91 
Uchinchidan,  har  tomonlama  uyg’un  rivojlangan,  mustaqil  fikrlaydigan,  o’z 
qarash  va  yondashuviga,  grajdanlik  pozitsiyasiga  ega  bo’lgan  shaxsni  kamol 
toptirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydigan. 
Hozirgi globallashuv davrida o’sib kelayotgan avlodni har tomonlama  yetuk, 
komil inson etib tarbiyalash – eng muhim vazifa bo’lib turibdi. Bunda, shubhasiz 
tarixiy  xotira,  madaniyat,  ma’rifat  hal  qiluvchi  kuchga  aylanadi.  SHu  bois  ham, 
istiqlolning  dastlabki  kunlaridan  boshlab,  ma’naviy  jabhada,  eng  avval  ta’lim–
tarbiya  tizimini  isloh  qilish,  bir  so’z  bilan  aytganda,  milliy  ma’rifat  tarmog’ini 
vujudga  keltirish  vazifasi  qo’yildi.  Zero,  ma’rifat  –  har  bir  xalqni  insoniy 
barkamollik va umumbashariy taraqqiyot sari eltadigan yo’ldir.  
Ajdodlar ma’naviy merosi, tarixiy an’ana va madaniy qadriyatlarni anglashda 
ta’lim–tarbiya tizimi muhim o’rin tutadi.  
So’nggi paytlarda O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi eng muhim sifat 
ko’rsatkichlaridan  biri  bolalarga  xorijiy  tillarni  o’rgatishga  alohida  e’tibor 
qaratilgani  bo’ldi.  Jumladan,  ingliz  tilini  o’rganish  bog’chadan  boshlab,  barcha 
ta’lim  turlari  bosqichlarida  o’qitilishi  joriy  etilgan.  Bu  esa,  yoshlarimizga 
dunyodagi  davlatlar  tarixini,  madaniyatini,  ilm–fan  yutuqlarini  chuqur  bilishiga 
zamin  yaratadi.  SHu  bilan  birga,  mamlakatimizning  jahon  hamjamiyatiga  kirish 
yo’lida  tashlagan muhim  qadamlaridan biridir.   
SHuni  e’tiborga  olib,  o’tgan  davr  mobaynida  mamlakatimizda  xorijiy 
davlatlardagi nufuzli oliy  ta’lim  muassasalarining  Toshkent  shahrida  6 ta  filiallari 
ochildi. Xalqaro Vestminster universiteti, Moskva davlat universitetining Toshkent 
shahridagi filiali, Singapur menejment instituti shular jumlasidan. 
Urganch davlat universitetiga Al–Xorazmiy, O’zbekiston milliy universitetiga 
Mirzo  Ulubek,  Toshkent  davlat  texnika  universitetiga  Abu  Rayhon  Beruniy 
nomlari  berilgan.  Ularning  nomlariga  atalgan  “Beruniy”,  “Navoiy”,  “Ibn  Sino” 
kabi  talabalar  uchun  stipendiyalar  joriy  etilgan.  O’z  iste’dodi  va  iqtidori  bilan 
fanlar  bo’yicha  xalqaro  tanlovlarda  sovrinli  o’rinlarni  qo’lga  kiritgan  yoshlarimiz 
safi  yanada  kengayib  borayotganligi  ajdodlarga  munosib  vorislar  tarbiya 
topayotganidan dalolat beradi.  

 
92 
Jahon  tsivilizatsiyasi  va  ma’naviyat  rivojiga  munosib  hissa  qo’shgan  buyuk 
allomalarning  ma’naviy  merosini  yoshlar  o’rtasida  targ’ib  etish  va    o’rganish 
maqsadida  ta’lim  muassasaalarida  “Ma’naviyat  kuni”,  “Ma’naviyat  soati” 
tadbirlari  o’tkazilishi  yo’lga  qo’yilgan  hamda  ta’lim  tizimida  “Ma’naviyat 
asoslari” fani o’qitilishi joriy etilgan. 
Darhaqiqat,  ta’lim–tarbiyani  rivojlantirish  aslida  millat  kelajagi  yo’lida 
qo’yilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi. 2014 yilning “Sog’lom bola” yili 
deb  e’lon  qilindi.  “Sog’lom  bola”  kontseptsiyasining  tub  ildizi  esa,  tarixiy  tajriba 
va  ajdodlarimiz  merosiga  tayangan  holda  bolalarga  yoshligidan  saboq  berish,  har 
tomonlama  kamol  topgan  yoshlarni  tarbiyalash,  iste’dodli  o’g’il–qizlarni  qo’llab–
quvvatlashdan iborat. 
Bugungi  kunda,  BMT  ma’lumotlariga  ko’ra,  mamlakatimizda  ta’limga 
yo’naltirilayotgan  xarajatlar  davlat  byudjetining  35  foizdan  ortig’ini  tashkil 
etmoqda.  Boshqacha  aytganda,  O’zbekiston  davlat  byudjetidan  har  yili  35  foiz 
mablag’ni aynan ta’lim–tarbiya sohasiga yo’naltirmoqda.  
O’zbekistonda 
ta’lim 
sohasiga 
berilayotgan  yuksak  e’tiborni  bugungi 
kunda jahon jamoatchiligi tomonidan e’tirof 
etilayotgani har bir vatandoshimizda g’urur 
va 
iftixorni 
o’yg’otmoqda. 
Zero, 
“Farzandlari sog’lom  
yurt qudratli bo’lur” degan ulug’vor g’oya 
 bugungi  kunda  tobora  hayotda  o’z  aksini  topib  borayotganligidan  dalolat 
bermoqda.  Jahon  intellektual  mulk  tashkiloti  va  yetakchi  xalqaro  biznes–
maktablardan biri – “INSEAD” tomonidan 2012 yilda inson kapitalining taraqqiyot 
darajasi  bo’yicha  o’tkazilgan  tadqiqot  natijalariga  ko’ra,  O’zbekiston  141 
mamlakat  orasida  53–o’rinni,  ta’lim  tizimini  rivojlantirish  darajasi,  jumladan, 
ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan mablag’lar bo’yicha esa dunyoda beshinchi 
o’rinni egallagani bejiz emas, albatta. 
 
Бугунги кунда “Энг кўп талаб 
қилинадиган  ва  ўзини  энг  кўп 
оқлайдиган  сармоя  —  бу  инсон 
капиталига 
йўналтирилган 
сармоядир”  деган  ҳақиқатнинг 
ҳаётда  тобора  мустаҳкам  қарор 
топиб 
бораётгани 
тасодиф 
эмаслигини 
таъкидлаб 
ўтмоқчиман. 
Ислом Каримов 
Таълим-тарбия 
соҳасини 
ислоҳ 
қилиш 
дастури 
ҳаётимизга 
муваффақиятли  жорий  этилиши натижасида  узлуксиз  таълимнинг  замонавий 
талабларга  жавоб  берадиган  яхлит  тизими  яратилди.  Бу  тизим  таълим 
жараёнларининг  барча  босқичларини  –  мактабгача  ва  мактаб  таълимидан 
тортиб ўрта махсус, касб-ҳунар ва олий таълим бўғинини, шунингдек, халқаро 

 
93 
 
 
 
 
 
 
 
Yoshlarimizning  minglab  iqtidorli  vakillari  Yaponiya,  Germaniya,  Janubiy 
Koreya,  Xitoy,  Buyuk  Britaniya,  AQSH,  Frantsiya  va  boshqa  mamlakatlarning 
yetakchi  universitetlarida  ta’lim  olmoqda,  bu  esa  ularning  bilim  va  malakasini 
oshirishda keng imkoniyatlar ochib bermoqda.  
 “Ta’lim sohasidagi buyuk dasturlarimizni o’z vaqtida, uzoqni ko’zlab ishlab 
chiqqanimiz va amalga oshirganimiz naqadar to’g’ri ekanini bugun mamlakatimiz 
erishgan yuksak marra va natijalar yaqqol namoyon etmoqda”.
9
  
Milliy  ta’lim  tizimini  isloh  qilishning  ijobiy  natijalari  yoshlarimizning 
xalqaro  maydondagi yutuqlarida  yorqin  ifodasini  topmoqda.  Misol uchun,  Astana 
shahrida  o’tkazilgan  kimyo  fani  bo’yicha  Xalqaro  olimpiadada  o’quvchilarimiz  1 
ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo’lga kiritganlari tahsinga loyiq. Joriy 
yilda  O’zbekiston  mezbon  bo’lgan  47–xalqaro  Mendeleev  olimpiadasida 
dunyoning 17 ta davlatidan kelgan 117 nafar iqtidorli yigit–qiz safidan o’rin olgan 
20  nafar  hamyurtimiz  bilim  va  iqtidorda  hech  kimdan  kam  emasligini  amalda 
namoyish  etib,  yurtimizda  ta’limga  qaratilgan  e’tibor,  sa’y–harakatlar,  intilishlar 
samarasini  amalda  yana  bir  karra  isbotladi.  Terma  jamoamiz  a’zolaridan  2  nafari 
oltin, 5 nafari kumush, 8 nafari bronza medallari bilan taqdirlandi. 
Qat’iy e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan, ma’naviy tahdidlarga va chetdan 
ko’rsatilayotgan  ta’sirlarga  qarshi  turishga  qodir  bo’lgan  yoshlarni  tarbiyalashga 
e’tibor  kuchaytirildi.  “Yosh  avlodimizni  qalbi  va  ongini  asrash,  ularni  milliy  va 
                                                 
9
  Каримов  И.А.  Жаҳон  инқирозининг  оқибатларини  енгиш,  мамлакатимизни 
модернизация  ва  тараққий  топган  давлатлар  даражасига  кўтарилиш  сари.  Т.  18.  –  Т.: 
Ўзбекистон, 2010. – 83 б.
 

 
94 
umumbashariy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash...”
10
  maqsadida  axloqiy  madaniyatni 
va Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, “ommaviy madaniyat”ning kirib 
kelishiga qarshi keng ko’lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.  
Mustaqillik  va  Vatan  taraqqiyoti  g’oyalariga  sodiq  bo’lgan  yangi  insonni 
tarbiyalash va voyaga yetkazish shu kunning muhim vazifasidir. CHunki mustaqil, 
ozod  va  obod  Vatan  kelajagini  ko’p  jihatdan  yuksak  ma’naviyatli  komil  insonlar 
hal  qiladi.  SHunday  ekan,  yuksak  ma’naviy  fazilatlar,  ezgu  g’oyalarni  yoshlar 
ongiga  singdirmasdan,  intellektual  olamni  boyitmasdan,  ma’naviy  va  axloqiy 
qadriyatlarni  rivojlantirmasdan  turib  barkamol  insonlarni  tarbiyalashdek  yuksak 
vazifaning istiqbolini tasavvur eta olmaymiz.  
O’zbekistonda  har  jihatdan  faol  va  barkamol  insonni  tarbiyalashga  e’tibor 
qaratish, g’oyaviy–mafkuraviy tarbiya vositasida shaxsning salohiyatini maksimal 
darajada  yuzaga  chiqarishga  erishish,  har  bir  bolaning  iqtidorini  rivojlantirishga 
urg’u berilmoqda.  
2012  yil  16–17  fevralь  kunlari  Toshkent  shahridagi  Simpoziumlar  saroyida 
Yurtboshimiz  tashabbusi  bilan  “Yuksak  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni 
tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng 
muhim  sharti”  mavzusida  xalqaro  konferentsiya  o’tkazildi.  Tadqiqotlar,  xalqaro 
tahliliy hujjatlarda o’z aksini topmoqda.  
1995–2011  yillar  davomida  iqtidorli  yoshlarimiz  ximiya,  biologiya,  fizika, 
matematika,  informatika,  xorijiy  fanlardan  nufuzli  tanlovlarda  qatnashib,  hech 
kimdan  kam  emasligini  dunyo  ahliga  namoyon  etishdi.  Iqtidorli  bolalarimiz 
mazkur  nufuzli  olimpiadalarda  jami  244  ta  medalь,  shundan  20  ta  oltin,  49  ta 
kumush,  175  ta  bronza  medaliga  sazovor  bo’ldi.  Ayniqsa,  kimyo  fani  bo’yicha 
Toshkentda  o’tkazilgan  Xalqaro  Mendeleev  olimpiadasida  o’quvchilarimiz  10  ta 
medalni  qo’lga  kiritib,  birinchi  o’rin  sohibi  bo’lgani,  Ispaniyada  97  ta  mamlakat 
o’rtasida  o’tkazilgan  matematika  olimpiadasida  4  ta  sovrinli  o’rinni  olishgani, 
Frantsiya va Italiyada bo’lib o’tgan xalqaro ko’rik–tanlovning musiqa yo’nalishida 
                                                 
10
 Каримов И. А. Энг асосий мезон – ҳаёт ҳақиқатини акс эттириш. – Т.: Ўзбекистон, 2009. 
– Б. 8.
 

 
95 
yuqori  pog’onalarni  egallab,  Vatanimiz  bayrog’ini  baland  ko’tarishgani 
barchamizni  birdek  quvontiradi.  Bu,  albatta,  yurtimizda  ta’lim–tarbiya  va  ilm–
fanning qanchalik yuqori salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi. SHu munosabat 
bilan  Prezident  Islom  Karimovning  quyidagi  fikrlarini  esga  olish  o’rinlidir:  “Biz 
yashayotgan  XXI  asr  –  intellektual  boylik  hukmronlik  qiladigan  asr.  Kimki  bu 
haqiqatni  o’z  vaqtida  anglab  olmasa,  intellektual  bilim,  intellektual  boylikka 
intilish  har  qaysi  millat  va  davlat  uchun  kundalik  hayot  mazmuniga  aylanmasa  – 
bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar”
11
.  
SHuningdek,  ta’lim  muassasalarining  Yevropadagi  ta’lim  jamg’armasi, 
Germaniyadagi  Texnikaviy  hamkorlik  tashkiloti,  Yaponiyadagi  LSA  xalqaro 
tashkiloti,  Koreyaning  KOICA  agentligi,  UKE8CO,  Jahon  banki,  TA  818  – 
TEMRSH  ochiq  jamiyat  instituti,  AQSH,  Angliya,  Frantsiya,  Yaponiya,  Xitoy  va 
boshqa  davlatlar  oliy  ta’lim  vazirliklari  bilan  hamkorlik  tobora  kengayib 
bormoqda. 
Prezidentimizning  O’zbekistonning  ta’lim  tizimini  isloh  qilish  borasidagi 
tajribasi,  ta’lim  tizimini  isloh  qilishga  oid  printsip  va  yondashuvlar  to’g’risidagi 
nutqi anjuman ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ta’limni 
isloh  qilish  sohasida  mamlakatimiz  erishgan  yutuqlar  negizida  ezgu  maqsadlar 
yotgani  va  ular  davlatimiz  rahbarining  mashaqqatli  mehnati  va  uzoqni  ko’zlab 
xalqimizni  ishonch  bilan  olg’a  boshlayotgani  evaziga  qo’lga  kiritilgani  xalqaro 
konferentsiya ishtirokchilari tomonidan qo’llab–quvvatlandi. 
Xalqaro  anjuman  qatnashchilari  mamlakatimizdagi umumta’lim  maktablari, 
kasb–hunar  kollejlari  va  akademik  litseylar,  oliy  ta’lim  muassasalarida  bo’lib, 
ularning  faoliyati  bilan  tanishish  asnosida  uning  isbotini  ko’rdilar  va  hayratlarini 
yashira  olmadilar  hamda  o’z  e’tiroflarini  bildirdilar.  O’zbekistonda  joriy  etilgan 
9+3  sxemasi  bo’yicha  12  yillik  umumiy  majburiy  bepul  ta’lim  tizimi  o’zining 
yuksak samaralarini berayotgani ta’kidlandi. 
Konferentsiyada  Prezidentimiz  anjuman  qatnashchilari  e’tiborini  quyidagi 
                                                 
11
  Каримов  И.А.  Жаҳон  инқирозининг  оқибатларини  енгиш,  мамлакатимизни 
модернизация қилиш ва тараққий этган давлатлар даражасига кўтарилиш сари. Т. 18. – Т.: 
Ўзбекистон, 2010. – 95 б.
 

 
96 
muhim  faktga  qaratdi.  Ya’ni,  o’tgan  davr  mobaynida  kasb–hunar  kollejlari  va 
akademik  litseylarni  2 300  mingdan  ortiq  yoshlarimiz  bitirib  chiqqan.  2012  yilda 
500 mingdan ortiq yoshlarimiz o’rta toifadagi mutaxassis diplomiga ega bo’ldi. 
Bugungi  kunda  barcha  oliy  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilariga  qat’iy  talab 
qo’yildi:  1)  ular  zamonaviy  kompьyuter  va  axborot  texnologiyalarini;  2)  xorijiy 
tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o’quv dasturlarini 
har  bir  ta’lim  yo’nalishining  o’ziga  xosligidan  kelib  chiqqan  holda  qayta  ko’rib 
chiqish va takomillashtirish yuzasidan aniq–chora tadbirlar amalga oshirildi. 
Talabalarning  xalqaro  ta’lim  resurslaridan  foydalanishda  qulaylik  yaratish 
maqsadida yaqin yillar ichida oliy ta’lim muassasalari uchun bitiruvchi zamonaviy 
optik  tolali  yagona  kompьyuter  tarmog’i  ishga  tushirilishi  belgilandi.  Yuqori 
tezlikdagi  Internetga  ulanuvchi  ushbu  tarmoq  yordamida  mamlakatimiz  hamda 
xorijdagi  ta’lim  muassasalari  bilan  aloqa  bog’lash,  video–konferentsiyalar 
o’tkazish imkoniyati yuzaga kelmoqda. 
Oliy  ta’lim  sohasida  ham  tub  islohotlar  amalga  oshirildi,  bakalavr  va 
magistrlar 
tayyorlashning 
Yevropa 
tizimiga 
o’tildi. 
Butungi 
kunda 
mamlakatimizning 76 ta oliy ta’lim muassasasida 850 ta yo’nalish va mutaxassislik 
bo’yicha 300 mingdan ziyod talaba bilim olmoqda. 
“Sog’lom bola yili” Davlat dasturida 61,1 mingta o’quv o’ringa mo’ljallangan 
380  ta  umumta’lim  maktabini  rekonstruktsiya  qilish  va  ta’mirlash,  ularni 
kompьyuter  texnikasi,  o’quv  laboratoriya  jihozlari  va  boshqa  uskunalar  bilan 
ta’minlash  belgilangan.  Bundan  tashqari,  161  kasb–hunar  kollleji  va  akademik 
litsey,  48  bolalar  musiqa  va  san’at  maktabi,  110  bolalar  sport  ob’ektini  qurish, 
rekonstruktsiya qilish va tubdan ta’mirlash rejalashtirilgan.  
Aytish  joizki,  ta’lim  sifati  va  samaradorligi  pedagogning  kasbiy  salohiyati, 
pedagogik  mahoratiga  bevosita  bog’liq  bo’lgani  sababli  “Ta’lim  to’g’risida”gi 
Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ta’lim  tizimini  malakali  pedagog 
kadrlar  bilan  ta’minlash,  o’qituvchilarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularning 
malakasini 
oshirishning 
yangi 
tizimini 
yaratish, 
ularning 
mehnatini 
rag’batlantirishni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. 

 
97 
Umuman, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’zda tutilganidek, ta’limning 
barcha  bosqichlari  uzviyligiga  erishish,  akademik  litseylar,  kasb–hunar  kolejlari 
hamda  oliy  ta’lim  muassasalari  o’rtasida  uslubiy–amaliy  hamkorlik,  axborot 
almashish yo’lga qo’yilgani o’zining yuksak samaralarini berayotir. 
O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  mamlakatimizni  2013  yilda  ijtimoiy–
iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari va  2014 yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning 
eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining 
majlisida  ta’lim–tarbiya  tizimini  isloh  etishda  yosh  avlodning  xorijiy  tillarni 
o’zlashtirish darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratdi.
12
 
 Jahonda  integratsiya  jarayonlari  kuchayib,  kundalik  hayotga  kompьyuter 
texnologiyalari  va  Internet  keng  joriy  etilayotgan  bugungi  sharoitda  chet  tillarni 
puxta  bilmasdan  va  egallamasdan  turib  kelajakni  qurib  bo’lmasligini  barchamiz 
yaxshi anglab olmoqdamiz. 
 
Islom Karimov
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling