O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil O’zbekistonning aziz farzandlari!
- Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak ”ligini dilingizga jo eting
- O’QUV QO’LLANMA
- SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki 2 soat
Aziz talabalar! Biz shunga aminmizki, so’nggi yillarda dunyodagi barcha tinchlikparvar kuchlarni tashvishga solayotgan terrorizm, diniy ekstremizm balosi ham tag – tomiri bilan yo’qolib ketishga mahkum. CHunki, shu paytgacha yaxshilikka muxolif kuch hech qachon muzaffar bo’lmagan. TALABA YoSHLARGA TAVSIYaLAR Hurmatli talabalar! Mana, qo’lingizdagi ushbu uslubiy qo’llanma “Talabaning yo’ldoshi” deb ataldi. O’ylaymizki, ushbu qo’llanma talabalik yillaringizda Sizning eng yaqin yo’ldoshingiz, yaqin maslahatgo’yingiz bo’ladi. 27 Mustaqil O’zbekistonning aziz farzandlari! Prezidentimiz “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” deganlarida Sizdek yuksak didli, bilimli, qobiliyatli, salohiyatli, fozil farzandlarimizni nazarda tutganliklarini unutmang. “Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak”ligini dilingizga jo eting, Sizlardan ajdodlar ruhi shod bo’lsin, ota bobolaringiz, xalqingiz, millatingiz va kelajak avlod mamnun bo’lsin. Barkamol, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgan inson bo’lib ulg’aying. Buning uchun: - Mustaqil Vatan taqdirini o’z taqdiringiz bilan chambarchas bog’lang, butun faoliyatingizni ona diyorga va uning buyuk kelajagiga baxshida eting. - Vatanimiz mustaqilligi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida barpo etilgan davlat tuzumini, demokratiya va qonunchilikni mustahkamlang. - xalqimiz va mamlakatimizning buyuk kelajagi, ozod va obod, erkin va farovon hayoti, O’zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi Sizga va Sizning kelgusidagi faoliyatingizga bog’liqligini zinhor unutmang. - Siz kelgusida jamiyatimizning barqarorligini, osoyishtaligini va millatlar o’rtasidagi totuvlikni, davlatimiz xavfsizligini, tinchligini, chegaralarimiz daxlsizligini saqlab qolishga qodir bo’lgan O’zbekistonning munosib fuqarosi bo’lib yetishishga intiling. - Siz hozir ham, kelajakda ham Vatan menga nima berdi deb emas, balki men Vatanga nima berdim, el – yurt taraqqiyoti va istiqboli uchun nima qilmoqdaman, mustaqillikni mustahkamlash ishiga qanday hissa qo’shmoqdaman, degan o’gitga doimo amal qiling. - o’zingizda demokratik dunyokarashni shakllantirib boring, ularga to’la amal qilishga o’rganing, zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, demokratiya har bir fuqaroning hayot ehtiyojiga aylangan taqdirdagina demokratiya hisoblanadi. - demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisi bo’lib yetishing. - xalqimiz tarixini puxta o’rganing va ajdodlarimiz qoldirgan merosga amal qiling, ular bilan faxrlaning. - ajdodlar, ota – bobolar e’tiqod qilgan dinimiz, ma’naviy qadriyatlarini hurmat qiling. Odamlar ruhiyatini, ularning quvonch va tashvishlari, maqsad va intilishlarini anglashga, ahil, pokiza, mehr muruvvatli, oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, adolat va insof bilan yashashga intiling. - Siz muqaddas dinimizdan g’arazli siyosiy maqsadlar yo’lida foydalanishga intiluvchi shaxslar va kuchlarga qarshi ayovsiz kurash olib boring. - fuqarolik jamiyatining eng muhim tarkibiy qismlari bo’lgan ma’naviyat, axloq – odob, ma’rifat kabi qadriyatlar kelgusi faoliyatingizning asosini tashkil etsin. - yoshlik – donolikni o’rganadigan davr. Hozirgi zamon bilimlarini chuqur egallang. Sohibqiron Amir Temurning “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni”degan o’gitiga doimo amal qiling. - umrni bugun – erta deb orqaga surmang. Vaqtdan oqilona foydalaning. O’z ustingizda tinmay ishlang. Bilingki, xalqingiz, ota – onangiz Sizdan yetuk inson, jamiyatning faol fuqarosi bo’lib yetishib chiqishingizni kutmoqda. - til boyligi tafakkur boyligidir. Davlat tilini mukammal egallang, uni hurmat qiling. Xorijiy tillarni o’rganing va puxta biling. 28 - keksalar, o’qituvchilar, ustozlar, murabbiylarni e’zozlang va ulug’lang. Ularning o’gitlariga doimo amal qiling. - oila jamiyatning duru gavhari, uning farovonligi, millat ko’zgusi ekanligini dilga jo eting. Ota – onalar oldidagi farzandlik burchingizni to’la ado eting. - yurtimizning nabotot va hayvonot olamini, suv manbalari va atrof muhitini muhofaza qiling. - yaxshi do’st orttirishga intiling, o’rtoqlaringizni hurmat qiling, ular bilan do’stona munosabatda bo’ling. Haqiqiy do’st tuganmas boylik ekanligini unutmang. - odamlarni seving. Ulardan mehr va muruvvatingizni darig’ tutmang, ularni qaysi millatga, irqqa, dinga mansub bo’lishlaridan qat’iy nazar hurmat qiling, bag’rikeng inson bo’lish uchun harakat qiling. - avvalo, go’zal axloqni, keyin esa donishmandlikni o’rganing. Odamga yarashadigan, uning husniga – husn qo’shadigan libos bu odob – axloq libosi ekanligini doimo yodda tuting. - oqil va donolar bilan suhbatdosh bo’ling, ilmingiz har qancha ko’p bo’lsa ham, uni yanada boyitishga intiling. - bilingki, ko’p narsani bilib kam so’zlagan, o’z bilimiga mag’rur bo’lib, bilimdonlik qilmagan odam eng aqlli va hurmatga sazovor odam hisoblanadi. - yoshlik chog’ingizda unga xos bo’lgan jasorat, kelajakka ishonch, bunyodkorlik, bilimga chanqoqlik, sofdillik, samimiyatlik kabi olijanob xislatlarni o’zingizda mujassamlantiring, toki ular kamolotga intilgan yo’lingizda Sizga hamroh bo’lsin. Porloq kelajak Sizga yor bo’lsin! 29 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING “O’RTA ASRLAR SHARQ ALLOMALARI VA MUTAFAKKIRLARINING TARIXIY MEROSI, UNING ZAMONAVIY TSIVILIZATSIYA RIVOJIDAGI ROLI VA AHAMIYATI” MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENTSIYANING OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQINI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O’RGANISH BO’YICHA O’QUV QO’LLANMA Toshkent–2014 30 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi nutqini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma Ushbu qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 15–16 may kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi nutqini o’rganish, unda bayon etilgan nazariy va amaliy ahamiyatga molik kontseptual g’oyalar, xulosalarning mohiyati va ahamiyatini, ularni amalga tadbiq etish bo’yicha ilmiy jamoatchilik oldida turgan dolzarb vazifalarning ma’no–mazmunini yoritish, aholi, xususan, yoshlar o’rtasida keng targ’ib etish maqsadida tayyorlangan bo’lib, u ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat ko’rsatayotgan professor–o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, talaba va o’quvchilar, keng jamoatchilik uchun mo’ljallangan. KIRISH 31 Xalqimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, boy tarixiy merosimizga, ma’naviy qadriyat va an’analarimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi. Bu davrda, davlatimiz rahbari Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat– yengilmas kuch” kitobida ta’riflanganidek, insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon–e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch–ma’naviyatga eng ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida ulkan e’tibor qaratildi. Istiqlol yillarida ko’hna tariximiz, boy madaniy–ma’naviy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, urf–odat va an’analarimiz qayta tiklandi, aziz–avliyolarimizning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo’q bo’lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan ta’mirlandi. Bugungi kunda mehr–oqibat, bag’rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg’usi yuragimizning tub–tubidan o’rin oldi. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli biz o’zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bor bo’y–bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoniga ega bo’ldik. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g’ayrati, azmu shijoati ila Vatanimizning shon–shuhrati olam uzra yanada keng yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz – erkin va farovon kelajagimizni o’z qo’limiz bilan bunyod etmoqdamiz. O’sib kelayotgan avlodni har tomonlama yetuk, komil inson etib tarbiyalashda, hech shubhasiz, tarixiy xotira, madaniyat, ma’rifat, buyuk allomlarimizning ilmiy merosi hal qiluvchi rolь o’ynaydi. SHu bois mustaqillik davrida buyuk ajdodlarimizning hayoti va bebaho merosini o’rganish, qadamjolarini obod etish va asrab–avaylash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, milliy ma’naviyatimiz rivojlanib bormoqda. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning doimiy e’tibori tufayli mustaqillik yillarida jahon ilm–fani, madaniyati rivojiga, insoniyat ma’naviyati takomiliga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning biz uchun ardoqli bebaho 32 merosini o’rganish, shu bilan birga, ularning ibratli hayoti va ijodi, benazir kashfiyotlarining jahonshumul ahamiyati haqidagi bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan harakat bugun o’z samarasini bermoqda. O’tgan davr ichida, Ahmad Farg’oniy, Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabi o’nlab allomalarimizning xalqaro miqyosda o’tkazilgan tavallud sanalari, ularning qadamjolarini obod etish va asrab–avaylash borasidagi ulkan ishlar xalqimizning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitibgina qolmasdan, buyuk o’tmishimizdan meros bebaho ma’naviy mulkning jahon miqyosida yanada chuqurroq tushunilishi va keng e’tirof etilishiga xizmat qildi. CHindan ham, buyuk iste’dod va qobiliyatga ega bo’lgan ajdodlarimiz 4–5 ming yillar ilgari O’rta Osiyoning murakkab sharoitida sug’orma dehqonchilik madaniyatini yaratganlar, suv inshootlarini qurish bo’yicha muhandislik hisob– kitoblarining ilk tajribaviy (empirik) va ilmiy asoslarini shakllantirganlar. SHuning natijasida obod vodiy va vohalarda aholi kontsentratsiyasi mintaqamizga xos urbanistik jarayonlarni ham yuzaga keltirgan. Samarqand, Buxoro, SHahrisabz, Qarshi, Xiva, Termiz, Toshkent, Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarimizning ketma–ket nishonlangan tarixiy sanalari qadimiy shaharsozlik va shahar madaniyati markazlarining ilm–fan va madaniyat taraqqiyoti uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etganini namoyish qildi. Mustaqillik yillarida buyuk allomalarimiz xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyatimiz ma’naviyatini yuksaltirish va yoshlar ongida ajdodlar merosiga hurmat ruhini kuchaytirish va ularning ota–bobolarimizga munosib avlod bo’lib kamol topishida muhim tarbiyaviy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Haqli ravishda qayta tiklanish o’n yilligi deb aytish mumkin bo’lgan 1991–2001 yillarda O’zbekiston hududida xalqimiz tarixini o’zida mujassam etgan 2000 dan ortiq tarixiy yodgorlik ta’mirlangani va bu ishlarning izchil davom ettirilayotgani boy merosimizni asrab–avaylashga qaratilgan ulkan e’tibor natijasidir. 33 Azaldan yurt tinchligi va obodligi, yangi avlodning ajdodlar ruhiga sadoqati, ulardan qolgan merosni avaylash va boyitishga safarbar qilib tarbiyalash yo’lida hormay–tolmay mehnat qilib, yashab kelayotgan xalqimizning buyuk farzandlari asrlarosha jahon taraqqiyotiga beqiyos hissa qo’shib kelganlar. Ularning ilm–fan va ma’naviyat sohalarida erishgan yuksak natijalari SHarqu G’arbni o’zaro bog’lagan, buyuk tsivilizatsiya o’choqlarini tutashtirgan. Ayniqsa, o’rta asrlarda yurtimiz zaminidan o’nlab buyuk olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi tabiat va jamiyatshunoslik fanlarining barcha sohalariga oid asarlari faqat O’rta Osiyo xalqlarining emas, balki butun dunyo xalqlarining ma’naviy mulkidir. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqand shahrida 2014 yilning 15–16 may kunlari bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy konferentsiya O’rta asr SHarq ilm–fani taraqqiyoti, SHarq allomalari va mutafakkirlarining ilmiy merosi va uning bugungi tsivilizatsiya taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati masalalarini yoritishga qaratilgani bilan dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg’otdi. Konferentsiyada nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, ellikka yaqin mamlakat, shu jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Misr, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Rossiya, Ozarbayjon kabi davlatlardan taniqli olimlar, oliy ta’lim muassasalari professorlari, ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etgani, ularning har biri ushbu anjuman, yurtboshimizning unda so’zlagan nutqi haqida bildirgan va bildirayotgan fikr–mulohazalari aynan shundan dalolat beradi. Xalqaro konferentsiyaning Samarqand shahrida o’tkazilgani bejiz emas. Ma’lumki, bu ko’hna shahar jahon tsivilizatsiyasining qadimiy o’choqlaridan biridir. Bu haqda Prezidentimiz bunday dedi: “Bugungi konferentsiyamiz o’zining salkam uch ming yillik tarixi mobaynida dunyo tsivilizatsiyasi va turli xalqlar madaniyati chorrahasi bo’lib kelgan va kelayotgan Samarqand zaminida o’tkazilayotgani bu anjumanga alohida ma’no–mazmun bag’ishlab, uning ahamiyatini yanada oshiradi”. 34 Doimo ilm–fan va madaniyat taraqqiyotining yirik markazlaridan biri bo’lib kelgan Samarqand, uning muhtasham obidalari qadimiy shaharlarimiz silsilasida mujassam bo’lgan ajdodlarimiz dahosining mushtarak timsolidir. Binobarin, Samarqandning go’zal va so’lim tabiati, qadimiy obidalari bilan uyg’un holda mustaqillik yillarida barpo etilgan yangi va chiroyli, zamonaviy inshootlari butun dunyoni o’ziga maftun etmoqda. Bu haqda Prezidentimiz o’z nutqida quyidagi fikrlarni bayon etdi: “Ko’hna va hamisha navqiron Samarqand shahri betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, bu yerda saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan sayyoramizning turli o’lkalarida afsonaviy shahar sifatida ma’lumu mashhurdir. Moviy gumbazlari millionlab sayyohlarni o’ziga maftun etadigan Samarqandning Rim bilan bir qatorda “abadiy shahar” degan nom bilan butun dunyoda shuhrat qozongani bejiz emas, albatta”. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, tuprog’ining har bir zarrasida ulug’ bir hikmat, har bir ko’chasi, maydon va xiyobonida salobat, fayzu tarovat bo’lgan qadimiy va navqiron Samarqandning har bir g’ishtida bunyodkor xalqimizning buyuk iste’dodi va mahorati, boqiy qadriyatlari mujassam. Ayni shu mulohazalar asosida mazkur yuksak nufuzli xalqaro konferentsiyaning Samarqandda, qadimiy chiroyi va salobatini tiklabgina qolmay, istiqlol yillarida yanada ko’rku tarovat kasb etgan shaharda o’tkazilishi anjuman g’oyasining to’liq ifodasi uchun xizmat qildi. CHindan ham, mustaqillik yillarida Samarqand kundan–kunga go’zallashib bormoqda. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. SHaharning markaziy xiyobonining sharqiy tarafida Amir Temurning haykali savlat to’kib turibdi. SHahardagi tarixiy obidalarda ulkan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi hamda shaharning tarixiy va zamonaviy qiyofasining uyg’unligi ta’minlandi. YuNESKO qaroriga muvofiq, 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Ushbu qutlug’ to’y arafasida boqiy shahar yanada go’zallashdi. Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim va 35 SHohi Zinda yodgorliklari hamda Ulug’bek rasadxonasini bir–biriga bog’lovchi kichik halqa yo’lining qurilishi shahar ahli va sayyohlar uchun yana bir qulaylik yaratdi. Prezidentimiz rahnamoligida Samarqandning asl tarixiy qiyofasini tiklash, iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. SHahar aholisi va mehmonlarga har tomonlama munosib sharoit yaratish maqsadida barpo etilgan magistral yo’llar, bog’u xiyobonlar, ta’lim muassasalari va sport inshootlari, tibbiyot maskanlari, mehmonxonalar qadimiy shahar ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda. Konferentsiya ishtirokchilari, ayniqsa, chet ellik olimlar, Samarqandning bugungi salobati va ko’rkini yuksak baholadilar. Jumladan, YuNESKO Bosh direktorining o’rinbosari, Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy byurosi direktori Xubert Gizen O’rta asrlar SHarq allomalarining dunyo tamaddunida tutgan o’rni, ilm–fan va san’at rivojiga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritar ekan, mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash, boy tariximizni o’rganish, fan va ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan alohida va izchil e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik izhor etdi. Anjumanning yalpi va sho’’ba majlislarida Jon Xopkins (AQSH) universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi professor Frederik Starr, yaponiyalik boburshunos olim, Ryukoku universiteti professori Eyji Mano, Qohira universiteti professori Magida Mahluf, “Abu Ali ibn Sino – Frantsiya” uyushmasi prezidenti, professor Mark Bonnel, belgiyalik professor Yul Yanssens, Niderlandiyaning Utrext universiteti dotsenti Vilfridde Graaf, Yaponiyaning Tokai universiteti professori, sharqshunos olim Masataka Takeshita, Xitoy Fan va texnologiyalar universiteti Tarix va arxeologiya fakulьteti rahbari, professor SHi Yunli, O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladze va boshqa ko’zga ko’ringan olimlar o’z ma’ruzalarida o’rta asrlar SHarq allomalarining hayoti, faoliyati, ilm–fan sohasidagi yutuqlari va noyob kashfiyotlarining o’rni, ularning merosi o’z ahamiyatini hozirga qadar yo’qotmasdan, jahon tsivilizatsiyasining buguni va kelajagiga xizmat qilayotgani haqida fikr yuritdilar. 36 Dunyoda kamdan–kam o’tkaziladigan bunday dolzarb mavzudagi xalqaro konferentsiya o’zining ilmiy–amaliy ahamiyati hamda ajdodlar merosini boyitish va tadqiq etish borasida tom ma’noda ulkan voqea bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mazkur xalqaro anjumandagi nutqi yurtimiz farzandlarini ajdodlarimizga munosib avlod etib tarbiyalash va ularda vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish hamda bu boradagi targ’ibot ishlarini tizimli tashkil etishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. 37 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzucidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi nutqini oliy ta’lim tizimida o’rganish bo’yicha maxsus kursning tarkibiy tuzilishi T/r Mavzuning nomi Ajratilgan o’quv soatlari 1 Tinchlik va barqarorlik bo’lgan joydagina ilm–fan rivojlanadi, ravnaq topadi 2 soat 2 SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki 2 soat 3 Tarixiy, madaniy va intellektual merosni asrab–avaylash va boyitish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash – yuksak taraqqiyot asosi 2 soat 4 Davra suhbati. Unda Konferentsiyaning SHarq, jumladan, O’zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar merosi jahon tsivilizatsiyasi yutuqlarining ajralmas qismi ekanini tushunish, anglash, mamlakatimizda ajdodlar merosini chuqur o’rganish, uni zamonaviy ilm–fan yutuqlari asosida boyitish, madaniyat, ta’lim–tarbiya sohasidagi islohotlarimiz natijalari bilan jahon jamoatchiligini yana bir bor yaqindan tanishtirishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgani ochib beriladi va umumlashgan xulosalar chiqariladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling