O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
Ta’lim sohasidagi yutuqlar xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- X. Komatsu, Tokio Xorijiy tadqiqotlar universitetining O’zbek tili fakulьteti rahbari, professor
- U. Xirota, mazkur universitet talabasi
- Jozef Adaykalam, “Vinary” Menejment va tadbirkorlik universiteti ijrochi raisi (Malayziya)
- Enn De Pap, Gent universiteti rektori, professor (Belьgiya)
- Jan Blankoff, ekspert, Bryusselь erkin universitetining faxriy professori
- Frank SHvalьba–xot, Yevropa parlamentining yetakchi eksperti
- Irnerio Seminatore, Evropa xalqaro munosabatlar instituti prezidenti
- B. Madxukar, “Hindiston – MDH” savdo–sanoat palatasi hamraisi, doktor
- Foydalanilgan adabiyotlar 114
Ta’lim sohasidagi yutuqlar xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda: K. Xayashi xonim, Tokio Xorijiy tadqiqotlar universiteti vitse–prezidenti (Yaponiya): Mamlakatlarimiz o’rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va uning ko’lamlarini kengaytirish masalasiga Yaponiya katta e’tibor bilan qaraydi. Hozirgi vaqtda Tokio universiteti tomonidan O’zbekiston oliy o’quv yurtlari bilan sermahsul aloqalar yo’lga qo’yilgan. Buni qator qo’shma ilmiy tadqiqot loyihalarining hayotga tatbiq etilayotganida ham ko’rish mumkin. K. Xayashi Yaponiya ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o’zbekistonlik talabalarning bilimga chanqoq va tirishqoqligi haqida to’xtalar ekan, bu respublika rahbariyati tomonidan barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga qaratilayotgan ulkan e’tiborning natijasi ekanligini ta’kidladi. X. Komatsu, Tokio Xorijiy tadqiqotlar universitetining O’zbek tili fakulьteti rahbari, professor: U ikki mamlakat ilm–fan doiralari vakillari o’rtasida o’zaro fikr almashish uchun qulay va samarali minbarga aylangan O’zbekiston – Yaponiya akademik forumining ishiga yuksak baho berdi. “Darhaqiqat, o’zbekistonlik talabalar fanning iqtisodiyot, tilshunoslik va huquqshunoslik singari yo’nalishlarida chuqur bilimlarga ega ekanliklarini namoyon qilishmoqda. Hozirgi vaqtda fakulьtetimizda 25 nafar yapon talabasi o’zbek tilini o’rganmoqda. Biz o’zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uni yangi mazmun bilan boyitish istagidamiz”, dedi yapon professori 23 . U. Xirota, mazkur universitet talabasi: U respublikamizda ta’lim jabhasida ro’y berayotgan keng ko’lamli o’zgarishlardan yaxshi xabari bor ekanligini ma’lum qildi. “O’zbekiston bo’ylab safarim chog’ida quyoshli o’lkangiz bag’rida qad ko’targan tarixiy shaharlarning mahobati, betakror go’zalligi hamda o’zbek xalqining samimiyati va mehmondo’stligi menda unutilmas taassurotlar qoldirdi”, – dedi u. 23 Таълим соҳасидаги ҳамкорлик масалаларига бағишланди // Халқ сўзи, 2014 йил 15 январь. 109 Jozef Adaykalam, “Vinary” Menejment va tadbirkorlik universiteti ijrochi raisi (Malayziya):...Ta’lim tizimidagi islohotlar kishida alohida taassurot qoldiradi. O’qitish darajasi hamda sifatini oshirishga yo’naltirilgan ta’lim me’yorlari va dasturlarining takomillashtirilgani, yangi maktab, akademik litsey, kollej hamda oliy o’quv yurtlarining barpo etilgani va moddiy–texnika bazasi mustahkamlangani alohida e’tiborga sazovordir. 2014 yil O’zbekistonda “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilingani aholi turmush darajasini yuksaltirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora–tadbirlarning mantiqiy davomi bo’ldi. Bu o’sib kelayotgan avlod uchun, uning ham jismonan, ham ma’nan barkamol rivojlanishi uchun ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik tasdig’idir. 24 Enn De Pap, Gent universiteti rektori, professor (Belьgiya): 2013 yili O’zbekiston ijobiy natijalarni qo’lga kiritgani u so’nggi yillar davomida iqtisodiy jihatdan kuchli davlat qurish hamda dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlari qatoridan joy olish yo’lida hayotga tatbiq etgan chora–tadbirlarning to’g’ri ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o’sib kelayotgan yosh avlod masalalariga qaratilayotgan e’tibor O’zbekistonning bundan keyingi taraqqiyotiga ham mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Respublikaning ta’lim jabhasida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlaridan xabardor bo’lganim holda shuni ayta olamanki, O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining jihozlanish darajasi Yevropa oliy ta’lim muassasalari bilan raqobatlasha oladi. 25 Jan Blankoff, ekspert, Bryusselь erkin universitetining faxriy professori: O’zbekistonda ham iqtisodiy jihatdan, ham zamonaviy texnologiyalar rivoji nuqtai nazaridan katta salohiyat bor. Mustaqillik yillarida O’zbekiston o’z rivojlanish yo’lini aniq belgilab olgan mamlakat sifatida xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ektiga aylandi. Ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy sohalarda 24 Ўзбекистон эришган муваффақиятлар малайзиялик мутахассислар нигоҳида // Халқ сўзи, 2014 йил 25 январь. 25 Ўзбекистон модернизация ва демократлаштириш йўлидан бормоқда // Халқ сўзи, 2014 йил 31 январь. 110 muvaffaqiyatli qarorlarning qabul qilinishi, eng avvalo, oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishda mavjud imkoniyatlar to’g’ri hisobga olinganining samarasidir. Prezident Islom Karimov yetakchiligida uzoqni ko’zlangan ichki va tashqi siyosat yuritilmoqda. Bugun mamlakat ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va jamiyatni yanada demokratlashtirish yo’lidan borayotir. O’zbekiston faol ravishda milliy sanoatni rivojlantirmoqda, o’z byudjetining salmoqli qismini ta’lim tizimi, ilm–fan va sog’liqni saqlash saholarining taraqqiyoti uchun yo’naltirmoqda. Frank SHvalьba–xot, Yevropa parlamentining yetakchi eksperti: - Men O’zbekistonda bir necha marta bo’lganman. Yurtingizga har bir safarim chog’ida respublikada mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan o’zgarishlardan xayratga tushganimni ham yashirmayman. Ta’lim tizimini takomillashtirish bo’yicha ko’rilayotgan chora–tadbirlar mamlakatning har tomonlama o’sishi uchun mustahkam asos yaratadi. Ma’nan yetuk va barkamol avlodni shakllantirish, olib borilayotgan islohotlar, jumladan, boshlang’ich maktablarda xorijiy tillarni o’rganishning joriy qilinishi yuksak bahoga sazovordir. Bular o’z mahsulini berishi va yoshlarning bilim darajasini yanada yuksaltirishi, shubhasiz. Biz O’zbekiston va Yevropa oliy o’quv yurtlari o’rtasida talabalar, o’qituvchilar hamda tadqiqotchilar almashuvlarini tashkil etishga hissa qo’shishga tayyormiz. 26 Irnerio Seminatore, Evropa xalqaro munosabatlar instituti prezidenti: ...Men o’zbek oilalarida farzandlarga qaratiladigan katta e’tibor bilan tanishman. SHu bois O’zbekistonda 2014 yilning “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilinishini qo’llab–quvvatlayman. Bu nafaqat xalqingiz mentalitetini namoyon etadi, balki mamlakat rahbariyati tomonidan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga berilayotgan jiddiy e’tibordan dalolatdir. B. Madxukar, “Hindiston – MDH” savdo–sanoat palatasi hamraisi, doktor: 26 Ўзбекистонда хориж сармояларини жалб қилиш учун чуқур ўйланган ва оқилона ёндашув мавжуд // Халқ сўзи, 2014 йил 8 февраль. 111 – Dunyoning qator mamlakatlari global moliyaviy–iqtisodiy inqirozning salbiy ta’siri oqibatlaridan qutila olmayotgan bir paytda O’zbekistonda bir necha yillardan buyon yalpi ichki mahsulot o’sishi hajmi barqaror ravishda 8 foizdan ziyod ko’rsatkichni tashkil etib kelayotgani xususida to’xtaldi. Juda katta e’tiborga sazovor bo’lgan bunday o’sish mamlakatda iqtisodiy islohotlar naqadar izchil va jadallik bilan amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. O’zbekistonda erishilayotgan ijtimoiy–iqtisodiy muvaffaqiyatlar prezident Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan oqilona va uzoqni ko’zlagan siyosatning mevasi ekanini alohida ta’kidlashni istardim. Mamlakatingizda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlarda ikki jihat hamisha mening e’tiborimni o’ziga tortib kelgan: biri – davlat tomonidan olib borilgan faol ijtimoiy siyosat bo’lsa, ikkinchisi, sanoatni rivojlantirish borasidagi izchil sa’y– harakatlardir. Bundan atigi 20 yil avval agrar mamlakat hisoblangan O’zbekistonda bugungi kunga kelib nafaqat mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq–ovqat sanoati rivojlanmoqda, balki telekommunikatsiya uskunalari, kompьyuter texnikasi, uyali telefonlar, turli maishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi, zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda. Albatta, bularning barchasi o’z mevalarini bermoqda. SHu bois bugun mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 24 foizdan ziyodni tashkil etayotir. O’zbekiston o’zining yorqin kelajagi sari dadil qadamlarni tashlamoqda. O’zbekiston Prezidentining ma’ruzasi bilan tanishgan kishi yurtingizda kechayotgan ijtimoiy–iqtisodiy islohotlar aholi farovonligini ta’minlashga yo’naltirilganini yaqqol ko’radi. 27 27 Ўзбекистон ривожланиш йўлида дадил қадамлар ташламоқда // Халқ сўзи, 2014 йил 30 январь. 112 Xulosa Har bir xalq o’zining buyuk ajdodlari bilan faxrlanadi va ularga munosib avlod bo’lishga, ularning merosini boyitish va ko’paytirishga bel bog’laydi. Ana shunday ulug’ fazilat bizning xalqimizga ham xos bo’lib, istiqlol yillarida u hayotda o’zining to’la aksini topdi. Samarqand shahrida “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferentsiya ajdodlarimiz merosini o’rganish va boyitish yo’lidagi sa’y–haraktalarning tom ma’nodagi yorqin ifodasi bo’ldi. Konferentsiyaning o’tkazilishi va uning natijalari buyuk allomalarimizning bugungi kungacha yetib kelgan ilmiy traktat va kashfiyotlarining g’oyatda ulkan rolini anglab yetishda, bu ilmiy merosni boyitish, ularga munosib avlodni voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, O’rta asrlar SHarq allomalarining merosini hamkorlikda o’rganish bo’yicha yurtimiz va xorijiy mutaxassislar o’rtasida mustahkam ilmiy aloqalarni o’rnatishda konferentsiyaning ahamiyati beqiyosdir. Xalqaro konferentsiya natijalari va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning undagi nutqi O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyatini yanada chuqur anglash, bu jarayonning faol ishtirokchisi bo’lish borasida quyidagi xuloslarni chiqarishga asos bo’ladi: Birinchidan, konferentsiyaning ilmiy–amaliy ahamiyati shundaki, u o’tmish va kelajak, ajdodlar va avlodlar o’rtasida o’zaro uyg’unlikni ta’minlab, yuksak taraqqiyot sari yetaklovchi omillardan biriga aylandi va bu boradagi maqsad va vazifalarimizni to’laqonli namoyon etdi; Ikkinchidan, konferentsiya mamlakatimizning madaniy sohadagi rivoji va uning dunyo hamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni va nufuzini yana bir bor ta’kidlab, dunyo hamjamiyati tamadduniga yurtimizning buyuk mutaffakkirlari qo’shgan hissasini bilish, o’rganish va targ’ib etish hamda mamlakatimizda bugun amalga 113 oshirayotgan bunyodkorlik ishlarini ham xalqaro jamoatchilik oldida namoyon etdi. Uchinchidan, bunday dolzarb mavzudagi xalqaro konferentsiyaning dunyoda kamdan–kam bo’lishi, uning natijasi va juda boy materiallari xalqaro ilmiy jamoatchilikning e’tiborini bu jarayonga jalb etish, tadqiqot ishlarida hamkorlik ko’lami va qamrovini oshirish uchun keng sharoitlar yaratishga zamin hozirlaydi. To’rtinchidan, SHarq buyuk mutafakkirlari hayoti va faoliyati, ular qoldirgan ilmiy meros ma’naviy jasorat namunasi, ibrat va tarbiya manbai ekani, bu merosni asrab–avaylab, o’sib kelayotgan yosh avlodga bezavol yetkazishga yo’naltirilgani bilan bu anjuman muhim ahamiyatga egadir. Beshinchidan, mamlakatimiz va xorijdagi tegishli yetakchi universitetlar, ilmiy– tadqiqot markazlari o’rtasida SHarq mutafakkirlari merosini o’rganish va tadqiq etishda o’zaro hamkorlikning har tomonlama mustahkamlanishida bu konferentsiya muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Oltinchidan, bu konferentsiya materiallari xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizning milliy g’urur va iftixor tuyg’usi bilan, “Biz dunyoda hech kimdan kam bo’lmaganmiz va hech qachon kam bo’lmaymiz”, – deb boshini baland ko’tarib yashashga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Yurtboshimiz Islom Karimov mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilar ekan, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g’ururlanishimiz kerak”, – deb aytadi. Ayni vaqtda “Faqat g’ururlanishning o’zi yetarli emas, kelinglar, o’zimiz ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o’z hissamizni qo’shaylik!” – deb takror, takror ta’kidlaydi. O’ylaymizki, har bir vatandoshimiz, hoh o’qituvchi, xoh talaba bo’lsin, bundan xulosa chiqarib, buyuk ajdodlarimiz ishlarini izchil davom ettiradi hamda o’zining intelektual salohiyatini namoyon etib, yurtimiz ravnaqi yo’lida bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etadi. Ana shunday insonlar vatanparvar, ona yurtiga sadoqatli, irodali, o’zining faol fuqarolik pozitsiyasiga ega inson ekanliklarini namoyon etishga qodir bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 114 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2012. – 40 bet. 2. Karimov I.A. “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi nutq. Xalq so’zi, 2014 yil 16 may. 3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T.: O’zbekiston, 1998. 4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 5. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O’zbekiston, 2009. 6. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997. – 326 b. 7. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma–bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimizdir. – T.17.– T.: O’zbekiston, 2009. 8. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko’tarilish sari. – T.18.– T.: O’zbekiston, 2010. 9. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. – T.19. – T.: O’zbekiston, 2011. – 217–bet. 10. Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo’lida. – T.21. – T.: O’zbekiston, 2013. 11. Karimov I.A. 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi // Xalq so’zi, 2014 yil 18 yanvarь. 12. Karimov I.A. 2012 yil 16 mart kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqi // Xalq so’zi, 2012 yil 17 mart. 115 13. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb–hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora–tadbirlar to’g’risida”gi Qarori // Xalq so’zi, 2012 yil 29 may, № 104 (5524) 14. CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari to’risida”gi Qarori // Ma’rifat, 2012 yil 21dekabrь, № 99 (8540) 15. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyulda “Oliy malakali ilmiy va ilmiy–pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni // Xalq so’zi, 2012 yil 25 iyulь, №145 (5565). 16. O’rta asrlar SHarqining mashhur olim va mutafakkirlari: kitob–alьbom. SH.Salihov va boshq. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2014. – 156 b. 17. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – T.: O’qituvchi, 1992. 18. Amir Temur jahon tarixida (Mas’ul muharrir H.Karomatov; Mualliflar jamoasi: S.Saidqosimov (rahbar) A.Ahmedov, B.Ahmedov va boshq. To’ld. va qayta ishlangan 2–nashri. – T.: SHarq, 2001. – 304 b. 19. Ali Yazdiy, SHarafiddin. Zafarnoma. – T.: “Fan”, 1972, – 1239 b. 20. Allomaning aql mash’ali // Xalq so’zi, 2003 yil 25 oktyabrь. 21. Beruniy A.R. O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1–jild. A– Beshbaliq. Tahrir hay’ati: M. Aminov, B. Ahmedov, H. Boboev va b. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. – 736 b. 22. Beruniy A.R. Feruza: (Javohirlar haqida naql va hikoyalar). – T.: A. Qodiriy nomidagi “Xalq merosi” nashr. – 1993. – 94 b. 23. Beruniy A.R. 100 hikmat: ibratli so’zlar. – T.: Fan, 1993. – 20 b. 24. Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to’plami. – T.: SHarq, 2001. 25. Farzandlari sog’lom mamlakatning kelajagi buyukdir // Xalq so’zi, 2014 yil 22 fevralь. 116 26. Samadov A. Sport va sog’lom oila – sog’lom bola va sog’lom jamiyat asosi // Xalq so’zi, 2014 yil 29 yanvarь. 27. Solihov SH. Ilm–fan – mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri // Ma’rifat, 2013 yil 18 dekabrь. 28. Quronov M., Mirzaev G’., Quranbaev Q. va boshq. Qadr–qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston! Uslubiy qo’llanma. – T.: Ma’naviyat, 2013. 29. SHaropov SH. O’zbekiston ta’lim tizimi: yana bir yuksak e’tirof // Xalq so’zi, 2012 yil 28 avgust. 30. Mamatov A. Kelajagimizning mustahkam poydevori // Xalq so’zi, 2012 yil 4 oktyabrь. 31. Yuksak malakali kadrlar mamlakatimizni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi // Xalq so’zi, 2012 yil 19 dekabrь. 32. Xodiev B. Kadrlar tayyorlash tizimining yuksak samaralari // Ma’rifat, 2013 yil 4 dekabrь. 33. Mametova M. Yosh olimlarimizning ijodiy salohiyati // Ma’rifat, 2013 yil 28 dekabrь. 34. Quronov M. Qudratli elning bolalari sog’lom bo’lur // Ma’rifat, 2014 yil 8 yanvarь. 35. Ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga bag’ishlandi // Xalq so’zi, 2014 yil 15 yanvarь. 36. Ortiqov SH. Ezgulik, g’amxo’rlik, barkamollik // Xalq so’zi, 2014 yil 22 yanvarь. 37. O’zbekiston erishgan muvaffaqiyatlar malayziyalik mutaxassislar nigohida // Xalq so’zi, 2014 yil 25 yanvarь. 38. O’zbekiston modernizatsiya va demokratlashtirish yo’lidan bormoqda // Xalq so’zi, 2014 yil 31 yanvarь. 39. Vakilov T., Abdullaev H. Attestatsiya va akredatsiya jarayonida ta’lim muassasalari faoliyati chuqur tahlil etilmoqda // Ma’rifat, 2014 yil 25 fevralь. 117 40. Amerika O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda “kashf etilgan”mi? // Xalq so’zi, 2014 yil 5 iyulь. 41. O’zbekiston tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab–avaylash va uni boyitish haqida qayg’uradi// Xalq so’zi, 2014 yil 8 iyulь. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling