O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy jasorati – kelajak avlod
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ислом Каримов
1.2. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy jasorati – kelajak avlod uchun tarbiya va ibrat manbai O’zbekiston xalqi ko’pni ko’rgan, yelkasida tarix sinovlarini, ijtimoiy xulosasini yelkalagan, o’ziga ham o’zgalarga ham tinchlik, osoyishtalik, farovon hayotni tilab kelgan, shu niyatda butun insoniyat tsivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qo’shgan xalq. Bugun ham xalqimiz ota–bobolarimizdan meros bo’lib qolgan o’zining ana shu ezgulik bayrog’ini qo’lidan tushirgani yo’q. Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizga hurmat–ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o’rganishga qiziqish hamisha yuqori bo’lgan. Buning tasdig’ini turli mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgani, ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilganida ham ko’rish mumkin. Belgiya va Latviyada Ibn Sinoga, Latviyada Mirzo Ulug’bekka, Yaponiya, Rossiya va Ozarbayjonda Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad Farg’oniyga o’rnatilgan haykallar xalqimiz tarixiga chuqur hurmat ifodasidir. O’rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon tsivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo’shgan SHarq allomalari va mutafakkirlarining qomusiy bilimlari oldida hayratlanamiz. Afsuski, o’sha tarixiy davrlarda yuz bergan har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk merosning bir qismigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Tarixning zulmat va jaholat hukmronlik davrlarida olimlarning quvg’in va ta’qibga uchrashi, shunday paytda ham irodali va qatiyatli bo’lib o’z maqsadi va intilishidan qaytmasligini o’sha davrni jasorati siftida e’tirof etish mumkin. SHarq xalqlarining o’rta asrlarda erishgan yutuqlari umuman badiiy tafakkurning barcha sohalariga kuchli ta’sir ko’rsatgan: matematika va astronomiyadan boshlab she’riyat va nasrgacha G’arbiy uyg’onish davrida ijod qilgan mashhur Yevropa olim va yozuvchilarining asarlarida SHarq Qur’oni karim va hadislarga, Xorazm, Buxoro va Samarqandda yashagan fan va ta’lim namoyandalariga, bu yerda tashkil topgan ilmiy va adabiy muhit, mazmun va janrlarga, devonu ruboiylarga, arab va fors tilida bitilgan xatlarga murojaatlar 54 ko’pdan–ko’p uchraydi, jumladan, “algebra” va “meditsina” so’zlarigacha. O’rta asrlardagi SHarq madaniyatini o’rganish globallashuv davrida yanada dolzarblashmoqda. Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri – o’rta asrlar tajribasiga yana bir bor murojaat etib, ming yillik sinovlaridan o’tgan ijobiy natija va madaniy boyliklarni to’laroq o’zlashtirish, insonparvarlik g’oyalaridan samarali foydalanishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu haqda shunday yozadi: “Eng muhim vazifa shundan iboratki, o’zligimizni teran anglab, mutafakkir bobolarimiz, aziz–avliyolarimiz qoldirgan bebaho merosni asrab–avaylab, yanada boyitishimiz, ulug’ ajdodlarimiz ishining munosib davomchilari bo’lmog’imiz darkor” 3 . O’zaro qarama–qarshiliklar, to’qnashuv va nizolarning birinchi qurboni sifatida bilimlar manbai hisoblangan bebaho qo’lyozma va kitoblar jabr ko’rgan. Qadimgi dunyodagi eng ulkan hisoblangan Aleksandriya kutubxonasi, Mirzo Ulug’bekning noyob kutubxonasi yo’q qilib yuborilishi o’sha davrning eng ayanchli hodisalari bo’lgan. Afsuski, bunday achinarli holat to’g’risida ko’plab misollarni keltirish mumkin. XIII asrning boshlarida mo’g’ullar bosqini Movarounnahrdagi ilm–fan rivojiga katta zarba berdi va fan taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Mo’g’ullar masjid va madrasalarga o’t qo’yib, olimu ulamolarni qatl qilganlar yoki qul qilib olib ketganlar. Muqaddas va ilmiy kitoblar yo’q qilingan. Manbalarda aytilishicha, mo’g’ul hukmdori Xulaguxon Bag’dod shahrini bosib olganidan keyin bu shahardagi barcha kitoblarni Dajla daryosiga tashlab yubortirgan ekan. Kitob siyohi suvga chiqib daryodagi suvning rangi o’zgargan va xuddi qon aralashgan suvga o’xshab qolgan. Natijada odamlar ancha vaqt mobaynida daryo suvini icha olmaganlar. Xuddi shunday ishlar Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida ham yuz bergan. Bu shaharlardagi madrasalar qoshidagi kutubxonalar butunlay yo’q qilingan. 3 Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. Т. 9. – Т.: “Ўзбекистон”, 2001. – Б. 100. 55 O’lkamizga uyushtirilgan turli davrlardagi ko’plab bosqinlar, yovuzliklar natijasida ajdodlarimizdan bizga meros bo’lib qolgan ko’plab madaniy boyliqlar, beqiyos durdonalar, noyob kitoblar yo’q bo’lib ketdi. O’rta asrlarda Xorazm diyoridan olis Arabistonga borib, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan, ilm–fanning ko’plab boshqa sohalarida ham shuhrat qozongan Mahmud Zamahshariy bobomizni esga olaylik. O’zining jismoniy nogironligiga qaramasdan, dunyoning ko’plab mamlakatlariga mashaqqatli safarlar qilgan, teran bilimi va ilmiy salohiyati bilan butun islom olamini lol qoldirgan bu zot, hech shubhasiz, xalqimiz uchun ma’naviy yetuklik timsoli bo’lib qolaveradi. SHu o’rinda, bir narsani alohida ta’kidlashimiz lozimki, ulug’ ajdodlarimizdan qolgan noyob merosning katta qismi xorijiy mamlakatlarga olib ketilgan. Bugungi kunda bu noyob meros dunyoning yirik kutubxonalari, muzeylari va kollektsionerlarning bebaho mulkiga aylangan. Biroq ana shunday fojiali va ayanchli sinovlarga qaramasdan, alloma va mutafakkirlar o’zlarining ilmu fan rivoji yo’lidagi mas’uliyati, insonparvarligi va ma’rifat g’oyalariga sodiqligini to’la namoyon etganlar. Buyuk allomalarimizning ilm–fan sohasiga baxshida etgan umri, erishgan yutuqlari va kashifiyotlari bugungi ma’rifatli insoniyatni hayratga solmoqda. Ularning o’ta qiyin sharoitalarda ham huzur–halovtdan kechib, jamiyat taraqqiyoti yo’lidagi say harkatlari ma’naviy jasorat bo’lib, ularning oldida faxr–iftixor bilan ta’zim qilamiz. Bugun o’rta asrlar SHarq daholarining buyuk kashfiyotlaridan iborat ilmiy merosi chuqur va to’liq o’rganilmoqda va tadqiq etilmoqda. Milliy madaniyatimizga, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakatda xalqaro miqyosda YuNESKO bilan hamkorlikda 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi, 1994 yil – Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997 yil – Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1998 yil – Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi, 1998 yil – Imom al–Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, 1999 yil – Jaloliddin 56 Manguberdi tavalludining 800 yilligi, “Alpomish” eposining 1000 yilligi, 2000 yil – Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi, Kamoliddin Bexzod tavalludining 545 yilligi, 2001 yil – “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi, 2002 yil – Termiz shahrining 2500 yilligi, SHahrisabz shahrining 2700 yilligi, 2003 yil – Abduxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yilligi, 2006 yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi, 2007 yil – Marg’ilon shahrining 2000 yilligi, Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi. 2009 yili Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlanib, unga “Mustaqillik” ordenining berilishi yangi tariximizdagi ulkan voqea bo’ldi. Islom konferentsiyasi tashkiloti qoshidagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha muassasasi (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda “Islom madaniyati poytaxti” degan nom berilishi mamlakatimiz hayotidagi ulkan madaniy– ma’naviy voqea bo’lib, xalqimiz tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. SHarq darvozasi deb nom olgan azim poytaxtimizning ana shunday yuksak maqomga erishgani nafaqat xalqimizga, ayni vaqtda yaqin va uzoqdagi do’stlarimizga ham g’urur va iftixor bag’ishlamoqda. Yurtimizdan yetishib chiqib, islom olamida shuhrat qozongan allomalar – Bahouddin Naqshbandning 675 (1993 yil sentyabrь), Xoja Ahror Valiyning 590 (1995 yil noyabrь), Mahmud Zamahshariyning 920 va Najmiddin Kubroning 850, Imom Buxoriyning 1225 va Ahmad Farg’oniyning 1200 (1998 yil oktyabrь), Imom Motrudiyning 1130 va Burhonuddin Marg’inoniyning 910 (2000 yil noyabrь) yillik yubileylari keng nishonlandi, ularning nomi bilan bog’liq qadimiy qadamjolar obod qilindi. 1.3. Boy tariximiz, bebaho madaniy merosimizning tiklanishi va boyitilishi Istiqlol tufayli yurtimizda tarixiy adolat qaror topdi, tarixga munosabat o’zgardi. Toptalgan milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf–odatlarimiz qayta tiklandi. Aziz–avliyolarimizning muborak qadamjolari obod go’shalarga 57 aylantirildi. Vatanimiz ozodligi yo’lida jonini fido etgan yurtdoshlarimiz ruhini shod etish, nomlarini abadiylashtirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan boy tariximizni tiklash borasida amalga oshirilgan ayrim tadbirlardan quyidagilarni sanab o’tish mumkin: – 1998 yil iyulь – Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi. Aynan shu qarorga ko’ra, Yahyo G’ulomov nomidagi O’zbek davlatchiligi tarixi an’anaviy ilmiy anjumani tashkil etildi va bu anjumanda tariximizning ko’plab o’rganilmagan sahifalariga aniqlik kiritilmoqda; – 1999 yil may – Qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish jamoat tashkiloti tashkil etildi; – 1999 yil iyulь – “Qatag’on qurbonlari xotirasi” xayriya jamg’armasi tuzildi; – 1999 yil may – 2001 yil may “Qatag’on qurbonlari xotirasi” kitobi nashr etildi; – 2001 yil 31 avgust – “Qatag’on qurbonlari xotirasi kuni” deb e’lon qilindi va “SHahidlar xotirasi” muzeyi ochildi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va yuksaltirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisidir. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mustahkam iroda, iymon–e’tiqod, milliy g’urur tuyg’usi, buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan ma’naviy merosning munosib vorislari bo’lishni Тарихий хотираси бор инсон – иродали инсон. Такрор айтаман, иродали инсондир. Ким бўлишидан қатъи назар, жамиятнинг ҳар бир аъзоси ўз ўтмишини яхши билса, бундай одамларни йўлдан уриш, ҳар хил ақидалар таъсирига тортиш мумкин эмас. Тарих сабоқлари инсонни ҳушёрликка ўргатади, иродасини мустаҳкамлайди. Ислом Каримов 58 talab qiladi. Buning uchun ushbu tabarruk zaminni obod etishga o’z hayotini bag’ishlagan buyuk ajdodlarimiz nomini kelajak zafarlarga undovchi bir bayroq yanglig’ baland tutmog’imiz lozim. Ana shunday nomi millatimiz tug’iga aylangan zabardast siymo ulug’ bobokalonimiz Amir Temurdir. Sobiq tuzum davrida ko’p yillar mobaynida hattoki Yevropa davlatlari samimiy ehtirom bilan tan olgan bobokalonimiz sha’niga tuhmat va haqoratlar yog’dirib kelindi. Mustamlaka zulmi iskanjasida kun kechirgan xalqimiz buyuk ajdodini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o’ringa qo’yish imkonidan mahrum edi. Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad – xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Nihoyat, haqiqat g’alaba qilib, SHarqda tengi yo’q sarkarda, Vatan va millat mustaqilligi uchun umrini baxsh etgan mard va fidoyi inson, Markaziy Osiyoda bundan 600 yil avval ulug’ bir saltanat barpo etgan davlat arbobi istiqlol sharofati bilan o’z Vataniga qaytdi. Yosh avlod ongiga milliy ma’naviyatimiz an’analarini singdirishda buyuk sarkarda Amir Temurning “Tuzuk”lari, millat nomini yuksaklarga ko’tarishga sarf etilgan hayoti buyuk ibrat timsoliga aylandi. Mamlakatimizda ma’naviy merosga munosabat, uni o’rganish, tadqiq etish va avlodlarga yetkazish masalasi davlatning ma’naviyat sohasidagi ustuvor siyosatining ajralmas qismiga aylanganini ko’rsatadi. Bizning o’tmish madaniyatimiz butun insoniyatni qiziqtirib kelayotgani, albatta, tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Termiz, Qarshi, Toshkent, Qo’qon va Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarimiz faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha insonlar uchun qutlug’ ziyoratgohga aylangan. Mustaqillik davrida o’zbek olimlarining kuch–g’ayrati bilan tariximizning ko’pdan–ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri – XX asr boshlari tarixi yangitdan kashf etildi. Ma’naviyatni mustahkamlash uchun mehnat va mablag’ni ayash o’z kelajagiga bolta urish demakdir. Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va 59 san’atning yutuqlari har bir oilaga yetib borishi uchun qulay sharoitlar yaratish talab etiladi. Ijodiy xodimlarning ma’naviy kuchiga erkinlik berish, ularga har tomonlama yordam ko’rsatish ham katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yoshlarimiz yurtimizning ko’cha va xiyobonlari, metro va avtobus bekatlari, katta–katta maydonlar, binolarni bezab turgan o’zbekcha nomlar, shior va lavhalarni ko’rib, bularning barchasini odatiy bir hol sifatida qabul qiladi. Ilgari esa respublika shaharlarida ko’chalarga Lenin, Marks, Engelьs, Sverdlov, Metallurgicheskaya, Donbasskaya va boshqa shunga o’xshash nomlarning berilishi sobiq mafkurani xalq ongiga singdirish bilan bog’liq ishlarning natijasi edi. Qadimiy nomlarda esa ota–bobolarimizning hayot va tafakkur tarzi yaqqol o’z aksini topgan. SHuning uchun ham viloyat va hududiy toponomik komissiyalari faoliyati shaharlar, tumanlar, shahar ko’chalari, mahalla nomlari va tumanlardagi qishloqlar nomlari qayta tiklashga qaratilib, bu borada katta amaliy natijalarga erishildi. Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, o’z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik, fuqarolar yakdilligi – yosh va mustaqil O’zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o’zgartirish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga, hamjihatlik va hamkorlikka erishishda yordam beradi. Xalqimizning xotirasi ajoyib nomlarga boy. Butun jahonga mashhur bo’lgan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek, Navoiy va boshqa ko’pgina allomalarimiz insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo’shgan ulug’ siymolardir. SHarq alloma va mutafakkirlarining tengsiz asarlari bebaho boylik, o’sib kelayotgan avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai bo’lishi bilan birga yangi kashfiyotlarga yetaklaydi. Bizning davrimizgacha yetib kelgan bu boy merosdan Vatan ravnaqi yo’lida oqilona va samarali foydalanish — barcha vatandoshdarimizning burchimizdir. Bu borada fidoyi olimlarning roli alohida diqqat–e’tiborga munosib bo’lib, aynan 60 ularning mehnati tufayli biz o’tmishning bebaho ilmiy merosini qaytadan kashf etamiz. Toshkentning 2200 yillik yubileyi Vatanimiz mustaqilligi bayrami bilan birgalikda nishonlanishida o’ziga xos ramziy ma’no bor. CHunki, Toshkentning tarixi va bugungi hayoti yurtimiz tarixi va kelajagi bilan chambarchas bog’liq. YuNESKO Bosh konferentsiyasining Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlash to’g’risidagi 2007 yil 2 noyabrdagi 34–sessiyasida qabul qilingan qarori jahon hamjamiyati tomonidan yurtimiz tarixining, qadimiy shahrimiz dunyo tamadduniga qo’shgan hissasining o’ziga xos e’tirofi bo’ldi. Prezidentimizning 2008 yil 2 aprelda qabul qilingan “Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga binoan amalga oshirilgan ishlar poytaxtimizning ijtimoiy–siyosiy mavqei va salohiyatini yanada yuksaltirish, uning xalqaro miqyosda yanada ulug’vorlik kasb etishiga xizmat qilmoqda. 2009 yilning aprelь oyida YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Toshkentning 2200 yilligi keng nishonlandi. Toshkentda azim shahrimizning tarixiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy konferentsiyada Osiyo va Yevropa tsivilizatsiyasining turli davrlarida poytaxtimizning tutgan beqiyos o’rni dunyo olimlari tomonidan alohida ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2009 yil 20 avgustdagi farmoniga binoan, yurtimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo hamkorlik, xalqlar o’rtasidagi do’stlik munosabatlarini rivojlantirishga qo’shgan katta hissasi, ezgu an’analarni Биз бу масалага ана шундай илмий асосда ёндашиб, қадимий тарихимизни ўрганиш ва баҳо беришда унинг бирор-бир даври ёки жабҳасини эътибордан четда қолдирмасликка ҳаракат қилдик. Жумладан, мустамлакачилик ва совет давридаги оммавий қатағонлар пайтида зулм ва зўравонлик қурбони бўлган, истиқлол йўлида жон фидо этган аждодларимизнинг ҳурмати ва хотирасини жойига қўйиш, уларнинг эл-юрт озодлиги йўлидаги ишлари, қолдирган меросини излаш ва ўрганишни айнан ана шундай маънавий негизда йўлга қўйганимизни қайд этиш зарур. Ислом Каримов 61 saqlash, madaniy, ma’naviy–ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari uchun hamda 2200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlandi. Prezidentimiz Islom Karimov ushbu yuksak mukofot – “Mustaqillik” ordenini azim poytaxtimiz bayrog’iga qadab qo’yganida barchamizning qalbimiz g’urur– iftixor tuyg’ulariga to’ldi. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ta’kidlanganidek, “Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o’z maqsad–muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi”. 9 may kunini mamlakatimizda “Xotira va qadrlash” kuni sifatida nishonlashga qaror qilingani, hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to’laqonli tiklash yo’lida hayotning o’zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo’lganini aytish lozim. SHu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini o’zida ifoda etgan eski yodgorliklar o’rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga hamohang bo’lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali o’rnatildi. Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarga zarhal harflar bilan yozib qo’yilgani, ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat “Xotira” kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz tarixida ibratli ma’naviy voqea bo’ldi. Axir faqatgina O’zbekistonning o’zida kitob fondlarida 100 mingtadan ziyod qo’lyozma asarlar saqlanmoqda. Ularning asosiy qismi YuNESKOning Madaniy meros ro’yxatiga kiritilgan. O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining 62 qo’lyozmalari Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Frantsiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa ko’plab mamlakatlaridagi kutubxonalarning “oltin fond”ini tashkil etadi. Ma’lumki, har qaysi jamiyatning demokratik nuqtai nazardan yangilanishi va yuksalishi shu jamiyatning, shu davlatning taraqqiyoti mahsulidir. O’zbekiston o’z kuchiga, aqlu zakovatiga ishonib, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurmoqda. Kishilarimizda o’zining aqlu idrokiga, intellektual salohiyatiga, yaratuvchilik kuchiga, ma’naviyatiga ishonch uyg’ondi. Xalqimizda, fuqarolarimizda milliy o’zligini anglash va namoyon etish istagi barqaror qadriyatlarga aylanib mamlakatimizda kechayotgan demokratik jarayonlarga va chuqurlashayotgan islohotlarga ma’no, yo’naltiruvchilik ruhiyatini baxsh etmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling