O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning xalqaro konferentsiyadagi nutqida faoliyati e’tirof etilgan xorijlik olimlar Davlat nomi
- Takashi Ito – Yaponiya Milliy astronomik rasadxonasi Astrofizika departamenti direktorining o’rinbosari
- Gakugei Xaruo Kobayashi – Tokio universiteti professori
- Masata Takeshita – Tokio universiteti professori
- Yanush KJIZOVSKIY, Varshava universiteti kafedra mudiri (Polьsha)
- SHioya AKIFUMI, TSukuba universiteti professori (Yaponiya)
- Siddxart SAKSENA, Kembrij universitetining Markaziy Osiyo bo’yicha forumi raisi (Buyuk Britaniya)
- Edgar KLOZE, Brandenburg Texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish va qo’llab–quvvatlash instituti direktori
Islom Karimov Asosiysi, ayni paytda ham ana shunday ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi jahon olimlari, xalqaro jamoatchilikni o’ziga maftun etib kelmoqda. Samarqand shahrida o’tkazilgan xalqaro ilmiy konferentsiya yuqoridagi fikrni yana bir bor isbotladi. Anjumanda yurtimiz va xorijlik olimlar SHarq mutafakkirlari ilmiy faoliyatiga bag’ishlangan ma’ruzalar qildilar. Anjuman ishtirokchilari aniq va tabiiy fanlar sohasida faoliyat yuritgan O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining ilmiy, tarixiy va falsafiy merosi, ularning astronomiya, matematika, geografiya, geodeziya, tibbiyot, farmakologiya, kimyo, mineralogiya kabi zamonaviy ilm–fan shakllanishi va rivojlanishiga qo’shgan ulkan hissasiga oid masalalarni muhokama qilib, fikr va tajriba almashdilar. “O’rta asrlar SHarq olimlarining aniq fanlar sohasida erishgan buyuk yutuqlari, ularning zamonaviy fanlarni shakllantirish va rivojlantirishga qo’shgan hissalari” (astronomiya, matematika, geografiya, geodeziya); “Tabiiy fanlar rivojiga alohida hissa qo’shgan olimlarning ilmiy merosi” (tibbiyot, farmakologiya, kimyo, mineralogiya); “Olimlar va mutafakkirlarning tarixiy va falsafiy merosi”, “Tilshunoslik va adabiyot sohasi olimlari va mutafakkirlarining ilmiy merosi” yo’nalishlarida anjuman ish olib bordi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosini har tomonlama o’rganish zaruriyatini, ularning milliy madaniyatimiz va jahon tsivilizatsiyasi rivojidagi rolini bir necha bor ta’kidlagan 74 edi. Negaki, aynan an’analar davomiyligi o’sib kelayotgan yosh avlodda milliy o’zlik – vatanparvarlik hissi, mehnatsevarlik, uning ma’naviy va axloqiy xislatlarini tarbiyalash va shakllantirishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda odamzotning ilm–fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk mutafakkirlarimiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o’zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to’ladi. CHunki vatandoshlarimiz milliy o’zlik tushunchasini o’z millatining ma’naviy o’zligi, xalqining urf–odatlari va an’analari, O’zbekistonning milliy mustaqilligi, o’z xalqining boy va mazmunli tarixi, ajdodlarining buyuk merosi kabi tushunchalar bilan bog’laydilar. Islom konferentsiyasi tashkiloti tarkibidagi tuzilma – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilishi ajdodlarimizning islom madaniyati rivojiga qo’shgan beqiyos hissasining, O’zbekistonning ilmiy madaniy yodgorliklarni, muqaddas qadamjolarni tiklash va obodonlashtirish, buyuk allomalar qoldirgan merosni asrab–avaylash va targ’ib etish yo’lidagi sa’y–harakatlarining xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofi bo’ldi. Xorijlik olimlarning bugungi kunda ham tariximiz, boy madaniy–ma’naviy merosimizni o’rganiishga qiziqishi ortib bormoqda. Ayniqsa mustaqillik yillarida bu borada shakllangan shart–sharoitlar bunga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Buning evaziga hamkorlikda olib borilayotgan keng ko’lamli ilmiy–tadqiqotlar o’z navbatida o’tmishda yaratilgan insoniyat tafakkuri xazinasi bo’lgan ilmiy merosning avlodlar va zamondoshlarimiz uchun xizmat qilishiga olib kelmoqda va tsivilizatsiyalarning uyg’unligini ta’minlamoqda. Prezidentimiz o’z nutqida yurtimiz tarixi, buyuk alloma va mutafakkirlar ilmiy merosini o’rganishda o’ziga xos hissa qo’shayotgan 10ga yaqin xorijlik olimlar ilmiy faoliyatini hurmat bilan alohida e’tirof etdilar. Jumladan, Yurtboshimiz yapon professosri Katoning xizmatlariga to’xatilib, bunday dedi: “... bizning xalqimiz oldida qilgan ezgu va olijanob ishlarini mamnuniyat bilan e’tirof etib, 75 aytmoqchiman: bu zahmatkash olim O’zbekistonning “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Bu yuksak nishon ushbu atoqli olimning hayotiy qarashlarini, e’tiqodini, butun faoliyatini yaqqol ifoda etadi, desam, o’ylaymanki, yanglishmagan bo’laman. CHunki bunday insonlar xalqlar va davlatlar o’rtasida do’stlik rishtalarini mustahkamlaydi, bunday rishtalarsiz inson, xalq, jamiyat yasholmaydi. Odamzod tabiati shundayki, u urush–janjallarga emas, balki do’stlikka, boshqa xalqlar bilan hamkor va hamjihat bo’lishga intilib yashaydi. SHuning uchun ham men bu ajoyib insonga minnatdorlik bildirmoqchiman”. Umuman olganda SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosi dunyo olimlarining doimiy nigohida bo’lib kelgan va bugungi globollashuv jarayonida, ayniqsa, bunga e’tibor va e’tirof kuchayib bormoqda. Quyida ushbu e’tiroflardan qisqa ma’lumotlar beramiz: L.Torndayk: Agar biz Alfraganus va Sakroboskoning mavjud qo’lyozmalari sonini yoxud “Astronomiya elementlari” va “Sakrobosko sferalari”ga tegishli lotincha sharhlarining sonlarini o’zaro solishtirsak, unda biz bu ma’lumotlardan qaysi biri ko’p o’qilgani va o’rganilganiga aniq baho bera olamiz. SHubhasiz, Alfraganus asarlari seviliyalik Jon va kremonlik Jerar tarjimalaridan so’ng XII asrda keng o’rganilgan. Rizoulloh Ansoriy (Hindiston): al–Farg’oniy – o’z davrining dahosidir. Rashid Rushdiy (Frantsiya): al–Farg’oniyning stereografik proektsiya nazariyasi bu sohani astronomiyadan ajratib, geometriyaning bir sohasiga aylantirib yuboradi. Fransua SHarett (Germaniya): al–Farg’oniy o’zining usturlobga oid asarida faqat stereografik proektsiyaning fundamental teoremalarini ilk bor matematik ko’rinishda ta’riflab beribgina qolmay, balki u usturlob quruvchilarni trigonometrik jadvallar bilan ta’minladi... Al–Farg’oniy bunday jadvallar bilan islom dunyosida asboblar qurish sohasida juda muhim va mustahkam an’ana yaratdi. J.Saliba (AQSH): Ahmad al–Farg’oniy astronomiyada o’zining metodiga ega tashabbuskor olimdir. Li Qibin va Li Bing (Xitoy): al–Farg’oniyning “Astronomiya asoslari” asari Xitoyda IX–X asrlarda keng tarqalgan. 76 XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Barerey (1226–1286) Beruniyga shunday baho beradi: “...Uning asarlari nihoyatda ko’p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so’z bilan aytganda, o’z davrida, undan so’ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo’lmagan”. Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Muhammad ibn Mansur al–Allomiy, al–Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi. XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, frantsuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag’ishlangan yevropalik olimlar J.Reno, E.Zaxau, G.Zuter, E.Videman, K.Nallino, J.Sarton, R.Rayt, M.Meyerxof, Osiyo olimlari S.X.Nasr, M.Kozim, S.Baraniy, M.Nizamuddin, SH.Yaltkay kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. SHu o’rinda Ahmad Farg’oniy merosini o’rganish bilan maxsus shug’ullangan tadqiqotchilarning nomlarini sanab o’tmoqchimiz. Ular: Beruniy, Ionn Sevil, Xerard Kremoniy, Gool, Regimontan, SHyoner, Xristman, Kampani, Dante, Eyler, Krachkovskiy, Qori Niyoziy, I.Mo’minov, Yushkevich, Rozenfeld, S.Sirojiddinov, Matvievskaya, Dobrovolskiy, N.Sergeeva, Rojanskaya, P.Bulgakov, A.Nosirov, H.Hikmatullaev, M.Xayrullaev, A.Ahmedov, M.Mamadazimov, SH.Egamberdiev, A.Abdurahmonov, F.Sulaymonova, A.Qayumov, A.Muhammadjonov, N.Komilov, A.A’zamov, O.Fayzullaev va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning xalqaro konferentsiyadagi nutqida faoliyati e’tirof etilgan xorijlik olimlar Davlat nomi Ismi, sharifi Ilmiy faoliyati Yaponiya professor Kato Markaziy biz uchun noma’lum bo’lgan sahifalarini Osiyo tarixi, etnografiyasi, arxeologiyasi va san’atining ochishga yordam bergan. Uning Buyuk Ipak yo’lini, Baqtriya davlatini o’rganishga bag’ishlangan ishlari, shuningdek, 1989 yildan buyon Surxondaryo viloyatining ko’hna Dalvarzintepa va Qoratepa shaharlari o’rnida olib borayotgan arxeologik 77 tadqiqotlari, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur va Markaziy Osiyoning boshqa ulug’ mutafakkirlari asarlarini yapon tiliga qilgan tarjimalari bizning ulkan mintaqamiz tarixi va madaniyati haqidagi bilimlarni jahon mulkiga aylantirish imkonini berdi. AQSH professor Frederik Starr Taniqli amerikalik tarixchi, arxeolog, antropolog, 22 ta kitob va 200 dan ortiq ilmiy maqola muallifi. Uning 2009 yilda “Markaziy Osiyoning yangitdan kashf etilishi” deb nom olgan essesi AQSH ommaviy axborot vositalarida chop etilgan yilning eng yaxshi materiali sifatida e’tirof etilgan. Hindiston professor Mansura Haydar IV–XV asrlardagi O’rta Osiyo yozma manbalarini qiyosiy o’rganish bo’yicha uzoq yillardan buyon samarali ish yuritib kelmoqda. “Nizomiddin SHomiyning “Zafarnoma” asarining tarixiy ahamiyati” deb nomlangan ilmiy monografiyasi xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan bo’lib, u Amir Temurning hayotligi davrida uning davlatchilik faoliyatiga bag’ishlab yozilgan yagona kitobni batafsil tadqiq etishga qaratilgan. Koreya Respubli– kasi aerokosmik muhandislik sohasidagi yirik mutaxassis Pak CHun–Be Uning bevosita va shaxsan ishtirokida joriy yilda Toshkent shahrida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan Koreyaning mashhur Inha universiteti filiali ochiladi. Misr Qohira universiteti professori Magida Mahluf “Boburnoma”ni arab tiliga tarjima qilish bo’yicha uzoq yillik ishini yakuniga yetkazdi va unda o’zining chuqur sharhlari va avvalgi tadqiqotlarga doir tanqidiy tahlillarini bayon etdi. Eng muhimi, bizning buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari bilan ingliz, fors va boshqa ko’plab tillar qatori endilikda arab tilida ham tanishish imkoni paydo bo’ldi. Belьgiya Luven katolik universiteti professori Yulь Yanssens SHarq tarixi va falsafasining turli yo’nalishlari bo’yicha 60 dan ortiq ishlar muallifi. Olimning “Ibn Sino va uning arab va lotin dunyosiga ta’siri” kitobi, “Abu Ali ibn Sino va uning merosi” to’plami faqat mutaxassislar emas, balki butun dunyo kitobxonlari orasida ham yuqori baholandi va keng e’tirof etildi. 78 Xitoy professor SHi Yunli O’rta asrlarda Markaziy Osiyo, Xitoy, Koreya va Yevropada astronomiya taraqqiyotini qiyosiy– tahliliy o’rganish bo’yicha olib borgan tadqiqotlari katta shuhrat qozondi. U astronomiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini ommalashtirish bo’yicha jahonga mashhur olim, ayni paytda Xitoy va Janubi–SHarqiy Osiyodagi qator yetakchi ilmiy–ommabop nashrlarning tahrir hay’ati a’zosi. Frantsiya doktor Mark Bonnel Evropada taniqli vrach, sog’liqni saqlashning zamonaviy tizimini tashkil etish sohasida tan olingan ekspert, doktor Mark Bonnelning fidokorona faoliyati katta hurmat va ehtiromga sazovordir. U rahbarlik qilayotgan “Abu Ali ibn Sino – Frantsiya” uyushmasi Frantsiya va Yevropada Ibn Sinoning madaniyat, falsafa va tibbiyot sohasidagi ilmiy asarlarini ommalashtirishga beqiyos hissa qo’shmoqda. Gollandiya Robert van Gent O’ndan ortiq kitobi, 60 ta maqolasi faqat astronomiya, kartografiya va geodeziyaning bugungi dolzarb muammolarini emas, ayni paytda ularning taraqqiyot tarixini, jumladan, o’rta asrlar SHarqiga mansub davrni ham qamrab oladi. Prezident Islom Karimov xalqaro anjumandagi nutqida ta’kidlaganidek: “O’rta asrlarda SHarqda yashab o’tgan alloma va mutafakkirlarning boqiy merosini tadqiq va targ’ib etishga, keng ommaga yetkazishga munosib hissa qo’shayotgan ko’plab fidoyi olim va mutaxassislar ham shunday e’tirof va hurmatga sazovordir” . Boy ma’naviy meros egasi bo’lmish o’zbek xalqi mustaqillik sharofati bilan o’z ajdodlari tomonidan yaratilgan ilmiy–adabiy manbalarni mukammal holda o’rganish, bugungi hamda kelajak avlodning ma’naviy mulkiga aylantirish imkoniga ega bo’ldi. Kelajagi buyuk O’zbekistonning mustahkam ma’naviy poydevorini bunyod etish uchun mamlakatimiz rahbariyati ziyolilar oldiga xalq ongi, madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol, ma’naviy yetuk, jismonan baquvvat qilib tarbiyalash vazifasini yukladi. Xalqimizni milliy ma’naviyat va milliy istiqlol g’oyasi oziqlaridan bahramand 79 etishning eng samarali yo’llaridan biri qadimgi yozma merosimizdan bahra olishga ko’maklashishdir. Samarqand shahrida o’tkazilgan “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiya ana shu maqsad yo’lida Prezidentimiz tashabbuslari bilan o’tkazilgan navbatdagi tadbirlardan biridir. Ushbu anjumanda dunyoning 40dan ortiq mamlakatidan, xalqaro tashkilotlar, oliy o’quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari qatnashdilar. Jaxon axborot agentligi ma’lumotlariga ko’ra xalqaro anjumanga taklif qilingan ishtirokchilar, halqaro ilmiy jamoatchiligi vakillari Samarqandga yetib kelmasdanoq va anjuman boshlanmasdanoq, uning mavzusiga qiziqishlari yuqori ekanini, O’rta asr SHarq allomalari va mutafakkirlari ilmiy merosi yuzasidan o’zlarining fikr–mulohazalarini bildirganlar: Takashi Ito – Yaponiya Milliy astronomik rasadxonasi Astrofizika departamenti direktorining o’rinbosari: “O’zbekiston asrlar davomida ilm–fan, ta’lim–tarbiya va madaniyat markazi bo’lib kelgani barobarida jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan. Jumladan, XIV–XV asrlarda buyuk astronom va matematik Mirzo Ulug’bek shu zaminda yashagan va ilmiy faoliyat bilan shug’ullangan. Uning asarlari va astronomiyaga oid jadvallaridan Yevropaning ko’pgina olimlari keng foydalanishgan. U ilmiy ishlari bilan kifoyalanib qolmasdan rasadxona ham bunyod etgani holda astronomiya rivojiga bebaho hissa qo’shgan. Yaponiya Milliy rasadxonasi O’zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Mirzo Ulug’bek nomidagi astronomiya instituti bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotganiga 10 yildan oshdi. Biz noyob atmosfera sharoiti va jo’g’rofiy joylashuvi tufayli astrofizik ob’ektlarni kuzatish uchun muhim maskan hisoblanadigan “Maydanak” observatoriyasida qo’shma tadqiqotlar olib bormoqdamiz. Samarqandda bo’ladigan xalqaro konferentsiya ishida men osmon yoritgichlarini o’rganish sohasidagi ilmiy muvaffaqiyatlar yuzasidan o’zaro fikr 80 almashish hamda O’zbekiston ilmiy–tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama etish niyatidaman”. Gakugei Xaruo Kobayashi – Tokio universiteti professori: “Islom falsafasi tarixi bo’yicha mutaxassis bo’lganim bois, men hududi bashariyat tsivilizatsiyasining ko’hna o’choqlaridan biri hisoblanadigan Movarounnahrdagi buyuk olimlarning ko’pgina ilmiy ishlarini o’rganganman. SHarq marvaridi – Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan yirik xalqaro konferentsiyada qatnashish men uchun katta sharafdir. Ma’lumki, o’zbek zaminida yashagan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek va boshqa buyuk olimlar ilm– fanning barcha sohalari rivojiga bebaho hissa qo’shganlar. Ularning ishlari hozirgi paytda ham ulkan ahamiyatga egadir. Ular bizlarga noyob ilmiy meros qoldirganlar. Samarqandda bo’ladigan xalqaro konferentsiya ham o’zbek xalqining buyuk ajdodlari ilmiy merosini o’rganishga, shuningdek, mamlakatda intellektual jihatdan rivojlangan avlodni tarbiyalash masalasiga O’zbekiston rahbariyati tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganini tasdiqlaydi. Bunda ilm–fan va ta’lim rivojlanishiga hamda bebaho madaniy merosni avaylab–asrashga alohida e’tibor qaratilayotgani hurmatga sazovordir. Masata Takeshita – Tokio universiteti professori: “Qadim davrlardayoq bugungi O’zbekiston hududida ilm–fan, madaniyat va san’at rivojlangan. Jahon ilm–fani xazinasiga katta hissa qo’shgan bu zaminning buyuk olimlari va mutafakkirlari nomlari dunyoning ko’pgina mamlakatlarida ham mashhurdir. Jumladan, Imom al–Buxoriy, Imom at–Termiziy hadisshunoslik rivojiga ulkan hissa qo’shganlar. O’zbekistonga borish mening orzuim edi. Men shunday muhim tadbirga taklif etilganim uchun O’zbekiston hukumatidan minnatdorman. Yuzlab olim va mutafakkirlar hayoti va ilmiy faoliyatiga beshik bo’lgan, boy tarixiy va madaniy merosga ega Samarqand shahriga safarimni intiqlik bilan kutmoqdaman. 81 Yanush KJIZOVSKIY, Varshava universiteti kafedra mudiri (Polьsha): – Qadim Samarqanddagi betakror me’moriy obidalar, ayniqsa, Registon maydonidagi Ulug’bek, SHerdor va Tillakori madrasalari o’z jozibasi bilan insonga ma’naviy quvvat baxsh etadi. O’zbekistonning boy tarixini aks ettirgan ushbu bebaho obidalar bilan xalqingiz har qancha faxrlansa arziydi. Mamlakatingizga safarim davomida ulkan bunyodkorlik ishlarini, barpo etilayotgan ko’plab zamonaviy majmua va turar–joy binolarini ko’rib, O’zbekiston xalqining yaratuvchanlik salohiyatiga tasannolar aytdim. Xalqaro konferentsiyada Alisher Navoiy ijodiga bag’ishlangan ma’ruzam bilan ishtirok etaman. Alisher Navoiy ijodiy merosi boqiy, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmaydi. Ishq–muhabbatni, mehru vafo, sharmu hayo va nazokatni yonib kuylagan Navoiyning go’zal satrlarini o’qiganda buyuk va olijanob qalb sadolari sezilib turadi. Bu yurak tug’yonlari, mana, oradan besh yarim asr o’tsa hamki, millionlab nsonlarni hayajonga solib kelmoqda. SHioya AKIFUMI, TSukuba universiteti professori (Yaponiya): – O’zbekistonda dunyoga mashhur va ma’lum ulug’ mutafakkir hamda allomalar yetishib chiqqan. Jumladan, mashhur alloma Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari hamon insonlar salomatligini mustahkamlash yo’lida tibbiyot olami uchun muhim dasturulamal bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi aloqalar iqtisodiyot va madaniyat kabi turli sohalarda izchil taraqqiy etayotganini alohida qayd etishni istardim. Siddxart SAKSENA, Kembrij universitetining Markaziy Osiyo bo’yicha forumi raisi (Buyuk Britaniya): – O’zbekistonda mustaqillik yillarida barcha sohalarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar berayotgan samaralar xalqingiz farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatingizga har gal kelganimda O’zbekiston tanib bo’lmas darajada o’zgarib, yanada go’zallashganining guvohi bo’laman. Ijtimoiy–iqtisodiy, ilmiy sohalarda, shuningdek, bunyodkorlik jabhasida ro’y berayotgan ulkan o’zgarishlar va yangilanishlar havasimni tortadi. Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga 82 asoslangan taraqqiyotning “o’zbek modeli” g’oyat samarali va hayotiyligi bilan xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilganini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu omil ko’plab mamlakatlarda hamon davom etayotgan moliyaviy–iqtisodiy inqiroz sharoitida ham mamlakatingiz barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. O’zbekistonda xorijiy tillarni o’rganish faollashib borayotgani ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasidir. Edgar KLOZE, Brandenburg Texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish va qo’llab–quvvatlash instituti direktori, professor (Germaniya): – Afsonaviy SHarq timsoli – Samarqand jahon tsivilizatsiyasining qadimiy o’choqlaridan biri, yuzlab alloma va mutafakkirlar yashab ijod qilgan boy tarixiy, madaniy merosga ega shahar. Bu yerda o’tkazilayotgan xalqaro konferentsiya O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan o’zbek zaminining tarixiy, madaniy va ilmiy merosini tiklashga, asrab–avaylashga, targ’ib qilishga qaratilayotgan ulkan e’tiborning yorqin ifodasidir. Bu diyorda kamolga yetgan ko’plab allomalarning ijodi va faoliyatidan yaxshi xabardorman. Xususan, astronomiya asoschisi Mirzo Ulug’bekning ilmiy va badiiy merosi butun insoniyatning bebaho mulkidir. Buyuk olimning benazir kashfiyotlari jahon ilm–fani taraqqiyotiga ulkan hissa bo’lib qo’shilgan. Uning tadqiqotlari keyinchalik ko’plab olimlarning, jumladan, taniqli nemis astronomi va matematigi Iogann Keplerning ilmiy yutuqlariga asos bo’lib xizmat qilgan. Men konferentsiyadagi ma’ruzamda ana shu jihatga alohida e’tibor qaratish niyatidaman. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling