O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
II. BOB. SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosining xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan yana bir bor e’tirof etilishi
II. BOB. SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki 2.1. SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi bebaho ma’naviy boylik sifatida Tarixiy ildizlari uch ming yildan chuqurroq qadimiyatga borib taqaluvchi o’zbek davlatchiligi ko’p marotaba yuksalishlar va evrilishlar davrini boshdan kechirgan. Eng qadimgi davlat uyushmalarining shakllanishi natijasida taraqqiy topgan davlatlarning vujudga kelishi, bu davlatlarning G’arb va SHarq mamlakatlari bilan “Buyuk Ipak yo’li” orqali olib borgan aloqalari samarasi o’laroq Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining gurkirab rivojlanishi omillari ilm– fan ahlini ko’pdan beri qiziqtirib keladi. Markaziy Osiyo, shu jumladan, O’zbekiston insoniyat tsivilizatsiyasi qaror topgan mintaqalardan biri sifatida o’z o’rni va salohiyatiga ega hudud sanaladi. O’z davrida hozirgi zamon ilm–fanining ilk poydevorini qo’ygan va rivojlantirgan ajdodlarimiz qadim–qadimlardan G’arb SHarq xalqlari yaratgan tafakkur, g’oya, kashfiyotlar va donishmandlikni sinchiklab o’rganganlar. SHuning uchun ham o’rta asrlarda G’arbda “Nur SHarqdan taraladi” degan iboraning paydo bo’lishi ham bejiz emas. Qadimgi Turonda ilmiy, ruhiy va ma’naviy quvvat shu darajada kuchli ediki, buni turli bosqinlar, tajovuzlar, yovuzliklar yo’q qila olmadi. Ana shunday sharoitda ham ajdodlarimiz tarixan shakllangan boy madaniy–ma’naviy va ilmiy merosni milliy qadriyat va urf–odatlarni saqlab qolganlar va uni yanada boyitib rivojlantirganlar. Biz bu dorilomon kunlarda yurtning ozodligi va xalqning baxt–soadati, ilm– fan va madaniyatni rivojlantirishda ulkan meros qoldirgan ajdodlarimizning muqaddas nomlarini g’urur bilan tilga olamiz. CHunki, ular bizga qoldirgan ilmiy 64 meros–ma’naviy mulk bo’lib, bu boy meros butun bir bashariyat manafaatlarini o’zida aks ettiradi. O’tmish tariximiz sahifalariga nazar tashlasak, buyuk ajododlarimiz nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo mamlakatlari tamaddunini o’rgangan va ularning tarixi va madaniyatiga hurmat va ehtirom bilan o’z munosabatlarini yozib qoldirgan asarlari bizgacha yetib kelgan. Demak, ilm–fan va madaniyat rivoji xalq tanlamaydi, balki xalqlarninng o’zaro hamjihatligini ta’minlashda muhim tarbiyaviy omil vazifasini o’taydi. Buyuk sharq allomalarining ilmiy merosi mazmuni va ko’lami shundaki, bu meros bugun ham o’zining ilmiy–amaliy ahamiyatini yo’qotmasdan, yangi ilmiy tadqiqotlar uchun muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” nomli asari Hindiston to’g’risida barcha zamonlarda yozilgan eng mukammal asar sifatida hozir ham o’z qimmatini yo’qotmagan va bugungi kunda tadqiqotlar uchun manba bo’lib xizmat qilayotgani buning yaqqol isbotidir. Buyuk ajdodarimiz o’z ilmiy merosi bilan insoniyat tsivilizatsiyasiga munosib hissa qo’shganlar. SHarq va G’arbning ilmiy dunyosi birlashgan va uyg’unlikda rivoj topgan. Allomalarimiz faqat Osiyoning ilm–fan yutuqlari bilan chegaralanib qolmasdan, xorijlik mutafakkirlarning ham ilmiy yutuqlaridan bahramand bo’lganlar va ularni yanada boyitishga alohida e’tibor qaratganlar. Buyuk allomalarimiz o’zlariga mansub bo’lgan fan sohalaridagi faoliyatlaridan tashqari, qadimgi yunon tilida yozilgan Aristotelь, Ptolemey, Yevklid, Demokrit, Sokrat, Pifagor, Galen kabi qadimgi yunon va ellinizm davrida yashagan olimlarning matematika, falsafa, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid bir necha yuzlab eng sara asarlarini arab va suryoniy tillarga tarjima qilganlar. Mana shu tarjimalar va o’zlarining asarlari shu tariqa Qadimgi SHarq fanining shakllanishi va yuksak taraqqiyotida muhim o’rin tutgan. Buyuk allomalarimiz yoshligidanoq haqiqiy ilm bir necha tillarni bilishni taqozo etishini juda erta anglab yetganlar va shu bois o’zining ona tilidan tashqari arab, ivrit, fors, suryoniy, yunon, sanskrit tillarini chuqur o’rganganlar. Manbalarda Abu Nasr Forobiyning 65 ko’plab tillarni bilganliklari qayd qilingan. SHu bilan birga uning Aristotelь asarlariga sharhlari mashhurdir. Beruniyning Aristotelga munosabati Abu Ali ibn Sino bilan yozishmasida o’z ifodasini topgan. Ularning yozishmalari asosan Aristotelning “Fazo haqida” va “Fizika” asarlari bo’yicha olib borilgan edi. Beruniy Aristotelni qadimgi dunyoning eng qomusiy yetuk olimi deb hurmat bilan tilga oladi. Ulug’ vatandoshimiz Muhammad ibn Muso Xorazmiy algebra fanining asoschisi bo’lishi bilan birga, turli fanlar sohalarida samarali ijod qilib, nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo fanlarining rivojiga beqiyos hissa qo’shgan. Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al–Farg’oniy kabi olimlar hozirgi zamon hisoblash tizimini kashf etdilar. Manfiy va irriotsional sonlar bilan ishlash yo’lini, ildiz chiqarish, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini topdilar va o’z kashfiyotlari bilan dunyo fanining cho’qqisiga chiqdilar. O’rta asrlarda o’lkamizda ko’plab ilm va ma’naviyat maskanlari faoliyat ko’rsatgan. Ushbu markazlarda juda ko’plab olim va ulamolar ijod qilgan, xalqning ma’rifatini ko’targan. Masalan, buxorolik olimlar soni haqida Narshaxiyning shunday gaplari bor: “Agar Buxoro olimlarining hammasini zikr qilsak, bir nechta daftarni tashkil etadi” 4 . Mazkur ma’lumot ushbu hududda ilmiy faoliyat tizimining o’sha davrda yaxshi yo’lga qo’yilganligini anglatadi. SHu bilan birga X–XI asrlarga kelib Xorazmda ma’rifatparvar shoh Ma’mun rahnamoligida Gurganjga to’plangan olimlar ishtirokida 1004 yilda “Bayt ul–hikma” (“Donishmandlar uyi”) tashkil topdi. Bu ilmiy markaz tarixga “Ma’mun akademiyasi” degan nom bilan kirdi. Uning rahbari Abu Rayhon Beruniy bo’lib, u boshchiligida qator qomusiy olimlar (Abu Nasr ibn Iroq, Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr ibn Hammor, Abu Fazl Bayhaqiy va boshqalar) ko’plab amaliy va ilmiy muammolarni yechib, jahon fani rivojiga katta hissa qo’shdilar. G’arb tadqiqotchilaridan M.Meyerxoff esa “Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo’lishi kerak” degan fikrni bildiradi. 4 Наршахий, Абу Бакр. Бухоро тарихи. – Т.: «Камалак», 1991. – Б. 90. 66 O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlardan biri bo’lmish Abu Ali ibn Sino shunday deydi: “Buxoro amiri ibn Nuh Mas’uddan uning kutubxonasini ko’rishga ruxsat so’radim va shu kutubxonada bor kitoblarni ko’rib chiqdim…. Menga eng ta’sir qilgani shu bo’ldiki, hech qachon nomini odamlar eshitmagan kitoblar ham bor edi” 5 . Alloma ajdodlarimiz dunyo olimlarining asarlarini qunt bilan o’rganganlaridek, bugungi kungacha o’tgan uzoq tarixiy davr mobaynida yurtimiz hayoti, unda yashagan allomalar faoliyatini o’rganishga juda ko’plab chet el tarixchilari va tadqiqotchilari ham katta qiziqish bilan murojaat qilganlar. Ahmad Farg’oniyning “Astronomiya asoslari haqida kitob” nomli asari o’n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilingani ham bu fikrning dalilidir. O’n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi. Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan “Selenografiya” kitobida yozilishicha Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz — Ahmad Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomlari bilan ataladi. SHveytsariyalik olim Adam Mets o’rta asrlarda Osiyo kutubxonalarining keng rivojlanganligi va Yevropadan ancha ilgarilab ketganini ta’riflaydi 6 . O’sha davrlarda bunday erishilgan yutuqlar e’tirof etilishi, o’lkamizda taraqqiyot hukm surganligidan, ajdodlarimiz azaldan ilm–fan sohasida yutuqlari bilan dunyoni hayratga solganligidan dalolat beradi. Yosh avlod ongiga jahon ilmu fani va madaniyati rivojiga benazir hissa qo’shgan buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va ijodini, shuningdek, yurtimizda bunyod etilgan moddiy merosni asrab–avaylash mas’uliyatini singdirish, ularni munosib vorislar etib tarbiyalash bugungi kunda ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov istiqlolning ilk yillaridayoq ushbu dolzarb masalaga alohida to’xtalib, “Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash, o’zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo’lgan san’at asarlarini izlab topish, ularni 5 Ибн Сино, Абу Али. Жизнеописание // Медицинские взгляды. – Т.: «Медицина», 1983. – Б. 11. 6 Мец, А. Мусульманский Ренессанс. – М.: «Наука», 1973. – Б. 150. 67 O’zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo’lagini tashkil etadi. Bu milliy boylik bizga ota–bobolarimizdan meros bo’lib qolgan. Binobarin, biz ham uni ko’z qorachig’iday asrab–avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak” 7 –deya ta’kidlagan edi. Istiqlol yillarida allomalar hayotiga oid ko’plab asarlar chop etildi va xalqimizga tuhfa etildi, bu asarlar yoshlarimizni ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilmoqda. Mustaqillikning o’tgan davri mobaynida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda YuNESKO ishtirokida buyuk allomalar va mutafakkirlar hamda tarixiy shaharlarning yubileylari keng nishonlandi. Bunday, ajodlarga va tariximizga hurmat faqat mustaqillik tufayligini tiklandi va qaror topdi. Bugungi kunda birgina O’zbekiston hududida mavjud bo’lgan 4 mingdan ziyod moddiy–ma’naviy yodgorlik umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan. Markaziy Osiyo zaminida kamol topgan, turli fanlar rivojiga hissa qo’shgan allomalar merosini o’rganish insonni taraqqiyotga yetaklaydi, jaholatdan yiroqlashtiradi hamda qalbida yurtga muhabbat, xalqqa xizmat, Vatanga sadoqat tuyg’ularini mustahkamlaydi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov bu borada shunday ta’kidlagan: “Ajdodlarimizning keng qomusiy bilim, g’oya va fikrlarini o’zida mujassam etgan, bugungi kunda ham ilmiy va insoniy qadr–qimmatini yo’qotmagan boy va bebaho merosini yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi”. Ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga hurmat va ehtirom bugun dunyoning turli chekkalarida ham namoyon. Allomalar haykallarining xorijiy davlatlarda, Moskavada Alisher Navoiy, Misrda al–Farg’oniy o’rnatilishi buning yorqin dalilidir. O’z navbatida bizning yurtimizda ham, shu jumladan, Toshkent shahrida Nizomiy Ganjaviy, SHota Rustaveli haykallari o’rnatilgan. Al–Farg’oniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” (“Kitob al–harakat as–samoviya va javomi’ ilm an–nujum”) XII 7 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. – Т.: Ўзбекистон, 1996. 68 asrdayoq Yevropada lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilinganidan so’ng uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida G’arbda bir necha asr davomida juda mashhur bo’lib ketgan. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik sifatida o’qitilib kelindi. Al–Farg’oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan bo’lib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. Yevropa Uyg’onish davrining buyuk namoyondalaridan biri bo’lgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyadan ma’ruzalarni al–Farg’oniy kitoblaridan o’qigan. Al–Farg’oniy nomini buyuk Dante (XV asr) va SHillerlar (XVIII asr) ham eslashgan. Evropaning yirik sharqshunos olimlaridan Dalambr, Brokelman, X.Zuter, I.Krachkovskiy, A.Yushkevich va B.Rozenfeldlar al–Farg’oniyning ijodini o’rgangan va bu olimning faoliyatiga yuqori baho berganlar. Hozirgi kunda al–Farg’oniyning sakkizta asari ma’lum bo’lsada, ularning birortasi ham hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” “Astronomiya asoslari haqida kitob” nomi bilan ham ataladi. “Usturlob yasash haqida kitob” – qo’lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron kutubxonalarida, “Usturlob bilan amal qilish haqida kitob”ning birgina qo’lyozmasi Rampurda (Hindiston), “Al–Farg’oniy jadvallari” – qo’lyozmasi Patnada (Hindiston), “Oyning Yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola” qo’lyozmalari Gota va Qohirada, “Quyosh soatini yasash haqida kitob” qo’lyozmalari Halab va Qohirada saqlanadi. SHunday qilib, buyuk ajdodimizning ijodi Yevropa Uyg’onish davridagi va undan ancha keyingi davrdagi fan va madaniyat rivojida sezilarli rolь o’ynadi. Umumjahon madaniy taraqqiyotini buyuk ilmiy kashfiyotlar bilan boyitgan Mirzo Ulug’bek nafaqat Movarounnahr, balki butun temuriylar saltanatining yirik ilmiy–madaniy markazi rahbari edi. Uning rahbarligi va homiyligida ko’plab taniqli olimlar yetishib chiqdi va ular o’z davrining nodir kashfiyotlarini amalga oshirdilar. Asrimizning 60–yillarida akademik Qori Niyoziy Ulug’bekning ilmiy 69 merosi va faoliyatini o’rganib chiqib, Samarqandda “Ulug’bek astronomik maktabi"ning shakllanganligini e’tirof etdi. Ma’lumki, Movarounnahr va Xurosonda ilm–hunar, madaniyat va falcafiy tafakkur ancha erta shakllangan edi. Eramizdan oldingi IV–II asrlardagi oromiy va mixxat, Xorazm va so’g’d yozuvlari, Turkiston hududidan topilgan VI–VII asrlarga tegishli O’rxun–Enasoy alifbosidagi qator bitiklar ham bu yerlik xalqlarning qadimdan savodxon bo’lganligidan dalolat beradi. Buyuk Ipak yo’li xalqlarning o’zaro madaniy aloqalariga ham imkon yaratdi. U orqali O’rta osiyolik olimlar Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim tibbiyoti qo’lga kiritgan yutuqlar bilan tanishish imkoniga ega bo’lganlar. Abu Ali Ibn Sinoni tibbiyot ilmida dunyoga mashhur qilgan asari “Tib qonunlari” besh tomdan iborat bo’lgan. Asarning qimmati shunchalik yuqori bo’lganki, XII asrdayoq kremonlik Gerard tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan. SHundan so’ng ushbu asar uzoq asrlar davomida Yevropa universitetlarida tibbiyot fakulьtetlarida asosiy qo’llanma vazifasini bajargan. Xulosa qilib aytganda, bugun xalqlarning bir–biri bilan bo’lgan aloqalarini ularning madaniy qadriyatlarini, buyuk mutafakkirlari ma’naviy merosini o’rganishchalik tez yaqinlashtira olmaydi. O’zbekistonning dunyodagi davlatlar bilan madaniy, ma’naviy–ma’rifiy sohada hamkorlik istiqbollari ulkan. Zero, xalqlar bir–birining tarixi, madaniyati va ma’naviyatini yaxshi bilsa, davlatlar o’rtasida hamkorlik ham shuncha mustahkam bo’ladi. Xolbuki SHarq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqniki emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulkidir. 70 2.2. SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosining xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan yana bir bor e’tirof etilishi O’rta asrlarda sayyoramiz qanday yuksak natijalarga erishgani hammaga ayon. Bu davr insoniyat tarixiga “Musulmon Renessansi” nomi bilan kirib, o’rta asrlarda jami odamzot tarixida sanoqli bo’lgan buyuk yuksalishlardan biri yuz berdi. Ma’lumki, Musulmon Renessansi vakillari Yevropa Renessansining paydo bo’lishi va rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shganlar. XIV–XVI asrlarda Yevropa universitetlarining rivoj topishiga asosiy sabab bo’lgan tabiiy va falsafiy fanlarning negizida ibn Sino (Avitsenna) va ibn Rushd (Averroes)larning ilmiy kontseptsiyalari yotgan. SHarq xalqlarining o’rta asrlarda erishgan yutuqlari umuman badiiy tafakkurning barcha sohalariga kuchli ta’sir ko’rsatgan: matematika va astronomiyadan boshlab she’riyat va nasrgacha G’arb uyg’onish davrida ijod qilgan mashhur Yevropa olim va yozuvchilarining asarlarida SHarq Qur’oni karim va hadislarga, Xorazm, Buxoro va Samarqandda yashagan fan va ta’lim namoyandalariga, bu yerda tashkil topgan ilmiy va adabiy muhit, mazmun va janrlarga, devonu ruboiylarga, arab va fors tilida bitilgan xatlarga murojaatlar ko’pdan–ko’p uchraydi, jumladan, “algebra” va “meditsina” so’zlarigacha. O’rta asrlardagi SHarq madaniyatini o’rganish globallashuv davrida yanada dolzarblashmoqda. Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri – o’rta asrlar tajribasiga yana bir bor murojaat etib, ming yillik sinovlardan o’tgan ijobiy natija va madaniy boyliklarni to’laroq o’zlashtirish, insonparvarlik g’oyalaridan samarali foydalanishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu haqda shunday yozadi 8 : “Eng muhim vazifa shundan iboratki, o’zligimizni teran anglab, mutafakkir bobolarimiz, aziz–avliyolarimiz qoldirgan bebaho merosni asrab– avaylab, yanada boyitishimiz, ulug’ ajdodlarimiz ishining munosib davomchilari 8 Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. Т. 9. – Т.: “Ўзбекистон”, 2001. – Б. 100. 71 bo’lmog’imiz darkor”. Samarqand shahrida o’tkazilgan xalqaro ilmiy konferentsiya buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga hurmat va qiziqish tobora oshib borayotganiga yana bir karra yorqin dalildir. Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan o’rta asrlardagi SHarq olimlari va allomalarining ilmiy–tarixiy merosini chuqur o’rganish va ahamiyatini anglab yetish, dunyo taraqqiyotiga qo’shgan bebaho hissalarini xalqaro va mahalliy jamoatchilikka keng tanishtirish, ularning mehnatlari va ixtirolarini har tomonlama o’rganish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan ilmiy markazlar va yetakchi olimlarni jalb qilish, zamonaviy ilm– fan rivojlanishida insoniyatning bunday yutuqlarini kelgusida munosib saqlash va keng ommalashtirish, “XXI asr — bilimlar va intellektual mehnat asri” tushunchasini anglagan holda yoshlarni bugungi kun ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan anjumanning Samarqandda o’tkazilishi bejiz emas, albatta. CHunki, bu shahar jahon tsivilizatsiyasining qadimiy o’choqlaridan biridir. Bu yerdagi obidalar, madaniy yodgorliklar ajdodlarimiz dahosidan, olis va buyuk o’tmishdan so’zlaydi. Samarqandning go’zal va so’lim tabiati, qadimiy va zamonaviy inshootlari butun dunyoni o’ziga maftun etib keladi. Istiqlol yillarida Samarqand o’zgacha tarovat va mahobat kasb etmoqda. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. SHahar markazida Sohibqiron bobomizning salobatli haykali qad rostladi. Ulug’bek rasadxonasi va madrasasi qayta ta’mirlandi. Prezident farmoniga muvofiq 1996 yil 18 oktyabrь kuni Samarqand shahri Amir Temur ordeni bilan mukofotlandi. SHundan buyon bu kun mamlakatda Samarqand kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Ayniqsa, 2007 yilda o’zining 2750 yillik yubileyini xalqaro miqyosda keng nishonlagan Samarqand shahri juda qadim zamonlardanoq dunyo tsivilizatsiyasi o’choqlaridan biri bo’lib kelgan. SHu barobarida qutlug’ bu shahar muhim xalqaro savdo yo’li — Buyuk Ipak yo’li chorrahasida joylashgan bo’lib, bu yo’l vositasida nafaqat tijorat, balki ilm–fan, ixtiro va tadqiqotlar ham o’zaro almashingan. 72 Mahalliy aholi o’rtasida “Samarqandning qandi bor, bu shaharga bir bor kelgan kishi yana tez–tez ziyoratga oshiqadi” qabilidagi gaplar zamirida ham hayotiy hikmat falsafasi mujassam, albatta. Mustaqil taraqqiyot yillarida Prezidentimiz Islom Karimovning alohida e’tibori va rahnamoligida shahar tubdan yangicha qiyofa kasb etdi. Bu yerdagi tarixiy qadamjolar, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy–ma’rifiy meros qayta tiklandi. “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferentsiyaning qadim va hamisha navqiron Samarqand shahrida o’tkazilishi esa boy madaniy–tarixiy merosimizni, yangicha qiyofa kasb etayotgan ulug’vor shaharlarimiz, yuksak ilmiy, ijtimoiy–iqtisodiy yutuqlarimizni yana bir bor jahon ahliga namoyon etish imkonini beradi. O’zbekistonning kitob fondlarida 100 mingtadan ziyod qo’lyozma asarlar saqlanmoqda va ularning asosiy qismi YuNESKOning Madaniy meros ro’yxatiga kiritilgan. O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining qo’lyozmalari Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Frantsiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa ko’plab mamlakatlaridagi kutubxonalarning “oltin fond”ini tashkil etadi. Bu o’rta asrlarda yashab, ijod etgan buyuk SHarq alloma va mutafakkirlarining tengsiz asarlari va ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu – bebaho boylik, yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, kerak bo’lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib materialdir. Bizning davrimizgacha yetib kelgan bu boy merosdan butun bashariyat ravnaqi yo’lida oqilona va samarali foydalanish – bu siz bilan bizning vazifamiz, siz bilan bizning burchimizdir. Bu borada fidoyi olimlarning roli alohida diqqat– e’tiborga munosib bo’lib, aynan ularning mehnati tufayli biz o’tmishning bebaho 73 ilmiy merosini qaytadan kashf etmoqdamiz. Bilasizmi, men ba’zan o’ylab qolaman, dunyoda fanlar ko’p, ilm–fanning ajoyib yutuqlarini barcha sohalarda ko’rish mumkin. Men bunday mashaqqatli mehnatdan doimo hayratga tushaman. Bizning xalqimizda “Ilm bilan shug’ullanish — igna bilan quduq qazish bilan barobar” degan maqol bor. Ana shu igna bilan quduq qaziyotganlar bor bo’lsin! Ular qo’lyozmalar ustida 10–20 yillab va hatto umrbod ishlayotgan insonlardir. Bunday sabr–toqat bilan mehnat qilayotgan insonlar qalbida buyuk daholar merosini butun dunyoga namoyon etish istagi shunchalik kuchliki, hech shubhasiz, bunday daholarsiz insoniyat ravnaq topa olmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling