O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga qo’yiladigan davlat talablarida quyidagi ta’riflar qo’llanishi ko’rsatilgan: 1.
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tili o’qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktab–larining 5–9–sinflari uchun ingliz, nemis va frantsuz tillari bo’yicha mulьtimedia darsliklari, boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’rgatish bo’yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb– hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko’proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Prezident Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari to’g’risida”gi qarori 13 uzluksiz ta’lim–tarbiya tizimiga, mamlakatimiz umumta’lim, kasb–hunar, akademik litsey, oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yangi vazifalarni yukladi. Qarorda chet tillarni o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan yuksak ma’rifatli, zamonaviy fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, 12 Каримов И.А. 2014 йил юқори ўсиш суръатлари билан ривожланиш, барча мавжуд имкониятларни сафарбар этиш, ўзини оқлаган ислоҳотлар стратегиясини изчил давом эттириш йили бўлади // Халқ сўзи, 2014 йил 18 январь. 13 ЎзбекистонРеспубликаси Президентининг 2012 йил 10 декабрдаги “Чет тилларни ўрганиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарори // Маърифат, 2012 йил 12 декабрь, № 99 (8540). 98 O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizimni yanada kuchaytirish nazarda tutilgan. Mazkur qaror zamonaviy pedagog va axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or usullarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon tsivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot–resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart–sharoit va imkoniyatlar yaratishni maqsad qilib qo’ydi. SHu maqsadda respublikaning barcha hududlarida 2013–2014 o’quv yilidan boshlab chet tillarni, asosan ingliz tilini o’rganish umumta’lim maktablarining 1– sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, 2–sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’zlashtirish bosqichma–bosqich boshlandi. 1–sinf chet tili darsliklarining mantiqiy davomi sifatida 2–sinf o’quvchilari uchun mualliflar guruhi tomonidan chet tillardan davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari asosida darslik majmualari (darslik, mashq daftari, o’qituvchi kitobi, mulьtimedia ilovalari) ishlab chiqildi. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish chet tillarda olib borilmoqda. Umumiy o’rta mahsus, kasb–hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari va o’qituvchilarini chet tillar bo’yicha darsliklar va o’quv–uslubiy komplekslar bilan ta’minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda qayta nashr etish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg’armasining aylanma mablag’lari hisobidan bepul amalga oshirilmoqda. 2013 yili umumta’lim maktablarining 1–sinflaridan boshlab chet tillar ta’limining uzluksiz joriy etilishi, shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida uning davomiyligini nazarda tutuvchi umumta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb– hunar va oliy ta’lim muassasalarining yangi o’quv rejalari va dasturlari tasdiqlandi. 99 Мамлакатимизда кенг кўламли ислоҳотлар бошланганидан буён олий ўқув юртлари сони 2 марта ошди, бугунги кунда 60 та университет ва институтда 230 минг нафардан зиёд талаба таҳсил олмоқда. Ислом Каримов Respublikamizdagi 17 222 ta boshlang’ich sinfning chet tili xonalarini jihozlash normativi tasdiqlangan. SHu asosda har bir chet tili xonasiga beriladigan jihozlar ro’yxati shakllantirilgan. 2014 yilda 5 000 dan ortiq maktablarga chet tili xonasi uchun jihozlarni yetkazib berish ko’zda tutilgan. 3.2. Intellektual salohiyatli oliy malakali ilmiy, ilmiy– pedagog kadrlar tayyorlash, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik va erishilgan natijalarning yuksak e’tirofi O’zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy–pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida ta’lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy o’quv–laboratoriya uskunalari va kompьyuter texnikasi bilan jihozlangan umumta’lim maktablari, kasb–hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalaridan iborat, yuqori talablarga javob beruvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimi yaratildi. Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining sifatini, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish, yoshlarning ijodiy va intelektual salohiyatini namoyon etishga sharoitlar yaratish maqsadida 2012 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy–pedagog 100 kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. 14 Prezident Farmoniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komisiyasi (OAK), Fanlar akademiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim va ilimiy–tadqiqot muassasalari mavjud bo’lgan boshqa vazirlik va idoralarning 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab, umumiy qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalaridan keyingi ta’lim, doktorlik dissertatsiya ilmiy ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlar berishning bir bosqichli tizimi joriy qilindi. SHuningdek, stajyor–tadqiqotchi–izlanuvchilar instituti bekor qilinib, unda ta’lim olayotgan shaxslarni oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim tizimining yangi talablariga muvofiq attestatsiyadan o’tkazildi va dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari tanqidiy qayta ko’rib chiqilib, katta ilmiy xodim–izlanuvchilar instituti joriy etildi. Iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish maqsadida bakalavr diplomiga ega bo’lib, kamida 5 yil amaliy stajga ega mutaxassislarga ham mustaqil izlanuvchi tartibida fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratildi. Katta ilmiy xodim–izlanuvchilar institutiga “magistr” darajasi bo’lgan, ilmiy va ilmiy–pedagogik faoliyat stajiga (2 yildan kam bo’lmagan), shuningdek, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asos bo’lishi mumkin bo’lgan, ma’lum bir ilmiy natijalarni qo’lga kiritgan (ilmiy maqolalar nashr etish va boshqalar) shaxslar qabul qilinadi. Belgilangan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, “bakalavr” yoki “magistr” darajasi bilan oliy ma’lumotga, 5 yildan kam bo’lmagan amaliy ish stajiga ega bo’lgan, ilmiy izlanishlarga layoqati mavjud, belgilangan talablarga mos keladigan ma’lum bir ilmiy yutuqlarga (ixtiro uchun patentlar, ilmiy 14 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 24 июлдаги “Олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрлар тайёрлаш ва аттестациядан ўтказиш тизмини янада такомиллаштириш тўғрисида”ги Фармони //Халқ сўзи, 2012 йил 25 июль, №145 (5565). 101 maqolalar, ilmiy–texnologik ishlanmalarda qatnashish va boshqalar) ega bo’lgan shaxslarga ham doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy– pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456–sonli farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim tizimini va Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365–sonli qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKsining tuzilishi va uning nizomi tubdan qayta ko’rib chiqildi. “Ilmiy kengashlar, asosan, nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash, maskani, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylanishi lozim bo’lgan yetakchi oliy ta’lim muassasalari qoshida tashkil etiladi.” 15 Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga qo’yiladigan davlat talablarida quyidagi ta’riflar qo’llanishi ko’rsatilgan: 1. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim – jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy–pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashga yo’naltirilgan uzluksiz ta’lim turi. 2. Katta ilmiy xodimlar–izlanuvchilar instituti – ishlab chiqarishdan bo’shagan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha fan doktori darajasi izlanuvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy–tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy– pedagog kadrlar ixtisosliklari bo’yicha oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim shakli. 3. Mustaqil izlanuvchilik – ishlab chiqarishdan bo’shamagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo’yicha fan doktori ilmiy darajasi 15 Каримов И.А. Мамлакатимизни янада обод этиш ва модернизация қилишни қатъият билан давом эттириш йўлида. Т. 21. – Т.: Ўзбекистон, 2013. – 183 б. 102 izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy–tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy–pedagog kadrlar ixtisosliklari bo’yicha oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’lim shakli. 4. Katta ilmiy xodim–izlanuvchi – oliy ta’lim muassasasiga yoki ilmiy– tadqiqot muassasasiga katta ilmiy xodim–izlanuvchi lavozimiga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs. 5. Mustaqil izlanuvchi – oliy ta’lim muassasasiga yoki ilmiy–tadqiqot muassasasiga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs. O’zbekiston Fanlar akademiyasi mamlakatimiz ilm–fanining negizini tashkil etadi. U o’z tarkibida 32 ilmiy–tadqiqot muassasasi, jumladan 23 yirik institut, ilmiy markaz, 4 ta muzey, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo’limi, Xorazm Ma’mun akademiyasini birlashtiradi. Mustaqillik yillarida Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari soni 80 nafar bo’lib, 5 mingdan ziyod ilmiy xodim tadqiqotlar bilan shug’ullanmoqda. Ularning 370 nafari fan doktori va 900 nafari fan nomzodidir. 16 Yana 200 nafar da’vogar fan doktori ilmiy darajasini olish arafasida. SHuningdek, Fanlar akademiyasi olimlari mamlakat uchun eng dolzarb ijtimoiy–iqtisodiy muammolar bo’yicha muhim fundamental va amaliy tadqiqotlar olib bormoqda, erishilgan natijalarni, ilmtalab texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishda ishtirok etmoqda. Prezidentimizning 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora–tadbirlar to’g’risida”gi Qarorida ilmiy–amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish va ularning natijalari asosida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tadbiq etishni rag’batlantirish bo’yicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini ta’minlash ko’zda tutilgan. Mazkur hujjat innovatsion jarayon tushunchasi va uni tashkil etish printsipini tubdan o’zgartirdi. Ushbu qarorga muvofiq ilm–fan va ishlab chiqarish vazifalari 16 Солиҳов Ш. Илм-фан – мамлакат тараққиётининг муҳим омилларидан бири // Маърифат, 2013 йил 18 декабрь. 103 belgilandi, ular o’rtasida o’zaro yaqin hamkorlik o’rnatilgan bo’lib, uning natijalari bugun o’z samarasini berayotir. O’tgan 6 ta shunday yarmarkada mamlakatimiz korxona va tashkilotlari bilan Fanlar akademiyasi muassasalari tomonidan yaratilgan ilmiy mahsulotlarni o’zlashtirish va ulardan foydalanish bo’yicha umumiy qiymati 54 milliard so’mdan ziyod 600 dan ortiq shartnoma hamda ahdlashuv shartnomasi tuzildi. 17 Umuman, bugun o’zbekistonlik yosh olimlar ilm–fanning dolzarb yo’nalishlarida samarali tadqiqotlar olib bormoqda. Yosh olimlar respublika ilmiy– amaliy konferentsiyasi doirasida keng namoyish etilgan ilmiy yutuqlar ham bundan yorqin dalolat beradi. Iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo’llab–quvvatlash va ularni ilm–fanga jalb qilish borasidagi ishlar o’z samarasini berayotir. Masalan, ayni paytda 40 dan ortiq innovatsiya, ilmiy–amaliy va fundamental loyihalar yosh olimlar rahbarligida amalga oshirilmoqda. Ular tomonidan 100 dan ziyod ixtiro uchun patent olingan, ilmiy tadqiqot natijalari mamlakatimiz va xorijdagi 1500 dan ortiq nashrlarda chop etilgan. Yosh olimlar ishlanmalari iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida joriy etilmoqda. Ta’lim tizimida hayotga tadbiq etilayotgan bu islohotlar ustoz–shogird an’analarini mustahkamlashi, ilmiy tadqiqotlarning ijtimoiy–iqtisodiy samaradorligini oshishi, jamiyatimizda yuqori ilmiy salohiyatga ega shijoatli yoshlar safi kengayishiga, pirovardida mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida 258 mingdan ortiq talaba, o’rta maxsus, kasb–hunar ta’lim tizimida qariyb 1 million 640 ming nafar o’quvchi ta’lim olmoqda. 18 Xususan, 65 ta oliy ta’lim muassasasining 32 tasi viloyatlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida ta’lim yo’nalishlari soni 139 tadan 195 taga, mutaxissisliklar soni 17 Солиҳов Ш. . Илм-фан – мамлакат тараққиётининг муҳим омилларидан бири // Маърифат, 2013 йил 18 декабрь. 18 Юксак малакали кадрлар мамлакатимизни ривожлантиришда муҳим ўрин тутади // Халқ сўзи, 2012 йил 19 декабрь. 104 Ҳозирги вақтда Ўзбекистон Миллий университети, Фанлар академияси ва Буюк Британиянинг етакчи олий ўқув юрти — Кембриж университети билан биргаликда Юксак технологиялар ўқув-тажриба маркази ташкил этилмоқда. 2014 йилнинг сентябрь ойидан бошлаб юртимизда, юқорида зикр этилганидек, Жанубий Кореянинг Инҳа университети филиали фаолият кўрсатади, унинг асосий йўналишини ахборот-коммуникация технологиялари, компьютер муҳандислиги соҳасидаги таълим ташкил этади. Ислом Каримов 1145 tadan 1395 taga ko’paydi. 19 Bundan tashqari, davr talabiga ko’ra yangi oliy ta’lim muassasalari barpo etildi. Poytaxtimizda jahon andozalari asosida tashkil etilgan, mustahkam moddiy– texnik bazaga ega bo’lgan oliy o’quv yurtlari – Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya neftь va gaz universitetining filiallari faoliyat ko’rsatayotgani, shuningdek, Buyuk Britaniyaning mashhur Kembrij universiteti bilan tuzilgan shartnoma asosida yuksak texnologiyalar o’quv– tajriba markazi barpo etilganini alohida ta’kidlash lozim 20 . 19 Маматов А. Келажагимизнинг мустаҳкам пойдевори // Халқ сўзи, 2012 йил 4 октябрь. 20 Каримов И.А. 2012 йил 16 март куни Халқ депутатлари Тошкент шаҳар кенгашининг навбатдан ташқари сессиясидаги нутқи // Халқ сўзи, 2012 йил 17 март. 105 Бугунги кунда, БМТ маълумотларига кўра, мамлакатимизда таълимга йўналтирилаётган харажатлар давлат бюджетининг 35 фоиздан ортиғини ташкил этмоқда. Бошқача айтганда, Ўзбекистон давлат бюджетидан ҳар йили 35 фоиз маблағ айнан таълим- тарбия соҳасига йўналтирилмоқда. Ислом Каримов Frantsiyadagi dunyoning eng yaxshi biznes maktabi qatoriga kiradigan “Insad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o’rinli. Buning tasdig’ini xalqaro media olamida mashhur bo’lgan SNN kompaniyasining AQSH, O’zbekiston va jahonning boshqa davlatlarida ta’limning holati to’g’risida 2012 yil 3 iyulda e’lon qilingan qiyosiy axboroti misolida yaqqol ko’rish mumkin. SHunisi e’tiborliki, bu axborot Frantsiyaning nufuzli “Insead” xalqaro biznes maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) tomonidan tayyorlanib, 3 iyulda e’lon qilingan “2012 yildagi innovatsiyalarning global indeksi” deb nomlangan tahliliy ma’ruzasiga asoslanadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu tadqiqot dunyo mamlakatlarining innovatsion rivojlanish borasidagi 80 ta ko’rsatkichini o’z ichiga oladi. Tadqiqot 2012 yilda 141 mamlakatni qamrab oldi. Bu mamlakatlar jahon miqyosida yalpi ichki maxsulotning 99,4 foizini ishlab chiqarishi, sayyoramiz aholisining 94,9 foizi aynan shu davlatlarda istiqomat qilishini inobatga oladigan bo’lsak, mazkur tadqiqotning ko’lami, salmog’i va geografiyasini o’zimizga yaqqol tasavvur qilishimiz mumkin. Ma’ruza mualliflarining fikriga ko’ra, dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi innovatsion salohiyat va qulay shart–sharoitlarning mavjudligi bilan bevosita bog’liqdir. Bunday holatni baholashda har qaysi mamlakatning innovatsiyalar bo’yicha indeksi alohida o’rin tutadi. Mazkur indeks esa quyida bayon etilayotgan ikki guruh ko’rsatkichlar bo’yicha yig’ilgan umumiy baholar asosida hisoblanadi. Birinchi guruh – innovatsiyalarni amalga oshirish uchun mavjud resurs va sharoitlar: – institutlar; 106 – inson kapitali va tadqiqotlar; – infratuzilma; – ichki bozor va biznesning rivojlanishi; Ikkinchi guruh – innovatsiyalarni ro’yobga chiqarishning amaliy natijalari: – texnologiyalar va iqtisodiyot haqidagi bilimlarni rivojlantirish; – kreativ faoliyat natijalari. Yakuniy indeks xarajatlar va erishilgan samara o’rtasidagi nisbatni namoyon etadi va bu, o’z navbatida, tadqiqotda qamrab olingan har qaysi mamlakatdagi innovatsiyalarni rivojlantirish borasidagi sa’y–harakatlarni xolis baholash imkonini beradi. Frantsiyaning nufuzli “Insead” xalqaro biznes maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) tomonidan tayyorlanib, 2012 yil 3 iyulda e’lon qilingan “2012 yildagi innovatsiyalarning global indeksi” tahliliy ma’ruzasida dunyodagi 141 mamlakat–reyting ballarini e’lon qildi: 21 T/r Mamlakatlar Ball O’rin 1. Irlandiya 75,70 1 2. O’zbekiston 75,38 2 3. 4. Daniya, Yangi Zellandiya Islandiya, Belgiya Keyingi o’rinlarda 5. Saudiya Arabistoni 65,49 15 6. AQSH 61,34 31 7. Belorusь 60.55 36 8. Rossiya 55,18 55 9. Xitoy 52.23 67 10. Qozog’iston 69 11. Qirg’iziston 72 12. Armaniston 85 13. Gruziya 87 14. Ozarbayjon 89 15. Tojikiston va h.k. 107 Demak, katta moliyaviy resurslarga ega bo’lgan Saudiya Arabistoni 65,49 ball bilan 15–o’rinni egallagan bo’lsa, dunyoning eng qudratli davlatlari bo’lmish 21 Шарапов Ш. Ўзбекистон таълим тизими: яна бир юксак эътироф // Халқ сўзи, 2012 йил 28 август. 107 AQSH 31–o’rinni (61,34 ball), Xitoy esa 67–o’rinni (52,23 ball) band etgan. Belorusь 60,55 ball bilan 36–o’rinni, Rossiya 55,18 ball bilan 55–o’rinni egallagan. Sobiq sovet hududidagi boshqa mamlakatlar haqida fikr yuritadigan bo’lsak, ular reytingda quyidagicha joylashgan: Qozog’iston 69–o’rin, Qirg’iziston 72–o’rin, Armaniston 85–o’rin, Gruziya 87–o’rin, Ozarbayjon 89–o’rin, Tojikiston 107–o’rin. Ta’lim tizimi rivojlanishining qator ko’rsatkichlari bo’yicha O’zbekiston dunyodagi davlatlardan ilgarilab ketgan. Xususan, davtlatning ta’lim tizimi rivoji, maktablarni kapital qurish va yangilash uchun yo’naltirilayotgan sarf–xarajatlari, o’quvchilarning umumiy soniga nisbatan o’qituvchilarning soni va necha foizni tashkil etishi, bitiruvchilar soni, GMAT, ya’ni o’quvchilarning biznes maktablarida muvaffaqiyatli ta’lim olish qobiliyatini aniqlash uchun standartlashgan test asosidagi o’quvchilarning o’rtacha bahosi va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha O’zbekistonning natijalari boshqa mamlakatlardan yuqori ekani tahliliy misollar orqali ayon bo’ladi. Yuqorida bayon etilgan tadqiqotda O’zbekistonning bu borada erishgan yutuqlarining asosiy mezon va omillari haqida atroflicha fikr yuritiladi. Ayniqsa, inson kapitali va tadqiqotlar uchun investitsiyalar, ta’lim rivojiga qaratilgan davlat xarajatlarining darajasi va umuman, ta’lim tizimining holati O’zbekiston ijtimoiy– iqtisodiy taraqqiyoti va innovatsion salohiyatining eng kuchli tomonlaridan biri ekani alohida ta’kidlanadi. O’zbekistonda ta’limni rivojlantirish va isloh qilishning har yilgi xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 10–12 foizni tashkil etmoqda, ularning O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi esa 35 foizdan oshadi. Maktab o’qituvchilari, akademik litseylar, kasb–hunar kollejlari hamda oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining ish haqi so’nggi 10 yil ichida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi mehnatga haq to’lash miqdoridan bir yarim barobar ko’paydi 22 . 22 Таълим-тарбия истиқлол кўзгусида // Маърифат, 2010 йил 30 сентябрь. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling