O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi foziljon Abidovich Xoshimov Abduraxim Dexqonovich Taslimov Ikromjon Usmonovich Raxmonov elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi


 ELEKTR ENERGIYASINI NAZORAT QILISH VA HISOBLASHNING


Download 305.4 Kb.
bet7/44
Sana10.11.2023
Hajmi305.4 Kb.
#1763288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
Nazorati va hisobi-fayllar.org

1. ELEKTR ENERGIYASINI NAZORAT QILISH VA HISOBLASHNING 
AVTOMATLASHTIRILIGAN TIZIMLARI (ENHAT) TUSHUNCHASI VA 
POG’ONALARI 

Hozirgi kunda keng tarqalgan ENHAT tushunchasi, turlicha talqin qilinadi.


Masalan, “Energiya resurslari iste‟molini hisobga olishning avtomatlashtirilgan
tizimi”,
“Energiya resurslarini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimi”, “Energiyadan foydalanishni nazorat qilish va
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” ma‟nolarida ifodalandi. Keltirib
o‟tilgan tushunchalarning barcha o„xshashliklarida ularga mutlaqo turli “falsafiy”
ma‟no qo„yilgan. Chunki hisobga olish – bu ko„proq faqat “qaydnomalarni
bosmadan chiqarish” ma‟nosida tushuniladi. Shu bilan bir vaqtda “boshqarish”
vazifasiga hamda parametrlarni o„lchash, tizimlarning texnik yaroqlililiklarini
baholash, ularning ish rejimlarini tahlil qilish va asosiysi energiya ta‟minoti va
energiyadan foydalanishni optimallashtirish bo„yicha yechimlarni qabul qilish va
amal qilish vazifalari kiradi.

Bu yerda va keyinchalik ENHAT tushunchasi “elektr energiya iste‟molini


nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari” sifatida tushunish
kerak. Shunday qilib, ENHAT – bu elektr energiya iste‟molini avtomatik nazorat
qilish va energiyadan foydalanish jarayonini avtomatlashtirilgan hisobga olish
tizimini tashkil etish uchun mo„ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmui
hisoblanadi.

Elektr energiya iste‟molini hisobga olishning qo‟llanilishi elektr energiya va


quvvat sarflari haqida oshkora va tezkor axborotlarni olish imkonini beradi. Bu
energiyani tejash texnologiyalarini joriy etish uchun asos hisoblanadi. Bundan
tashqari, ENHAT ning mavjud bo„lishi elektr energiyaga bo‟lgan to„lovning sifat
jihatdan yangi shakllariga o„tish imkonini beradi.
Umumiy holda ENHAT tuzilmasini quyidagi to„rtta pog„onaga ajratish
mumkin (1.1-rasm):


11



Download 305.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling