O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti sirtqi Pedagogika va psixologiya yònalishi spp 19 guruh talabasi Abdukarimova Xolidaning pedagogik konfliktologiya fanidan


Download 414.52 Kb.
bet2/9
Sana28.12.2022
Hajmi414.52 Kb.
#1010763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xolida kurs ishi

Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib bеriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning bеshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi.


  • Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib bеriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning bеshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi.

  • 1. Mehnatim muhabbatim.

  • 2. Ma'rifatim sarmoyam.

  • 3. Dinim aqlim.

  • 4. Ilmim qurolim

  • 5. Sabru qanoat libosim.

Ishining maqsadi: Sharq mutafakkirlarining konfiliktlarni yuzaga kelish sabablar va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalarni o’rganish
Ishining ob`ekti: Sharq mutafakkirlarining konfiliktlar haqidagi fikirlar
Ishining predmeti: Sharq mutafakkirlarining konfiliktlarni yuzaga kelish sabablar va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalari
Ishining vazifalari: Sharq mutafakkirlarining konfiliktlarni yuzaga kelish sabablar va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalarni o’rganish hamda tahlil qilish
Ishining ilmiy ahamiyati: Sharq mutafakkirlarining konfiliktlarni yuzaga kelish sabablar va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalarni o’rganish hamda hamda ularni amaliyotda qo’llash yo’llari ishlab chiqildi.
Ishining amaliy ahamiyati: Sharq mutafakkirlarining konfiliktlarni yuzaga kelish sabablar va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalarni o’rganish hamda tahlil qilish orqali amaliy yordam berish bilan ahamiyatlidir.
Ishining tuzilishi: Sharq mutafakkirlarining konfiliktlarni yuzaga kelish sabablar va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalarni o’rganish hamda tahlil qilish, 2-bob, ilova, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
I BOB. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING KONFLIKTLARNI YUZAGA KELISH SABABLARI
1.1. Pedagogik nizolarning asosiy sabablari.
IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.
Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. «Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muomala-munosabatlar katta o'rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. O'qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko'rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go'zallik, haqiqat, odob-axloq nurini singdira olsa sharafli vazifasini dog' tushirmay bajargan sanaladi, hurmat-e'tibor topadi. Shogirdlari tomonidan ulug'lanadi. Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deyish qiyin. O'zining dag'al muomalasi bilan bolaning ko'nglini o'qishdan sovitib, dilini o'rinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo'ladigan dalillar ko'p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta'sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo'lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o'qituvchi bilan o'quvchi, talaba o'rtasida nizo tug'ila boshlaydi.
Barkamol, ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta'sir o'tkazish shartlaridan biri o'zaro ishonch, hamjihatlikda maqsad sari ustoz va shogird maqomida hamkorlikda intilishdir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko'p marta sinovdan o'tgan va o'zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o'tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala, o'quvchilarga ham ota-ona, do'st, rahbar bo'la olgan o'qituvchilargina muvvafaqiyatlarga erishadilar. Aksincha qo'pol, o'zini bosolmagan, o'ylamay hukmlar chiqarishga moyil o'qituvchilar muammolar orasida qoladilar.


Download 414.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling