O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti sirtqi Pedagogika va psixologiya yònalishi spp 19 guruh talabasi Abdukarimova Xolidaning pedagogik konfliktologiya fanidan


Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular


Download 414.52 Kb.
bet7/9
Sana28.12.2022
Hajmi414.52 Kb.
#1010763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xolida kurs ishi

Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:


  • Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:

  • aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar;

  • ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;

  • ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;

  • badiiy-nafis qadriyatlar;

  • diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.


II BOB. KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH HAQIDAGI PEDAGOGIK G'OYALARINI O‘RGANISH HAMDA TAHLIL ETISH.
2.1.Pedagogik konfliktlarning rivojlanish darajasi va bosqichlari

Konfliktning dastlabki yaxlit konsepsiyalari XIX-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘ldi. Insonlarning dastlabki jamiyatlari bilan birga paydo bo‘lib, konfliktlar kundalik hodisalardan biri edi va uzoq davr mobaynida ilmiy-tadqiqot ob’ekti bo‘lmay keldi, ammo ular to‘g‘risidagi ba’zi genial fikrlar bizgacha yetib kelgan eng qadimgi manbalarda ham mavjud. Vaqt o‘tishi bilan hayot sharoitlari o‘zgarib, konfliktlar ko‘rinishi ham o‘zgarishga yuz tutgan. Antik davr urushlarining ikir-chikirigacha tafsilotlarini va bu kabi konfliktlarning ilk baholarini qoldirdi. O‘rta asrlar va Yangi davrlarga ajratib o‘rganilishi ushbu hodisaning mohiyatini anglashga bo‘lgan o‘ziga xos urinishlar bo‘ldi.


Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:
.aqliy madaniyatni shakllantirish bilan .bog’langa qadriyatlar;
.ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;
.ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
.badiiy-nafis qadriyatlar;
.diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.
Alisher Navoiy o’z davrining ayrim maktabdorlari ega bo’lgan sifatlar, xususan, qattiqqo’llik, ta'magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o’qituvchining ma'naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo’yadi. Xususan, «mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va qavqo yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir».
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi va o’z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo’lishi borasidagi g’oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor,qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur. 16-asrning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug’lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farxod va Shirin», «Mahbub-ulqulub» asarlari ham mavjud. Alisher Navoiyning xaqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko’rsatadi. U «Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida kishilarning saxovatiga ko’z tikishdan ko’ra o’z qo’li bilan hayot kechirish ulug’roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam Toyi» hikoyatida kеltiradi. Alisheг Navoiy asariarida komil inson muammosi maziy o'rinni egallaydi va o'z oreusidagi komil inson shaxsini asaгlaгining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo'lishi borasidagi g'oya ilgaгi suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkoг, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, mumvvatli, sog'lom, jismonan baquvvat, mard va jasur.
Shaгq mutafakkiriarining qarasЫaгini o'z fikrlaгi bilan boyitgan Abdulla Avloniy komil inson qiyofasida vatanparvarlik hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo'lishi kerak deb hisoblaydi. Shu bilan biïga milliy tilning taraqqiy etishi jamiyatning ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil bo'la oladi deb baholaydi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'mi va religa alohida e'tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino bolalarni tarbiyalashda u mansub bo'lgan mikremuhit xususiyatini inobatga olishni ta'kidlaydi. Bolani yomon ta'sirlardan saqlash zaгuгligini uqtiradi. Yomon ta'siгlaг deganda u oiladagi, atrof-muhitdagi, maktabdagi va boshqa munosabatlardagi nizolarni nazarda tutadi.
Pedagog-shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy esa "maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tartiyalashi va hunaгga o'гgatishi kerak", - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. She'rlarida bolalarni o'z ota-onalarining mehnatini qadrlashga undaydi. Uning bu g'oyani ilgari surganidan shunday xulosaga kelinadiki, yoshlami hunaгga o'гgatish, ulami mehnat bilan band qilish natijasida turli nizolar kelib chiqishini oldini olish mumkin. Ota-onalarining mehnatini qadriga yetganda esa ula^a bo'lgan hrnmat va mehr ortib boradi.
2.2.Pedagogik konfliktologiya ilmiy bilishning maxsus va xususiy metodlari

Insonparvar mutafakkirlar konflikt to‘g‘risidagi, ularning insoniyat taraqqiyotidagi halokatli roli, urushlarni jamiyat hayotidan yo‘qotish va tinchlik o‘rnatish to‘g‘risidagi o‘z tasavvurlarini bildirib ketganlar.


Ko‘rib chiqilayotgan muammoga oid dastlabki tadqiqotlar miloddan avvalgi VI-VII asrlarga tegishli. O‘sha davr Xitoy mutafakkirlarining yozishicha, barcha mavjud narsa taraqqiyotining manbai – o‘zaro munosabatlarda, materiyaga xos bo‘lgan ijobiy (Yan) va salbiy (In) tomonlarda bo‘lib, ular doimiy o‘zaro qarama-qarshilikdadir va aynan bu ularning egalari o‘rtasida konfrontatsiya(konflikt)ni keltirib chiqaradi.

IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Farobiy jamiyatda odil-oqil inson o’zi va o’zgalar bilan nizoga bormasligi haqida fikr yuritadi.Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilm-ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi.
Abu Nasr Farоbiy esa kоmillikning asоsiy mеzоni jamiyat talablariga javоb bеra оladigan va shu jamiyat uchun хizmat qiladigan yеtuk insоnning asоsiy sifatlarini tuzib chiqqan.
Farоbiy fikricha, insоnning eng yuksak хususiyati uning baхtga erishganligidir. Baхtga esa, dеydi allоma, faqat fоydali bilimlarni o’zida jamlash оrqali erishish mumkin. Chunki insоn dil rоhatining eng yuqоri cho’qqisi – bilim оlish jarayonidir.
Insоnning dеyarli barcha ijtimоiy sifatlari tashqi ijtimоiy muhit ta’sirida shakllanadi va rivоjlanadi. Shuning uchun kishining insоniy sifatlarini shakllantirishda maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya hamda tarbiyalanuvchining erkin tanlоvi yеtakchi o’rin egallaydi, dеydi Farоbiy.
Olimlar va soha mutaxassislari pedogogik nizolami o'rganish jarayonida ulami bir necha turlarga bo'lishgan va nizolarning asosiy manbalaridan biri o'qituvchi o'zi ekanligini isbotlashgan.
Birinchi tur nizolar o'qituvchining o'z kasbini noto'g'ri tanlaganidan kelib chiqadi. Ya'ni kimlarningdir tavsiyasi bilan yoki oliy ma'lumotli bo'lish maqsadida shunchaki shu kasbni tanlaganliklari evaziga o'z kasbini sevmaydi va unga sitqidildan yondashmaydi. Natijada ish joyida turli nizolar vujudga keladi.
Ikkinchi tur nizolar esa hozirgi kunda ommalashib ketayotgan qo'shtirnoq ichidagi "qalamkash yozuvchi" o'qituvchilar jamoasida ham uchrab turadi. Bunday o'qituvchilar o'zlarining ma'naviy qashshoq ekanliklarini bilmagan holda jamoadagi ba'zi hollarda esa jamiyatdagi sog'lom muhitni buzadilar. Ular nafaqat hamkasblari bilan balki o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan ham kelisha olmaydi. Faqat o'z manfaatlarini o'ylaganliklari bois har xil nizolarni avj oldirib yuradilar.
Uchinchi tur nizolar "dunyoni suv bossa o'rdakka ne g'am" maqolidagi "o'rdak" kabi ish tutadilar. Jamoaga qo'shilmaydi, hech kimga o'zining maslahatini ham bermaydi fikrini ham bo'lishmaydi. Hattoki o'zlarining haq huquqlari uchun ham kurashmaydi. Bu kabi o'qituvchilar pedagogik faoliyatda oz sonda uchraydi va tasodifiy hisoblanadi. Pedagogik nizolarning kelib chiqishida va gazak olishida pedagogik e'tiborsizlik ham sabab bo'ladi.
To'rtinchi tur nizolar jamoadagi faxriylar, nogironlar, himoyaga muhtojlar, homilador va nafaqadagi hodimlarga bepisandlik bilan qarash, ularga e'tiborsizlik qilib, haq huquqlari toptash natijasida kelib chiqadi.
Beshinchi turdagi nizolar aslida turga ham kiritib bo'lmaydi. Sababi o'z kasbini sevuvchi, mehnatsevar va adolatparvar insonlar bo'lib ular hech qanday haqsizlikka chiday olishmaydi va oshkora aytishadi. Lekin bu kabilar hammaga ham birdek yoqavermaydi, natijada turli nizolar kelib chiqishi mumkin. Afsuski bunday vaziyatlarda fidoiy insonlar aybsiz aybdor bo'lib qolishadi. Lekin shuni ham tan olish kerakki mana shunday haqgo'y insonlar har bir jamoada o'z obro'sini yo'qotmaydi.
Mana shunday nizolar bartaraf etilgandagina komillikka yo'l ochiladi. Xususan, komil inson bo'lishlikda sharq mutafakkirlarining izlanishlari yuqori bo'lgan. Ulardan Abu Nasr Forobiy komil insonni va fozil jamoa (yetuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo'nalishi ekanligiga urg'u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa'yi-harakati bilan, mehnati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois Forobiyning fikriga ko'ra nafaqat mamlakatni balki kichik jamoani ham boshqaruvchi shaxs o'zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur. "Aql ma'nolari tog'risidagi" risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo'lishi lozim bo'lgan o'n ikki fazilatni keltirib o'tadi. Bu fazilatlar o'z ifodasini yo'qotmagan holda har Ыг zamonaviy shaxsda o'z aksini topa olishi kerak, zero, u^ inson hayotini mo'tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlami tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi, sababsiz nizolar kelib chiqishligini oldini oladi.
Abu Rayhon Beruniyning fikricha komillikning asosi ilmli bo'lishda va baгcha illatlarning asosiy sababi esa ilmsizlikdir. Alloma axloqiylik, to'g'rilik, odillik, tadbiгkoгlik, o'zini vazmin tutish, kamtaгlik, insof, ehtiyotkoriik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo'lish kabi sifatlarni komil inson qiyofasini aks ettiruvchi eng asosiy sifatlar sirasiga kiritadi.
Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo'lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo'lishi esa uning yanada yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotigamlining muhim ko^satkichi ekanligini uqtiгadi.
Qоmusiy оlim Abu Rayхоn Bеruniy ta’limоtida bilim оluvchilarga qalbingni yomоn illatlardan, insоn o’zi sеzishi mumkin bo’lmagan hоlatlardan, qоtib qоlgan urf-оdatlardan, hirsdan, оchko’zlikdan va shоn-shuhratdan saqlashi lоzimligini aytadi.
U barcha illatlarning asоsiy sababi bilimsizlikda, dеb bilgan. Bilimlarni o’zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimоiy muhit o’rnini alоhida ta’kidlaydi.
Bеruniy faхrlanishni yaхshi хulk ma’nоsida ishlatib, “Qadimgi хalqlardan qоlgan yodgоrliklar” asarida shunday dеydi: “Faхrlanish – haqiqatda yaхshi хulq va оliy fе’llar оldin kеtishi, ilmu-hikmatni egallash va imkоniyat bоricha mavjud nоpоkliklardan tоzalanishdir. Kimda shunday sifatlar tоpilsa, hukm uning fоydasiga va kimda bular yеtishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi”.
Bеruniy insоn kamоlatida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hоzirgi ma’rifat, ilm-fanni ham e’tirоf qiluvchi – irsiyat, ijtimоiy muhit va to’g’ri tarbiyadir.
Bеruniy nazarida insоn kamоlga yеtishining muhim оmillari ko’p bilimga ega bo’lish va yuksak ahlоqiylikdir.
Ibn Sinо bоshqa mutafakkirlar kabi o’zining kоmil insоn to’g’risidagi qarashlarini falsafiy, ijtimоiy fikrlari bilan bоg’liq hоlda ifоdalagan. Оlimning ijоdida “kоmil insоn tarbiyasi to’g’risida”gi qarashlariga to’хtalsak.
Abu Ali ibn Sinо kamоlоtga erishishning birinchi mеzоni sanalgan bilimlarga erishishni da’vat etadi. Buning sababi shundaki, ilm-fan tabiat va jamiyat qоnuniyatlarini оchib, avlоdlarga yеtkazadi. Bu maqsadga yеtishish uchun insоn duch kеlinadigan qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, dеydi.
“Ey birоdarlar: Оdamlarning bоtiri mushkilоtdan qo’rqmaydi. Kamоlоt hоsil qilishdan bоsh tоrtgan kishi оdamlarning eng qo’rqоg’idir”. Zеrо bilimli kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo’ladi, dеydi u fikrini davоm ettirib.
Ibn Sinо insоnning shakllanishida uning atrоfini o’rab turgan muhit alоhida ahamiyat kasb etishini, ana shu muhit insоnning atrоf dunyoni bilishigina emas, balki uning xulqida ijоbiy yoki salbiy jihatlarning tarkib tоpishiga ham ta’sir etishini uqtiradi. Shu bоis ham bоlalarni tarbiyalashda ehtiyotkоr bo’lish, ularni yomоn ijtimоiy muhitdan uzоqrоq saqlash zarur dеb hisоblaydi.
Ibn Sinоning ta’lim-tarbiya va ahlоqqa оid qaysi asariga ahamiyat bеrmaylik bu asarlarning bugunga qadar barkamоl avlоdlarimizning ta’lim-tarbiyasida, ularning zamоn talablariga javоb bеra оladigan dоnо, bilimli va kuchli bo’lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo’lamiz.
Yetuk mutafakkir Yusuf Хоs Hоjib ta’limоtida ham insоn kоmilligi, kamоlоti masalalari kеng o’rin оlgan.
Оlimning eng mashhur “Qutadg’u bilig” (Saоdatga eltuvchi bilim) ta’lim tarbiyaga оid, har tоmоnlama kоmil insоn qilib tarbiyalaydigan yеtuk ma’rifiy asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma’nоda kоmillikka yеtaklоvchi asardir.
Asarda ahlоqiy хislatlar – insоniylik, rоstgo’ylik, ishоnch, to’g’rilik, sоflik, mеhr-muhabbat, vafо, insоf, sоdоqat, aql-zakоvat, halоllik ... kabilar ulug’lanadi.
Faхr va iftiхоr bilan ayta оlamizki, jоnajоn zaminimizdan jahоn sivilizatsiyasi rivоjiga hissa qo’shgan allоmalar, faylasuf оlimlar juda ko’p yеtishib chiqqan. Ularning mеrоsidan fоydalanib, milliy mеntalitimizni, qadriyatu an’analarimizni, ma’naviyatimizni, insоniy go’zal hislatlarimizni, tafakkurimizni, samimiy dunyoqarashlarimizni yanada bоyitish hamda o’zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun faхrga aylansin!
Pedagogik konfliktlarning rivojlanish darajasi va bosqichlari
Eng yangi davrga kelib konfliktlar nazariyasi yanada rivojlantirildi.Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning tuzilmaviy funktsional modeli muhim o’rin egallaydi. U jamiyatga insonlar o’rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog’lovchi bo’g’in deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan: a) har qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat ; b) bu tizimning har bir elementi muayyan funktsiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini saqlashga o’z ulushini qo’shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo’llab-quvvatlashiga asoslanadi.
Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy komponenti quyidagi to’rtta darajada namoyon bo’ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat. Konfliktning bo’lishi ijtimoiylashuv jarayonining o’zida mavjud, bunda inson nafaqat ijtimoiy tizimning namoyon bo’lish usullariga, shuningdek, tegishli madaniyatning me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv jarayonida organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan insonning ijtimoiy munosabatlardagi ehtiyojlari o’rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan tanglik konfliktga aylanishi mumkin.

Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini, va demak, konfliktlarni vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq , umuman olganda, Parsons tizim elementlari o’rtasidagi konfliktsiz , “uyg’un“ munosabatlar tarafdori bo’lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o’ziga xos kasallik va uni engish zarur deb hisoblagan.


Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini, va demak, konfliktlarni vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq , umuman olganda, Parsons tizim elementlari o’rtasidagi konfliktsiz , “uyg’un“ munosabatlar tarafdori bo’lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o’ziga xos kasallik va uni engish zarur deb hisoblagan.

Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari “ maktabi vakillari tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak bo’lgan jamiyatning tabiiy holati uyg’unlik va ijtimoiy konsensus holati bo’lishi lozim deb hisoblaganlar.
Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori Elton Meyo (1880-1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi“ bo’lgan “sanoatda tinchlik“ni o’rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat“ deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat“ga va “hamkorlik holati“ga intilish kerak.

Konfliktlarning umumiy nazariyasi deb nomlangan kontseptsiyaga amerikalik sotsiolog va iqtisodchi Kennet Boulding asos solgan. U ham konfliktlar hamma erda uchrashi, odamlar o’ziga o’xshaganlarga nisbatan doimiy dushmanlik qilishga va kurash olib borishga intilishlarini ko’rsatib, zo’rlik ishlatish eskalatsiyasi inson tabiatida yotadi deb bilgan. SHu bilan birga konfliktlar umumiy xususiyatlar bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi, yagona elementlar orqali namoyon bo’ladi deb ko’rsatgan hamda ularni ijtimoiy sharoitlardan ajratib bo’lmasligini , ularning oldini olish va engish mumkinligini ta’kidlagan. Boulding fikricha, konfliktlarni barham toptirishga qaratilgan “ijtimoiy terapiya“ asosini uchta narsa tashkil qiladi : yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar sababini tushunish ; ularni tugatishning kelishilgan usullarini oqilona tanlash ; insonlarning ma’naviy takomillashuvi .


Konfliktlarning umumiy nazariyasi deb nomlangan kontseptsiyaga amerikalik sotsiolog va iqtisodchi Kennet Boulding asos solgan. U ham konfliktlar hamma erda uchrashi, odamlar o’ziga o’xshaganlarga nisbatan doimiy dushmanlik qilishga va kurash olib borishga intilishlarini ko’rsatib, zo’rlik ishlatish eskalatsiyasi inson tabiatida yotadi deb bilgan. SHu bilan birga konfliktlar umumiy xususiyatlar bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi, yagona elementlar orqali namoyon bo’ladi deb ko’rsatgan hamda ularni ijtimoiy sharoitlardan ajratib bo’lmasligini , ularning oldini olish va engish mumkinligini ta’kidlagan. Boulding fikricha, konfliktlarni barham toptirishga qaratilgan “ijtimoiy terapiya“ asosini uchta narsa tashkil qiladi : yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar sababini tushunish ; ularni tugatishning kelishilgan usullarini oqilona tanlash ; insonlarning ma’naviy takomillashuvi .
Konfliktning hozirgi zamon kontseptsiyalarida kishilarning har qanday harakatlari, shu jumladan, konfliktli harakatlari ham ijtimoiy mohiyat kasb etishi, ularning u yoki bu darajada ijtimoiy muhit bilan bog’liqligi haqida fikr mavjud. Konfliktni, uning sababini, namoyon bo’lish sohasi va shaklini, tartibga solish usulini faqatgina jamiyat, ayniqsa, inson tabiatini, ijtimoiy munosabatlar mohiyatini va insonlarning o’zaro munosabatlarga kirishish qonuniyatlarini chuqur anglash asosida tushunish mumkin.

 Pedagogik konfliktologiya ilmiy bilishning maxsus va xususiy metodlari


Pedagogik bilimning bir tarmog’i sifatida pedagogik konfliktologiya tafakkurning mavhum faoliyati natijalari aks etgan huquq mohiyati, mazmuni va shakllari, bir butun huquqiy tizimni va qonunchilikni takomillashtirish, huquq ijod etishning umumiy ilmiy tushunchalarisiz, huquq tadbiq etish, uni sharhlash, huquqiy munosabatlar, qonuniylik va huquqiy tartibot, huquqiy xulq-atvor va pedagogik javobgarlik, shuningdek, demokratiya, jamiyatning siyosiy tashkiloti, davlat, uning mohiyati, mazmuni va shakllari, mexanizmi va funktsiyalari, huquq ijod etish va huquq qo’llash faoliyati kabi kategoriyalarsiz rivojlanishi mumkin emas.

Fanning umumiy kategoriyalari xususiy metodlarni inkor etmay, balki taqozo etadi. Fanning umumiy kategoriyalari xususiy metodlarni inkor etmay, balki taqozo etadi.


Download 414.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling