O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix fakulteti


-mavzu. O‘rta xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi


Download 217.01 Kb.
bet11/23
Sana15.03.2023
Hajmi217.01 Kb.
#1269094
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-Maruza matni

2-mavzu. O‘rta xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi
Reja
2.1. Mavzu tarixshunosligi
2.2. O‘rta Osiyo masalasida Rossiya va Angliyaning o‘zaro raqobati
2.3. Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasini bosib olishining siyosiy va iqtisodiy sabablari
2.4. Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoga nisbatan harbiy harakatlarning boshlanishi. Toshkent shahrining bosib olinishi.
2.5. Buxoro–Rossiya urushlari. Amirlikning qaram davlatga aylantirilishi. Abdulmalik to‘ra (Katta to‘ra) boshchiligidagi ozodlik harakati.
2.6. Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.
2.7. Qo‘qon xonligining tugatilishi. Farg‘ona viloyati.
Tayanch so‘z va iboralar
Rossiya imperiyasi, rus sanoatchilari, xom ashyo bazasi, Oqmasjid, To‘qmoq, Pishpak, Avliyoota, Chimkent, Toshkent shahri, O‘ratepa, Jizzax, Yangiqo‘rg‘on, Farg‘ona viloyati, Axaltekin, Qizil Arvot, Ko‘ktepa, Marv, Chordara, Oqjar, Erjar, Zirabuloq, Katta to‘ra, G‘uzor, qora mang‘it, oq mang‘it, to‘q mang‘it, Hisor, Sherobod, Denov, Kulob, Nurota, Payshanba, Xatirchi, Iskandarko‘l operatsiyasi, Shahrisabz, Kitob, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Mang‘it, Toshsoqa, Hazorasp, Toshoyoq darvozasi, Bog‘ishamol darvozasi, Shayx darvozasi, Orenburg, Kavkaz, Gandimiyon, tovon, Turkiston generalgubernatorligi, Mahram qal’asi, oftobachi, Andijon, O‘sh, harbiy lager.
2.1. Mavzu tarixshunosligi
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasiga uyushtirgan bosqinchilik yurishlari, mustamlakachilik siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, milliy-ozodlik harakatlari, umuman, imperiya bosqinining maqsad-mohiyati va oqibatlari haqidagi manbalar – qo‘lyozma asarlar, esdaliklar, xotiralar, hujjatlar va arxiv ma’lumotlari majmui ko‘pchilikni tashkil etadi. Afsuski, sovet hukmronligi davrida ularning barchasi bir yoqlama tadqiq etilib, masalaning mohiyatiga xolisona baho berilmadi.
Mavzu bo‘yicha ko‘plab tarixiy asarlar mavjud bo‘lib, ularning orasida quyidagilar: Muhammad Solihho‘janing «Tarixi jadidayi Toshkand», Mirzo Abdulazim Somiyning «Tarixi salotin mang‘itiya», Muhammad Attor Ho‘qandiyning «Tarixi jahonnamoyi», Ibratning «Farg‘ona tarixi», Yusuf Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy», Hakim Ma’sumxonning «Muntaxib ut-tavorix», Muhammad Sodiq Munshiyning «Qo‘qon xonligi tarixi», «Tarixi Manzum», Aziz Marg‘iloniyning «Tarixi Aziziy», Ahmad Donishning «Mang‘it amirlari tarixi», Muhammad Fozilbekning «Mukammali tarixi Farg‘ona» va hokazolar muhim o‘rin egallaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti jamg‘armasida ham mavzuning u yoki bu tomonlarini yorituvchi manbalar turkumi saqlanadi. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi jamg‘armalarida (1, 2, 3, 5, 17, 18, 19, 276-jamg‘armalar) saqlanayotgan turli hujjatlar, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida chop etilgan matbuot nashrlari mavzu haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Ushbu mavzuni tadqiq etish, o‘rganish Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olishidan boshlangan. Ularning mualliflari harbiylar, nufuzli amaldorlar bo‘lishgan. Mualliflar orasida P. Andreevich, A.T. Serebrennikov, K.Abaza, G.Grodekov, M. A. Terent’evlarning asarlari mavzu mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan asrning 20-yillarida G.I. Safarov, P.G. Galuzo, A.Z.Validiy va boshqa shu kabi mualliflar qalamiga mansub adabiyotlarda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyati o‘z aksini topgan edi.
Mustaqillik yillarida Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasini bosib olishi hamda o‘lkada olib borilgan mustamlakachilik siyosat ilmiy va haqqoniy tarzda yoritilmoqda. Ushbu mavzuning turli jihatlari bo‘yicha H.Ziyoev, N.Abduraximova, F.Is’hoqov, H.Sodiqov, F.Ergashev, R.Shamsutdinov, H.Bobobekov, D.Ziyoeva, P.Ravshanov, Q.Usmonov, Z.Choriev, Sh.Vohidov, N.Musaev kabi ko‘plab olimlarning tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida mustamlaka Turkiston o‘lkasi, imperiya qaramligidagi Buxoro, Xiva xonliklarida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy va madaniy hayot tarixining o‘rganilmagan yoki kam tadqiq etilgan mavzulariga oydinlik kiritildi, jadidchilik harakati, atoqli jadid
ma’rifatparvarlarining faoliyati xususida, o‘lkada ro‘y bergan milliyozodlik harakatlari to‘g‘risida qator ilmiy izlanishlar amalga oshirildi va hokazo.

Download 217.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling