O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix fakulteti


XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy hayot


Download 217.01 Kb.
bet5/23
Sana15.03.2023
Hajmi217.01 Kb.
#1269094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-Maruza matni

2.XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy hayot
Buxoro amirligida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. XIX asr ikkinchi yarmiga kelib Buxoro amirligi o‘z mavqei jihatidan boshqa xonliklardan ajralib turar edi. Shu davrga kelib uning hududi deyarli 200.000 kv. km.ni tashkil etdi. Zarafshon vodiysi Samarqand shahri bilan birga, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Vaxsh, Kofirnihon, Panj daryolari vodiysidagi shahar va qishloqlar, Mypg‘ob vohasigacha bo‘lgan yerlar Buxoro amirligiga qarashli edi. Buxoro amirligi Xiva xonligi, Eron, Afg‘oniston, Qo‘qon xonligi, qozoq juzlari bilan chegaradosh bo‘lib, XIX asr davomida o‘zining qator yerlaridan mahrum bo‘lgan edi. Qator janglarga qaramay Jizzax, O‘ratepa, Xo‘jand asosan Qo‘qon xonligi, Murg‘ob vohasi esa Xiva xonligiga oxir-oqibatda qaram bo‘lib qoldi.
XIX asr o‘rtalariga kelib amirlikning aholisi tahminan 2-2,5 mln. kishi atrofida bo‘lgan deb hisoblanadi. Poytaxt Buxoroda esa aholi - 60.000 atrofida, amirlikning ikkinchi yirik shahri Samarqandda esa 50.000 yaqin kishi istiqomat qilgan deyiladi. Agar XVIII asr I yarmidagi Ashtarxoniylar hukmronligi davrida 23 ta shahar bo‘lganligi qayd etilgan bo‘lsa, XIX asr 2yarmiga kelib yirik shaharlarning soni 10tadan ziyod hisoblanib, ular quyidagilar edi: Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G‘uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko‘lob va boshqalar. Buxoro amirligida turli xalqlar, elatlar istiqomat qilib, ular ichida o‘zbeklar aholining katta qismini (57%) tashkil etar edi. O‘zbeklar bir necha urug‘lardan tashkil topib, ular ichida saroy, qo‘ng‘irot, mang‘it, jabg‘u, qarluq, qalliq, nayman, xitoy, qipchoq, qirq, ming, kenegas, kerayit va boshqalar ahamiyatli hisoblanar edi.
XIX asrning boshlariga kelib ko‘chmanchi aholining soni qisqara bordi. Ko‘chmanchi aholining ko‘pchiligi o‘troq hayotga o‘ta boshladilar. Mamlakat poytaxti sharqqa dong‘i ketgan va “Buxoroyi-sharif” (Muqaddas Buxoro) nomini olgan mashhur Buxoro shahri edi. XVIII asr boshida amirlikda bo‘lgan Pyotr I vakili Florio Beneveni poytaxtda 12 ta darvoza va 15000 ta xo‘jalik bo‘lgan deb hisoblaydi. Shaharni esa paxsa va qisman pishiq g‘ishtdan barpo etilgan devor bilan o‘ralgan deydi. Oradan bir asr vaqt o‘tgach Buxoroda “Mirza Ja’far” degan mulla nomi ostida bo‘lgan rus vakili P.I.Demezon 1833-1834 yillarga oid yozishmalarida Buxoroga oid qiziq ma’lumotlarni keltiradi.

Download 217.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling